Kutilmagan sevgi (Hikoya)
- Категории: Hikoyalar
- Название: Kutilmagan sevgi (Hikoya)
- Дата релиза: 18-02-16, 23:41
Aslida u yangi yilni yaxshi
ko'rmaydi. Qolgan bayramlardan
ajralib turadi, xolos, deb o'ylardi.
Lekin bazm kechasida, soat
millari o'n ikkiga yetib borganini
anglatuvchi bong urilganda
qilingan orzu albatta amalga
oshishiga chin dildan ishonardi.
Qiz shu kungacha turli tilaklarni
tilagan, biroq, bu gal boshqacha
niyati bor... Noodatiy istak. Xa,
Nargiza bayramga taraddud
ko'rishga qaramay uning
hayollarini boshqa narsa
o'g'irlagan. Dilidan
o'tkazganlarini o'ylaydiyu, og'ir
tin oladi. Afsuski, mo'jiza ham uni
ortiga qaytara olmaydi... Qizning
qo'llari titrab ketadi, ko'zidan
yosh tomchilaydi. Bir hafta avval
yaxshi ko'rgan insonining
qalbiga ozor berganini esladi.
Nargiza negadir Sardorning
harahatlaridan shubhalandi.
Shubxa o'zi bilan g'azabni
yetaklab keldi. Qiz yigitini
yolg'onchiga chiqardi,
ikkiyuzlamachi, deya haqoratladi.
Qaytib uchrashmaslikka va'da
berdi. Ammon buni uyidagilarga
qanday aytadi? Vaqtida "Nima
bo'lsa bo'lsin, lekin shu yigitga
turmushga chiqaman, deb oyoq
tirab olgandi.." Shu tobda lablar
pichirladi: "Meni kechiring,
Sardor aka. Baxtli bo'ling, ilohim
hayotda yo'lingizda qoqilmang...
Birga bo'lmasakda, muhimi
sizning baxtingiz!" Endi qiz
qanday hatolikka yo'l qo'yganligi-
yu, yonidagi ajoyib insonning
qadriga yetmaganini tushundi.
Afsuski, kech tushungandi...
Nihoyat, soat o'n ikkiga bong
urdi. Yangi yil kirib keldi, qiz
xursingancha derazadan
ko'chaga boqdi. Ne ko'z bilan
ko'rsinki, qor bil qoplangan
hovlining burchagida Qorbobo
turardi. Atrofga qizil atirgullar
sochilgan. Qiz bir yastanib yotgan
gullargam bir Qorboboga
termuldi. Bu kimning ishi bo'lishi
mumkin? Ko'z o'ngida sevgilisi
gavdalandi. Nahotki, shuncha
qilmishlarimni unutgan bo'lsa?!
Xonasiga kirib, apil-tapil ustiga
issiqroq kiyimlarini tashladi-da,
eshikni ochib, tashqariga otildi.
Ko'chaga chiqsa, atrofdagi
manzaradan karaxt ahvolga
tushdi. Ok otirgullardan "Nargiza,
Seni sevaman" degan jumla
yozilgan ekan. Qiz birdan yig'lab
yubordi, o'zidan nafratlanib
ketdi. Shu mahal xovli
burchagidan ovoz eshitildi:
"Tezroq kelaqolsangchi, muzlab
qolay dedimku!" Qiz ortiga
o'girildi, ovoz egasi - Sardorini
qidirishga tushdi. "Men shu
yerdaman!" Nargizaning hayrati
yanada ortdi, ovoz qayerdan
kelayotgan ekan? "Topolmading-
a?" - dedi xovli burchagidagi
Qorbobo oxiri. Bu safar qiz
turgan joyida qotib qoldi.
Qorbobo qiz tamonga yurib kela
boshladi. Qiz esa yugurdi,
yugurib, Sardorning bag'riga
otildi.
- Meni kechiring, Sardor aka,
iltimos kechiring.
- Kechirdi, jinnivoy, kechirdim.
Tezda ko'z yoshlaringni artib
olchi.
- Sizdan nohaq shubxalangan
ekanman.
Nargiza nigohlarini yerga qadadi
- U voqealarni unutib
bo'lganman. Sovg'alarimga
rahmat aytish ham yo'g'a? Sardor
o'zini xafa bo'lganga soldi
- Katta rahmat! Sizni yaxshi
ko'raman...
- Men ham, jinnivoyim !
Смс Шерлар