Главная » Hikoyalar » "Meni Unashtirishdi. . ."
"Meni Unashtirishdi. . ."

"Meni Unashtirishdi. . ."

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: "Meni Unashtirishdi. . ."
  • Дата релиза: 13-08-14, 04:25
"Meni Unashtirishdi. . ."
"Begim, meni unashtirishdi. . ."
Bu so'z odamni yuragiga
qanchalik ta'sir qiladi? Agar uni
chin yurakdan sevgan qizingiz
aytsachi? Huddi shu hissiyot
mening boshimga tushdi.
Shu o'tgan 24 yillik umrim
davomida 20ga yaqin (balkim
undan ham ko'proq) qizlar bilan
yurdim. Lekin hech biriga
"sevaman" deb aytmagandim.
Chunki ularni aldagim kelmasdi.
Ular ham mendan umid qilishda
davom etishardi, natija
chiqmasligini bilishsa ham!
Lekin kunlarning birida hayotim
butkul o'zgardi. . . Uni uchratdim!
Avvaliga shunchaki gaplashdim,
bekorchilikdan. Lekin keyinchalik
bog'lanib qolayotganimni
sezdim. U bilan bog'lana
olmasam yuragim huddi yarim
bo'lib qolgandek bo'lardi.
U men haqimda hammasini
bilardi, bu sayt, hikoyalar, undan
hech narsani yashirmasdim
(Modomiki, real hayotda
gaplashib yuradigan qizlarimga
bu sayt haqida aytmasdim).
Biz yaqin do'stga aylandik. U
mendan ancha yosh bo'lsada,
negadir uni yonida yosh boladek
edim. Unga yanada bog'lanib
borardim. Birinchi sevgimdan
keyin sevgiga ishonmay
qo'ygandim, "haqiqiy sevgi endi
kelmaydi" deb o'ylagandim, lekin
adashgan ekanman. Shuncha
qizlarning erkalashlariga "jiz"
etmagan bu yurak uning
oddiygina salomiga jizza bo'lib
qolardi.
U birdan yo'q bo'lib qoldi. Undan
darak yo'q, raqami o'chirilgan,
internetga kirmay qo'ygan. . .
Hayotim mazmunsizdek edi. Ijod
qilishdan to'xtadim. . .
Ikki haftadan so'ng u qaytdi! Uni
ko'rganimdan samolarga parvoz
qilardim. Hayotimga mazmun
qayta boshladi. . . Bir kuni uni
yoqtirishimni (sevishimni emas)
aytdim. U ham menda ko'ngli
borligini aytdi. Sevgi borasida bir-
birimizni sinab ko'rishni taklif
qildim, u rozi bo'ldi. . .
Bir qancha muddatdan so'ng u
yana yo'q bo'lib qoldi. Telefoni
yana o'chirilgan, internetga
anchadan beri kirmagan. "Yana
telefoni buzilgan, ko'rishsak
yangisini (kuchliroqlariga qurbim
yetmasada) sovg'a qilishim
kerak". . .
Bu safar uzoq vaqt o'tdi. O'sha
o'tgan 20 kun 20 asr, 20ming
yillardan uzoq o'tdi. . .
U qaytdi. . . Ichimga sig'may
ketdim. Umrimda ilk bor
"sevaman" degan gapni aytdim.
U ham meni sevishini aytdi.
Faqat. . . Sal homushroq, o'zini
baxtli qilib ko'rsatishga
urinardi. . . Sababini so'rab oyoq
tirab turib oldim.
"Begim, meni unashtirishdi. . ."
Tamom! Go'yo yuragim
to'xtagandi o'sha laxzada.
Bo'g'zimga bir narsa tiqilgandek
bo'ldi. "Hazillashyapman deb
ayt?". . .
"Hazil bo'lishini men ham
hohlardim"
"Nega? Kimga? Hali 18ga to'lib
ulgurmagan qizni qaysi ota-ona
unashtirib qo'ydi?"
"Meni kechiring, yo'q
deyolmadim. . . ."
Nega ertaroq aytmading? Nega?
Shu ishlar bo'lishidan avval
aytsang bo'lardiku? Lekin hali
ham kech emas. Imkoniyatlar
juda kam, harqalay yo'q emas. . .
Men shoir emasman, lekin
yuqoridagilarni yozayotganimda
negadir shu she'rni yozdim:
Seni chindan sevdim, lekin
pinxona,
O'zinga aylading meni devona.
Bu dunyoda yo'qdir sendayin
go'zal,
Marjona, Marjona, Marjona!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: