Metroda bir qizni ko‘rdim, sevib qoldim
- Категории: Hikoyalar
- Название: Metroda bir qizni ko‘rdim, sevib qoldim
- Дата релиза: 28-08-14, 23:32
Voqea asoschisi va ijodkori MB
Bekzod Xo‘janazarov ya′ni
kamina tomonidan yozilgan
ushbu hikoya avval ham saytga
kiritilgan va texnik muammolar
sabab o‘chib ketgan edi. Takliflar
va ko‘pchilikka yoqqani sabab
qayta joylashga qaror qildim.
Hikoya jami 5 qismdan iborat
ajoyib sevgi qissasi asosida
yozilgan. Bugun faqat birinchi
qismini o‘qishingiz mumkin.
Keyingi kunlarda davomini kiritib
boraman.
Albatta o‘qishingizni so‘rayman
va erinmay o‘qiganingiz uchun
rahmat aytaman
Metroda bir qizni ko‘rdim,
sevib qoldim…
1-qism
Hali tong otmagan. Soat
chamasi ertalabki to‘rtdan
o‘tgandi. Uyqum qochib uyg‘onib
ketdim. Aslida uyquni necha soat
bo‘lsa ham kanda qilmaydiganlar
xilidanman. Bu kecha esa atigi
uch soat uxladim-u, lekin, ancha
tetik uyg‘ondim.
Ishim soat 8:30 da boshlanadi.
Men esa soat oltidan ishga
otlanyapman. Balki, bundanam
ertaroq chiqardim, afsuski, metro
tonggi oltidan keyin yura
boshlaydi-da. Ozroq aylanib,
ertaroq ish boshlayman deb
o‘yladim.
O‘yladim, o‘ylagandim,
o‘ylayapman…
G‘alati kun. G‘alati voqealar
bilan boshlandi. G‘alati tuyg‘ular.
Eskalatordaman-u tezroq tepaga
ko‘tarilishini xohlayman,
shoshayotgan joyim yo‘q, lekin
nimadandir kech
qolayotgandekman… Qariyapman
shekilli…
Ajoyib kun – Bolalar… Sevimli
taronalardan bittasi.
Hursaaaaandman, buuuuugun
seeeeeeeni ko‘o‘o‘o‘o‘ramaaaan…
Ulgurmadim… Kecha bir qizni
ko‘rgandim… O‘sha qiz,
metrodagi go‘zal, aniq o‘sha qiz
edi. Sariq-pushti aralash uzun
ko‘ylak, bahorda qiyg‘os gullagan
o‘rik daraxti kabi. Unutib
bo‘larkanmi…
Ulgurmadim, u metro
poezdlaridan biriga minib ketdi.
Soat 7:00 ertaga ham shu yerda
kutaman.
Kutaman, kutgandim,
kutyapman…
Ish. Oddiy ish, yoqimli, sirli…
Maoshi ham kam, demak, nima
ishligi haqida bilish ham qiziq
emas.
Metro. Odamzod shunaqa,
qayerdadir yomonlikni xis qilsa
yaqinlashgisi kelmaydi,
yaxshilikni xis etsa ketgisi
kelmaydi. Bu gaplarni eslashimga
sabab esa:
“Sevgi jonga ozor beradi” –
deyishardi… Kamina esa sevgini
boshqacha xis etyapti… O‘rik
gullariga ko‘milgandek. Oq-pushti
gullariga termulib ko‘zni uza
olmayotgandek. Shoir
bo‘lganimdami… She’r yozib
ta’riflab berardim…
Vaqt, tun, tong, kun, metro,
sevgi, o‘rik guli… Sevgi jonga
ozor berarkan rostdan, ko‘zga
uyqu kelmaskan. Orangizda
sevgidan kasallanganlar bo‘lsa,
ayting, gapim rost-mu, yolg‘on-
mu?!!
Ko‘rmadim. Uni kechagina
ko‘rgan bekatimda bugun
ko‘rmadim. Balki, u doim aynan
shu vaqtda o‘tmas, balki, u bir
martagina shu yo‘ldan o‘tgandir…
Balki, u ham meni ko‘rib yoqtirib
qolgandir, shu sababli uyalib
mendan qochib yurgandir…
Balki… Bo‘lishi mumkindir,
ozroq umid bordir, orzularga
berilsa bo‘lar… Xullas, balki so‘zi
yurakka tirgakmikan deb o‘ylab
qolaman ba’zida.
Metro. Hali ham uni kutyapman.
Boshqa qiladigan ishim ham yo‘q.
Chunki, soat 7:00; tong saharlab
metroga tushib olganman…
Sahar…
O‘sha sizmi o‘rik gullarin,
Sevgan barno, sevdirgan barno.
O‘rik gulli ko‘ylagin kiyib,
Pinhon boqib lol turgan barno.
O‘sha sizmi umr bo‘yi men,
Eslaganim, eslatganim yor.
O‘sha sizmi, ha o‘sha sizsiz,
Talpinmaydi qalbim bekordan-
bekor…
– qo‘shiq matni adashmasam
shunaqaroq edi, ajoyib guruh…
Meni sevgim uchun yozilgandek
go‘yo…
Kelmadi. Uni ko‘ra olmadim…
Ishga borishga bordim-u,
ishlagim kelmasdi. Rosa jonga
jafo bo‘ldi bu sevgi…
Sovg‘a… Boshqalar uchun
bilmadim qanaqa-yu, lekin,
menga o‘z qo‘llarim bilan sovg‘a
yasash yoqadi. Chunki, sovg‘a
ko‘zni emas qalbni quvnatishi
kerak.
–Eshitganmisiz: “Nega erkaklar
tongda ko‘ylaklari
dazmollanmaganidan jaxllari
chiqadi!?”
“Ayolini urushishga bahona
uchun…” – deysizmi!?
–Adashasiz! Sevgan yorini qo‘llari
tekkan ko‘ylakni kun bo‘yi egnida
kiyib yurish baxtidan mosuvo
bo‘lganlaridan g‘azablanishadi! –
bu gaplarni men o‘ylab
topmadim, yoringizdan so‘rang
qani, bular yolg‘onmikan???
Bu tuyg‘u faqatgina erkaklarga
xos emas, chunki, odamlar bir-
biriga qalban yaqin bo‘ladilar.
Balki, bu tuyg‘u ayollarda
nisbatan ancha yuqoriroqdir.
Bekorga ular nozik qalb
sohibalari emasdirlar.
Asosiy isbot esa: “Dunyo
olimlarining fikricha, dunyo
odamlariga “handmade” narsalar
juda yoqadi!”
Yaxshiyam internet bor. Qilib
ko‘rmaganlar uchun tekin
maslahat: Internetdan sevgi
izhorlari, sevgi voqealari,
romantik sovg‘alarni qidirishni
boshladim…Uch-to‘rttasini tanlab,
kompyuterimda saqlab qo‘ydim.
Uyga… Ko‘cha. Metro. Ko‘cha.
Yomg‘ir. Uni o‘ylab ketayapman.
Hali bunchalik, begonalardan
kimnidir o‘ylamagandim.
O‘ylamagandim, endi
o‘ylovdaman, o‘ylayapman…Endi
u begona ham emas.
Itlar – odamzodning haqiqiy
sodiq do‘stlari…
–Ex, la’nati – qo‘rqitib yubordi.
Yuz qadamlar naridagi “Suv sport
saroyi” ning qo‘riqchi itlari
yo‘ldan o‘tayotgan bir qizga
xurayotgan ekan. Chiroyli qiz
ekan, itlar biladi kimga xurishni!
Qizga yaqinlashganim sari nafas
olishim sekinlashib borardi… Bu
o‘sha metrodagi go‘zal, “O‘sha
sizmi” dagi o‘rik gulli ko‘ylakli qiz
edi…
O‘sha sizmi… Ha, o‘sha sizsiz.
…O‘rik gulli ko‘ylagin kiyib,
Pinhon boqib lol turgan barno…
Lera… shu kuni juda ko‘p
narsalarga tushunmadim, lekin,
shuni tushundimki, o‘sha o‘rik
gulli ko‘ylakli qizning ismi
Valeriya ekan.
–Lera! – uning ortidan bir qiz
yugurib kelardi. Rus qizi,
ruschada nimadirlar deb
qiyqirishdi, sakrashdi… Bir
chetda ularni gapiga
tushunmasdan anqayib turgan
mendek oshiq-u devonani ko‘rib,
o‘rik gulli ko‘ylakli qizning o‘rtog‘i
undan ruschada – kim bu? – deb
so‘radi.
Lera javob berishga ulgurmasdan
chaqqonlik qilib: “Majnunman” –
dedim.
Haydab yuborishmaslaridan
sekin juftakni rostlab, ketguncha
sho‘xligim ham tutib ketdi:
“Ladna Lera, do zavtra” – deb
zo‘rg‘a bilganimcha ruscha
g‘udrandim.Tuni bilan
hayolimdan Leraning hayrona
bo‘lib qolgan chexrasi-yu, uni
hazilomuz turtkilagan
o‘rtog‘ining qiliqlari hech
chiqmadi.
Majnunman-e…Ismim bo‘lmasa
ham laqabim bor endi.
Qayerdadir “Majnun” yoki
“Majnunman” so‘zini eshitib
qolsa o‘girilib qaraydi, mabodo
ko‘zi tushib qolsa sinchkovlik
bilan o‘qiydi…
Sovg‘a jo‘natish payti keldi.
Boshqa ne qilarimni ham
bilmayman-da… Ruscha
bilmasam, borib gapira olmasam.
Oyni uyaltirgan qiz “Tili yo‘qni
sevamanmi?” – demaydimi…
Yaqinda shoir ham bo‘lib ketsam
ham ajab emas.
Rus qizi…Birovni qizini
yomonlash oson-da a!? Rus qizi
yomonmi?! Mendan so‘rang,
kimni qizi yomon deng!!!
–Uyimda singlim bor. Singildek
akaga mehribon topilmaydi bu
dunyoda.
Uning ko‘zidan yosh tomsa,
akaning tinchi bo‘larmi! O‘zini
dardini unutib singlisini o‘ylaydi…
Uning nomi buzulsa, kalta-kulta
kiyib, ko‘zlarini o‘ynatib
ko‘chalardan o‘tganda to‘p-to‘p
erkak-u yigitlar “iplarini uzishsa”
– akaning yuragi tinch turarmi!
Mard yigitni yoriga, opasi-yu
singlisiga kim suqlanib qarabdi!
“Kimni qizi yomon?” – deb
so‘raganmidiz. Bilmadim, meni
singlim bor u juda yaxshi qiz. Va
ishonamanki, xuddi mendek
akalarning ham xuddi menikidek
yaxshi opa, singillari bor…
Rus tili… Necha yildan beri
o‘rganmadim. Yoshligimda
o‘qituvchimiz stulni ko‘tartirib
qo‘yib aytardilar: ‘Kerak bo‘ladi!
O‘qigin…’ – deb.
Kerak bo‘larkan, rus tilini
bilmadim-u, sevgi kerak
bo‘larkan. Rus qiziga o‘zbekcha
o‘rgatishga to‘g‘ri keladi endi…
Sovg‘a. Ilk sovg‘a. Kun bo‘yi uni
o‘yladim, nima sovg‘a qilsam
ekan. Qanday qilib topshirsam
ekan… Axiyri topdim.
Do‘konga kirib, o‘n blok oddiy
qog‘oz salfetka oldim, endi o‘sha
sizga aytganim, yurakka yaqinroq
bo‘ladigan “handmade” ni o‘z
qo’llarim bilan yasayman.
Sevish kerak, sevilish kerak!
Muhabbatni armonlar-u azoblar,
rashk-alamlarning ko‘chalarida
adashtirish kerak emas!
Sevgi azob berish uchun emas,
baxt berish uchun keladi…
Gul… Oddiy qog‘oz
salfetkadan…
Shunaqasi ham bo‘ladi.
Ishonmaysizmi? Bir kun
salfetkadan gul yasashni
o‘rgataman unda.
O‘n blok salfetkani ichida besh
yuz dona bo‘ladi, qoq o‘rtasidan
kesilsa mingtaga yetadi. Mayda
ishligi uchun ancha vaqt ketadi,
mingta gulni ikki kunda yasab
tugatdim.Vaqtning qancha
ketishi muhim emas, aslida,
ishning qanchalik go‘zal qilinishi
muhim…
Sizda ham shunaqami; biror ishni
juda xohlasangiz qancha vaqt
ketishi-yu, qiyinchilik uyoqda
tursin, ko‘zga uyqu ham
kelmaydi. Bitirganimda soat
kechki birdan oshgandi,
internetga kirdim, onlayndagi
do‘stlarimdan biridan “Leraga”
so‘zi ruschada qanaqa bo‘lishini
o‘rganib oldim:
“Leru” bo‘lar ekan… Chiroyli-a!?
Jami mingta gul qo‘limda-yu, o‘rik
gulli ko‘ylakli qizni qayerdan
topaman endi???
Suv sport saroyi… Ikki kun
kutdim yo‘q. Yoki, vaqtni noto‘g‘ri
hisobladim-mi, uni uchrata
olmadim…
Metro… O‘sha qaynoq metro
bekati. Tong… Ishga
otlanyapman-u hayolim Lerada,
Majnun ham bunchalik Laylisini
qidirmagandir. Har holda,
metroda tentiramaganligi aniq…
Majnundan ham a’loman…
Maqtanmoqchimasman, lekin,
rostdan shunaqa. Sevganlar,
sevishganlar bo‘lsa aytsin,
sevganingizga bir donagina gul
olib borishni ba’zida unutasiz
to‘g‘rimi? Yoki, sevganingiz gul
olib kelish o‘rniga, doim
boshingizni qayoqdagi rashki
bilan qotiradi, shunaqa emasmi?
Keyin, Majnun hozirgi
“majnun”lardek faqat siqilishni
eplagan xolos. Garchi, ijtimoiy
tarmoqlarda statuslar yoza
olmagan bo‘lsa ham.
Metro poezdi kelib qoldi… Ex
hayollar…Yana ishga otlandim.
Odat… Foydali bir odatim bor.
Buni doktorlar tasdiqlashganmi
yo‘qmi bilmadim, lekin, menga
juda asqotadi. Hozir hamma
kompyuterdan foydalanadi, bu
esa ko‘zlarga ta’sir etmasdan
qolmaydi. Men esa har metroga
tushganimda ko‘zlarimni dam
oldiraman. Qanday qilibmi?
–Unda sinab ko‘ring, balki
foydasi tegar; metro poyezdining
o‘tirgichlari katta oyna oldida
joylashgan, o‘sha oynaning
o‘rtasida joylashaman va
to‘g‘ridagi oynaning narigi
tomoniga qarayman, u yerda
ham yana bitta oyna bor. Undan
ham nariga qarayman… Cheksiz
qorong‘ulik paydo bo‘ladi,
ko‘zlarim birdan tinchlanishni
boshlaydi. Boshqacha odam
emasman, mening ham ikki
donagina ko‘zim bor. Siz ham
sinab ko‘ring keyin aytarsiz…
Bekzod Xo‘janazarov ya′ni
kamina tomonidan yozilgan
ushbu hikoya avval ham saytga
kiritilgan va texnik muammolar
sabab o‘chib ketgan edi. Takliflar
va ko‘pchilikka yoqqani sabab
qayta joylashga qaror qildim.
Hikoya jami 5 qismdan iborat
ajoyib sevgi qissasi asosida
yozilgan. Bugun faqat birinchi
qismini o‘qishingiz mumkin.
Keyingi kunlarda davomini kiritib
boraman.
Albatta o‘qishingizni so‘rayman
va erinmay o‘qiganingiz uchun
rahmat aytaman
Metroda bir qizni ko‘rdim,
sevib qoldim…
1-qism
Hali tong otmagan. Soat
chamasi ertalabki to‘rtdan
o‘tgandi. Uyqum qochib uyg‘onib
ketdim. Aslida uyquni necha soat
bo‘lsa ham kanda qilmaydiganlar
xilidanman. Bu kecha esa atigi
uch soat uxladim-u, lekin, ancha
tetik uyg‘ondim.
Ishim soat 8:30 da boshlanadi.
Men esa soat oltidan ishga
otlanyapman. Balki, bundanam
ertaroq chiqardim, afsuski, metro
tonggi oltidan keyin yura
boshlaydi-da. Ozroq aylanib,
ertaroq ish boshlayman deb
o‘yladim.
O‘yladim, o‘ylagandim,
o‘ylayapman…
G‘alati kun. G‘alati voqealar
bilan boshlandi. G‘alati tuyg‘ular.
Eskalatordaman-u tezroq tepaga
ko‘tarilishini xohlayman,
shoshayotgan joyim yo‘q, lekin
nimadandir kech
qolayotgandekman… Qariyapman
shekilli…
Ajoyib kun – Bolalar… Sevimli
taronalardan bittasi.
Hursaaaaandman, buuuuugun
seeeeeeeni ko‘o‘o‘o‘o‘ramaaaan…
Ulgurmadim… Kecha bir qizni
ko‘rgandim… O‘sha qiz,
metrodagi go‘zal, aniq o‘sha qiz
edi. Sariq-pushti aralash uzun
ko‘ylak, bahorda qiyg‘os gullagan
o‘rik daraxti kabi. Unutib
bo‘larkanmi…
Ulgurmadim, u metro
poezdlaridan biriga minib ketdi.
Soat 7:00 ertaga ham shu yerda
kutaman.
Kutaman, kutgandim,
kutyapman…
Ish. Oddiy ish, yoqimli, sirli…
Maoshi ham kam, demak, nima
ishligi haqida bilish ham qiziq
emas.
Metro. Odamzod shunaqa,
qayerdadir yomonlikni xis qilsa
yaqinlashgisi kelmaydi,
yaxshilikni xis etsa ketgisi
kelmaydi. Bu gaplarni eslashimga
sabab esa:
“Sevgi jonga ozor beradi” –
deyishardi… Kamina esa sevgini
boshqacha xis etyapti… O‘rik
gullariga ko‘milgandek. Oq-pushti
gullariga termulib ko‘zni uza
olmayotgandek. Shoir
bo‘lganimdami… She’r yozib
ta’riflab berardim…
Vaqt, tun, tong, kun, metro,
sevgi, o‘rik guli… Sevgi jonga
ozor berarkan rostdan, ko‘zga
uyqu kelmaskan. Orangizda
sevgidan kasallanganlar bo‘lsa,
ayting, gapim rost-mu, yolg‘on-
mu?!!
Ko‘rmadim. Uni kechagina
ko‘rgan bekatimda bugun
ko‘rmadim. Balki, u doim aynan
shu vaqtda o‘tmas, balki, u bir
martagina shu yo‘ldan o‘tgandir…
Balki, u ham meni ko‘rib yoqtirib
qolgandir, shu sababli uyalib
mendan qochib yurgandir…
Balki… Bo‘lishi mumkindir,
ozroq umid bordir, orzularga
berilsa bo‘lar… Xullas, balki so‘zi
yurakka tirgakmikan deb o‘ylab
qolaman ba’zida.
Metro. Hali ham uni kutyapman.
Boshqa qiladigan ishim ham yo‘q.
Chunki, soat 7:00; tong saharlab
metroga tushib olganman…
Sahar…
O‘sha sizmi o‘rik gullarin,
Sevgan barno, sevdirgan barno.
O‘rik gulli ko‘ylagin kiyib,
Pinhon boqib lol turgan barno.
O‘sha sizmi umr bo‘yi men,
Eslaganim, eslatganim yor.
O‘sha sizmi, ha o‘sha sizsiz,
Talpinmaydi qalbim bekordan-
bekor…
– qo‘shiq matni adashmasam
shunaqaroq edi, ajoyib guruh…
Meni sevgim uchun yozilgandek
go‘yo…
Kelmadi. Uni ko‘ra olmadim…
Ishga borishga bordim-u,
ishlagim kelmasdi. Rosa jonga
jafo bo‘ldi bu sevgi…
Sovg‘a… Boshqalar uchun
bilmadim qanaqa-yu, lekin,
menga o‘z qo‘llarim bilan sovg‘a
yasash yoqadi. Chunki, sovg‘a
ko‘zni emas qalbni quvnatishi
kerak.
–Eshitganmisiz: “Nega erkaklar
tongda ko‘ylaklari
dazmollanmaganidan jaxllari
chiqadi!?”
“Ayolini urushishga bahona
uchun…” – deysizmi!?
–Adashasiz! Sevgan yorini qo‘llari
tekkan ko‘ylakni kun bo‘yi egnida
kiyib yurish baxtidan mosuvo
bo‘lganlaridan g‘azablanishadi! –
bu gaplarni men o‘ylab
topmadim, yoringizdan so‘rang
qani, bular yolg‘onmikan???
Bu tuyg‘u faqatgina erkaklarga
xos emas, chunki, odamlar bir-
biriga qalban yaqin bo‘ladilar.
Balki, bu tuyg‘u ayollarda
nisbatan ancha yuqoriroqdir.
Bekorga ular nozik qalb
sohibalari emasdirlar.
Asosiy isbot esa: “Dunyo
olimlarining fikricha, dunyo
odamlariga “handmade” narsalar
juda yoqadi!”
Yaxshiyam internet bor. Qilib
ko‘rmaganlar uchun tekin
maslahat: Internetdan sevgi
izhorlari, sevgi voqealari,
romantik sovg‘alarni qidirishni
boshladim…Uch-to‘rttasini tanlab,
kompyuterimda saqlab qo‘ydim.
Uyga… Ko‘cha. Metro. Ko‘cha.
Yomg‘ir. Uni o‘ylab ketayapman.
Hali bunchalik, begonalardan
kimnidir o‘ylamagandim.
O‘ylamagandim, endi
o‘ylovdaman, o‘ylayapman…Endi
u begona ham emas.
Itlar – odamzodning haqiqiy
sodiq do‘stlari…
–Ex, la’nati – qo‘rqitib yubordi.
Yuz qadamlar naridagi “Suv sport
saroyi” ning qo‘riqchi itlari
yo‘ldan o‘tayotgan bir qizga
xurayotgan ekan. Chiroyli qiz
ekan, itlar biladi kimga xurishni!
Qizga yaqinlashganim sari nafas
olishim sekinlashib borardi… Bu
o‘sha metrodagi go‘zal, “O‘sha
sizmi” dagi o‘rik gulli ko‘ylakli qiz
edi…
O‘sha sizmi… Ha, o‘sha sizsiz.
…O‘rik gulli ko‘ylagin kiyib,
Pinhon boqib lol turgan barno…
Lera… shu kuni juda ko‘p
narsalarga tushunmadim, lekin,
shuni tushundimki, o‘sha o‘rik
gulli ko‘ylakli qizning ismi
Valeriya ekan.
–Lera! – uning ortidan bir qiz
yugurib kelardi. Rus qizi,
ruschada nimadirlar deb
qiyqirishdi, sakrashdi… Bir
chetda ularni gapiga
tushunmasdan anqayib turgan
mendek oshiq-u devonani ko‘rib,
o‘rik gulli ko‘ylakli qizning o‘rtog‘i
undan ruschada – kim bu? – deb
so‘radi.
Lera javob berishga ulgurmasdan
chaqqonlik qilib: “Majnunman” –
dedim.
Haydab yuborishmaslaridan
sekin juftakni rostlab, ketguncha
sho‘xligim ham tutib ketdi:
“Ladna Lera, do zavtra” – deb
zo‘rg‘a bilganimcha ruscha
g‘udrandim.Tuni bilan
hayolimdan Leraning hayrona
bo‘lib qolgan chexrasi-yu, uni
hazilomuz turtkilagan
o‘rtog‘ining qiliqlari hech
chiqmadi.
Majnunman-e…Ismim bo‘lmasa
ham laqabim bor endi.
Qayerdadir “Majnun” yoki
“Majnunman” so‘zini eshitib
qolsa o‘girilib qaraydi, mabodo
ko‘zi tushib qolsa sinchkovlik
bilan o‘qiydi…
Sovg‘a jo‘natish payti keldi.
Boshqa ne qilarimni ham
bilmayman-da… Ruscha
bilmasam, borib gapira olmasam.
Oyni uyaltirgan qiz “Tili yo‘qni
sevamanmi?” – demaydimi…
Yaqinda shoir ham bo‘lib ketsam
ham ajab emas.
Rus qizi…Birovni qizini
yomonlash oson-da a!? Rus qizi
yomonmi?! Mendan so‘rang,
kimni qizi yomon deng!!!
–Uyimda singlim bor. Singildek
akaga mehribon topilmaydi bu
dunyoda.
Uning ko‘zidan yosh tomsa,
akaning tinchi bo‘larmi! O‘zini
dardini unutib singlisini o‘ylaydi…
Uning nomi buzulsa, kalta-kulta
kiyib, ko‘zlarini o‘ynatib
ko‘chalardan o‘tganda to‘p-to‘p
erkak-u yigitlar “iplarini uzishsa”
– akaning yuragi tinch turarmi!
Mard yigitni yoriga, opasi-yu
singlisiga kim suqlanib qarabdi!
“Kimni qizi yomon?” – deb
so‘raganmidiz. Bilmadim, meni
singlim bor u juda yaxshi qiz. Va
ishonamanki, xuddi mendek
akalarning ham xuddi menikidek
yaxshi opa, singillari bor…
Rus tili… Necha yildan beri
o‘rganmadim. Yoshligimda
o‘qituvchimiz stulni ko‘tartirib
qo‘yib aytardilar: ‘Kerak bo‘ladi!
O‘qigin…’ – deb.
Kerak bo‘larkan, rus tilini
bilmadim-u, sevgi kerak
bo‘larkan. Rus qiziga o‘zbekcha
o‘rgatishga to‘g‘ri keladi endi…
Sovg‘a. Ilk sovg‘a. Kun bo‘yi uni
o‘yladim, nima sovg‘a qilsam
ekan. Qanday qilib topshirsam
ekan… Axiyri topdim.
Do‘konga kirib, o‘n blok oddiy
qog‘oz salfetka oldim, endi o‘sha
sizga aytganim, yurakka yaqinroq
bo‘ladigan “handmade” ni o‘z
qo’llarim bilan yasayman.
Sevish kerak, sevilish kerak!
Muhabbatni armonlar-u azoblar,
rashk-alamlarning ko‘chalarida
adashtirish kerak emas!
Sevgi azob berish uchun emas,
baxt berish uchun keladi…
Gul… Oddiy qog‘oz
salfetkadan…
Shunaqasi ham bo‘ladi.
Ishonmaysizmi? Bir kun
salfetkadan gul yasashni
o‘rgataman unda.
O‘n blok salfetkani ichida besh
yuz dona bo‘ladi, qoq o‘rtasidan
kesilsa mingtaga yetadi. Mayda
ishligi uchun ancha vaqt ketadi,
mingta gulni ikki kunda yasab
tugatdim.Vaqtning qancha
ketishi muhim emas, aslida,
ishning qanchalik go‘zal qilinishi
muhim…
Sizda ham shunaqami; biror ishni
juda xohlasangiz qancha vaqt
ketishi-yu, qiyinchilik uyoqda
tursin, ko‘zga uyqu ham
kelmaydi. Bitirganimda soat
kechki birdan oshgandi,
internetga kirdim, onlayndagi
do‘stlarimdan biridan “Leraga”
so‘zi ruschada qanaqa bo‘lishini
o‘rganib oldim:
“Leru” bo‘lar ekan… Chiroyli-a!?
Jami mingta gul qo‘limda-yu, o‘rik
gulli ko‘ylakli qizni qayerdan
topaman endi???
Suv sport saroyi… Ikki kun
kutdim yo‘q. Yoki, vaqtni noto‘g‘ri
hisobladim-mi, uni uchrata
olmadim…
Metro… O‘sha qaynoq metro
bekati. Tong… Ishga
otlanyapman-u hayolim Lerada,
Majnun ham bunchalik Laylisini
qidirmagandir. Har holda,
metroda tentiramaganligi aniq…
Majnundan ham a’loman…
Maqtanmoqchimasman, lekin,
rostdan shunaqa. Sevganlar,
sevishganlar bo‘lsa aytsin,
sevganingizga bir donagina gul
olib borishni ba’zida unutasiz
to‘g‘rimi? Yoki, sevganingiz gul
olib kelish o‘rniga, doim
boshingizni qayoqdagi rashki
bilan qotiradi, shunaqa emasmi?
Keyin, Majnun hozirgi
“majnun”lardek faqat siqilishni
eplagan xolos. Garchi, ijtimoiy
tarmoqlarda statuslar yoza
olmagan bo‘lsa ham.
Metro poezdi kelib qoldi… Ex
hayollar…Yana ishga otlandim.
Odat… Foydali bir odatim bor.
Buni doktorlar tasdiqlashganmi
yo‘qmi bilmadim, lekin, menga
juda asqotadi. Hozir hamma
kompyuterdan foydalanadi, bu
esa ko‘zlarga ta’sir etmasdan
qolmaydi. Men esa har metroga
tushganimda ko‘zlarimni dam
oldiraman. Qanday qilibmi?
–Unda sinab ko‘ring, balki
foydasi tegar; metro poyezdining
o‘tirgichlari katta oyna oldida
joylashgan, o‘sha oynaning
o‘rtasida joylashaman va
to‘g‘ridagi oynaning narigi
tomoniga qarayman, u yerda
ham yana bitta oyna bor. Undan
ham nariga qarayman… Cheksiz
qorong‘ulik paydo bo‘ladi,
ko‘zlarim birdan tinchlanishni
boshlaydi. Boshqacha odam
emasman, mening ham ikki
donagina ko‘zim bor. Siz ham
sinab ko‘ring keyin aytarsiz…
Смс Шерлар