Mo'minning farosati (2)
- Категории: Hikoyalar
- Название: Mo'minning farosati (2)
- Дата релиза: 09-07-14, 12:31
ﻋَﻦْ ﺃَﺑِﻲ ﻫُﺮَﻳْﺮَﺓَ ﺭَﺿِﻲَ ﺍﻟﻠﻪُ ﻋَﻨْﻪُ ﻋَﻦْ
ﺍﻟﻨَّﺒِﻲِّ ﺻَﻠَّﻰ ﺍﻟﻠﻪُ ﻋَﻠَﻴْﻪِ ﻭَﺳَﻠَّﻢَ ﺃَﻧَّﻪُ ﻗَﺎﻝَ: ﻻَ
ﻳُﻠْﺪَﻍُ ﺍﻟْﻤُﺆْﻣِﻦُ ﻣِﻦْ ﺟُﺤْﺮٍ ﻭَﺍﺣِﺪٍ ﻣَﺮَّﺗَﻴْﻦِ.
ﺭَﻭَﺍﻩُ ﺍﻟْﺒُﺨَﺎﺭِﻱُّ ﻭَﻣُﺴْﻠِﻢٌ ﻭَﺃَﺑُﻮ ﺩَﺍﻭُﺩَ ﻭَﺍﺑْﻦُ
ﻣَﺎﺟَﻪْ ﻭَﺃَﺣْﻤَﺪُ ﻭَﺍﻟﺪَّﺍﺭِﻣِﻲُّ ﻭَﺍﺑْﻦُ ﺣِﺒَّﺎﻥَ
ﻭَﺍﻟْﺒَﻴْﻬَﻘِﻲُّ ﻭَﺍﻟﻄَّﺒَﺮَﺍﻧِﻲُّ.
Abu Hurayra roziyallohu anhu
Nabiy sollallohu alayhi va
sallamdan rivoyat qiladi:
“Mo'min (banda) bir chuqurga
ikki marta yiqilmaydi” (Buxoriy,
Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja,
Ahmad, Dorimiy, Ibn Hibbon,
Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyati).
Bu hadis aytilishiga quyidagi
voqea sabab bo'lgan. Abu
Hurayra roziyallohu anhu rivoyat
qiladi: “Badr kuni Abu Azza: “Ey
Rasululloh, men ehtiyojmand
ekanim, oilam, qizlarim borligini
hammadan ko'ra sen yaxshiroq
bilasan!” dedi. U zot unga lutf
ko'rsatib, Abu Azzaning aybidan
o'tdilar. U tavon to'lamasdan
Makkaga ketdi. Makkaga borib,
Nabiy sallallohu alayhi va
sallamni hajv qildi va
mushriklarni Rasulullohga
qarshi qayradi. U Uhud kuni asr
olinib, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam huzurlariga olib
kelindi. Shunda u zot: “Mo'min
bir chuqurga ikki marta
yiqilmaydi”, dedilar” (Bayhaqiy
“As-sunanul kubro”da rivoyat
qilgan. Bu rivoyat sanadida
zaiflik bor. Bu voqea ahli
mag'oziy nazdida mashhurdir).
Imom Buxoriy “Sahih”da
“Mo'min bir chuqurga ikki
marta yiqilmaydi” bobida
Muoviyaning: “Tajriba orttirish
yo'li bilangina hakim bo'lish
mumkin” degan qavlini
keltirgan.
Bu hadis haqida Xattobiy: “Bu
hadis darak gap bo'lsa-da,
ammo ma'nosi buyruqni
ifodalaydi. Ya'ni, unda mo'min
ehtiyotkor, aqlli va ziyrak bo'lsin,
g'aflatda qolmasin, ketma-ket
aldanib qolmasin, deyilmoqchi.
Bu dunyo ishida bo'lgani kabi
din ishida ham bo'lishi
mumkin”, degan.
Ba'zilar: “Bu erda komil mo'min
haqida gap ketmoqda. U kelishi
mumkin bo'lgan zarardan
ehtiyot bo'ladi. Ammo g'ofil
mo'min esa bir necha bor
aldanib qolishi mumkin”,
deyishgan.
Bu xususda boshqa hadislar
ham bor. Jumladan, “Musnadul-
firdavs”da Anas ibn Molik
roziyallohu anhudan zaif sanad
bilan rivoyat qilinadi: “Mo'min
aqlli ehtiyotkordir”.
Musulmon odam xoh diniy, xoh
dunyoviy ishda bo'lsin aql-
zakovat va fahm-farosat bilan
harakat qilishga buyurilgan.
Inson din yo'lida turli
qiyinchiliklar va mashaqqatlarga
duchor bo'lishi, azobu
uqubatlar tortishi tabiiy holat.
Biroq shu bilan bir qatorda
uning ishlari faqat orqaga
ketaverishi ham mumkin emas.
U ziyraklik va oqillik bilan chin
mo'min bo'lishga intilar ekan,
har qadamda qoqilavermaydi,
Alloh unga albatta yordam
beradi.
“Bu hadisda g'ofillik va
beparvolikdan ogohlantirish va
aqlni ishga solish lozimligiga
ishora bor. Abu Ubaydaning
fikricha, hadisning ma'nosi
shundan iboratki, mo'min agar
bir ishda musibatga uchrasa, u
yana o'sha narsaga qayta
duchor bo'lishi kerak emas.
Uning o'rgangan, bilgan
narsalari ishlarining yashirin
jihatlarini ham anglab etadigan
qilib qo'yadi va u sodir bo'lishi
mumkin bo'lgan
ko'ngilsizliklardan ehtiyot
bo'ladigan insonga aylanadi.
Beparvo mo'min esa, qayta-
qayta zararga yo'liqaveradi. Ibn
Battol aytadi: Hadisda Nabiy
sollallohu alayhi va sallam
oqibati yomon bo'lishi mumkin
bo'lgan ishlardan qanday
ehtiyot bo'lish kerakligini
ko'rsatib, o'z ummatlariga
chiroyli ta'lim berdilar” (Fathul-
boriy).
Bu hadisni Nabiy sollallohu
alayhi va sallam birinchi bo'lib
Abu Azza al-Juhamiy ismli
mushrikka aytgan edilar. Abu
Azza shoir edi va Rasulullohni
hajv qilib, masxaralab yurardi.
Badr jangida asrga tushdi.
Shunda u bola-chaqasining
ko'pligi va kambag'alligini
ro'kach qildi. Nabiy sollallohu
alayhi va sallam unga yaxshilik
qildilar va o'zlariga nisbatan
qilib yurgan ishlarini boshqa
takrorlamasligini aytib, qo'yib
yubordilar. Buning evaziga
undan hech bir narsa olinmadi.
Ammo u o'z qavmiga etib
olgach, yana avvalgi qilig'ini
boshladi. Keyin Uhud jangida
Madinaga yana keldi va qo'lga
tushdi. Abu Azza “Menga
yaxshilik qiling, iltimos”, deb
kambag'alligi va bola-chaqasi
ko'pligini aytdi. Shunda
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi
va sallam: “Makkaga borib
Muhammadni ikki marta
laqillatib keldim, deb yurmay
qo'yaqol”, deb aytdilar. U
o'limga buyurildi va qatl qilindi.
Ibn Hishom “Tahziybus-siyra”
kitobida aytadi: “Nabiy
sollallohu alayhi va sallam
o'shanda: “Mo'min bir
chuqurga ikki marta yiqilmaydi”,
deganlar.
Ushbu rivoyatdan muloyimlik
mutloq maqtalgan sifat
emasligini bilib olamiz.
Shuningdek, saxiylik ham
mutloq maqtalgan emas.
Ulamolar bu hadisni “laa
yuldag'il”, deb ham o'qish
mumkinligini aytganlar. U holda
bu hadis “mo'min kishi bir
chuqurga ikki marta yiqilmasin”,
degan ma'noda bo'ladi.
Payg'ambar sollallohu alayhi va
sallam mo'min aslo aldanib
qolmasin, aqlni ishlatmaslik
oqibatida o'zi sezmagan holda
ko'ngilsiz va yomon ishlarga
tushib qolmasin, hushyor va
ogoh bo'lsin, deydilar (Avnul-
ma'bud).
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,
mo'min odam ilm, aql, tajriba va
farosatda boshqalardan ustun
bo'lishi kerak. U ishlarning
qaysinisi foydali, qaysinisi zararli
ekanini oldindan ko'ra bilishi
lozim. U laqma bo'lmasligi,
g'animlarning aldovlari va shirin
va'dalariga uchib ketmasligi
shart. Shuningdek, hayotda Din
yo'lida ozor chekish,
musibatlarga duchor bo'lish
ham bor. O'zining uquvsizligi
tufayli qiyinchiliklarga tushib
qolish ham bor. Ushbu ikki
holatni bir-biriga aralashtirib
yuborish to'g'ri bo'lmaydi.
ﺍﻟﻨَّﺒِﻲِّ ﺻَﻠَّﻰ ﺍﻟﻠﻪُ ﻋَﻠَﻴْﻪِ ﻭَﺳَﻠَّﻢَ ﺃَﻧَّﻪُ ﻗَﺎﻝَ: ﻻَ
ﻳُﻠْﺪَﻍُ ﺍﻟْﻤُﺆْﻣِﻦُ ﻣِﻦْ ﺟُﺤْﺮٍ ﻭَﺍﺣِﺪٍ ﻣَﺮَّﺗَﻴْﻦِ.
ﺭَﻭَﺍﻩُ ﺍﻟْﺒُﺨَﺎﺭِﻱُّ ﻭَﻣُﺴْﻠِﻢٌ ﻭَﺃَﺑُﻮ ﺩَﺍﻭُﺩَ ﻭَﺍﺑْﻦُ
ﻣَﺎﺟَﻪْ ﻭَﺃَﺣْﻤَﺪُ ﻭَﺍﻟﺪَّﺍﺭِﻣِﻲُّ ﻭَﺍﺑْﻦُ ﺣِﺒَّﺎﻥَ
ﻭَﺍﻟْﺒَﻴْﻬَﻘِﻲُّ ﻭَﺍﻟﻄَّﺒَﺮَﺍﻧِﻲُّ.
Abu Hurayra roziyallohu anhu
Nabiy sollallohu alayhi va
sallamdan rivoyat qiladi:
“Mo'min (banda) bir chuqurga
ikki marta yiqilmaydi” (Buxoriy,
Muslim, Abu Dovud, Ibn Moja,
Ahmad, Dorimiy, Ibn Hibbon,
Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyati).
Bu hadis aytilishiga quyidagi
voqea sabab bo'lgan. Abu
Hurayra roziyallohu anhu rivoyat
qiladi: “Badr kuni Abu Azza: “Ey
Rasululloh, men ehtiyojmand
ekanim, oilam, qizlarim borligini
hammadan ko'ra sen yaxshiroq
bilasan!” dedi. U zot unga lutf
ko'rsatib, Abu Azzaning aybidan
o'tdilar. U tavon to'lamasdan
Makkaga ketdi. Makkaga borib,
Nabiy sallallohu alayhi va
sallamni hajv qildi va
mushriklarni Rasulullohga
qarshi qayradi. U Uhud kuni asr
olinib, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam huzurlariga olib
kelindi. Shunda u zot: “Mo'min
bir chuqurga ikki marta
yiqilmaydi”, dedilar” (Bayhaqiy
“As-sunanul kubro”da rivoyat
qilgan. Bu rivoyat sanadida
zaiflik bor. Bu voqea ahli
mag'oziy nazdida mashhurdir).
Imom Buxoriy “Sahih”da
“Mo'min bir chuqurga ikki
marta yiqilmaydi” bobida
Muoviyaning: “Tajriba orttirish
yo'li bilangina hakim bo'lish
mumkin” degan qavlini
keltirgan.
Bu hadis haqida Xattobiy: “Bu
hadis darak gap bo'lsa-da,
ammo ma'nosi buyruqni
ifodalaydi. Ya'ni, unda mo'min
ehtiyotkor, aqlli va ziyrak bo'lsin,
g'aflatda qolmasin, ketma-ket
aldanib qolmasin, deyilmoqchi.
Bu dunyo ishida bo'lgani kabi
din ishida ham bo'lishi
mumkin”, degan.
Ba'zilar: “Bu erda komil mo'min
haqida gap ketmoqda. U kelishi
mumkin bo'lgan zarardan
ehtiyot bo'ladi. Ammo g'ofil
mo'min esa bir necha bor
aldanib qolishi mumkin”,
deyishgan.
Bu xususda boshqa hadislar
ham bor. Jumladan, “Musnadul-
firdavs”da Anas ibn Molik
roziyallohu anhudan zaif sanad
bilan rivoyat qilinadi: “Mo'min
aqlli ehtiyotkordir”.
Musulmon odam xoh diniy, xoh
dunyoviy ishda bo'lsin aql-
zakovat va fahm-farosat bilan
harakat qilishga buyurilgan.
Inson din yo'lida turli
qiyinchiliklar va mashaqqatlarga
duchor bo'lishi, azobu
uqubatlar tortishi tabiiy holat.
Biroq shu bilan bir qatorda
uning ishlari faqat orqaga
ketaverishi ham mumkin emas.
U ziyraklik va oqillik bilan chin
mo'min bo'lishga intilar ekan,
har qadamda qoqilavermaydi,
Alloh unga albatta yordam
beradi.
“Bu hadisda g'ofillik va
beparvolikdan ogohlantirish va
aqlni ishga solish lozimligiga
ishora bor. Abu Ubaydaning
fikricha, hadisning ma'nosi
shundan iboratki, mo'min agar
bir ishda musibatga uchrasa, u
yana o'sha narsaga qayta
duchor bo'lishi kerak emas.
Uning o'rgangan, bilgan
narsalari ishlarining yashirin
jihatlarini ham anglab etadigan
qilib qo'yadi va u sodir bo'lishi
mumkin bo'lgan
ko'ngilsizliklardan ehtiyot
bo'ladigan insonga aylanadi.
Beparvo mo'min esa, qayta-
qayta zararga yo'liqaveradi. Ibn
Battol aytadi: Hadisda Nabiy
sollallohu alayhi va sallam
oqibati yomon bo'lishi mumkin
bo'lgan ishlardan qanday
ehtiyot bo'lish kerakligini
ko'rsatib, o'z ummatlariga
chiroyli ta'lim berdilar” (Fathul-
boriy).
Bu hadisni Nabiy sollallohu
alayhi va sallam birinchi bo'lib
Abu Azza al-Juhamiy ismli
mushrikka aytgan edilar. Abu
Azza shoir edi va Rasulullohni
hajv qilib, masxaralab yurardi.
Badr jangida asrga tushdi.
Shunda u bola-chaqasining
ko'pligi va kambag'alligini
ro'kach qildi. Nabiy sollallohu
alayhi va sallam unga yaxshilik
qildilar va o'zlariga nisbatan
qilib yurgan ishlarini boshqa
takrorlamasligini aytib, qo'yib
yubordilar. Buning evaziga
undan hech bir narsa olinmadi.
Ammo u o'z qavmiga etib
olgach, yana avvalgi qilig'ini
boshladi. Keyin Uhud jangida
Madinaga yana keldi va qo'lga
tushdi. Abu Azza “Menga
yaxshilik qiling, iltimos”, deb
kambag'alligi va bola-chaqasi
ko'pligini aytdi. Shunda
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi
va sallam: “Makkaga borib
Muhammadni ikki marta
laqillatib keldim, deb yurmay
qo'yaqol”, deb aytdilar. U
o'limga buyurildi va qatl qilindi.
Ibn Hishom “Tahziybus-siyra”
kitobida aytadi: “Nabiy
sollallohu alayhi va sallam
o'shanda: “Mo'min bir
chuqurga ikki marta yiqilmaydi”,
deganlar.
Ushbu rivoyatdan muloyimlik
mutloq maqtalgan sifat
emasligini bilib olamiz.
Shuningdek, saxiylik ham
mutloq maqtalgan emas.
Ulamolar bu hadisni “laa
yuldag'il”, deb ham o'qish
mumkinligini aytganlar. U holda
bu hadis “mo'min kishi bir
chuqurga ikki marta yiqilmasin”,
degan ma'noda bo'ladi.
Payg'ambar sollallohu alayhi va
sallam mo'min aslo aldanib
qolmasin, aqlni ishlatmaslik
oqibatida o'zi sezmagan holda
ko'ngilsiz va yomon ishlarga
tushib qolmasin, hushyor va
ogoh bo'lsin, deydilar (Avnul-
ma'bud).
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,
mo'min odam ilm, aql, tajriba va
farosatda boshqalardan ustun
bo'lishi kerak. U ishlarning
qaysinisi foydali, qaysinisi zararli
ekanini oldindan ko'ra bilishi
lozim. U laqma bo'lmasligi,
g'animlarning aldovlari va shirin
va'dalariga uchib ketmasligi
shart. Shuningdek, hayotda Din
yo'lida ozor chekish,
musibatlarga duchor bo'lish
ham bor. O'zining uquvsizligi
tufayli qiyinchiliklarga tushib
qolish ham bor. Ushbu ikki
holatni bir-biriga aralashtirib
yuborish to'g'ri bo'lmaydi.
Смс Шерлар