Главная » Hikoyalar » O'ch oqibati 3 (Umrning badali)
O'ch oqibati 3 (Umrning badali)

O'ch oqibati 3 (Umrning badali)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: O'ch oqibati 3 (Umrning badali)
  • Дата релиза: 16-05-14, 00:52
O'ch oqibati 3 (Umrning badali)
Tergovda Turdijon oshxonada
ziyofatni Yormat jo'rasi bilan
boshlaganini, keyin yana bir-ikki
ulfat qo'shilib, davra qizib
ketgnini tan oldi. Lekin
tergovchi Solijonovning
"Ziyofatning boisi nimada edi?"
savoliga mujmal javob qildi.
Yana janjalning kelib-chiqish
sababini o'zgartirdi:
- Mizrob aka tur, ketinglar
degach alam qildi. Janjallashib
qoldik.
- Nekovning qo'li aynan o'sha
kuni singan. Kayfda, sindirib
qo'ymadingizlarmi? - kesatdi
tergovchi.
- Haddan ziyod mast bo'lganmiz,
- Turdijonning oxirgi gapi rost
edi.
- Nekovni Yormat Mahkamov
ham urganmidi?
- Bo'lmasa-chi? Hatto Mizrob
akaning "Yormat senga nima
qildim?" degani haligacha
qulog'imga jaranglab turibdi.
- Qachon tarqaldinglar?
- Bilmasam. Lekin biz ko'p
urmadik.
- Mayli, bu mavzuga hali
qaytamiz.
Tergovchi Solijonov marhum
Yormat Mahkamovning
ekspertiza xulosasini ko'zdan
kechirdi. Ekspertiza xulosasiga
"... marhumni rosa
kaltaklaganlar, keyin o'tkir tig'li
buyum bilan yetti marta to'g'ri
kelgan joyiga sanchilgan.
Shundan uchtasi aniq yuragiga
tekkan..." deb qayd etilgan jumla
bor edi. Tergovchi qotil
nimagadir shoshgan, degan
qarorga keldi. So'ngra
gumondor sifatida so'roq
qilinayotgan Shokirovga savol
berdi:
- Qisqasi, Yormat Mahkamov
bilan birga qaytdingizlarmi?
- Yo'q, albatta. Yormat
hojatxona tomon ketdi... Men
picha kutib, picha yurib,
darvozaxonamga kelibman...
- Bu cho'pchagingizni
boshqalarga ayting, Shokirov!
- Ishonsangiz shu...
Turdijon tergovchidan
ranjiganday bo'ldi. Solijonov
ham xatosini tushundi. Shu
bois:
- Qaytib bormadingizmi? - dedi.
- Yormat mast bo'lsa ham uyiga
yetib keladi. Mening ovora
bo'lganim qolardi.
- Unday bo'lmadi?!
- Peshonasiga yozilgani shu
ekan.
- Baribir, sizning...
- Aybim bor. Yolg'iz
qoldirmasligim kerak ekan.
Qayerdan ham bilaman, uning
dushmani borligini.
- Birortadan gumoningiz bormi?
- Qaydam?
- Tergov tugamaguncha
tumandan chiqib ketmang,
tushunarlimi?
Turdijon ketgach, Solijonov
o'ylanib qoldi. Sigareta tutatdi.
Chuvalashib ketgan xayollarini
biroz tartibga keltirganday
bo'ldi. So'ngra guvoh sifatida
Mizrob Nekovni xonasiga taklif
qildi.
* * *
... Zarif do'sti Nurmamat bilan
oshxonaga kelsa, Mizrob
akaning og'zi burni qon holda
hushsiz yotganini ko'rdi. U
qo'rqib ketdi. Bir kosa suv olib,
otasining yuziga sepdi. Xayriyat,
seskanib bir qalqib tushdi.
- Sizni bu ahvolga kim soldi?
- Turdijon bilan Yormat. Yana
bir-ikkitasi...
Mizrob aka qolganlarining
ismini aytmadi. Chunki
Nurmamatning tog'asi Amriddin
ham bor edi, ularning orasida.
O'rnidan sekingina qo'zg'alib,
chorpoya ustiga keldi. Shu payt
uzoqdan birov so'kinib
ketayotganini ko'rib qoldi. Zarif
otasiga ham e'tibor bermay,
sharpaning ketidan yugurdi.
Nurmamat ham ergashdi. Borsa
Yormat ekan.
- Yormat aka, dadamlarni nega
urdingizlar, - dedi Zarif o'zini
zo'rg'a qo'lga olib.
- A... Ablah! Turdijonning
xotinini yo'ldan urishning jazosi
shu...
Yormat g'udurlanib-g'udurlanib
shularni aytdi, xolos. Bu gaplarni
eshitib Zarifning boshidan bir
chelak suv quyilgandek,
seskanib ketdi. U nima qilarini
bilmay qoldi. Ursa, Yormatning
o'zini Xudo urib qo'ygan.
Urmasa, otasini xo'rlashgan.
Yana Mastura bilan bog'liq...
Turdijonning xabari bor ekan-
da, deb o'yladi. Bu orada
Nurmamat ham yetib keldi:
- Jo'rajon kim u?
- Yormat alkash!
Bu ismni eshitgan Nurmamat
tutoqib ketdi. Chunki
qamalishida Yormatning qo'li
bor edi. U narkotik moddani
aynan Nurmamatdan olganini
"sotgan" edi-da! Nurmamat yetti
yilga kesildi. Yaqinda keldi.
"Yormatdan o'ch olaman", deb
ko'ngliga tugib qo'ygan edi.
Bugun shu tugun yechildi:
- Zarif, jo'rajon, urmaymiz, bu
yaramasni!
- Urdik...
Alkashni anchagacha
tepkilashdi. Oxiri charchadilar.
Zarif peshonasidagi, yuzidagi
terlarni ko'ylagi etagiga artib,
ariq bo'yiga bordi. Yuzini yuvdi.
So'ngra charchaganini bildirish
maqsadida Nurmamatga qaradi.
Nurmamatning niyati
o'zgarganini bildi. Qo'liga bir
nima yalt etib ketdi.
- Nur, jinni bo'lma? - Zarif
o'rnidan turaman, deb
kesaklarga qoqilib yiqildi. Usti
boshini ham qoqmay, shoshildi.
Biroq kechikkan edi.
Nurmamat qamoqxonada
yasagan pichog'ini olib,
Yormatning to'g'ri kelgan joyiga
shoshib, ketma-ket yetti marta
sanchdi. Har sanchganida "bir
yil o'tgan umrim uchun" derdi.
Ha, bu sanchishlar yetti yillik
panjara ortidagi umrining
badali edi...
* * *
Melixon "Tozini chaqirib,
ishning natijasini" so'radi.
- Xo'jayin, bizga o'rin
qoldirishmadi. Ikkitasi urib,
pichoqlab ketdi.
- U bizni desak, boshqalarning
ham tinchini buzgan ko'rinadi.
O'lganiga aminmisan?
- Ha, xo'jayin. Yuragini ushlab
ko'rdim.
- Malades...
Melixon kimni maqtadi, bilib
bo'lmas edi. Tozi esa "dumi"ni
likillatib, uning atrofida
o'ralashib qoldi...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: