Главная » Hikoyalar » O'ch oqibati (Shubha)
O'ch oqibati (Shubha)

O'ch oqibati (Shubha)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: O'ch oqibati (Shubha)
  • Дата релиза: 16-05-14, 00:51
O'ch oqibati (Shubha)
- Turdijon aka, ohimiz Allohga
yetdi. Farzandli bo'lamiz, -
Mastura quvonchdan nima
qilarini bilmay, erining so'lg'in
yuzlaridan o'pib oldi. Bag'riga
bosdi. To'xtovsiz "Bilardim,
farzand ko'rishimni.
Dushmanlarimiz oldida yuzimiz
yorug' bo'ldi, Turdijon aka!"
deya pichirlar edi.
Bu xushxabardan Turdijon
sevinmadi, aksincha,
shubhalandi. Doktorlar unga
"Sendan bola bo'lmaydi",
deyishgan, xotinidan buni
yashirgan edi...
O'zini ko'chaga urdi. Yormat
jo'rasini yetaklab, Mizrob
akaning oshxonasiga bordi. Ikki
sixdan kabob bilan bitta
"oqsoqol"ni maydalashdi. Kamlik
qildi. Yana aroq buyurishdi.
Keyin ulfatlar soni ko'payaverdi.
Hammaning kayfi taroq, burni
"sholg'om" bo'ldi.
Mizrob aka oshxonaga kiradi,
chiqadi. Soat ham tungi o'n
ikkilarga yaqinlashib qolgan.
Haliyam baxtiga profilaktika
inspektori bugun kelmadi.
Kelgandami, kechagi
ogohlantirish kamlik qilmadimi,
deb jarimaga tortarmidi?
Mahalla-ko'y oldida,
namozxonligi bir pul bo'lardi.
Shularni o'ylabmi, yo
ulfatlarining so'kinishlari ta'sir
qildimi, qisqasi, sabri dosh
bermadi:
- Oshxonani yopaman,
turmaysizlarmi?
Uning do'q aralash gapi
ulfatlarining jig'iga tegdi.
Ijirg'anib so'kinishdi. Ayniqsa,
Turdijonniki oshib tushdi. U
tentirab-tentirab Mizrob
akaning yoqasiga tirmashdi.
So'ngra tomdan tarasha
tushganday tuhmat toshini otdi.
- O'g'lingiz Norgulga uylanaman
deb, xotinimga o'ralashib
yurganmish?
- Bo'lmagan gap! Mastsan.
Ertaga gaplashamiz...
- Ni-immmaa?
Turdijon g'udurlanib, o'kirib,
og'zidan ko'pik sachradi. Mizrob
aka yuzidagi tupuklarni artar
ekan, yalina boshladi:
- Qudajon, ko'pchilik oldida
odamni sharmanda qilmang...
Mizrob akaning "sharmanda
qilmang", deganini u
"sharmanda bo'lmang", deb
eshitdimi yo ataylab janjal
chiqarishni xohladimi, har qalay
qo'liga erk berdi. Ulfatlar kutib
turgan ekanmi, yegan-
ichganlarining narxini to'lamay,
oshxona egasini rosa
do'pposlashdi.
* * *
Profilaktika inspektori, kapitan
Alimardon Bozorboyev xo'roz
qichqirmasidan Turdijonning
uyi oldida paydo bo'ldi.
- Shokirov! Hoy, Turdivoy! Hoy!!!
Eshik ochilib, ship-ship tovushi
darvozaxona tomon kela
boshladi. Nihoyat ichkaridan:
"Azonlab chaqirgan kim?"
degan ayol kishining tovushi
keldi.
- Men, profilaktika inspektori
Alimardon. Kelin, Turdivoy
uyg'ondimi?!
- Turdijon akam uxlayapti.
- Uyg'oting, kelin! Mahkamovni
pichoqlashibdi.
- O'lib ketmaydimi? Erimni rosa
ichirishibdi. Kechasi bilan qusib-
qusib, hozirgina uxlagan edi.
Ayol norozi ohangda g'udurladi.
Kimnidir qarg'ab, so'kib qo'ydi.
Biroq vijdoni yo'l qo'ymadimi,
ortiga qaytdi. Ancha vaqtdan
so'ng darvoza ilgagi ochilib,
boshini changallagan Turdijon
ko'rindi.
- Kecha o'lik bo'lgan ekansiz-da.
Sasib ketyapsiz.
- Xursandchilikdan ko'proq
ichib qo'yibmiz, nachalnik. Uf!!!
Boshim tars yorilay, deydi.
- Odam ham shunchalik
ichadimi?
- Ha, endi...
- Kiyining, bo'limga boramiz.
- Tinchlikmi?
- Tinchlik emas-da, Turdivoy!
Kecha qotillik yuz bergan.
- Kim?
- Yormat Mahkamovni
pichoqlashibdi.
- Nimaga?
- Bu yog'i borganingizda
ma'lum bo'ladi.
Kapitan Turdijonni "Nexia"
mashinasiga mindirib, tuman
ichki ishlar bo'limiga olib keldi.
* * *
Melixonning "yuki" manzilga
bormadi. Keyin bilsa, YPX blok
postida ichki ishlar xodimlari
xizmat iti bilan yuk tugul,
ishongan hamkorini ham qo'lga
olishgan ekan. Cho'kayotgan
odam xasga yopishadi. U ham
bu "operasiya"ni kimdir sotib,
barbod qilganini o'ylab, qo'l
ostidagi odamlarni birma-bir
xayolidan o'tkazdi. Uzoq
xayolga cho'mdi. Keyin birnima
esiga tushganday "Tozi!!!" deya
o'shqirdi.
- Eshitaman, xo'jayin, - eshikdan
qoqsuyak, bo'yi pakana kishi
egilib kirdi. U xo'jayinining
vajohatidan qo'rqib, yerga
battar kirgudek egildi.
- It! Orqangni tozalab yursang
o'lasanmi?..
- Tozalangan, xo'jayin.
- Anavi "o'pkang" sotgan
ko'rinadi. Kechagi mol
mentlarga osh bo'ldi. Eshnazar
ham qo'lga olinibdi.
- Voy, maraz. Shu ishni
qilibdimi?!
- Sendan so'rash kerak,
itvachcha!
- Kechiring, xo'jayin...
- Bir-ikki yigitni ol, bugun
gumdon qil.
- Nima desangiz shu, xo'jayin.
- Yo'qol!
* * *
Mizrob aka bo'lg'usi qudasidan
bunday noma'qulchilikni
kutmagandi. O'g'li Zarifni
yomonotliq qilish bilan birga
jufti haloli Masturaning nomiga
ham dog' tushirganini bilmay
garang. Axir ko'z ochib ko'rgani
bo'lsa, ko'pchilik oldida
sharmisor qildi-ku. Bu ham
yetmagandek, qo'lini sindirgani
ortiqcha edi. U hakimlarga
"yiqilib tushdim"dan nariga
o'tmadi. Turdijonni ayadi. O'sha
ma'shum tunda qalin do'sti
Yormatdan ajralib qoldi. Uni
noinsoflar yetti joyidan
pichoqlab, yana ur-kaltak
qilganlari hammasidan oshib
tushgan edi.
Yormat otasining qavatiga
kirmay, yengil-yelpi yashash
orzusida qing'irlik ko'chasiga
kirib qolganini sezmay qoldi.
"Qoradori" savdosiga aralashib,
ikki marta sudlandi. Asta-asta
o'zi ham shu zormandadan
tortadigan bo'ldi. Uydagi
bisotlarini sotib, pulini shu
zormandaga sarfladi. To'rt
devor ichida qolsa ham uning
xumori tutar, xotini tikkan
kashtalarni sotib, pulini ikki
qo'llab unga berardi. Chunki ikki
norasida bolasini tirik yetim
qilishni xohlamasdi. Otasi
dehqon bo'lganligi bois,
o'g'lining ro'zg'orini tashlab
qo'ymadi. Sabzavotu poliz
mahsulotlarini keltirib,
nabiralarini ko'rib qaytardi.
Faqat pul bermas edi. Agar
bersa, o'g'li u pulga albatta,
zormandadan tortishini bilardi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: