O`ZINI YO`QOTGAN ODAM
- Категории: Hikoyalar
- Название: O`ZINI YO`QOTGAN ODAM
- Дата релиза: 28-08-17, 19:49
Yuziga kelib tushgan mayin shapaloq takrorlanishini istagan Sarvar ko`zini ochmay yotaverdi. «Hozir Gulrang divanga sakrab chiqib, meni ot qilib minib oladi va «chu, otim, chu» deb sakray boshlaydi», o`yladi u. Ich-ichidan quvonib uch yarim yashar qizalog`ining sho`xliklari davomini intiqlik bilan kutayotganda, qizining ovozi o`rniga yana bir engil shapaloq yuziga tegdi va:
— Asalim, tura qoling endi. Ishga borasizmi o`zi?.. — degan ovoz eshitildi.
Kutgani yuz bermaganidan shu paytgacha dunyodagi eng shirali ovoz bo`lib tuyuladigan Nodiraning sasi qulog`iga xuddi temirga tekkan arraning ovozidek sovuq eshitildi. Alam qilganidan hamon yuzida turgan Nodiraning qo`lini siltab tashlab, teskari o`girilib yotdi. Qaramasa ham biladi, Nodira hozir lablarini shishirib arazlab turibdi. «Tavba, lab degani ham shunaqa do`rdoq bo`ladimi? Uzoqdan yuzidan oldin labi ko`rinadi-ya». Nodira jahl bilan shkaflarning eshigini qarsillata boshlagach, ilojsiz o`rnidan turdi. Qizalog`i Gulrangni qanchalik sog`ingan bo`lmasin, hozir janjalni katta qilishni istamasdi. Chunki Nodira bir arazlasa, uch kunlab ochilmaydiganlardan, gaplashmay yurakni siqvoradi. Undan ko`ra gapirib-gapirib keyin hech narsa bo`lmay ketavergani ming marta yaxshi edi. «Uf, menga nima bo`layapti o`zi? Sohibaning fe`li shunaqa edi, hech qachon uzoq arazlamas, biror nima yoqmasa, gapirib yoki yig`lab olib, ochilib ketaverardi...» o`yladi Sarvar istar-istamay o`rnidan turarkan. «Kuz ta`sir qilayapti shekilli», kayfiyati yomonligi shundan bilib, o`zini-o`zi aldadi, lekin ichini kemirayotgan sog`inchni tan olgisi kelmadi.
— Bugun juda ochilib ketibsizmi, xonim? — dedi u nonushta qilgani o`tirarkan.
— Nega ertalabdan kayfiyatingiz yo`q, asalim? — Sarvar sababini bilsa-da, aybni o`zidan soqit qilib, gina-kuduratni qisqa qilish yo`llarini axtarardi.
— Men-a? Sizni-ya? — «hayratlandi» Sarvar. — Sizni o`zimdan nari itarib o`libmanmi, jonim. O`zi zo`rg`a etishgan bo`lsam...
— Nodiraxon ham «blinchik»larni zo`r qiladi-da, — dedi Sarvar ularning gapiga qo`shilgisi kelib. Ikkala hamxonasi ham gapdan to`xtab, unga qarab qolishdi. Xadichaning qoshlari chimirilib, stolidan qog`ozlarni taxlay boshladi. Botir esa o`rtadagi noqulaylikni buzish uchun: — X-xotinning pazanda bo`lgani yaxshi-da... — deb qo`ydi.
— Sarvar aka, — dedi u ertasi kuni ish tugar mahali qo`ng`iroq qilib. — Bugun rahbarimiz haq beradi, agar kelmasangiz, xafa bo`larkan.
— Rahbarim kelayotgandi, oxirgi daqiqalarda ishlari chiqib qoldi... Sizga yolg`onchi bo`lmay deb o`zim kelaverdim... — dedi Nodira «xijolat» bo`lib.
— Sira bir o`zim begona erkak bilan kafeda o`tirmagan... Juda g`alati bo`larkan, — qiz chiroyli sochlarini siltab qo`ydi. Uning sochlaridan taralyotgan xushbo`y ifor, mayin kuy va shaharning tungi manzarasi ta`sir etdimi yoki qizni xijolatpazlikdan qutqarish uchun Sarvar u yoq-bu yoqdan gapirib suhbatni qizdirishga harakat qildi. Dadillik uchun bir-ikki qultum ichmasa bo`lmasligini tushunib konyak buyurtirdi.
— Voy! — dedi u og`ziga olov tushgandek qo`llari bilan elpib. — Nega yonimga qo`ydingiz? Bilmay ichvordim-ku!
Nodira yana labini chuchchaytirdi. Javob bermadi.
Nodira «Demak, ataylab siltab tashlamapti» deb o`ylab, ko`zlarini suzib javob berdi:
— Ertalab siltab, nari itarib tashladingiz-ku, yana nega kayfiyating yo`q deysiz-a?
Nodiraning chiroyi ochildi. Sarvar ham kamida uch kun davom etadigan araz-ginadan, ming`ir-ming`ir gaplardan qutilib qolganidan quvondi.
Nodiraning sarishta beka bo`lib ko`rinish uchun qilayotgan beo`xshov harakatlari g`ashiga tegsa-da, o`zini bosib, uydan chiqib ketdi.
Kabinetidagi kresloga o`zini tashlarkan, faqat shu xonada dilxiraliklarni unutib, o`zini erkin his qilishini sezdi.
Biroz o`tirgach, soatiga qaradi, ish boshlanishiga hali yarim soat bor, hamkasblaridan oldin kelish unga anchadan buyon odat bo`lib qolgan.
Soat to`qqizga yaqin etib kelgan xonadoshi Botir «Bu shumtakalar qachon katta bo`lisharkan-a, birini bog`chaga, birini maktabga tashlab kelguncha tilim osilib qoldi», dedi kulib. Undan keyin kirib kelgan Xadicha tungi smenadan qaytgan eriga qo`ng`iroq qilib, ovqat qaerdaligini, choy damlab qo`yilganini va eri shundoq ham biladigan yana allanimalarni uzoq tushuntirdi. Keyin ikkalasi ham kompyuterlarini yoqib, bola isitma qilganda qaysi dorini ichgan ma`qulu qaysi maktabda yaxshi o`qituvchilar ishlashi haqida gaplashishda davom etishdi.
Sarvarga ularning maishiy mavzuga bag`ishlangan ertalabki «pyatiminutka»lari sira yoqmasdi. Hozir esa ularga havasi keldi.
Xotin degani o`ziga ham erish tuyuldimi, nimanidir bahona qilib xonadan chiqib ketdi. Ikki yil oldin Sarvar xotini bilan ajrashib, Nodiranikiga ko`chib o`tgach, hamkasblarining unga munosabati butkul o`zgargandi.
Katta bir kompaniya mahsulotlarining reklamasi bilan shug`ullanadigan Nodira reklama bannerlarini shahar bo`ylab joylashtirish masalasida shartnoma imzolash uchun kelgandi.
Novdadek nozik, sariqqa bo`yalgan jingalak sochlari elkasini qoplagan, so`zlaganda arazlagan yosh boladek lablarini chuchchaytirib gapiradigan qiz bir qarashdayoq Sarvarning xayolini o`g`irladi. Qiz ham uning e`tiborini tortganini sezib, battarroq nozlanib gapira boshlagandi.
Sarvar o`zi bilmagan holda qizga reklamaning eng arzon narxini belgilab berdi. Kompaniya mahsulotini kattagina chegirma bilan reklama qilishga erishgani uchun Nodira ham xursand.
Avvaliga ikkilangan Sarvar qiz qo`yavermagach, rozi bo`ldi.
Belgilangan kafega borganda, Nodirani bir o`zini ko`rib hayron bo`ldi.
Etagi tizzasini ham yopmaydigan kalta ko`ylakdagi, chiroyli ko`zlarini pirpiratib turgan, yaxshi tanish bo`lmagan qiz bilan yolg`iz, kafeda bir o`zi o`tirish noqulay bo`lsa-da, Sarvar qizni xijolat qilmaslik uchun o`tirdi.
Qizga ham uzatdi. Lekin Nodira sharbat ichishni afzal bildi va ryumkadagi konyakka qo`l ham urmadi.
Nima bo`lsa, bo`lar deb, ikki ryumka konyakni ichib yuborgan Sarvar biroz o`zini erkin his qila boshladi. Shunday hurliqo bilan tanishganidan o`zidan faxrlanib ham qo`ydi. Biroz o`tirgach, Nodirani tortinchoq, oddiygina kiyinadigan, umrida bir marta — faqat to`yda bo`yangan xotini bilan taqqoslay boshladi. Odobli, davralarda o`zini tutushni ham, kiyinishni ham o`rniga qo`yadigan Nodiraga havasi keldi. «Farzandlaringni shunday didli, farosatli ayol tarbiyalasa-da» degan fikr ham o`tdi xayolidan.
Ovqat olib kelishganida Sarvarning hazillaridan kulaverib ko`zi yoshlangan Nodira «adashib» sharbat o`rniga konyakni ichib yubordi...
Sarvar shoshib unga suv quyib uzatdi.
Birozdan keyin umrida ichmagan Nodiraning boshi aylana boshladi. U tinmay kular, har bir gapida Sarvarning qo`liga urib qo`yardi. Qizning qaynoq qo`li tekkanda Sarvar allanechuk titrab ketardi...
O`sha kuni Sarvar Nodirani uyigacha kuzatib qo`ydi.
Ertasi kuni Nodira qo`ng`iroq qilib uzr so`radi...
Shundan keyin har kuni telefonda gaplashadigan bo`lishdi. Sarvar boshiga qo`ngan bu baxtdan masrur bo`lib, oilasini butkul unutdi. Endi har kuni ishdan keyin «uyiga yolg`iz ketishga qo`rqadigan» Nodirani kuzatib qo`yar. Nodira bir o`zi yashar, ko`pincha «yolg`izlikda tomog`idan ovqat o`tmay», Sarvar bilan biror restoranda birga ovqatlanishardi. Avvaliga har zamonda bir uyiga bormay qo`ygan Sarvar, keyinchalik umuman bormay qo`ydi. Undagi o`zgarishni xotinidan tashqari hamkasblari ham seza boshlashdi.
Sohibaning ko`z yoshlari, pildirab yurib, chuldirab gapiradigan erkatoy qizining talpinishi ham uning «muhabbat»dan xira tortgan ko`zini ocha olmadi.
Sohiba yig`lab izoh talab qilganida, «Xuddi polizdagi qo`riqchiga o`xshaysan! Izohni mendan emas, oynadan so`ra!» deya baqirdi va ota-onasining janjalidan cho`chib yig`lay boshlagan va ovutadi degan umidda talpinayotgan qizalog`ini ham siltab, eshikni qarsillatgancha yopib chiqib ketdi.
Hozir shularni eslarkan Sarvarning yuragi siqildi, havo etishmaganidan galstugini bo`shatdi.
Bora-bora Nodiraning beg`ubor farishta emasligi, u yashab turgan uyni oldingi rahbari sovg`a qilganini, bayramlarda erkaklar bilan bab-baravar ichishini bilib oldi. Lekin xatosini tan olishni istamay, anchagacha hammasiga ko`z yumdi.
Nodira Turkiyaga sayohat qilishni, qimmatbaho mashinalarda yurishni istar, Sarvar esa ishdan keyin uyda, oila davrasida dam olishni yoqtirardi. Nodira bilan baxtlidek tuyulsa-da, nimasinidir yo`qotgandek, ko`ngli kemtikdek his qilardi o`zini. Bu tafovutlar yig`ilib, bugun tongda Gulrangning qiliqlari, ayniqsa, mitti qo`lchalari bilan yuziga shapatilab uyg`otishini tushida ko`rganida to`g`onini buzgan daryodek toshib ketdi. U uyini qattiq sog`ingan, qizining erkaliklarini qo`msagandi. Yuragini g`ijimlagan sog`inchdan qutulolmay, chekishga chiqdi. Yuragi bezovtalanib, ishlagandek ham bo`lmadi. Ishdan so`ng o`z-o`zidan mashinasini uyi tomonga haydadi. Ajrashaman deb chiqib ketgandan buyon bor-yo`g`i ikki marta, unda ham narsalarini olishga kelgan uyi yonida to`xtarkan beixtiyor ko`ngli buzildi. Ikki yildan buyon bezovta urayotgan yuragi birdan xotirjam tortgandek bo`ldi. «Yuragim muhabbatdan bezovta desam, u o`z makonini qidirgan ekan», ma`yus jilmaydi Sarvar. U haqoratlar bilan «siylab» chiqib ketganidan keyin xotini nimalarni his qilgani-yu nimalarni boshidan o`tkazganini tasavvur qilib dahshatga tushdi.
Ko`plarning qo`lida erka qo`g`irchoq bo`lgan Nodirani deb qizining erkaliklaridan yuz o`girganini o`ylab tomog`iga nimadir tiqildi va sekin darvozani itardi. Og`ringandek g`iyqillab ochilgan eshikdan tushgan nur to`g`ri ayvondagi chorpoyada qo`g`irchoq o`ynab o`tirgan Gulrangni yoritdi. Qizaloq kutilmagan mehmonga avvaliga hadiksirab qaradi. Keyin esa ko`zlari chaqnab peshvoz otildi:
— Oyi, dadam keldilar!
Oshxonadan nimaningdir taraqlab tushib, chil-chil singani eshitildi...
Qizini bag`riga bosarkan Sarvar o`zini qayta topgandek bo`ldi...
Dilfuza SOBIROVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар