Odam ovi
- Категории: Hikoyalar
- Название: Odam ovi
- Дата релиза: 08-06-14, 13:33
O'shanda ayni jazirama yoz edi.
Oftob tandirdek qizigan, chor
atrof ham odamlarga qo'shilib
issiqdan og'ir-og'ir nafas
olayotgandek edi go'yo.
Shunday issiqda uch yigit baliq
oviga chiqishgan edi. Baliq
tutishniyam o'ziga yarasha
gashti bor-da! Bir qiziqib
qolsang, na issiqqa, na sovuqqa
qaraysan kishi.
Yigitlar o'zlari yashaydigan
tumanda joylashgan
qo'riqxonaga yetib kelishganida
yuz-ko'zlaridan terlari oqib,
arang o'zlarini yulg'unlar
soyasiga olishdi. Cho'l tabiati
ham qiziq-da, shunday
issiqdayam jonivorlari tinim
bilmaydi. Katta echkiemar
salqinda o'tirgan yigitlarga
parvo qilmay, yonlaridan o'tib
zovurga tushdi. Echkiemarlarni
faqat kinolardagina ko'rgan
yigitlar issiqni ham unutib,
uning ortidan chopishdi.
- Zokir, Said! Ikkiga bo'linib
echkiemar ortidan boramiz! -
dedi Iqbol.
Yigitlar bir-birlariga qarama-
qarshi holatda echkiemarni
haydab chiqarish uchun zovur
yoniga kela boshladi.
- Mana echkiemar, anavi uning
dumi, - deya pichirladi Iqbol
sheriklariga shox-shabba,
qamishlar orasidan ko'rinib
turgan qizg'ish bir narsaga imo
qilib.
Zokir bilan Said oyoq uchida
o'sha yerga borishdi. Iqbol
echkiemarni cho'chitib
yubormaslik uchun ehtiyotkorlik
bilan qamishlarni qo'llari bilan
yorib, oldinga intildi-yu,
kutilmaganda g'ayritabiiy
qichqirib yubordi. Uning rangi
dokadek oqarib ketgan, qalt-
qalt titrardi. Chunki echkiemar
deb o'ylagani qimir etmay zovur
ichida yotgan erkak kishining
oyog'i edi. Jasad suvga bo'kib,
shishib yotardi... Yigitlar toshdek
qotib qolishdi. Xayollariga
"Odam o'ldirib, tashlab ketilgan"
degan o'y keldi. Baliq ovi ham
yoddan ko'tarilib, sarosimada
shitob bilan ortlariga qaytishdi.
Tuman markaziga yetib kelishib,
milisiyaga xabar berishdi.
* * *
"Erkak kishining jasadi zovur
ichidan topildi", degan xabar
olinganidan keyin milisiya,
prokuratura xodimlari o'sha
joyga darrov yetib kelishdi.
Darhaqiqat, baliq oviga kelgan
yigitlar adashmagan ekan...
Odatda, bunday paytlarda
huquq-tartibot idoralari
xodimlari issiqniyam,
sovuqniyam pisand qilishmaydi.
Kezi kelsa, kunni tunga ulashib,
xizmat vazifalariga sidqidildan
yondashadi. Bu safar ham
shunday bo'ldi. Avval voqea joyi
suratga olindi, jasad zovur
yoqasiga olib chiqildi. Noma'lum
erkak kishi kim yoki kimlardir
tomonidan o'ldirilgani aniq.
Qamishlar atayin sindirilib, jasad
yopilgan, ustiga yulg'un shoxlari
tashlanib, ko'zdan pana
qilingandi. Zovurdagi suv
kamligi uchun jasadni joyidan
siljitolmagan ekan. Yolg'izoyoq,
kimsasiz bu yo'lda velosiped
izlarini hisobga olmaganda,
boshqa hech qanday iz yo'q,
hisob. Tabiiyki, ekspertiza
o'ldirilgan kishining ust-
boshlari, ichki kiyimlarini,
badanidagi alohida alohida
belgilarini, boringki tishining
nechtaligigacha sanab chiqdi va
rasmiylashtirdi. Jasadni ko'zdan
kechirish, voqea joyidagi
ahvolni mufassal aniqlash
nihoyasiga yetkazilganda olovli
quyosh ham uzoqdagi tog'lar
ortiga berkinish taraddudiga
tushib qolgandi.
Qum barxanlari orasidagi
zovurga bu odam qanday kelib
qoldi? Bu odam kim? Nima
sababdan o'ldirildi? Bu kabi
adog'i yo'q savolarning
birortasiga hali javob yo'q,
yakkash velosiped izlarigina
qotillik yuz berganida kimlardir
shu yerda bo'lgan degan
taxminni tasdiqlayotgandek
bo'lardi, xolos. Buning ustiga
murdaning turishi, kiygan
kiyimlari oddiygina bechorahol
odamni eslatar edi.
Bu ish bilan tuman prokurori
Halil Teshaboyevning shaxsan
o'zi shug'ullana boshladi.
Prokuror juda uddaburon
bo'lsa-da, bunday vaziyatlarda
faqat ish jarayonida orttirgan
tajribasigagina tayanib ish
yuritardi. Voqeaga oydinlik
kiritish uchun eng avvalo
jasadning shaxsini aniqlash
lozim edi. O'sha kuniyoq
bedarak yo'qolganlar haqidagi
ma'lumotlar sinchiklab o'rganila
boshlandi. Hudud nozirlariga
alohida topshiriqlar berildi.
Jasadning surati ko'paytirildi va
kerakli joylarga yuborildi. Ammo
murda haqida hech qanday
ma'lumot aniqlanmadi. Aksiga
olib, bu inson bedarak
yo'qolganlar orasidan ham
topilmadi.
Halil Sobirovich ertasi kuni yana
murda topilgan joyga bordi.
Atrofni sinchiklab kuzatdi. Afsus
qotillik bilan bog'liq aytarli hech
narsa topolmadi. Faqat birinchi
kungi velosiped va odamlarning
oyoq izlari...
Bir necha kunlik
surishtiruvlardan so'ng bu
shaxs tuman bilan chegaradosh
Yangiobod shahrining O'rikzor
mavzesida yashovchi To'xtasin
Isoqov ekanligi aniqlandi.
Surishtiruvlarga qaraganda,
marhum ustachilik bilan
shug'ullanar ekan. U o'zi
yasagan duradgorchilik
buyumlarini payshanba va
yakshanba kunlari tuman
hududidagi bozorga olib chiqib
sotar, shu bilan tirikchilikni
o'tkazarkan.
Marhumning yaqinlari uni
"morg"dan olib ketishdi. Urf-
odatlarimizga ko'ra, qabrga
qo'yishdi. Ertasi kuni
prokurorning shaxsan o'zi,
tergovchi bilan To'xtasin
Isoqovning xonadoniga
borishib, uning yaqinlariga
taskin-tasalli berdi.
- Aybga buyurmaysizlar,
xizmatchilik, - dedi prokuror
marhumning xotini
Manzuraxonni savolga tutar
ekan. - Ayting-chi, eringizning
uydan chiqib qaytmaganiga
necha kun bo'lgandi?
- O'tgan yakshanba kuni edi... -
dedi Manzuraxon ko'zlaridagi
alamli yoshlarini to'xtata olmay.
Ayolning beparvogina so'zlagan
so'zlari, prokurorning ensasini
qotirdi. Er bir necha kun yo'q
bo'lib ketsa-yu, uyidagilar uni
beparvogina kutib o'tirishsa?!
Halil Sobirovich marhumning
bevasini koyib bermoqchi
bo'ldi-yu, ammo azadorligi
uchun tilini arang tishlab qoldi.
- Eringiz o'sha kuni birontasi
bilan ketganmidi?
- Xo'jayinim rahmatli beozor
edilar, yakshanba kuni soat o'n
birlarda bozordan kelib,
"Tomarqaning pulini tashlab
kelaman" dedi-yu, velosipedini
minib yolg'iz chiqib ketib,
qaytmadi.
- Kimdan tomorqa olmoqchi
edi? Birortasi bilan janjallashib
qolmaganmidi? - ayolning
so'zlarini bo'ldi prokuror.
- Erim shu vaqtgacha hech kim
bilan urishmagan,
janjallashmagan. Dushmanlari
yo'q edi. Keyingi kunlarda faqat
tomorqa olaman, degan gapni
ko'p takrorlaydigan bo'lib
qolgandi. Kim erimga tomorqa
sotmoqchi bo'lganini ham
bilmayman. Faqat bozor
tomondagi Qorasuv qishlog'ida
yashovchi Siddiq akaning
o'rtada turganini eshitganman,
xolos. O'sha odamning
ko'zlarini g'ilay deyishadi. Lekin
uni tanimayman. Erimning o'sha
kuni "Tomorqa o'ttiz million
so'mga tushdi, o'n millionini
berganman. Qolganini bugun
berib kelaman", degani
yodimda. Sumkasiga qancha pul
solganiniyam bilmayman. U
kishi topgan pulining hisob-
kitobini o'zlari qilardi. Men
aralashmayman.
Halil Sobirovichning nazarida
kalavaning uchi topilgandek
bo'ldi. Marhumning xotini bilan
bo'lgan suhbatdan keyinoq
yana surishtiruv ishlarini davom
etdirdi. Prokuror eng avvalo
qo'ni-qo'shnilar, bozorda
marhum To'xtasin Isoqovni
taniydiganlar bilan birin-ketin
suhbatlasha boshladi. Ko'pchilik
haqiqatdan ham marhum
o'limidan oldin tomorqa olish
harakatida yurganini, bu ishda
Siddiq degan bilan Meliboy ismli
shaxslar vositachilik qilganini
tasdiqladi.
Shunday qilib, prokurorning
buyrug'iga binoan tumanning
Qorasuv qishlog'ida
yashaydigan Siddiq Umarov
bilan Meliboy Mirzayevlar
gumonlanuvchi sifatida
so'roqqa olib kelindi. Zero, bu
o'tkir syujetli detektiv filmlarda
jinoyatchilar og'ir qiynoqlar,
psixologik olishuvlardan so'ng
yengilganini bildirib, hamma
ayblarini bo'yniga oladi. Lekin
hayot boshqa ekan. Fosh bo'lish
darajasiga kelib qolgan
jinoyatchi qilmishlarini
xaspo'shlaydi, kalavaning uchini
chuvatib tashlamoqchi bo'ladi.
Ikkovlon ham zinhor-bazinhor
o'zlariga qotillikni yaqin
keltirishmadi. Tomorqa olish
uchun vositachilik qilganlari
to'g'ri, ammo marhum bilan
cho'lga borishmadi. Tamom-
vassalom...
* * *
Halil Teshaboyev ikki
gumonlanuvchi tuman IIBning
vaqtincha saqlash xonasiga
ushlab turishga ko'rsatma
berib, o'zi tergovchi Rustam
Karimov bilan avval Siddiq
Umarovning xonadoniga bordi.
Surishtiruvlar chog'ida
Siddiqning xotini Qurbonoy
oilaviy hayoti og'irligi, moddiy
yetishmovchilik girdobida
qolishganini aytib, diydiyo qila
boshladi.
- Qiyin ahvolda qoldik, - derdi
Qurbonoy. - O'g'lim uyimizdagi
televizorni sotaman degandi,
sotolmay keldi. - Xotin gapirardi-
yu, aksiga olib hovlining bir
burchagidan buzoqchaning
mo'rashi eshitilardi. Shu damda
prokuror ham ustalik qilib:
- Molxonangizdagi buzoqcha
nega bezovta bo'lyapti yoki o't-
suv berilmaganmi? - deb
so'radi.
- O'tgan kuni erim bozordan
olib kelgandi. Yangi joyga
ko'nikolmay mo'ragani-
mo'ragan...
Sodda ayolning so'zlaridan Halil
Umarovich hushyor tortdi. "Iya,
moddiy yetishmovchiliklar
girdobidamiz deydi-yu,
bozordan buzoqcha sotib
olishibdi-ya?!"
- Nonga pul yo'q deyapsizu,
buzoq sotib olgani pulni
qayerdan oldinglar?
Prokurorning kutilmagan
savolidan ayol qizarib-bo'zarib,
tilini tishlab qoldi. Ammo kech
bo'lgandi. Ayol taqdirga tan
berib asta "yorildi".
- Erim yakshanba kuni
kechqurun o'n million so'm
ko'tarib keldi. Pulni qayerdan
olganini so'rasam, urishib berdi.
"Razborga bordim" dedi. Shu
pulga buzoq, qo'y oldik,
bolalarga ust-bosh qildik.
To'rtta-beshta oqsoqolni
chaqirib, is chiqardik... -
Qurbonoy bor gapni aytishga
majbur bo'lgandi.
Prokuror o'sha yerdayoq
surishtiruvni rasmiylashtirib
qo'ydi. Sinchiklab so'rab
surishtirishlar shu tariqa o'z
samarasini bera boshladi.
Prokurorning buyrug'i bilan
Siddiq Umarovning uyi tintuv
qilindi. Tintuv chog'ida To'xtasin
Isoqovning velosipedi Siddiq
Umarovning molxonasidagi
somon ostidan chiqdi. Siddiq
marhumning velosipedini uyiga
olib kelib yashirganu, ammo
"gumdon" qilishga hali
ulgurmagan ekan. Hattoki uning
uyidan To'xtasin Isoqovga
atayin yozdirgan, tomorqa olish
to'g'risidagi ariza ham chiqib
qoldi. Qolaversa, tuman IIBning
vaqtincha saqlash xonasida ikki
qotilning o'zaro so'zlashuvlari
yashirincha mangnitofonga
yozilganda, aynan To'xtasin
Isoqovni o'ldirganlar shular
ekanligi o'z tasdig'ini topdi.
* * *
Siddiq Umarovning tuman
markazidagi bozorda do'koni
bo'lib, payshanba-yakshanba
kunlari savdo-sotiq bilan
mashg'ul bo'lardi.
Sotuvchilarning yuklarini
do'konda saqlab, bundan ham
daromad topardi. Bozorda yurib
marhum To'xtasin Isoqov bilan
tanishib qolgandi. To'xtasinni
uy-joy qurish uchun tomorqa
olish uchun yurganini
sotuvchilardan eshitib, unga
yanada yaqinroq bo'lib oldi.
Aslida bu tanishuv ortida
tubanlik yotardi. Uni zimdan
kuzatib, har tomonlama sinab
ko'rdi. To'xtasin deganlari juda
sodda, hammaga ishonuvchan,
har qanday tuzoqqa osongina
ilinadiganlar xilidan chiqib qoldi.
Bu Siddiqqa qo'l kelib,
kunlarning birida To'xtasinning
qo'liga qo'l solib ko'rdi.
- To'xtasin aka, sizni tomorqa
oladi deb eshitdim. Bizga yaqin
joyda bitta tomorqa bor. Narxi
o'ttiz besh million so'm,
olmaysizmi? - dedi Siddiq
baliqqa xo'rak tashlagandek.
Tashna odamga suvni taklif
qilsang, qanday xursand
bo'ladigan bo'lsa, To'xtasin ham
suyunib ketdi.
- Bormisiz, uka, ichimdagini
aytdiz. Olaman-da! Narxiyam
ma'qul. Siddiqboy yaxshilab
surishtirib keling, agar o'ttizga
bersa olaman, - dedi To'xtasin
mamnun bo'lib.
O'sha kunlari To'xtasin
shahardagi "dom"ini sotib,
uning puliga tomorqa olmoqchi
bo'lib yurgandi. Soddachilik
qursin, To'xtasin Siddiqning
so'zlariga laqqa ishonib, og'zaki
kelishuvga ko'ra hali o'zi
ko'rmagan tomorqa uchun o'n
millionni qurtdek sanab berdi.
Pul u qo'ldan bu qo'lga o'tdi-yu,
qaytib chiqmadi. Pul ham
Siddiqning allaqachon
"oborot"iga kirib ketdi. Bu borib
turgan tovlamachilikning
o'zginasi edi. Ammo bir kun
kelib siri fosh bo'lib, ish
chuvalashishi aniq. Bundan
cho'chigan Siddiqning ko'ngli
bezovtalandi. Aslida, hech
qanday tomorqa ham yo'q, hech
kim bilan gaplashmagan ham
edi. Uning nazarida biron yo'lini
qilib, To'xtasin gumdon
qilinsami, pul tamomila yoniga
qoladigandek tuyuldi. Siddiq bir
zum nafsining quliga aylandi.
Pul uchun bir insonni
o'ldirishdek, tuban rejani diliga
tugdi. To'xtasinning
soddaligidan foydalanib, unga
tuzoq qo'ymoqchi bo'ldi. Faqat
bu ishda yaxshigina yordamchi
zarur edi unga. Bir necha kun
o'ylanib yurgan Siddiq nihoyat
ko'z ostiga olib qo'ygan
Meliboyni yo'ldan urdi. Meliboy
deganlari tekin bo'lsa har
qanday joyni teshib
chiqadiganlar xilidan edi. O'zi
yolchitib ishlamas, bozordagi
duch kelgan odamga
yugurdaklik qilib, ro'zg'or
tebratardi. Siddiq Meliboyga
odam o'ldirish rejasi borligini
aytganida bir cho'chib tushib:
- Yo'q!!! - dedi rangi oqarib,
yeyman, ichaman, kiyaman deb
turgan bola-chaqasini o'ylab, -
yaxshisi pulini o'g'irlab qo'ya
qolay, - degan taklifni kiritdi.
- Pulini o'g'irlasang xitlanadi,
milisiya chaqiradi. Bir chekkaga
borib gumdon qilsak, hech kim
bilmaydi, - dedi Siddiq.
Shunday qilib, ular To'xtasinni
bir chekkada, izlarni
chalkashtirish oson bo'ladigan
joyda tinchitish rejasini tuza
boshladi. Reja pishgach,
yakshanba kuni birgalashib,
To'xtasin savdo qilib o'tirgan
joyga borishdi.
- Tomorqa aytganingizdek, o'ttiz
millionga to'xtadi, - dedi Siddiq
To'xtasinni bir chekkaga
chaqirib. - Vaqtingiz bo'lsa,
pulni qolganini egasiga
topshirib, cho'lda bir
qovunxo'rlik qilib kelsak.
Meliboyni ham o'zimizga sherik
qilamiz. U ham biz bilan bir
aylanib kelsin!
Hamrohlarining yovuz
niyatlaridan tamomila bexabar
To'xtasin yana aldovga laqqa
tushdi. Polizdan o'z qo'li bilan
qovun uzib yeyishga ne yetsin
deb, rozi bo'ldi. Narsalarini
darhol yig'ishtirib, uyiga borib,
bir sumka pul olib keldi. Qabih
rejaga ko'ra, uchovi
velosipedlarida yo'lga chiqishi
lozim edi. Shunday bo'ldi ham.
Ular ancha yo'l yurishdi.
To'xtasinning ko'ngli biror
narsani sezdimi:
- Siddiqboy, oladigan tomorqam
qayerda o'zi? - deb so'radi.
Siddiq esa sir boy bermay:
- Tomorqa bizning qishloqda.
Egasi esa qovunpoyada, cho'lda
dehqonchilik qiladi. Biz pulni
paykalga olib borib beramiz, -
dedi.
Ular 15-20 kilometr yo'l
bosishib, kun issig'ida nihoyat
cho'l qo'riqxonasining xuddi
o'ziga yetib kelishdi. Ikki
nokasning ko'zi velosiped rulida
osig'liq sumkada, xayollari esa
sumka ichidagi millionlarda edi.
Ular ham baliqchi yigitlardek,
issiqda yo'l yurib charchashib,
chanqab o'zlarini soyaga
urishdi. Yo'l yoqasidan o'tgan
beton ariq suvida yuz-qo'llarini
yuvishib, salqinda nafas
rostlashdi.
Birozdan so'ng Siddiq o'rnidan
turib, o'zi bilmagan holda
qo'riqxona tomonga yurdi. Yon-
atrofga sinchiklab nazar
tashladi. Hech kim yo'q.
Siddiqning jug'rofiyani yaxshi
bilmasligi ularga qattiq pand
berayotganini bilmayotgandi. U
o'zicha To'xtasinni qo'shni
viloyat hududida o'ldiryapmiz
degan xayolga borayotgandi.
Vaholanki, bu joy aynan o'zlari
yashaydigan tumanga tegishli
qo'riqxona edi. Siddiq
sheriklarini o'zi turgan yerga
chaqirdi.
- Menimcha, yetib kelibmiz-ov! -
dedi boshqa yurishga madori
qolmay. - Meliboy, do'nglikka
chiqib qara-chi, qovunpoya
ko'rinadimi?
Bu o'ziga xos signal edi. Shu on
Siddiq yonida olib kelgan
arqonni chiqardi-yu, zudlik bilan
To'xtasinning bo'yniga solib, bir
uchini Meliboyga uzatdi.
- Meliboy, chaqqonroq qimirla!
Ushla arqonni, tort!!!
Nima bo'layotganini anglab,
To'xtasin o'zini rostlagunicha
ikkalasi arqonning ikki uchidan
torta boshladi. Bo'g'ilib
borayotgan To'xtasin jon
holatda qo'llari bilan bo'ynidagi
arqonga yopishdi. Ilojini topa
olmagach, orqasi bilan gupillab
yerga quladi. Yuzlari ko'karib,
ko'zlari kosasidan chiqib,
og'zidan oq ko'pik sachradi...
Ikki qotil uning o'lganiga
ishonch hosil qilganidan
so'nggina arqonni qo'yib
yuborishdi.
Yerga o'tirib olib hansirayotgan
Meliboy:
- Shu deyman bu ishni bekor
qildik-da! - dedi qaltirayotgan
qo'llari bilan yuz-ko'zlarini artib.
- Bir begunohni bekorga
o'ldirdik-da, Siddiq aka!
Shundog'am pulini o'g'irlasam
ham bo'lardi, ko'nmadingiz-da!
Bechora To'xtasin endi yo'q,
qaytib kelmaydi-a?! - Meliboy
qo'rquvdan o'zicha g'ulduray
boshladi. - Qo'rqib ketyapman,
bizni topib olishsa qamashadi!
- O'zingni bos, Meliboy!
Ko'rdingmi, To'xtasin akangni
soddaligi, laqmaligi boshiga
yetdi. Senam ko'p laqillayverma,
tur yaxshisi buni tezroq
gumdon qilaylik! Birontasi bizni
ko'rib qolsa bormi, holimizga
maymunlar yig'laydi.
Meliboy Siddiqning so'zlaridan
biroz hushyor tortdi. Ikkalasi
birgalashib murdani ko'tarib
zovurga tashlab yuborishdi.
Hech kim ko'rmaganiga yuz foiz
ishonch hosil qilishgach,
jasadning tepasini bilganlaricha
xaspo'shlashdi. Odam
yo'qligidan foydalanib, shu
yerdayoq qolgan pulni sanab,
ochko'zlik bilan bo'lib olishdi.
Marhumga tegishli velosipedga
Siddiq ega chiqdi... Bir qotillik
tarixi shu tariqa o'z poyoniga
yetdi.
* * *
Ikki qotil ayblariga to'liq iqror
bo'lishgach, qamoqqa olindi. Ish
nihoyasiga yetib, tuman
prokurori Halil Teshaboyev
yengil nafas oldi. Zero, begunoh
kimsani qotillikda ayblashdan
og'irroq gunoh yo'q. Qotilni
fosh etish esa oson ish emas.
Yorqinoy Qosimova
Oftob tandirdek qizigan, chor
atrof ham odamlarga qo'shilib
issiqdan og'ir-og'ir nafas
olayotgandek edi go'yo.
Shunday issiqda uch yigit baliq
oviga chiqishgan edi. Baliq
tutishniyam o'ziga yarasha
gashti bor-da! Bir qiziqib
qolsang, na issiqqa, na sovuqqa
qaraysan kishi.
Yigitlar o'zlari yashaydigan
tumanda joylashgan
qo'riqxonaga yetib kelishganida
yuz-ko'zlaridan terlari oqib,
arang o'zlarini yulg'unlar
soyasiga olishdi. Cho'l tabiati
ham qiziq-da, shunday
issiqdayam jonivorlari tinim
bilmaydi. Katta echkiemar
salqinda o'tirgan yigitlarga
parvo qilmay, yonlaridan o'tib
zovurga tushdi. Echkiemarlarni
faqat kinolardagina ko'rgan
yigitlar issiqni ham unutib,
uning ortidan chopishdi.
- Zokir, Said! Ikkiga bo'linib
echkiemar ortidan boramiz! -
dedi Iqbol.
Yigitlar bir-birlariga qarama-
qarshi holatda echkiemarni
haydab chiqarish uchun zovur
yoniga kela boshladi.
- Mana echkiemar, anavi uning
dumi, - deya pichirladi Iqbol
sheriklariga shox-shabba,
qamishlar orasidan ko'rinib
turgan qizg'ish bir narsaga imo
qilib.
Zokir bilan Said oyoq uchida
o'sha yerga borishdi. Iqbol
echkiemarni cho'chitib
yubormaslik uchun ehtiyotkorlik
bilan qamishlarni qo'llari bilan
yorib, oldinga intildi-yu,
kutilmaganda g'ayritabiiy
qichqirib yubordi. Uning rangi
dokadek oqarib ketgan, qalt-
qalt titrardi. Chunki echkiemar
deb o'ylagani qimir etmay zovur
ichida yotgan erkak kishining
oyog'i edi. Jasad suvga bo'kib,
shishib yotardi... Yigitlar toshdek
qotib qolishdi. Xayollariga
"Odam o'ldirib, tashlab ketilgan"
degan o'y keldi. Baliq ovi ham
yoddan ko'tarilib, sarosimada
shitob bilan ortlariga qaytishdi.
Tuman markaziga yetib kelishib,
milisiyaga xabar berishdi.
* * *
"Erkak kishining jasadi zovur
ichidan topildi", degan xabar
olinganidan keyin milisiya,
prokuratura xodimlari o'sha
joyga darrov yetib kelishdi.
Darhaqiqat, baliq oviga kelgan
yigitlar adashmagan ekan...
Odatda, bunday paytlarda
huquq-tartibot idoralari
xodimlari issiqniyam,
sovuqniyam pisand qilishmaydi.
Kezi kelsa, kunni tunga ulashib,
xizmat vazifalariga sidqidildan
yondashadi. Bu safar ham
shunday bo'ldi. Avval voqea joyi
suratga olindi, jasad zovur
yoqasiga olib chiqildi. Noma'lum
erkak kishi kim yoki kimlardir
tomonidan o'ldirilgani aniq.
Qamishlar atayin sindirilib, jasad
yopilgan, ustiga yulg'un shoxlari
tashlanib, ko'zdan pana
qilingandi. Zovurdagi suv
kamligi uchun jasadni joyidan
siljitolmagan ekan. Yolg'izoyoq,
kimsasiz bu yo'lda velosiped
izlarini hisobga olmaganda,
boshqa hech qanday iz yo'q,
hisob. Tabiiyki, ekspertiza
o'ldirilgan kishining ust-
boshlari, ichki kiyimlarini,
badanidagi alohida alohida
belgilarini, boringki tishining
nechtaligigacha sanab chiqdi va
rasmiylashtirdi. Jasadni ko'zdan
kechirish, voqea joyidagi
ahvolni mufassal aniqlash
nihoyasiga yetkazilganda olovli
quyosh ham uzoqdagi tog'lar
ortiga berkinish taraddudiga
tushib qolgandi.
Qum barxanlari orasidagi
zovurga bu odam qanday kelib
qoldi? Bu odam kim? Nima
sababdan o'ldirildi? Bu kabi
adog'i yo'q savolarning
birortasiga hali javob yo'q,
yakkash velosiped izlarigina
qotillik yuz berganida kimlardir
shu yerda bo'lgan degan
taxminni tasdiqlayotgandek
bo'lardi, xolos. Buning ustiga
murdaning turishi, kiygan
kiyimlari oddiygina bechorahol
odamni eslatar edi.
Bu ish bilan tuman prokurori
Halil Teshaboyevning shaxsan
o'zi shug'ullana boshladi.
Prokuror juda uddaburon
bo'lsa-da, bunday vaziyatlarda
faqat ish jarayonida orttirgan
tajribasigagina tayanib ish
yuritardi. Voqeaga oydinlik
kiritish uchun eng avvalo
jasadning shaxsini aniqlash
lozim edi. O'sha kuniyoq
bedarak yo'qolganlar haqidagi
ma'lumotlar sinchiklab o'rganila
boshlandi. Hudud nozirlariga
alohida topshiriqlar berildi.
Jasadning surati ko'paytirildi va
kerakli joylarga yuborildi. Ammo
murda haqida hech qanday
ma'lumot aniqlanmadi. Aksiga
olib, bu inson bedarak
yo'qolganlar orasidan ham
topilmadi.
Halil Sobirovich ertasi kuni yana
murda topilgan joyga bordi.
Atrofni sinchiklab kuzatdi. Afsus
qotillik bilan bog'liq aytarli hech
narsa topolmadi. Faqat birinchi
kungi velosiped va odamlarning
oyoq izlari...
Bir necha kunlik
surishtiruvlardan so'ng bu
shaxs tuman bilan chegaradosh
Yangiobod shahrining O'rikzor
mavzesida yashovchi To'xtasin
Isoqov ekanligi aniqlandi.
Surishtiruvlarga qaraganda,
marhum ustachilik bilan
shug'ullanar ekan. U o'zi
yasagan duradgorchilik
buyumlarini payshanba va
yakshanba kunlari tuman
hududidagi bozorga olib chiqib
sotar, shu bilan tirikchilikni
o'tkazarkan.
Marhumning yaqinlari uni
"morg"dan olib ketishdi. Urf-
odatlarimizga ko'ra, qabrga
qo'yishdi. Ertasi kuni
prokurorning shaxsan o'zi,
tergovchi bilan To'xtasin
Isoqovning xonadoniga
borishib, uning yaqinlariga
taskin-tasalli berdi.
- Aybga buyurmaysizlar,
xizmatchilik, - dedi prokuror
marhumning xotini
Manzuraxonni savolga tutar
ekan. - Ayting-chi, eringizning
uydan chiqib qaytmaganiga
necha kun bo'lgandi?
- O'tgan yakshanba kuni edi... -
dedi Manzuraxon ko'zlaridagi
alamli yoshlarini to'xtata olmay.
Ayolning beparvogina so'zlagan
so'zlari, prokurorning ensasini
qotirdi. Er bir necha kun yo'q
bo'lib ketsa-yu, uyidagilar uni
beparvogina kutib o'tirishsa?!
Halil Sobirovich marhumning
bevasini koyib bermoqchi
bo'ldi-yu, ammo azadorligi
uchun tilini arang tishlab qoldi.
- Eringiz o'sha kuni birontasi
bilan ketganmidi?
- Xo'jayinim rahmatli beozor
edilar, yakshanba kuni soat o'n
birlarda bozordan kelib,
"Tomarqaning pulini tashlab
kelaman" dedi-yu, velosipedini
minib yolg'iz chiqib ketib,
qaytmadi.
- Kimdan tomorqa olmoqchi
edi? Birortasi bilan janjallashib
qolmaganmidi? - ayolning
so'zlarini bo'ldi prokuror.
- Erim shu vaqtgacha hech kim
bilan urishmagan,
janjallashmagan. Dushmanlari
yo'q edi. Keyingi kunlarda faqat
tomorqa olaman, degan gapni
ko'p takrorlaydigan bo'lib
qolgandi. Kim erimga tomorqa
sotmoqchi bo'lganini ham
bilmayman. Faqat bozor
tomondagi Qorasuv qishlog'ida
yashovchi Siddiq akaning
o'rtada turganini eshitganman,
xolos. O'sha odamning
ko'zlarini g'ilay deyishadi. Lekin
uni tanimayman. Erimning o'sha
kuni "Tomorqa o'ttiz million
so'mga tushdi, o'n millionini
berganman. Qolganini bugun
berib kelaman", degani
yodimda. Sumkasiga qancha pul
solganiniyam bilmayman. U
kishi topgan pulining hisob-
kitobini o'zlari qilardi. Men
aralashmayman.
Halil Sobirovichning nazarida
kalavaning uchi topilgandek
bo'ldi. Marhumning xotini bilan
bo'lgan suhbatdan keyinoq
yana surishtiruv ishlarini davom
etdirdi. Prokuror eng avvalo
qo'ni-qo'shnilar, bozorda
marhum To'xtasin Isoqovni
taniydiganlar bilan birin-ketin
suhbatlasha boshladi. Ko'pchilik
haqiqatdan ham marhum
o'limidan oldin tomorqa olish
harakatida yurganini, bu ishda
Siddiq degan bilan Meliboy ismli
shaxslar vositachilik qilganini
tasdiqladi.
Shunday qilib, prokurorning
buyrug'iga binoan tumanning
Qorasuv qishlog'ida
yashaydigan Siddiq Umarov
bilan Meliboy Mirzayevlar
gumonlanuvchi sifatida
so'roqqa olib kelindi. Zero, bu
o'tkir syujetli detektiv filmlarda
jinoyatchilar og'ir qiynoqlar,
psixologik olishuvlardan so'ng
yengilganini bildirib, hamma
ayblarini bo'yniga oladi. Lekin
hayot boshqa ekan. Fosh bo'lish
darajasiga kelib qolgan
jinoyatchi qilmishlarini
xaspo'shlaydi, kalavaning uchini
chuvatib tashlamoqchi bo'ladi.
Ikkovlon ham zinhor-bazinhor
o'zlariga qotillikni yaqin
keltirishmadi. Tomorqa olish
uchun vositachilik qilganlari
to'g'ri, ammo marhum bilan
cho'lga borishmadi. Tamom-
vassalom...
* * *
Halil Teshaboyev ikki
gumonlanuvchi tuman IIBning
vaqtincha saqlash xonasiga
ushlab turishga ko'rsatma
berib, o'zi tergovchi Rustam
Karimov bilan avval Siddiq
Umarovning xonadoniga bordi.
Surishtiruvlar chog'ida
Siddiqning xotini Qurbonoy
oilaviy hayoti og'irligi, moddiy
yetishmovchilik girdobida
qolishganini aytib, diydiyo qila
boshladi.
- Qiyin ahvolda qoldik, - derdi
Qurbonoy. - O'g'lim uyimizdagi
televizorni sotaman degandi,
sotolmay keldi. - Xotin gapirardi-
yu, aksiga olib hovlining bir
burchagidan buzoqchaning
mo'rashi eshitilardi. Shu damda
prokuror ham ustalik qilib:
- Molxonangizdagi buzoqcha
nega bezovta bo'lyapti yoki o't-
suv berilmaganmi? - deb
so'radi.
- O'tgan kuni erim bozordan
olib kelgandi. Yangi joyga
ko'nikolmay mo'ragani-
mo'ragan...
Sodda ayolning so'zlaridan Halil
Umarovich hushyor tortdi. "Iya,
moddiy yetishmovchiliklar
girdobidamiz deydi-yu,
bozordan buzoqcha sotib
olishibdi-ya?!"
- Nonga pul yo'q deyapsizu,
buzoq sotib olgani pulni
qayerdan oldinglar?
Prokurorning kutilmagan
savolidan ayol qizarib-bo'zarib,
tilini tishlab qoldi. Ammo kech
bo'lgandi. Ayol taqdirga tan
berib asta "yorildi".
- Erim yakshanba kuni
kechqurun o'n million so'm
ko'tarib keldi. Pulni qayerdan
olganini so'rasam, urishib berdi.
"Razborga bordim" dedi. Shu
pulga buzoq, qo'y oldik,
bolalarga ust-bosh qildik.
To'rtta-beshta oqsoqolni
chaqirib, is chiqardik... -
Qurbonoy bor gapni aytishga
majbur bo'lgandi.
Prokuror o'sha yerdayoq
surishtiruvni rasmiylashtirib
qo'ydi. Sinchiklab so'rab
surishtirishlar shu tariqa o'z
samarasini bera boshladi.
Prokurorning buyrug'i bilan
Siddiq Umarovning uyi tintuv
qilindi. Tintuv chog'ida To'xtasin
Isoqovning velosipedi Siddiq
Umarovning molxonasidagi
somon ostidan chiqdi. Siddiq
marhumning velosipedini uyiga
olib kelib yashirganu, ammo
"gumdon" qilishga hali
ulgurmagan ekan. Hattoki uning
uyidan To'xtasin Isoqovga
atayin yozdirgan, tomorqa olish
to'g'risidagi ariza ham chiqib
qoldi. Qolaversa, tuman IIBning
vaqtincha saqlash xonasida ikki
qotilning o'zaro so'zlashuvlari
yashirincha mangnitofonga
yozilganda, aynan To'xtasin
Isoqovni o'ldirganlar shular
ekanligi o'z tasdig'ini topdi.
* * *
Siddiq Umarovning tuman
markazidagi bozorda do'koni
bo'lib, payshanba-yakshanba
kunlari savdo-sotiq bilan
mashg'ul bo'lardi.
Sotuvchilarning yuklarini
do'konda saqlab, bundan ham
daromad topardi. Bozorda yurib
marhum To'xtasin Isoqov bilan
tanishib qolgandi. To'xtasinni
uy-joy qurish uchun tomorqa
olish uchun yurganini
sotuvchilardan eshitib, unga
yanada yaqinroq bo'lib oldi.
Aslida bu tanishuv ortida
tubanlik yotardi. Uni zimdan
kuzatib, har tomonlama sinab
ko'rdi. To'xtasin deganlari juda
sodda, hammaga ishonuvchan,
har qanday tuzoqqa osongina
ilinadiganlar xilidan chiqib qoldi.
Bu Siddiqqa qo'l kelib,
kunlarning birida To'xtasinning
qo'liga qo'l solib ko'rdi.
- To'xtasin aka, sizni tomorqa
oladi deb eshitdim. Bizga yaqin
joyda bitta tomorqa bor. Narxi
o'ttiz besh million so'm,
olmaysizmi? - dedi Siddiq
baliqqa xo'rak tashlagandek.
Tashna odamga suvni taklif
qilsang, qanday xursand
bo'ladigan bo'lsa, To'xtasin ham
suyunib ketdi.
- Bormisiz, uka, ichimdagini
aytdiz. Olaman-da! Narxiyam
ma'qul. Siddiqboy yaxshilab
surishtirib keling, agar o'ttizga
bersa olaman, - dedi To'xtasin
mamnun bo'lib.
O'sha kunlari To'xtasin
shahardagi "dom"ini sotib,
uning puliga tomorqa olmoqchi
bo'lib yurgandi. Soddachilik
qursin, To'xtasin Siddiqning
so'zlariga laqqa ishonib, og'zaki
kelishuvga ko'ra hali o'zi
ko'rmagan tomorqa uchun o'n
millionni qurtdek sanab berdi.
Pul u qo'ldan bu qo'lga o'tdi-yu,
qaytib chiqmadi. Pul ham
Siddiqning allaqachon
"oborot"iga kirib ketdi. Bu borib
turgan tovlamachilikning
o'zginasi edi. Ammo bir kun
kelib siri fosh bo'lib, ish
chuvalashishi aniq. Bundan
cho'chigan Siddiqning ko'ngli
bezovtalandi. Aslida, hech
qanday tomorqa ham yo'q, hech
kim bilan gaplashmagan ham
edi. Uning nazarida biron yo'lini
qilib, To'xtasin gumdon
qilinsami, pul tamomila yoniga
qoladigandek tuyuldi. Siddiq bir
zum nafsining quliga aylandi.
Pul uchun bir insonni
o'ldirishdek, tuban rejani diliga
tugdi. To'xtasinning
soddaligidan foydalanib, unga
tuzoq qo'ymoqchi bo'ldi. Faqat
bu ishda yaxshigina yordamchi
zarur edi unga. Bir necha kun
o'ylanib yurgan Siddiq nihoyat
ko'z ostiga olib qo'ygan
Meliboyni yo'ldan urdi. Meliboy
deganlari tekin bo'lsa har
qanday joyni teshib
chiqadiganlar xilidan edi. O'zi
yolchitib ishlamas, bozordagi
duch kelgan odamga
yugurdaklik qilib, ro'zg'or
tebratardi. Siddiq Meliboyga
odam o'ldirish rejasi borligini
aytganida bir cho'chib tushib:
- Yo'q!!! - dedi rangi oqarib,
yeyman, ichaman, kiyaman deb
turgan bola-chaqasini o'ylab, -
yaxshisi pulini o'g'irlab qo'ya
qolay, - degan taklifni kiritdi.
- Pulini o'g'irlasang xitlanadi,
milisiya chaqiradi. Bir chekkaga
borib gumdon qilsak, hech kim
bilmaydi, - dedi Siddiq.
Shunday qilib, ular To'xtasinni
bir chekkada, izlarni
chalkashtirish oson bo'ladigan
joyda tinchitish rejasini tuza
boshladi. Reja pishgach,
yakshanba kuni birgalashib,
To'xtasin savdo qilib o'tirgan
joyga borishdi.
- Tomorqa aytganingizdek, o'ttiz
millionga to'xtadi, - dedi Siddiq
To'xtasinni bir chekkaga
chaqirib. - Vaqtingiz bo'lsa,
pulni qolganini egasiga
topshirib, cho'lda bir
qovunxo'rlik qilib kelsak.
Meliboyni ham o'zimizga sherik
qilamiz. U ham biz bilan bir
aylanib kelsin!
Hamrohlarining yovuz
niyatlaridan tamomila bexabar
To'xtasin yana aldovga laqqa
tushdi. Polizdan o'z qo'li bilan
qovun uzib yeyishga ne yetsin
deb, rozi bo'ldi. Narsalarini
darhol yig'ishtirib, uyiga borib,
bir sumka pul olib keldi. Qabih
rejaga ko'ra, uchovi
velosipedlarida yo'lga chiqishi
lozim edi. Shunday bo'ldi ham.
Ular ancha yo'l yurishdi.
To'xtasinning ko'ngli biror
narsani sezdimi:
- Siddiqboy, oladigan tomorqam
qayerda o'zi? - deb so'radi.
Siddiq esa sir boy bermay:
- Tomorqa bizning qishloqda.
Egasi esa qovunpoyada, cho'lda
dehqonchilik qiladi. Biz pulni
paykalga olib borib beramiz, -
dedi.
Ular 15-20 kilometr yo'l
bosishib, kun issig'ida nihoyat
cho'l qo'riqxonasining xuddi
o'ziga yetib kelishdi. Ikki
nokasning ko'zi velosiped rulida
osig'liq sumkada, xayollari esa
sumka ichidagi millionlarda edi.
Ular ham baliqchi yigitlardek,
issiqda yo'l yurib charchashib,
chanqab o'zlarini soyaga
urishdi. Yo'l yoqasidan o'tgan
beton ariq suvida yuz-qo'llarini
yuvishib, salqinda nafas
rostlashdi.
Birozdan so'ng Siddiq o'rnidan
turib, o'zi bilmagan holda
qo'riqxona tomonga yurdi. Yon-
atrofga sinchiklab nazar
tashladi. Hech kim yo'q.
Siddiqning jug'rofiyani yaxshi
bilmasligi ularga qattiq pand
berayotganini bilmayotgandi. U
o'zicha To'xtasinni qo'shni
viloyat hududida o'ldiryapmiz
degan xayolga borayotgandi.
Vaholanki, bu joy aynan o'zlari
yashaydigan tumanga tegishli
qo'riqxona edi. Siddiq
sheriklarini o'zi turgan yerga
chaqirdi.
- Menimcha, yetib kelibmiz-ov! -
dedi boshqa yurishga madori
qolmay. - Meliboy, do'nglikka
chiqib qara-chi, qovunpoya
ko'rinadimi?
Bu o'ziga xos signal edi. Shu on
Siddiq yonida olib kelgan
arqonni chiqardi-yu, zudlik bilan
To'xtasinning bo'yniga solib, bir
uchini Meliboyga uzatdi.
- Meliboy, chaqqonroq qimirla!
Ushla arqonni, tort!!!
Nima bo'layotganini anglab,
To'xtasin o'zini rostlagunicha
ikkalasi arqonning ikki uchidan
torta boshladi. Bo'g'ilib
borayotgan To'xtasin jon
holatda qo'llari bilan bo'ynidagi
arqonga yopishdi. Ilojini topa
olmagach, orqasi bilan gupillab
yerga quladi. Yuzlari ko'karib,
ko'zlari kosasidan chiqib,
og'zidan oq ko'pik sachradi...
Ikki qotil uning o'lganiga
ishonch hosil qilganidan
so'nggina arqonni qo'yib
yuborishdi.
Yerga o'tirib olib hansirayotgan
Meliboy:
- Shu deyman bu ishni bekor
qildik-da! - dedi qaltirayotgan
qo'llari bilan yuz-ko'zlarini artib.
- Bir begunohni bekorga
o'ldirdik-da, Siddiq aka!
Shundog'am pulini o'g'irlasam
ham bo'lardi, ko'nmadingiz-da!
Bechora To'xtasin endi yo'q,
qaytib kelmaydi-a?! - Meliboy
qo'rquvdan o'zicha g'ulduray
boshladi. - Qo'rqib ketyapman,
bizni topib olishsa qamashadi!
- O'zingni bos, Meliboy!
Ko'rdingmi, To'xtasin akangni
soddaligi, laqmaligi boshiga
yetdi. Senam ko'p laqillayverma,
tur yaxshisi buni tezroq
gumdon qilaylik! Birontasi bizni
ko'rib qolsa bormi, holimizga
maymunlar yig'laydi.
Meliboy Siddiqning so'zlaridan
biroz hushyor tortdi. Ikkalasi
birgalashib murdani ko'tarib
zovurga tashlab yuborishdi.
Hech kim ko'rmaganiga yuz foiz
ishonch hosil qilishgach,
jasadning tepasini bilganlaricha
xaspo'shlashdi. Odam
yo'qligidan foydalanib, shu
yerdayoq qolgan pulni sanab,
ochko'zlik bilan bo'lib olishdi.
Marhumga tegishli velosipedga
Siddiq ega chiqdi... Bir qotillik
tarixi shu tariqa o'z poyoniga
yetdi.
* * *
Ikki qotil ayblariga to'liq iqror
bo'lishgach, qamoqqa olindi. Ish
nihoyasiga yetib, tuman
prokurori Halil Teshaboyev
yengil nafas oldi. Zero, begunoh
kimsani qotillikda ayblashdan
og'irroq gunoh yo'q. Qotilni
fosh etish esa oson ish emas.
Yorqinoy Qosimova
Смс Шерлар