Odamzod buncha ochko'z bo'lmasa!..
- Категории: Hikoyalar
- Название: Odamzod buncha ochko'z bo'lmasa!..
- Дата релиза: 26-06-14, 01:59
Yana ozgina sabr qil, ish bitsin,
keyin hammasi sen aytgandek
bo'ladi...
- Sabr, sabr... Jonimga tegib
ketdi. Har narsaga burnini
tiqaveradi. Egningdagi
ko'ylagingni almashtirsang
ham: "Qayerga?" deb
so'roqlaydi. Men ota-onamga
hisob bermaganman, endi kelib-
kelib sizning onangiz ham
emas, kelinoyingizga hisob
beramanmi?
- Bitta hilvirab turgan kampirni
eplay olmaysanmi? Ko'rib
turibsan-ku, bir oyog'i to'rda
bo'lsa, bir oyog'i go'rda!
... Muyassar xola quloqlariga
ishonmadi. Nahot shu gaplarni
o'zi yelkasiga opichlab katta
qilgan, Laziz deyishga ham tili
bormay "Lazizjon" deya
e'zozlaydigan jiyani gapiryapti?
Axir, o'zining bo'lmasa-da,
erining jiyani-ku. Qishning
kunida uylarida gazlari portlab
ketib er-xotin - qaynisi bilan
ovsini bandalikni bajo
keltirishganlarida Laziz
ularnikida edi. Rahmatli
qaynonasi:
- Hadeb bolaga: "qol, qol"
deyavermang, ovsiningizni
ko'ngli yomonroq. Boraversin
uyiga, sizgayam Xudo berar, -
deganida bir xayoli ikki ko'cha
naridagi qaynisining uyiga
bolani ko'tarib olib borib
tashlay, degandi. Lekin bir
chiroyli uxlab yotgan bolani
uyg'otishga ko'zi qiymadi.
Bolani farishtalar qo'riqlaydi,
deganlari shu bo'lsa kerakki,
Laziz omon qoldi. Odamlar
g'alati bo'larkan. "Yaxshiyam
Muyassarning shu go'dakkinani
uyiga yubormay, bag'rida olib
qolgani, baraka topsin, bir
oiladan bir jonni asrab
qolishdi", deyishmadi. Ayniqsa,
ovsinining onalari, opa-
singillari:
- O'zi tirnoqqa zorligidan
Xudodan shu o'limni tilagan, -
ham deyishdi. Muyassar xola
o'shanda bu gaplarni yuragiga
qattiq oldi, ko'z yoshi tinmadi.
- Bolani berib yuboravering, oyi,
Xudo bermagan farzandni
badasidan olib baraka
toparmidim? - deya
qaynonasiga astoydil aytdi.
Qaynonasi ham ko'ndi:
- Yaxshisi, yomoni o'zlariga.
Arslonim ketdi. Bolasi
kuyugimni bosarmidi? - dedi.
Xolalari Lazizni olib ketishgani
kelganida bolakay dodlab
Muyassar Xolaning etagiga
yopishib oldi. Xolalari
go'dakkinani etakdan ajrata
olmay zorlanishar, Muyassar
xolaning esa yurak-bag'ri ezilar
edi.
- Lazizjon, bora qol, asalim,
"dom"ga borib o'rtoqlaring
bilan har xil o'yinchoqlar o'ynab
kelasan, zeriksang, olib kelaman,
- deb zo'rg'a jo'natdi.
- O'rganib ketadi, hali bola-ku,
ko'p kuyunavermang! -
Qaynonasi har qancha tasalli-
taskin bermasin, o'sha kunlarda
Muyassar xolaning ("xola"
sifatida yarashmasdi unga o'sha
kunlarda, yoshgina kelinchak
edi) ko'z yoshi tinmasdi. "Ixlos-
xalos" degan qadimdan qolgan
hikmat chin ekanmi, oradan ikki
hafta o'tar-o'tmas xolalardan
biri qo'ng'iroq qilib:
- Muyassarxon, bola uyiga
ichiqdi, shekilli. Yeb-ichishining
tayini yo'q, behalovat... Uch-to'rt
kun olib ketib turasizmi? - dedi.
Muyassar xola qanot chiqarib
uchib bordi, lekin oz fursatda
qorayib, cho'pday ozib ketgan
bolakayni ko'rib "dod" degisi
keldi. Lazizjon Muyassar
xolaning bag'riga singib ketdi.
Xola uning qoqsuyak yelkalarini
silab, hidlar:
- Bo'pti, uyga ketamiz,
bolajonim, uyga ketamiz, - deb
takrorladi, xolos.
... Shu shu Lazizjon amakisi bilan
kelinoyisining erkatoyi bo'lib
o'sdi. Rost, Muyassar xola
Lazizjon o'smirlik pallasiga
kirganida nihoyatda qiynaldi. U
bolada ona urug'iga xos ichi
qoralik, hasad... yana allaqanday
g'ayrioddiy fe'l-atvor
alomatlarini ko'rar, burchak-
burchakda qiynalib yig'lab olar,
bolani urishib, so'kay desa, "o'zi
yarim ko'ngil, battar ko'ngli
qabaradi", deb Lazizjonni
ayardi. Ba'zan Lazizjon
mehribon, aqlli, risoladagidek
bolaga aylanib qolar, bunday
paytlarda Muyassar xola:
"O'g'lim ajoyib, benuqson odam
bo'ladimi bu dunyoda, hali yosh,
aqli kirib qolar", derdi. Mana,
o'sha Lazizjon - ko'zining oqu
qarosidan eshitdimi shu gapni?
Yaxshilik yaxshilik tug'adi,
yomonlik esa yomonlikning
doyasi, degandek ko'z, kiprigida
asrab boqqan bolasining: "Bir
oyog'i go'rda" iborasi Muyassar
xolaning ichida nuqtaday bo'lib
turgan, hech qachon o'zini
ko'rsatmagan yomonlikning
boshini ko'tardi, "hap, senimi!"
dedi o'sha nuqta...
* * *
Sohiba Ahmedovna Muyassar
xolani ochiq chehra bilan kutib
oldi.
- Qaysi shamol uchirdi, ayajon?
Biz faqirlarni yo'qlab qolibsiz...
- Voy, voy, ortiqcha kamtarlik -
maqtanchoqlik, deyishadi. Seni
ko'rgim keldi, yashirib nima
qildim. Ishim ham bor...
Aylanib-o'rgulib
so'rashishgandan so'ng
Muyassar xola xususiy notarius
egasi Sohiba Ahmedovnaga
dardini ochdi.
- Ayajon-ey, bilasiz, men siz
uchun hamma narsaga
tayyorman. Lekin bu gapingiz
quyushqonga sig'maydi. Qonun
ijrosi qattiq nazoratda hozir,
boshimga balo bo'ladi! - Sohiba
Ahmedovna ikkilanib o'tirmay
rad qildi.
- Sohiba qizim, bir paytlar
mening qilgan ishim ham
o'zbekchilikning qonun-
qoidasiga sig'masdi.
Muyassar xola aslida bu gapni
aytmoqchi emas edi. Sohiba
Ahmedovna o'zi esidan
chiqarmagan deb o'ylardi. Lekin
u darrov "Yo'q, yo'q" deb oyoq
tiragach, o'tganlardan gap
ochishga majbur bo'ldi.
Sohiba qip-qizarib ketdi. Aslida
u Muyassar xolaning yaxshiligini
hech qachon esidan
chiqarmasdi. U talabaligida shu
xolaning uyida ijaraga turgan.
Nomi ijara edi-yu, o'zi tilla-jag'li,
xushmuomala, epchil qiz
bo'lgani uchun Muyassar
xolaning jigariday bo'lib ketgan
edi. Lazizjon bilan opa-ukadek...
Qarindosh-urug'larga ham
aralashib, singishib ketgan edi.
U yaxshi bir oilaning farzandi
bilan ko'ngillashgan, ahdu
paymon qilishgan edi. Muyassar
xola ham u yigitni tanib qolgan:
- Juda aqlli, uzoqqa boradi,
mahkam ushla! Faqat
ko'nglingni ochib tashlayverma,
bunaqa yigitlarga sal sirliroq
ko'ringan ma'qul, - derdi. Lekin
Sohiba tabiatan ichidagi sirtida
qiz uchun yigitga berk ko'rina
olmadi, yigit undan sovugandek
bo'ldi. Sohiba yeru ko'kka
sig'may qolganida Muyassar
xola tadbirkor ayollarga xos
soxta "unashtirish" marosimini
o'ylab topdi. O'rtoqlarini chirlab
go'yo "non" sindirdi va
rasmlarini yigitga pochta orqali
jo'natdi. "Sen sevgan qiz
ketyapti, baxting, naqding
ketyapti, qo'l qovushtirib
o'tiraverasanmi?" degan yozuvli
rasmlarni ko'rgan yigitning
ichiga o't tushadi. Odamning
tabiati shunaqa Yonida ekanida
beparvo, beg'am, qo'ldan keta
boshlasa, yuguradi.
... Xullas, Muyassar xolaning
hiylasi ish berdi. Sohiba o'sha
yigitga tegib, baxtli, taxtli bo'lib
ketdi. Mana, xususiy notarius
ham ochib, binoyidek ish
yurityapti. Ba'zi erkak kishilar
boshqarishga moyilroq bo'ladi,
hozir o'sha yigit eri ham kimsan
Sohiba Ahmedovna bilan
kengashmay ish qilmaydi.
Muyassar xola bu idoraga bosh
urib kelganida o'tmishini ham,
bugunni ham - hamma narsani
hisobga olgan edi.
- Xo'sh, Sohiba qizim, "Ha" mi yo
boshqa joydan najot izlaymi?
- Qo'ysangiz-chi, ayajon? Bu
gapingiz menga og'ir tegadi.
- Xo'p, bo'lmasa, Allohu Akbar!
* * *
Muyassar xolaning ichi "jaz-jaz"
achishar edi. Odam kutilmagan
joyda ko'ngilsizlik ko'rsa,
shunday bo'ladi. Holbuki, uyida
bahor bo'lib ketdi. Kelini Latifa
ostiga qo'sh ko'rpacha solib,
yelkasiga juft yostiq qo'ygan,
damda: "Oyijon, nima yegingiz
kelyapti, nima qilib beray?" deb
atrofida parvona. Lazizjonning
ham ko'zlari g'alati yarqiraydi.
Muyassar xola aslida shu
Latifani kelin qilishni sira
xohlamagan edi. Ichki bir sezgi
bilan Lazizjonning ona urug'ini
yoqtirmasdi. Lekin xolalari:
- Bola sizning bag'ringizda
o'sdi, Xudo shuni xohlagan
ekan, nimayam deymiz. Lekin
biz aytgan qizni olasiz, o'z
urug'imizdan kelin qilamiz...
Bo'lmasa, Lazizjon bizdan butkul
begona bo'lib ketadi, - dedi.
Muyassar xola g'ayirlik
qilayotganga o'xshab
ko'rinmay, deb xolalarga yon
bosdi. Mana shu Muyassar
xolaning toza mehnati singgan
imoratni jon-jahdi bilan o'ziniki
qilib olishga urinayotgan ham
kelin ekaniga xola shubha
qilmaydi. Gap shundaki, rahmatli
eri bilan ikkovi Lazizjonni
qonuniy o'g'il qilib olishmagan.
- Biz uni amakilik, kelinoyilik
burchimizdan katta qilganmiz,
ota-onalik da'voyimiz yo'q, -
deyishgan edi. Shuning uchun
eridan Muyassar xolaga meros
bo'lib o'tgan bu hovli
Lazizjonga, agar xola
rasmiylashtirsagina, egalik
huquqini berar ekan. Muyassar
xola anchadan beri his qilib
yuribdi, kelini bu hovlini
sotdirib, o'zining urug'lari
yaqinidan hovli olgisi keladi.
Lekin buni qila olmay, alamda,
uy eriniki emas. Endi Muyassar
xolaning:
- Ko'zim tirikligida uyni xatlab
beray, - degan gapidan so'ng
o'g'ilu kelinning harakatlari
tezlashdi. O'n, o'n ikki kunlar
avval ular intizor kutgan kun
keldi. Sohiba Ahmedovna
yakshanba kuni ularni o'zi
yolg'iz kutib oldi.
- Oyijonga: "Voy, yakshanbada
ishlashar ekanmi?" desam:
- Xususiylar dam olmaydi,
dedilar, rost ekan-da, - Latifa
oppoq baqbaqalarini osiltirib
kular, hech kimga gap
bermasdi. Uy hadya qilish
marosimida Sohiba Ahmedovna
bir paytlar ukasidek ardoqlagan,
yetaklab kinolarga olib borib
yurgan, qizlarga yozgan
maktublarni tuzatib bergan
Lazizjonga achinib qaradi.
Ammo uning nigohini baxtiyor
Lazizjon sezmadi.
- Boring, Sohiba opa, bormay
qo'ydingiz, pochcham bilan
o'ting, yayrab o'tiramiz yoshlikni
eslab, - deb qo'ydi Lazizjon.
* * *
- Hovlini sotadigan bo'ldik, oyi!
Muyassar xola bu gapni ikki
haftadan beri kutayotgan
bo'lsa-da, ichida og'riq
qo'zg'aldi. U baribir o'zi boqqan
farzanddan bir yaxshilik
umidida edi. "Mening mana shu
hovli, mana shu yerdagi
qadrdonlarga bog'langanimni
biladi. Amakisi yotgan tuproq
bir qadam. Uzoqqa ketsak,
mung'ayib qoladi cholim. Endi
o'zim ham boshqa joyga
o'rganishim qiyin. Laziz buni his
etadi, avval ko'ngli alag'da
bo'lsa, endi ko'ngli tinch... Agar
sotishdan gap ochmasa, men
ham indamayman..." Xolaning
bu ilinjini kelinining sovuq
ohangdagi e'loni buzib yubordi.
- Nima dedingiz? Qaysi hovli?
- Mana shu hovlini-da,
o'zimizning hovlini. Buncha
katta hovli bizga kerakmas.
Chog'roqqinasini olib, chiroyli
qilib ta'mirlaymiz-da, qolganiga
mashina olamiz! - Kelini xuddi
bu hovlining g'ishtini o'zi
qo'ygandek bemalol gapirar edi.
- Lazizjon shunaqa dedimi?
- U kishiga baribir, tinch yursa,
bo'ldi. Aslida bunaqa ishlarni
xotin kishi yaxshiroq eplaydi...
- Men rozi emasman, desam-
chi? Axir, dadangizni ko'rgan
daraxtlar, gullar... naq
jannatning o'zi-ku bu yer...
qanday ko'z qiyadi.
- Oyi, siz rozi bo'lsangiz,
bo'lmasangiz, baribir endi!
Muyassar xola keliniga qattiq
tikildi. "Berardim shu uyni,
qolardi sizlarga, lekin ichimni
og'ritdilaring, endi bu yog'iga
qanday yashaymiz..." Muyassar
xola bir qo'zg'alib qo'ydi:
- Qachon sotmoqchisizlar?
- Hozir xaridor keladi. Oladigan
uyniyam topib qo'yganmiz ota
mahallamda...
- Men bormayman, desam-chi?
Qaynonasini bunaqa sovuq
ko'rmagan kelin: "Nega
bunday?" deb o'ylab ham
ko'rmadi.
- Unda... o'zingiz bilasiz. Ana...
jiyaningiz yolg'iz. Kunora
sog'inib chaqiradi, borib qo'ya
qolasiz...
Muyassar xola... seskanib ketdi.
Rost, bitta jiyanining fotihali
yigiti to'yga bir kun qolganda
avtohalokatga uchrab halok
bo'lgan. U... boshqa turmush
qilmadi. Yolg'iz yashashni
xohlagach, ota-onalari kichik bir
uy sotib olib berishdi.
Yolg'izlikdan halovat topgan bu
jiyani Muyassar xolani yaxshi
ko'radi. Tez-tez chaqirib olib
ketadi. "Demak, bularning
ko'chish rejasida men
yo'qman..." Muyassar xola bir
xayoli tomoshani yana ham
keyinroqqa surgisi keldi. "Oldi-
sotdi paytda bilsin, ichi ezilib
ketsin", deb o'yladiyu, baribir
Lazizjonga nisbatan bunday qila
olmasdi...
- Sal hovliqibsiz, kelin? - dedi.
- Yo'g'-ey, oyi! Hech
hovliqmadim-da, rosa chidadim!
Endi, rosti, siz bilan sirayam
turgim yo'q. Yaxshi, o'zingiz gap
ochdingiz. Sizga o'sha jiyaningiz
tuzuk. Uyam befarzand, siz ham.
Bir-biringizni juda yaxshi
tushunasizlar!
Latifa butunlay niqobni yechib
tashladi. Muyassar xolaning
tirnog'igacha muzladi. "Nahot,
Lazizjon endi umrining
oxirigacha mana shu ayol bilan
yashaydi? Nega uning taqdirini
xolalari qo'liga topshirdi? O'zi
tug'masa ham boqqan edi-ku..."
- Kelin, na siz, na Lazizjon uyni
sota olmaysizlar!
Latifa sharaqlab kuldi.
- Nega endi? Mahallaga arz qilib
odam yig'asizmi? Bu nomerlar
eskirgan, demokratiya hozir
hamma o'z-o'ziga xo'jayin!
- Shuning uchun ham
sotolmaysizlar! Chunki uyning
xo'jayini sizlar emas!
- Bo'lmasa kim? Katta xolammi
yo, Pushkinmi?
- Ikkovi ham emas, mening
o'zim.
- Ja, olasiz-da, tomingiz
ketganmi, nima balo? Xatlab
bergansiz-ku!
Muyassar xola achchiq kuldi.
- Sizlarni sinamoqchi edim,
soxta edi hujjat!
- Kulgimni qistatmang,
qanaqasiga... Axir, notarius...
- Hammasi soxta! Ko'zlaringni
yog' bosgani uchun soxta muhr,
soxta imzo - hech baloni
bilmadilaring...
Latifa uyga yugurib kirib ketdi.
Zum o'tmay qog'ozni ko'tarib
chiqdi. Qog'ozni yorug'ga tutib
ko'rdi.
- Muhr... ha... qayerning
muhriligini bilib bo'lmaydi...
g'alati yozuvlar... Imzo... imzo
ham sizniki emas... - Latifa
qog'ozni otib yuborib: - Sudga
beraman, firibgarlikda
ayblayman! - deya baqirgan edi:
- Nima bilan isbotlaysiz? U
qog'ozda na men, na Sohibaga
tegishli bir narsa yo'q! - dedi.
- Barmoq izi qolgan, hali javob
beradi.
- Kelinjon, Sohiba yurist, siz
shoxida yursangiz, u bargida
yuradi. Bu qog'ozni siz u "ol"
degan stoldan oldingiz, u
barmog'ini tekkizmadi.
Latifa yerga o'tirib oldi, avval
jazavasi tutdi, og'zidan bodi
kirib, shodi chiqdi. So'ng yig'iga
tushdi. Muyassar xola bir og'iz
gapirmadi. Hovliga chiqib, gullar
orasiga qo'yilgan kresloga
o'tirdi.
"Odamzod buncha ochko'z...
Omonat dunyoda buncha
berahm... Aslida indamay hovlini
berib qo'ya qolsam ham
bo'lardi, baribir go'rimga
orqalab ketmayman, shularga
qoladi, nevaralarimni vatansiz
qoldirarmidim. Faqat... ularning
qilganlari, gaplari dilimni
og'ritdi, yomon og'ritdi..."
Muyassar xola o'zini qoralashni
ham, oqlashni ham bilmay bir
ahvolda o'tirar ekan, ochiq
derazadan Latifaning
yig'lamsiragan ovozi kelardi...
- Ha, soxta ekan, aldabdi bizni,
sinamoqchi bo'libdi. Ha,
shunaqasiga. Nega
tushunmaysiz? Bo'lar ekan-da!
Keling, tezroq, xaridorga nima
deymiz? Qanday qilib o'zim hal
qilaman? Erkakmisiz? Bu nima
deganingiz? Nega kelmaysiz?
Nega yuzingiz qora bo'lsin?
O'g'lisiz-ku, baribir ona
kechiradi! Keling, deyapman!
"Ha, ona kechiradi" shu gapni
bilib aytdi, ko'p bilmay, o'ylamay
so'zlashi bor, lekin shu gapni
bilib aytdi... Muyassar xola nasim
bilan kelayotgan gul hidlariga
dimog'ini tutdi.
Davlatbaxt
keyin hammasi sen aytgandek
bo'ladi...
- Sabr, sabr... Jonimga tegib
ketdi. Har narsaga burnini
tiqaveradi. Egningdagi
ko'ylagingni almashtirsang
ham: "Qayerga?" deb
so'roqlaydi. Men ota-onamga
hisob bermaganman, endi kelib-
kelib sizning onangiz ham
emas, kelinoyingizga hisob
beramanmi?
- Bitta hilvirab turgan kampirni
eplay olmaysanmi? Ko'rib
turibsan-ku, bir oyog'i to'rda
bo'lsa, bir oyog'i go'rda!
... Muyassar xola quloqlariga
ishonmadi. Nahot shu gaplarni
o'zi yelkasiga opichlab katta
qilgan, Laziz deyishga ham tili
bormay "Lazizjon" deya
e'zozlaydigan jiyani gapiryapti?
Axir, o'zining bo'lmasa-da,
erining jiyani-ku. Qishning
kunida uylarida gazlari portlab
ketib er-xotin - qaynisi bilan
ovsini bandalikni bajo
keltirishganlarida Laziz
ularnikida edi. Rahmatli
qaynonasi:
- Hadeb bolaga: "qol, qol"
deyavermang, ovsiningizni
ko'ngli yomonroq. Boraversin
uyiga, sizgayam Xudo berar, -
deganida bir xayoli ikki ko'cha
naridagi qaynisining uyiga
bolani ko'tarib olib borib
tashlay, degandi. Lekin bir
chiroyli uxlab yotgan bolani
uyg'otishga ko'zi qiymadi.
Bolani farishtalar qo'riqlaydi,
deganlari shu bo'lsa kerakki,
Laziz omon qoldi. Odamlar
g'alati bo'larkan. "Yaxshiyam
Muyassarning shu go'dakkinani
uyiga yubormay, bag'rida olib
qolgani, baraka topsin, bir
oiladan bir jonni asrab
qolishdi", deyishmadi. Ayniqsa,
ovsinining onalari, opa-
singillari:
- O'zi tirnoqqa zorligidan
Xudodan shu o'limni tilagan, -
ham deyishdi. Muyassar xola
o'shanda bu gaplarni yuragiga
qattiq oldi, ko'z yoshi tinmadi.
- Bolani berib yuboravering, oyi,
Xudo bermagan farzandni
badasidan olib baraka
toparmidim? - deya
qaynonasiga astoydil aytdi.
Qaynonasi ham ko'ndi:
- Yaxshisi, yomoni o'zlariga.
Arslonim ketdi. Bolasi
kuyugimni bosarmidi? - dedi.
Xolalari Lazizni olib ketishgani
kelganida bolakay dodlab
Muyassar Xolaning etagiga
yopishib oldi. Xolalari
go'dakkinani etakdan ajrata
olmay zorlanishar, Muyassar
xolaning esa yurak-bag'ri ezilar
edi.
- Lazizjon, bora qol, asalim,
"dom"ga borib o'rtoqlaring
bilan har xil o'yinchoqlar o'ynab
kelasan, zeriksang, olib kelaman,
- deb zo'rg'a jo'natdi.
- O'rganib ketadi, hali bola-ku,
ko'p kuyunavermang! -
Qaynonasi har qancha tasalli-
taskin bermasin, o'sha kunlarda
Muyassar xolaning ("xola"
sifatida yarashmasdi unga o'sha
kunlarda, yoshgina kelinchak
edi) ko'z yoshi tinmasdi. "Ixlos-
xalos" degan qadimdan qolgan
hikmat chin ekanmi, oradan ikki
hafta o'tar-o'tmas xolalardan
biri qo'ng'iroq qilib:
- Muyassarxon, bola uyiga
ichiqdi, shekilli. Yeb-ichishining
tayini yo'q, behalovat... Uch-to'rt
kun olib ketib turasizmi? - dedi.
Muyassar xola qanot chiqarib
uchib bordi, lekin oz fursatda
qorayib, cho'pday ozib ketgan
bolakayni ko'rib "dod" degisi
keldi. Lazizjon Muyassar
xolaning bag'riga singib ketdi.
Xola uning qoqsuyak yelkalarini
silab, hidlar:
- Bo'pti, uyga ketamiz,
bolajonim, uyga ketamiz, - deb
takrorladi, xolos.
... Shu shu Lazizjon amakisi bilan
kelinoyisining erkatoyi bo'lib
o'sdi. Rost, Muyassar xola
Lazizjon o'smirlik pallasiga
kirganida nihoyatda qiynaldi. U
bolada ona urug'iga xos ichi
qoralik, hasad... yana allaqanday
g'ayrioddiy fe'l-atvor
alomatlarini ko'rar, burchak-
burchakda qiynalib yig'lab olar,
bolani urishib, so'kay desa, "o'zi
yarim ko'ngil, battar ko'ngli
qabaradi", deb Lazizjonni
ayardi. Ba'zan Lazizjon
mehribon, aqlli, risoladagidek
bolaga aylanib qolar, bunday
paytlarda Muyassar xola:
"O'g'lim ajoyib, benuqson odam
bo'ladimi bu dunyoda, hali yosh,
aqli kirib qolar", derdi. Mana,
o'sha Lazizjon - ko'zining oqu
qarosidan eshitdimi shu gapni?
Yaxshilik yaxshilik tug'adi,
yomonlik esa yomonlikning
doyasi, degandek ko'z, kiprigida
asrab boqqan bolasining: "Bir
oyog'i go'rda" iborasi Muyassar
xolaning ichida nuqtaday bo'lib
turgan, hech qachon o'zini
ko'rsatmagan yomonlikning
boshini ko'tardi, "hap, senimi!"
dedi o'sha nuqta...
* * *
Sohiba Ahmedovna Muyassar
xolani ochiq chehra bilan kutib
oldi.
- Qaysi shamol uchirdi, ayajon?
Biz faqirlarni yo'qlab qolibsiz...
- Voy, voy, ortiqcha kamtarlik -
maqtanchoqlik, deyishadi. Seni
ko'rgim keldi, yashirib nima
qildim. Ishim ham bor...
Aylanib-o'rgulib
so'rashishgandan so'ng
Muyassar xola xususiy notarius
egasi Sohiba Ahmedovnaga
dardini ochdi.
- Ayajon-ey, bilasiz, men siz
uchun hamma narsaga
tayyorman. Lekin bu gapingiz
quyushqonga sig'maydi. Qonun
ijrosi qattiq nazoratda hozir,
boshimga balo bo'ladi! - Sohiba
Ahmedovna ikkilanib o'tirmay
rad qildi.
- Sohiba qizim, bir paytlar
mening qilgan ishim ham
o'zbekchilikning qonun-
qoidasiga sig'masdi.
Muyassar xola aslida bu gapni
aytmoqchi emas edi. Sohiba
Ahmedovna o'zi esidan
chiqarmagan deb o'ylardi. Lekin
u darrov "Yo'q, yo'q" deb oyoq
tiragach, o'tganlardan gap
ochishga majbur bo'ldi.
Sohiba qip-qizarib ketdi. Aslida
u Muyassar xolaning yaxshiligini
hech qachon esidan
chiqarmasdi. U talabaligida shu
xolaning uyida ijaraga turgan.
Nomi ijara edi-yu, o'zi tilla-jag'li,
xushmuomala, epchil qiz
bo'lgani uchun Muyassar
xolaning jigariday bo'lib ketgan
edi. Lazizjon bilan opa-ukadek...
Qarindosh-urug'larga ham
aralashib, singishib ketgan edi.
U yaxshi bir oilaning farzandi
bilan ko'ngillashgan, ahdu
paymon qilishgan edi. Muyassar
xola ham u yigitni tanib qolgan:
- Juda aqlli, uzoqqa boradi,
mahkam ushla! Faqat
ko'nglingni ochib tashlayverma,
bunaqa yigitlarga sal sirliroq
ko'ringan ma'qul, - derdi. Lekin
Sohiba tabiatan ichidagi sirtida
qiz uchun yigitga berk ko'rina
olmadi, yigit undan sovugandek
bo'ldi. Sohiba yeru ko'kka
sig'may qolganida Muyassar
xola tadbirkor ayollarga xos
soxta "unashtirish" marosimini
o'ylab topdi. O'rtoqlarini chirlab
go'yo "non" sindirdi va
rasmlarini yigitga pochta orqali
jo'natdi. "Sen sevgan qiz
ketyapti, baxting, naqding
ketyapti, qo'l qovushtirib
o'tiraverasanmi?" degan yozuvli
rasmlarni ko'rgan yigitning
ichiga o't tushadi. Odamning
tabiati shunaqa Yonida ekanida
beparvo, beg'am, qo'ldan keta
boshlasa, yuguradi.
... Xullas, Muyassar xolaning
hiylasi ish berdi. Sohiba o'sha
yigitga tegib, baxtli, taxtli bo'lib
ketdi. Mana, xususiy notarius
ham ochib, binoyidek ish
yurityapti. Ba'zi erkak kishilar
boshqarishga moyilroq bo'ladi,
hozir o'sha yigit eri ham kimsan
Sohiba Ahmedovna bilan
kengashmay ish qilmaydi.
Muyassar xola bu idoraga bosh
urib kelganida o'tmishini ham,
bugunni ham - hamma narsani
hisobga olgan edi.
- Xo'sh, Sohiba qizim, "Ha" mi yo
boshqa joydan najot izlaymi?
- Qo'ysangiz-chi, ayajon? Bu
gapingiz menga og'ir tegadi.
- Xo'p, bo'lmasa, Allohu Akbar!
* * *
Muyassar xolaning ichi "jaz-jaz"
achishar edi. Odam kutilmagan
joyda ko'ngilsizlik ko'rsa,
shunday bo'ladi. Holbuki, uyida
bahor bo'lib ketdi. Kelini Latifa
ostiga qo'sh ko'rpacha solib,
yelkasiga juft yostiq qo'ygan,
damda: "Oyijon, nima yegingiz
kelyapti, nima qilib beray?" deb
atrofida parvona. Lazizjonning
ham ko'zlari g'alati yarqiraydi.
Muyassar xola aslida shu
Latifani kelin qilishni sira
xohlamagan edi. Ichki bir sezgi
bilan Lazizjonning ona urug'ini
yoqtirmasdi. Lekin xolalari:
- Bola sizning bag'ringizda
o'sdi, Xudo shuni xohlagan
ekan, nimayam deymiz. Lekin
biz aytgan qizni olasiz, o'z
urug'imizdan kelin qilamiz...
Bo'lmasa, Lazizjon bizdan butkul
begona bo'lib ketadi, - dedi.
Muyassar xola g'ayirlik
qilayotganga o'xshab
ko'rinmay, deb xolalarga yon
bosdi. Mana shu Muyassar
xolaning toza mehnati singgan
imoratni jon-jahdi bilan o'ziniki
qilib olishga urinayotgan ham
kelin ekaniga xola shubha
qilmaydi. Gap shundaki, rahmatli
eri bilan ikkovi Lazizjonni
qonuniy o'g'il qilib olishmagan.
- Biz uni amakilik, kelinoyilik
burchimizdan katta qilganmiz,
ota-onalik da'voyimiz yo'q, -
deyishgan edi. Shuning uchun
eridan Muyassar xolaga meros
bo'lib o'tgan bu hovli
Lazizjonga, agar xola
rasmiylashtirsagina, egalik
huquqini berar ekan. Muyassar
xola anchadan beri his qilib
yuribdi, kelini bu hovlini
sotdirib, o'zining urug'lari
yaqinidan hovli olgisi keladi.
Lekin buni qila olmay, alamda,
uy eriniki emas. Endi Muyassar
xolaning:
- Ko'zim tirikligida uyni xatlab
beray, - degan gapidan so'ng
o'g'ilu kelinning harakatlari
tezlashdi. O'n, o'n ikki kunlar
avval ular intizor kutgan kun
keldi. Sohiba Ahmedovna
yakshanba kuni ularni o'zi
yolg'iz kutib oldi.
- Oyijonga: "Voy, yakshanbada
ishlashar ekanmi?" desam:
- Xususiylar dam olmaydi,
dedilar, rost ekan-da, - Latifa
oppoq baqbaqalarini osiltirib
kular, hech kimga gap
bermasdi. Uy hadya qilish
marosimida Sohiba Ahmedovna
bir paytlar ukasidek ardoqlagan,
yetaklab kinolarga olib borib
yurgan, qizlarga yozgan
maktublarni tuzatib bergan
Lazizjonga achinib qaradi.
Ammo uning nigohini baxtiyor
Lazizjon sezmadi.
- Boring, Sohiba opa, bormay
qo'ydingiz, pochcham bilan
o'ting, yayrab o'tiramiz yoshlikni
eslab, - deb qo'ydi Lazizjon.
* * *
- Hovlini sotadigan bo'ldik, oyi!
Muyassar xola bu gapni ikki
haftadan beri kutayotgan
bo'lsa-da, ichida og'riq
qo'zg'aldi. U baribir o'zi boqqan
farzanddan bir yaxshilik
umidida edi. "Mening mana shu
hovli, mana shu yerdagi
qadrdonlarga bog'langanimni
biladi. Amakisi yotgan tuproq
bir qadam. Uzoqqa ketsak,
mung'ayib qoladi cholim. Endi
o'zim ham boshqa joyga
o'rganishim qiyin. Laziz buni his
etadi, avval ko'ngli alag'da
bo'lsa, endi ko'ngli tinch... Agar
sotishdan gap ochmasa, men
ham indamayman..." Xolaning
bu ilinjini kelinining sovuq
ohangdagi e'loni buzib yubordi.
- Nima dedingiz? Qaysi hovli?
- Mana shu hovlini-da,
o'zimizning hovlini. Buncha
katta hovli bizga kerakmas.
Chog'roqqinasini olib, chiroyli
qilib ta'mirlaymiz-da, qolganiga
mashina olamiz! - Kelini xuddi
bu hovlining g'ishtini o'zi
qo'ygandek bemalol gapirar edi.
- Lazizjon shunaqa dedimi?
- U kishiga baribir, tinch yursa,
bo'ldi. Aslida bunaqa ishlarni
xotin kishi yaxshiroq eplaydi...
- Men rozi emasman, desam-
chi? Axir, dadangizni ko'rgan
daraxtlar, gullar... naq
jannatning o'zi-ku bu yer...
qanday ko'z qiyadi.
- Oyi, siz rozi bo'lsangiz,
bo'lmasangiz, baribir endi!
Muyassar xola keliniga qattiq
tikildi. "Berardim shu uyni,
qolardi sizlarga, lekin ichimni
og'ritdilaring, endi bu yog'iga
qanday yashaymiz..." Muyassar
xola bir qo'zg'alib qo'ydi:
- Qachon sotmoqchisizlar?
- Hozir xaridor keladi. Oladigan
uyniyam topib qo'yganmiz ota
mahallamda...
- Men bormayman, desam-chi?
Qaynonasini bunaqa sovuq
ko'rmagan kelin: "Nega
bunday?" deb o'ylab ham
ko'rmadi.
- Unda... o'zingiz bilasiz. Ana...
jiyaningiz yolg'iz. Kunora
sog'inib chaqiradi, borib qo'ya
qolasiz...
Muyassar xola... seskanib ketdi.
Rost, bitta jiyanining fotihali
yigiti to'yga bir kun qolganda
avtohalokatga uchrab halok
bo'lgan. U... boshqa turmush
qilmadi. Yolg'iz yashashni
xohlagach, ota-onalari kichik bir
uy sotib olib berishdi.
Yolg'izlikdan halovat topgan bu
jiyani Muyassar xolani yaxshi
ko'radi. Tez-tez chaqirib olib
ketadi. "Demak, bularning
ko'chish rejasida men
yo'qman..." Muyassar xola bir
xayoli tomoshani yana ham
keyinroqqa surgisi keldi. "Oldi-
sotdi paytda bilsin, ichi ezilib
ketsin", deb o'yladiyu, baribir
Lazizjonga nisbatan bunday qila
olmasdi...
- Sal hovliqibsiz, kelin? - dedi.
- Yo'g'-ey, oyi! Hech
hovliqmadim-da, rosa chidadim!
Endi, rosti, siz bilan sirayam
turgim yo'q. Yaxshi, o'zingiz gap
ochdingiz. Sizga o'sha jiyaningiz
tuzuk. Uyam befarzand, siz ham.
Bir-biringizni juda yaxshi
tushunasizlar!
Latifa butunlay niqobni yechib
tashladi. Muyassar xolaning
tirnog'igacha muzladi. "Nahot,
Lazizjon endi umrining
oxirigacha mana shu ayol bilan
yashaydi? Nega uning taqdirini
xolalari qo'liga topshirdi? O'zi
tug'masa ham boqqan edi-ku..."
- Kelin, na siz, na Lazizjon uyni
sota olmaysizlar!
Latifa sharaqlab kuldi.
- Nega endi? Mahallaga arz qilib
odam yig'asizmi? Bu nomerlar
eskirgan, demokratiya hozir
hamma o'z-o'ziga xo'jayin!
- Shuning uchun ham
sotolmaysizlar! Chunki uyning
xo'jayini sizlar emas!
- Bo'lmasa kim? Katta xolammi
yo, Pushkinmi?
- Ikkovi ham emas, mening
o'zim.
- Ja, olasiz-da, tomingiz
ketganmi, nima balo? Xatlab
bergansiz-ku!
Muyassar xola achchiq kuldi.
- Sizlarni sinamoqchi edim,
soxta edi hujjat!
- Kulgimni qistatmang,
qanaqasiga... Axir, notarius...
- Hammasi soxta! Ko'zlaringni
yog' bosgani uchun soxta muhr,
soxta imzo - hech baloni
bilmadilaring...
Latifa uyga yugurib kirib ketdi.
Zum o'tmay qog'ozni ko'tarib
chiqdi. Qog'ozni yorug'ga tutib
ko'rdi.
- Muhr... ha... qayerning
muhriligini bilib bo'lmaydi...
g'alati yozuvlar... Imzo... imzo
ham sizniki emas... - Latifa
qog'ozni otib yuborib: - Sudga
beraman, firibgarlikda
ayblayman! - deya baqirgan edi:
- Nima bilan isbotlaysiz? U
qog'ozda na men, na Sohibaga
tegishli bir narsa yo'q! - dedi.
- Barmoq izi qolgan, hali javob
beradi.
- Kelinjon, Sohiba yurist, siz
shoxida yursangiz, u bargida
yuradi. Bu qog'ozni siz u "ol"
degan stoldan oldingiz, u
barmog'ini tekkizmadi.
Latifa yerga o'tirib oldi, avval
jazavasi tutdi, og'zidan bodi
kirib, shodi chiqdi. So'ng yig'iga
tushdi. Muyassar xola bir og'iz
gapirmadi. Hovliga chiqib, gullar
orasiga qo'yilgan kresloga
o'tirdi.
"Odamzod buncha ochko'z...
Omonat dunyoda buncha
berahm... Aslida indamay hovlini
berib qo'ya qolsam ham
bo'lardi, baribir go'rimga
orqalab ketmayman, shularga
qoladi, nevaralarimni vatansiz
qoldirarmidim. Faqat... ularning
qilganlari, gaplari dilimni
og'ritdi, yomon og'ritdi..."
Muyassar xola o'zini qoralashni
ham, oqlashni ham bilmay bir
ahvolda o'tirar ekan, ochiq
derazadan Latifaning
yig'lamsiragan ovozi kelardi...
- Ha, soxta ekan, aldabdi bizni,
sinamoqchi bo'libdi. Ha,
shunaqasiga. Nega
tushunmaysiz? Bo'lar ekan-da!
Keling, tezroq, xaridorga nima
deymiz? Qanday qilib o'zim hal
qilaman? Erkakmisiz? Bu nima
deganingiz? Nega kelmaysiz?
Nega yuzingiz qora bo'lsin?
O'g'lisiz-ku, baribir ona
kechiradi! Keling, deyapman!
"Ha, ona kechiradi" shu gapni
bilib aytdi, ko'p bilmay, o'ylamay
so'zlashi bor, lekin shu gapni
bilib aytdi... Muyassar xola nasim
bilan kelayotgan gul hidlariga
dimog'ini tutdi.
Davlatbaxt
Смс Шерлар