Главная » Hikoyalar » Olislarga uchgan baxt qushi
Olislarga uchgan baxt qushi

Olislarga uchgan baxt qushi

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Olislarga uchgan baxt qushi
  • Дата релиза: 14-06-14, 12:15
Olislarga uchgan baxt qushi
- O'zi endi boshing balodan
chiqdi. Shoshmasdan,
hammasini obdan o'ylab, yetti
o'lchab bir kesib, six ham,
kabob ham kuymaydigan qilib
bitkazsa bo'lmaydimi shu ishni?
- Sen ayol emassan, ona
emassan! Hech qachon mening
qalbimdan kechayotgan
tuyg'ularni tushunmaysan!
Yordam berasanmi-yo'qmi,
shuni ayt!
- Juda qaltis ish-da, Zuhra. O'ylab
ko'rish kerak...
* * *
Xonadon badavlat insonga
tegishli ekani bir qarashdayoq
bilinardi. Bugun urfga kirgan,
allaqaysi davlatdan keltirilgan
daraxt va gullar ming bir rangda
tovlanardi. Muattar hidlari
boshni aylantirib, ko'zni
tindirardi. Lekin bu manzaralar
Zuhraning ko'zidan bir lahzada
o'tib ketdi. Hech biri ichki
hayajondan kattarib borayotgan
qorachiqlarida turib qolmadi.
- Keling, Zinnat opa, kelinglar,
tinchlikmi? Kech qolganingizga
xavotir olayotgandim,
qo'ng'iroq qilsam, telefoningiz
o'chirilgan, - dedi beka ularni
ichkariga boshlab. Uning ovozi
boy-badavlat odamlarniki kabi
sokin va jarangdor edi.
- Men... menga xabar keldi.
Onam... onamdan... Kasal bo'lib
qolibdilar, qattiq. Birdaniga
ketadigan bo'lib qoldim. O'r...
o'rnimga mana bu dugonamni
olib keldim. Odam qidirib ovora
bo'lib yurmang, dedim.
Ishonchli...
Beka "Zinnat opa", deb
atayotgan xizmatchi ayol eng
kerakli gapni tez-tez aytib
olganidan so'ng bo'shashdi,
shekilli, peshonasini marjon-
marjon ter qopladi.
- Onangizga nima bo'libdi?
Ishqilib, siz yetib borguncha
qaraydigan odam bormi?
To'xtang, tilingizning ostiga
validol tashlab oling, rangingiz
oqarib ketdi. Men Bosit akamga
qo'ng'iroq qilay, bilet...
- Bilet oldim. U kishini ovora
qilmang. Men tezroq ketsam
degandim...
...Zuhra beka ichkaridan olib
chiqqan dorini epchillik bilan
Zinnatga tutqazdi. Shundan
keyingi voqealar ko'z ochib
yumguncha ro'y berdi.
Beka qaygadir qo'ng'iroq qildi.
Kimlardir Zinnatga jomadon
yig'ishtirishga yordamlashdi.
Hayal o'tmay Zuhra nomini ham
bilmaydigan allaqanday
mashinalarning birida g'uv etib
Zinnatni olib ketishdi. Beka ham
kutilmaganda yuz bergan
o'zgarishdan parishon tortdimi,
Zuhrani ko'p ham so'roq-
savolga tutmadi.
- Mana bu sizning xonangiz.
Ikki-uch kunlik masalliq tayyor
bo'lsa kerak. Menyu, oshxona,
taom tartibi... Xullas, Zinnat opa
bunaqa ishlarning piri bo'lib
ketgan edi. Kutilmagan
tashvishdan gangib, sizga hech
narsani tushuntira olmadi
chog'i. Mayli, so'rab-so'rab
o'rganib olasiz. Zinnat opam
o'rniga o'zi ishonmaydigan
odamni tavsiya qildi, deb
o'ylamayman. Bizga
yoqmaydigan ish qilib, Zinnat
opamni xijolat qilmaysiz, degan
umiddaman, - dedi o'zini Malika
deb tanishtirgan xonadon
bekasi.
Zuhra esa uning hech bir gapini
qulog'i ostidan o'tkazib
yubormaslikka harakat qilar
ekan, qalbi: "Qani u? Qayerda?"
deya isyon qilayotgandek edi.
Axir bu dunyoda hech bir
intizorlik bolaning sog'inchiga
o'xshamaydi.
* * *
- Nega bunday bo'libdi? Nega
menga aytmading? - dedi
Malikaning eri ishdan kelgach,
xotinidan yangilikni eshitib.
- Zinnat opa juda shoshib qoldi.
Onasi og'irroqmi deyman, nuqul
dovdiraydi.
- Eshikdan kirib kelgan har
kimni qabul qilib bo'larkanmi
hozirgi zamonda?!
Soddaligingiz qolmadi-da,
Malika? - deya erining
peshonasi tirishdi.
- Nega bunaqa deysiz? Zinnat
opa tavsiya qildi-ku! Bechora
shuncha tashvish ichida ham
bizni o'ylabdi. Qolaversa, bu
ayolning pasportini,
tavsiyanomasini tekshirdim.
Bog'chada murabbiya bo'lib
ishlagan ekan.
- Nega kelibdi shaharga?
- Voy, Bosit aka-ey, dardi bordir-
da, ayol kishi issiq o'rnini
sovutib, bekorga shuncha yo'l
bosib kelarmidi? Bilarmiz asta-
sekin. Darrov: "Kimsan,
nimasan?" deb yoqasiga
yopishmayman-ku.
- Baribir, tekshirish kerak.
Boy-badavlat odamlar qurgan
imorat bo'lsayam, devorlari
yupqa ekanmi yo Zuhraning
butun vujudi quloqqa aylangani
uchun ship etgan tovushga ham
sezgir bo'lib qolganidanmi
Malika bilan eri orasidagi
suhbatni bemalol eshitdi. Ammo
xonadon sohibining:
"Tekshiramiz" degan gapi unga
unchalik qo'rqinchli
tuyilmayotgandi. Chunki u o'g'li
Temurni ko'rgan edi...
- Fotima opa, tushlikni o'g'lim
kelganda berasiz, - dedi Malika
oshxonaga bosh suqib.
Uning yuragini g'alati bir his
chulg'adi. "Bolam, jonimning
parchasi. Men senga ilk bor
taom tayyorlayapman", dedi
ichida. Hayal o'tmay, darvozada
mashinaning gurillagani
eshitildi.
Zuhra ichki sezgi bilan o'g'li
kelganini bildi. Qo'lidagilarni
otib, tashqariga yugurmoqchi
bo'ldi. U eshikni men ochaman,
deb o'ylagan edi, ammo Malika
to'xtatdi:
- Siz ovora bo'lmang. Tushlikni
hozirlayvering. Men o'g'limni
birpasda sog'inib qolaman.
Zuhra ikki-uch qadam orqaga
tisarildi-yu, ammo oshxonaga
kirmadi.
- Oyijon, assalomu alaykum, -
dedi o'g'li Malika tomon yurib.
Ona bolaning ko'rishishini
ko'rib turar ekan, Zuhraning
yuragi qafasidan chiqquday
gursillab urardi.
- Yaxshi keldingmi, bolam?
Bugun bizni nechta "5" bilan
suyuntirasan? Yana
matematikadan "5" oldingmi,
balli, ota o'g'ilsan-da!
Zuhra o'zini boshqara olmadi,
ularga yaqin keldi. Bolaning
katta-katta qora ko'zlariga
hayrat ifodasi yoyildi.
- Temur, o'g'lim, tanish, bu kishi
Fotima opa. Sen uni Zinnat
xolang kabi xola, desang ham
bo'laveradi. Bugundan boshlab
biznikida yashaydi.
- Zinnat xolam-chi? - bolaning
ovozi Zuhraning yurak
devorlarida aks-sado bergandek
bo'ldi.
- Onasi betob bo'lib qolibdi.
Yurtiga ketdi.
Bola Zuhraga ham salom berdi.
"Juda yaxshi tarbiyalashibdi.
Chinakam aslzodalardek. Malika
otasiga tortgan, deb qayta-
qayta aytyapti, chindan ham,
otasiga tortgan" deya o'ylardi
Zuhra.
- Fotima opa, dessertni olib
kelasizmi? Temur ozgina dam
olib, basseynga ketadi, -
Malikaning buyruqlaridan yiroq,
shirin ovozi Zuhrani o'ylashga,
quvonishga, rejalarini
yangilashga qo'ymasdi...
* * *
Mana, necha kundirki,
farzandining nigohlari ko'ziga
tushadi. Ovozini eshitadi.
Oppoq, nozik qo'llari bilan vilka,
qoshiq tutganini ko'radi.
- Ovqatingiz shirin bo'libdi,
Fotima xola, rahmat! - deganida
ichiga quyosh kirgandek
bo'ladi, lekin ichidagi intizorlik
tuyg'usi o'lmaydi. "Xudoga
shukr qilsang-chi, bolang o'n
yoshga kiribdi. Sog'lom, chiroyli.
Sabr qil, unga erishasan. U onasi
ekanligingni, baribir, ertami-
kechmi biladi", deya o'z-o'ziga
yuz marta aytsayam, yuragi
ko'nmaydi. "Bag'ringga bos!"
deb isyon qilaveradi.
... Ana, dilbandi ikki xona narida
uxlayapti. Koshki, yoniga kira
olsa, boshida bir zumgina
o'tirsa... Ammo bunga imkon
yo'q. Malika bot-bot kirib,
bolasidan xabar olib turadi.
Uning bag'rikeng, oqko'ngil
ayol ekanligini Zuhra allaqachon
bilib olgan. Garchi Bosit aka
o'sha kundan buyon Zuhrani
savol-javobga tutmagan bo'lsa-
da, har qaraganda ko'zlari
badanini teshib o'tay deydi.
Zuhra uning ishonchiga yuz foiz
kirmaganini sezadi. Shuning
uchun tezroq harakat qilishi
kerak... Ali ham bezovta. Zuhra
o'ziga yordam berayotgan, erta-
indin bolani olib ketsa ham,
yordam berishi mumkin bo'lgan
yagona odam shu sinfdoshi
Aliligini biladi, unga yomonlik
tilamaydi, zarari tegishini
istamaydi.
Allaqachon xonasining
chirog'ini o'chirgan bo'lsa-da,
Zuhra tikan ustida yotgandek
edi. Nima qilsa, bolasini bu
xonadondan olib chiqib ketadi?!
Nega uning taqdiri bu qadar
chigal? Nega o'n to'qqiz
yoshidan hayot yo'llarida
adashdi? Bor aybi unashtirilgan
yigitiga to'ydan avval izn-
ixtiyorini berib qo'yganimi? Yo
Xudoyimga xush kelmagan
bittagina nojo'ya ish ham odam
bolasining yoqasidan tutib,
o'sha xatoning javobini
so'raydimi?
... Zuhra Akbarni o'ladi, o'zi
homilasi bilan qoladi, deb
o'ylabdimi? Ikkovi ham chiroyli,
yosh edi, yuraklari bir-biriga
talpinib turardi. Zuhra o'sha tun
uzoq yig'lagandi:
- Xato qildik, Akbar aka. Har
narsaning o'z o'rnida bo'lgani
yaxshi edi, - dedi. Akbar uni
bag'riga bosib ovutarkan:
- Yozga chiqib to'y qilamiz, axir
unashilganmiz-ku, - dedi.
Lekin o'zi bir oy kasal bo'lib
yotibdi-yu, Zuhrani homilasi
bilan bu g'amli dunyoni yolg'iz
tashlab ketdi. Doktorlar:
"Miyasida o'sma bor ekan,
ortiqcha gap-so'z kasalini
og'irlashtirarkan", deyishgani
uchun Zuhra boladan og'iz
ocholmadi. To'g'risi, u so'nggi
daqiqalargacha birorta mo'jiza
yuz berib, Akbarning omon
qolishiga ishongandi. Lekin
mo'jiza yuz bermadi...
Akbarning o'limidan so'ng hech
kim unga ishonmadi. Shaharga
qishloqdagi ta'nalardan qochib
kelganida endi qanday
yashashini, kim unga panoh
bo'lishini bilmasdi.
O'rindiqda har o'tganga
javdirab o'tirgan kampirdan hol
so'rab, uning qishloqdan
shahardagi o'g'linikiga
kelayotib, adashib qolganini
bildi. Onaxonni o'g'linikiga
yetaklab bordi. Shu-shu Zuhra
onaxonning kelini xizmatchilik
qiladigan xonadonga kirib
bordi. Xonadon bekasi
mehribon, kambag'allikdan
davlatga yetgan oqila ayol edi. U
Zuhrani bag'riga oldi. O'g'li shu
xonadonda dunyoga keldi.
Zuhraning erga tegishga istagi
yo'q edi. U o'g'liga yaxshi ona
bo'lmoqchi, Akbarning yodi
bilan dunyodan toq o'tmoqchi
edi.
"Hali juda yoshsan, o'n
gulingdan bir guling
ochilmagan, sen boradigan baxt
qasri yurar yo'llaringda turibdi",
dedi beka. Zuhra bu qasrni ham
o'g'lida ko'rardi. Agar beka
yo'g'ida ko'z ostidan o'qtin-
o'qtin qaraydigan eri
bo'lmaganida, bu qasrga
yetarmidi, ehtimol...
Bir oqshom beka yo'g'ida
shirakayf erkak uning ustiga
bostirib kirdi. Shunda Zuhra
hiyla ishlatib, hovliga chiqib oldi.
Ammo qochay desa, bolasi
o'sha uyda edi. Birovni
yordamga chaqirish foydasiz.
"Bir kara nikohsiz farzand
ko'rgan ayolga kim ham
ishonardi? O'zing ko'z
suzgansan", deyishlari aniq edi.
Zuhra ortiqcha o'ylay olmasdi,
chunki erkak:
- Meni aldab ketsang, bolangni
pora-pora qilaman! - deb
o'kirdi.
Allaqayerdan qo'liga bolta
ilindi...
(Davomi bor)

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: