Главная » Hikoyalar » Olislarga uchgan baxt qushi 2
Olislarga uchgan baxt qushi 2

Olislarga uchgan baxt qushi 2

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Olislarga uchgan baxt qushi 2
  • Дата релиза: 16-06-14, 11:42
Olislarga uchgan baxt qushi 2
Zuhrani xotiralar qisib kelsa,
hansirab, qora terga botardi.
To'qqiz yillik mahbuslik uning
jismi-joniga ta'sirini
o'tkazgandi...
Zuhraga yotgan yumshoq
karavoti ham qattiq
botayotgandek tuyildi. Turib
o'tirdi. Nima qilsa ekan? Tezroq
harakat qilmasa bo'lmaydi.
Ali orqali Fotimaning pasportini
oldi. Egizagiga ikki tomchi
suvday o'xshaydi u. Lekin
Fotima ham omi emas-ku,
xorijga chiqish uchun ikki-uch
haftaga ruxsat tegishini biladi.
Pasportini bahona bilan so'rab
olgan sobiq maktabdoshi Aliga:
"Pasportimga xorijga chiqish
uchun muhr bostirgan bo'lsang,
qaytarib ber", deyishi aniq.
Zuhra o'sha xatarli daqiqalar
kelmasdan avval bolasini bu
xonadondan olib chiqishi kerak.
- So'rab-surishtirdim. O'g'lingni
o'ziga to'q xonadon
farzandlikka olibdi. Sen o'z
hayotingni o'yla! - degandi Ali
uni shashtidan qaytarish uchun.
Ammo Zuhra ko'nmadi.
- Men uni o'zim tarbiyalashim
kerak. Bu dunyoda boru yo'g'im
shu bola . Muhabbatu
dardimdan yodgorligim, menga
boshqa hech narsa kerak emas.
Usiz menga yashashning qizig'i
yo'q, - dedi. Ali esa uning
o'jarligini bilardi.
- Keyin qiynalasan. Begona
pasport bilan birovning uyiga
kirib olganing fosh bo'lsa, yana
tiqib qo'yishadi, - dedi. Ammo
Zuhrani ahdidan qaytara
olmadi...
Mana, endi u o'ziga: "Tez, juda
tez harakat qil!" deb buyruq
beradi, xolos...
* * *
- Siz yangi xizmatchisiz-a? - dedi
qo'ng'iroq qilgan kishi Zuhra
go'shakni ko'tarishi bilan.
- Ha, - negadir biroz dovdirab
qoldi Zuhra.
- Temur uyga bordimi? "Ha" yo
"Yo'q" deb javob bering, vahima
ko'tarmang.
Zuhrani so'rovchining savolidan
ham ko'ra, ko'proq ovozidagi
tahlika qo'rqitdi.
- Y-o'q, - dedi nafasi ichiga
tushib, - unga nima bo'libdi?
Qayerda u?
- Bola-da, hadeb qafasga
solingan jonivordek bir chiziq
bo'ylab aylanavermaydi-ku, u
yoq-bu yoqqa chiqqandir,
vahima qilmang, dedim-ku,
onasi bilmasin! - qo'ng'iroq
qilgan erkak o'zini bosib oldi,
shekilli, endi ovozi bir tekis
chiqa boshladi.
Zuhra uning Temurni o'qishga,
sport mashg'ulotlari va yana
allaqayerlarga olib yuradigan
haydovchi ekanini ovozidan
tanidi.
- Onasi bilib bo'ldi, - dedi
bo'shashib.
- Kim ekan? Nima deyapti? -
Malika tez-tez soatiga qarab
qo'yar, bot-bot Temurga
qo'ng'iroq qilardi.
- Adashib tushibdi, - dedi Zuhra
imkoni boricha muloyim
ovozda.
- Negadir o'g'lim kechikyapti.
Telefonini ham olmayapti, -
Malika nimaningdir ilinjida
Zuhraga termildi.
- Kelib qolar, bola-da, - dedi
Zuhra parishonroq holda.
- Shu haydovchini almashtirish
kerak o'zi, dunyoni suv bossa,
to'pig'iga chiqmaydi. Shit etgan
tovushdan yuragim titrab
turishini biladi-ku!
- Biror narsaga chalg'igandir,
xabar berib qolishar, balki,
maktabida ushlanib qolgandir.
Ovqatingizni beraveraymi? -
Zuhra bu savolning javobini
bilsa-da, chalg'ish va chalg'itish
uchun Malikadan so'radi.
- Temursiz tomog'imdan ovqat
o'tarmidi? Kelsin, keyin...
Zuhraning yuragi achisha
boshladi. "Axir men bolamni olib
ketaman-ku. Keyin nima qilasiz?
Och yashamaysiz-ku? Qolaversa,
bu bolasiz ham sizning
quvonchingiz yetarli-ku!
Mehribon eringiz, davlatu
savlatingiz bor. Mening esa
Temur (u birovlar qo'ygan otga
endi o'rgana boshlagan edi, axir
u bolasiga "Yodgorjon" deb ism
qo'ygan edi-da)dan boshqa
hech kimim yo'q!" deya
so'zlandi ichida.
* * *
"Kasalni yashirsang, isitmasi
oshkor qiladi", deganlaridek,
shumxabarni ham yashirib
bo'lmaydi. Telefon simlaridan
boshlangan noxushlik hayal
o'tmay dang'illagan hovlining
to'rt tarafiga sochildi.
- Onasi bilmasin, yuragi yomon,
ko'tara olmaydi, - deya Bosit aka
bu xabarni yashirmoqchi bo'lsa-
da, ammo Malika botiniy bir
sezgi bilan o'g'li yo'qolganini
his qildi...
... Bosit aka qo'l telefonini
changallab yog'och o'ymakorli
maxsus taglikka o'rnatilgan
allaqanday oppoq yaltiroq
ashyodan ishlangan uy
telefonining yonida o'tirar,
asabiylashganidan ketma-ket
chekardi. Lablari ko'kimtir tusga
kira boshlagan Malika qo'li bilan
yuragini changallagancha
divanga o'tirardi.
- O'rtoqlari bilan yurgandir, deb
meni ovutmoqchi bo'ldingiz.
Vaqtdan yutqizdik. Uni o'g'irlab
ketishgan, o'zi ikki-uch kundan
buyon tushlarim alag'da edi, -
Malikaning ovozi yuz yillik
bemornikiday shikasta edi.
- Balki, rostdan o'rtoqlari
bilandir. Kimdir men bilan bu
borada savdolashishga
ishonmayman. O'zingni bos.
O'g'lingga sog' holingda
keraksan. O'hho', hali qancha
ishlar bor, - Bosit aka shunday
deb damba-dam xotinining
yoniga kelar, yelkalarini silab
qo'yardi...
"Ular hech kimga xabar
qilishmadi. Haydovchiga ham
o'zimiz aytmaguncha hech
kimga og'iz ochma, deyishdi.
Men nima qilay? Alining
shaharning to'rt tomonida qo'l,
ko'z, oyoqlari bor. Sekin
xabarlasammikan? Bu yaxshimi
yo yomon? E, Xudoyim, rostdan
Temurga bir gap bo'lgan bo'lsa-
chi? Ba'zi kasalliklar suyak
suradi, deyishardi. Otasining
xastaligi unga o'tgan bo'lsa-ya?"
degan o'ydan tobora kichrayib
borardi Zuhra. U Temurni bir
burchakda hushidan ketib
yotgan holda tasavvur etar,
qimmatbaho sumkasi,
kiyimlarini kimdir
o'g'irlayotgandek tuyilardi.
- Bositxon, - Zuhra uy egasining
ismini birinchi marta tilga oldi.
Ammo qizarib, terlab ketdi
aytgunicha. - Temurjonning
boshi og'rimasmidi?
Bosit akadan avval Malika tilga
kirdi:
- Bu nima deganingiz? Siz biror
narsani bilasizmi? Bilsangiz,
yashirmay ayting.
- Yo'-o'q, o'zim... Mabodo,
deyman-da...
... Uydagi sukunat ko'pga
cho'zilmadi. Malika
yanglishmagan ekan. Kimdir
qo'ng'iroq qilib, katta pul
so'radi. Qo'ng'iroq qilgan kishi
joyini va vaqtini aytmadi.
- So'raganimizni topganingdan
so'ng uchrashuv joyini aytamiz.
Tilingga mahkam bo'l. Xabar
tarqalsa, bolangni tirik
ko'rmaysan! - degan tahdidlar
bu voqeada hech qanday hazil
yo'qligini anglatar edi,
- Malika, jon Malika, o'zingni
qo'lga ol! Pul topiladi. Mashina,
juda bo'lmasa, uy bor-ku! Jon
so'ramayapti-ku! Pul topiladi!
Men hozir! - deya hovliqardi
Bosit.
"Malika taqinchoqlarini qutisi
bilan olib chiqib qo'ydi, demak,
Temur ularga shuncha aziz"
o'yladi Zuhra uy ichida g'imirlab,
qandaydir bir mo'jiza sodir
bo'lib, bolani o'zi topib olishni,
uni uzoq-uzoqlarga olib ketishni
o'ylarkan.
- Bekangizga hushyor bo'ling.
Bizning yetti yosh qizalog'imiz
ko'chada avtohalokatda halok
bo'lgan. Malikaning ko'z
o'ngida. Maktabga kuzatib
qo'yayotib... U hanuzgacha
o'zini kechira olmaydi. Hamshira
chaqirdim, tinchlantiruvchi ukol
qiladi, - dedi Bosit aka ketayotib
Zuhraga.
... Hamshira kelgani bilan Malika
ukol olishga ko'nmadi.
- Meni uxlatib qo'yasiz, men
xohlamayman, - dedi. Hamshira
bir Zuhraga, bir Malikaga qaradi,
ammo hech narsani
tushunmadi.
- Qon bosimingiz ko'tarilibdi,
tinchlikmi? - deb so'radi,
nihoyat.
- Bo'lib turadi, dori berib
ketavering, ukol kerakmas!
Zuhra vaziyatni qo'lga oldi.
Hamshira o'zicha qandaydir
muolajalar qilgan bo'lsa-da,
chiqib ketdi.
Zuhra Malikaning boshi sajdaga
tekkani, biror kalima oyat
o'qiganini ko'rmagan edi. Hozir
u mehmonxona javonida turgan
Qur'onni olib, bag'riga
bosganicha ko'zlarini yumib,
iltijo qilardi. Zuhra uning lablari
qimirlashidan "Alloh, Alloh"
kalomi qanday aytilayotganini
sezardi.
"Men nima qilay? Axir men bu
yerda poyu-patak bo'lib nima
qilib yuribman? Mening pulim
yo'q, lekin mehrim bor-ku! E,
Xudo, yo'l ko'rsat, men ham
nimadir qilay. Ana, Bosit aka
qora terga botib, pul topib keldi.
Mashina, uy, deyishyapti. Demak,
ular so'ragan pul uchun uy ham,
mashina ham ketdi". Zuhrani
qarama-qarshi xayollar qiynay
boshladi. U bu uyga ilk bor
kelganida: "Begona ota-ona
bolani, baribir, o'zinikiday
yaxshi ko'rmaydi, kerak paytda
kuyunmaydi. Osongina olib
chiqib ketaman" deb o'ylagan
edi. Ammo hozir yanglishganini
his qildi...
Hadeganda qo'ng'iroq
bo'lavermas, er-xotin tiq etgan
tovushni intizorlik bilan
kutishardi. Qosh qoraya
boshlaganda telefon emas,
eshik qo'ng'irog'i jiringladi.
Zuhraning yuragi oyog'idan
avval chopdi. Ostonada Temur
turardi, horg'in...
- Temurbek, o'g'lim! - dedi
Zuhra uni bag'riga bosib.
* * *
Er-xotin Temurni o'rtaga olib,
divanda o'tirishar, bo'lib o'tgan
gaplarni qayta-qayta
eshitishardi.
- Aniq Muhsin akang edimi?
Balki, adashgandirsan?
- Aniq Muhsin akam edi, adajon,
begona mashinaga
chiqarmidim? Oyim rosa
tayinlaydilar-ku, o'g'lim, men
uchun o'zingni ehtiyot qil,
senga bir narsa bo'lsa, o'lib
qolaman, deydilar-ku, - derdi
Temur hovliqib.
Zuhra goh choyni yangilar, goh
kofe damlab kelarkan,
Temurning hikoyasidan uni
begona emas, o'z haydovchilari
Muhsin aka olib ketgani, ancha
yo'l yurgach: "Shu yerda o'tira
tur", deb bir uychaga kiritib,
qulflab ketganini bildi.
- Muhsin akam telefonimniyam
olib ketdi. Shuning uchun
sizlarga xabar qila olmadim.
Keyin o'g'illari Asqar akam keldi,
eshikni ochib kirdi, keyin meni
uyga tashlab ketdi.
- Asqar hech narsa demadimi?
- "Soat esingdami, Temur, bu
o'sha soat uchun", dedi.
- Qanaqa soat? - er-xotin savol
berishdi unga.
- Oyi, ada, meni urishmanglar.
Tilla soatimni yo'qotib qo'ydim,
deb bahorda yolg'on gapirgan
edim. Asqar akam birovning
mashinasini avariya qilib
qo'ygan ekan, pul berishi kerak
edi o'sha odamga. Asqar aka
pul topolmay qiynalib yurganida
o'sha soatimni bergandim.
- Ahha, Muhsinda yo'q yurak
o'g'lida bor ekan-da! Qo'ynimda
ilon asragan ekanman-da! O'zi
o'g'irlab, pul undirmoqchi
bo'libdi-da. Kimni sherik qildi
ekan? Qay ablahga qo'ng'iroq
qildirdi ekan? - shunday deb
Bosit aka o'rnidan turib ketdi-
da, telefonidan raqam terdi.
- Qo'ying, adasi. O'g'limiz keldi-
ku. O'g'li Temurni uyga olib
kelganini bilgandir, endi
telefonni ko'tararmidi?
Qo'yavering. Har yomonning
jazosi o'zi bilan. O'g'li yaxshi
ekan-ku, baribir, - Malika
Temurning sochlarini silab
gapirarkan, ko'zida yosh yiltirar
edi. - Fotima opa, siz ham biz
bilan birga charchadingiz, kirib
yotavering. Stol ertaga
yig'ishtirilar. Bu dunyoda to'rt
ko'z tugallikdan a'lo baxt yo'q
ekan. O'g'limni sog'-omon
bag'rimga bosganim uchun
hech narsadan xafa
bo'lmayman endi. Xudoga
shukr, o'g'lim keldi! Yoting,
ertaga ham kun bor.
Bosit aka hiyla tinchigan bo'lsa-
da, pir-pir uchayotgan qovog'i
haydovchisining xiyonatini og'ir
olganligidan dalolat berib
turardi...
Zuhra yuvinib, yotog'iga kirdi.
Qulog'iga Bosit akaning:
- Odamga ishonib bo'lmas ekan.
Shuncha yillik haydovchim-a!
Ranjitganimni eslay olmayman.
Yaxshiyam, otasi bunaqa
bunaqaligiga o'g'li tuzuk ekan,
balki, onasi yaxshidir. Manovi
xizmatchi ayol ham osmondan
tushgandek to'p etib tushdi,
tekshirish kerak uniyam, -
degan gapi kirdi.
Yuragi uvishdi. "Ketishim kerak.
Izimga tushishsa, qamoqdan
chiqqanim, Fotimaning
pasportini o'g'irlaganim fosh
bo'ladi. Alining sha'ni bor
o'rtada, ketishim kerak". Zuhra
shunday derdi-yu, katta-katta
ko'zlari Akbarnikiga o'xshash
Temurdan uzoqlashishi
kerakligini o'ylasa, jonida mislsiz
bir og'riq his etardi.
"Hali meni tekshirishmas, yana
bir-ikki kun turay, balki, shu bir-
ikki kunda Xudoyim menga
o'g'limni qaytarar", deb umid
qilar, lekin umidini shamol
uchirib borayotgan pufakdek
ekanligini ham his etib turardi...
Tun yarimdan og'gan. Bir-
birining bag'riga kirib ketgan
ota-ona va o'g'il hanuz
mehmonxonada edi. Ular
o'rinlaridan turib, chiroqni
o'chirishsa, xonasiga kirsa, yana
bir ko'ngilsizlik yuz
beradigandek bir-birlaridan
ayrilishmas edi.
Zuhra esa hamon hayot
yo'lining boshida bir nafaslik
ehtirosni yengib o'tolmagan
boshqa qizlar kabi qismatning
yangi zarbasiga - bolasi bilan
abadiy ayriliqqa hozirlanar edi...
Qutlibeka Rahimboyeva

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: