Onasidan hazar qilgan oshiq
- Категории: Hikoyalar
- Название: Onasidan hazar qilgan oshiq
- Дата релиза: 16-05-14, 00:50
- Ularga qoyil qolaman. Qayerda
bo'lsalar ham shu kuni yetib
keladilar. Qaysi bir yili
Yaponiyada ekanliklarida
kelolmay qolgandilar. Ham
telefon qilganlar, ham
telegramma yuborganlar, ham
sovg'a-salom jo'natganlar.
Mana, oqibat! Shanba kuni
vaqtingiz qalay? Borasimi?
Ma'ruf hayron bo'lib qoldi:
- Tug'ilgan kun oilaviy bayram...
Men nima qildim?
- Voy, nega unaqa deysiz? -
ajablandi Sevara, - tanishasiz.
Ko'rasiz. Kursdoshlarim ham
kelishadi. O'zimiz alohida
o'tiramiz.
- Mayli, ko'ramiz, - dedi Ma'ruf
dami ichiga tushib.
- Ko'ramizmas, borasiz,
vassalom! - dedi Sevara qat'iy
ohangda. Ma'ruf indamadi. Shu
lahzalarda uning ko'nglidan
nimalar kechayotganini yolg'iz
o'zi bilardi, xolos...
Ma'ruf Sevara yashaydigan uy-
joyni ko'rib, hang-mang bo'lib
qoldi. Birinchi-ikkinchi
qavatlarda ikkita besh xonali
kvartira qo'shib olingan bo'lib,
yo'lakdan yuqoriga chiqiladigan
aylanma zina o'rnatilgan, bu
yerdagi shoxona mebellaru,
billur qandillar, eroniy gilamlaru,
antiqa jihozlar har qanday
odamning og'zini ochib qo'yishi
aniq edi.
Dasturxonga-ku, gap yo'q! Qizil-
qora ikralardan tortib, seli
chiqib turgan kaboblar,
qovurilgan jo'jalaru anvoyi
ichimliklargacha, "ko'rib qo'y,
biz qanday yashaymiz" deb
turganga o'xshaydi. Ma'ruf bu
dabdabayu as'asani ko'rib,
o'zlarining eski hovlilarini ko'z
oldiga keltirdi-yu, kulgisi qistadi.
"Bularning oldida bizning uy
Robinzon Kruzoning
chaylasidan farqi yo'q" degan
alamli fikr xayolidan kechdi-yu,
g'alati bo'lib ketdi. Kimning
qiziga oshiqi beqaror bo'lib
yurganini o'ylab ezildi, qiynaldi.
Chekishni bahona qilib, o'zini
chalg'itgani balkonga chiqdi.
Chekdi. Bu shahar markazidagi
to'rt qavatli uy ro'parasidagi
xiyobonga mavjlanib turgan
ko'lga ko'zi tushib, Sevaraning
"O'rikzorda dang'illama
uchastkamiz, Bo'stonliqda
dachamiz bor", degan gaplarini
esladi. Battar alam qildi. Endi
ichkariga qaytib kirmoqchi edi,
oshxonaning bo'lsa kerak,
ochiq derazasidan quloqqa
chalinayotgan ayollarning shivir-
shivirini eshitib to'xtab qoldi.
- Vkusing yomonmas, Sevar, -
dedi bir ayol, - zo'r yigitni
topibsan! Ancha og'ir-bosiq,
aqilli yigitga o'xshaydi.
- Erta-indin fan nomzodi bo'ladi,
- sho'x kuldi Sevara unga
javoban, - bo'lajak akademik.
Ayollar kulishdi. Onasi bo'lsa
kerak, qo'shildi:
- Dadangga ham ma'qul
tushgan ko'rinadi. Xursand
bo'ldilar.
Bu gaplarni eshitgan Ma'rufning
butun vujudi jimirlab ketdi. Yana
beixtiyor quloq soldi.
- Shundoq chiroyli, kelishgan
yigit, nega shu paytgacha
uylanmay yurgan ekan-a? -
luqma tashladi boshqa bir ovoz.
- Sevarani qidirib yurgandir-da!
- qo'shildi yoshgina bir ovoz.
- E, o'linglar! - erkalandi Sevara, -
boshqa gap yo'qmi?
- Mahkam ushla, Sevar, qo'ldan
chiqarib yuborma! Bunaqa
yigitlarning xaridori ko'p
bo'ladi! - dedi yana o'sha yosh
ovoz.
- Tutqich bermayapti-da,
o'rtoqjon, - kuldi Sevara.
- Unaqada o'zim
yordamlashvoraman! - qiyqirib
kuldi dugonasi. Unga boshqa
ayollar ham qo'shilishdi.
Ma'ruf bu gaplarni eshitib, o'zini
noqulay sezdi va boshqalarning
gapini poylab, o'g'rincha
eshitish yaxshi ish emasligini
eslab ichkariga qaytmoqchi edi,
keyingi gaplarni eshitib yana
qulog'i ding bo'ldi.
- Ota-onasi kim ekan? - so'radi
boyagi ayol. - Qayerda
turisharkan?
- Bilmadim? - dedi Sevara, - otasi
o'lib ketgan ekan. Universitetga
kafedra mudiri bo'lib ishlagan
ekan. Singlisini uzatishibdi.
Menimcha, onasi ikkovlari
yashashadi.
- Tem bolee! - dedi yana
dugonasi, - hayotni ko'rgan,
achchiq-chuchukni totgan yigit
ekan. Tegsang tegding,
bo'lmasa, o'zim yopishib
olaman!
Ayollar qiyqirib kulishdi.
- Ishqilib, qo'sha qaringlar,
menga o'xshab chuv tushib
qolmagin, - dedi yoshi kattaroq
ayol.
- Sizga nima qilibdi, amma? -
dedi Sevara.
- Pochchang tushmagurni
aytaman-da! - xo'rsindi ayol, -
"do'xtir ekan" deyishsa, laqqa
tushib o'tirganman-da, o'rgilay.
To'ydan keyin bilsam, mol
do'xtiri ekan!
- O'shandan keyin uyingizdan
qazi-qarta arimay qolgan ekan-
da? - hazillashdi Sevaraning
onasi.
Ma'ruf o'zini o'ng'aysiz sezib,
ichkariga otildi. Sevaraning
kursdoshlari o'tirgan xonaga
kirdi-yu, ammo o'tirmadi.
Hozirgina eshitgan gap-so'zlari
sira quloqlari tagidan ketmasdi.
"Hamma gap shunda, - derdi u
o'ziga-o'zi, - bular kimu, men
kim? Kimsan bank xo'jayinining
uyi. Do'ppisi yerga tushsa, pul
berib oldiradigan odam. Men-
chi? Kim deb o'ylashyapti meni?
Uy-joy, ahvolimizni bilishsa nima
deyisharkin? E, o'l, ahmoq!
"Otam universitetda kafedra
mudiri deyishiga balo bormidi?
Yo'q, Sevara bilan ochiq-oydin
gaplashib olishim kerak!.."
Ziyofat allamahalda tugadi.
Ma'ruf bilan quyuq
xayrlashishdi. Otasi "Yana kelib
turing, Ma'rufjon.
Tanishganimdan juda
xursandman", dedi. Sevaraning
onasi qo'yarda-qo'ymay
yeguliklar solingan yelimxalta
tutqazdi. "Oyingizni toblari
yo'qroq ekan. So'rab qo'ying,
iloyim tuzalib ketsinlar", dedi.
Ma'ruf bu gaplarni eshitib,
o'ziga bildirilayotgan bu
munosabatni ko'rib yig'lagudek
bo'ldi. Ketishga shoshildi. Uni
kuzatgani chiqqan Sevara
undagi bu o'zgarishni sezmay
qolmadi.
- Sizga nima bo'ldi?
Ma'ruf ko'zlarini olib qochib:
- Ota-onangiz ham,
kursdoshlaringiz ham yaxshi
odamlar ekan. Juda maza qildim.
- Yo'q, nimanidir mendan
yashiryapsiz? Tinchlikmi? -
uning ko'zlariga tikildi Sevara.
- Sizdan nimani ham
yashirardim, Sevara? - dedi
Ma'ruf o'kinch bilan, - endi
qachon ko'rishamiz?
- Mayli, telefonlashamiz, - dedi
Sevara bo'shashib va orqasiga
burildi, - xayr, yaxshi boring!..
Ma'ruf uyiga yetguncha ich-etini
yeb bordi. Shu tobda ichiga
chiroq yoqsa yorishmasdi.
Ko'zlari yo'lda, qo'llari rulda-yu,
miyasida ming bir xayol. "Yo'q,
bunaqasi bo'lmaydi, - o'ylardi u
ezilib, - ularga teng kelishni kim
qo'yibdi menga? Ko'rpaga
qarab oyoq uzatish kerak.
Baland dorga osilib, oyog'im
tegmay qolmasin tag'in?
Hammasini aytaman. Shunaqa,
deyman. Meni kechiring, Sevara
deyman... Uf, bunaqada jinni
bo'lib qolish hech gapmas!.."
Oradan bir hafta o'tar-o'tmas,
ular yana uchrashishdi.
Ertalabdan havoning avzoyi
buzuq, ko'k yuzini qo'rg'oshin
tusli pahmoq bulutlar qoplagan,
osmon xuddi hozir-hozir yig'lab
yuboradigan bolani eslatardi.
Ma'ruf Sevarani kinoga taklif
qildi. Yangi hind filmi ekan.
Undagi hashamu dabdabalarni
ko'rib, Ma'rufni yana ichidan
qirindi o'tdi. Film unga yoqmadi.
Eski gaplar! Qiz bilan yigit bir-
birlarini yaxshi ko'rishadi.
O'rtada boshqa bir boyvachcha
yigit paydo bo'ladi. Qarabsizki,
uyog'i ketdi. Qiz yoshlari,
diydiyolar, ashula-raqs... Ular
kinodan chiqib, "Yoshlar
qahvaxonasi"ga kirishdi. Qahva
ichib, anchagacha suhbatlashib
o'tirishdi. Ma'ruf baribir
ko'nglidagi gaplarni
aytolmalmadi, armonda qoldi.
O'zini o'zi toza so'kdi. "O'l,
ahmoq! - dedi g'ijinib. -
aytolmading-ku? Shunaqayam
jur'atsiz, shunaqayam
mijg'ovmisan? Undan ko'ra,
to'g'risini shart aytib
qo'yaqolmaysanmi? Men seni
tenging emasman demaysanmi?
Shu bilan hammasiga nuqta
qo'yib qo'yila qolardi. Qo'rqoq,
qo'rqoq!!!" Sevara buni
sezgandek, o'zi nozik joyidan
ushladi.
- Oyingiz tuzukmilar, Ma'ruf aka?
- dedi sirli qilib, - bir borib
ko'rsak bo'lardi-da!
- Keyin... - dedi Ma'ruf qiynalib. U
shunday dedi-yu, yana o'z-o'zini
so'ka boshladi. "Nega
aldayapsan, nomard? - dedi
ichida, - onang uyda, seni kutib,
yo'lingga ko'z tikib o'tiribdi-
ku?.. Kelib-kelib onang seni
baxtingga halal beryaptimi? O'z
tuqqan onangdan hazar
qilyapsanmi? Birovlarga "Mana
mening onam", deb
ko'rsatishga or qilyapsanmi?
Uy-joyingga nima qilibdi? Ota-
bobolaringdan meros qolgan
hovli-joydan uyalyapsanmi?
Aristokratlikni istab qoldingmi?
Shundoq qizni qachongacha
aldab yurasan? Axir u senga
ishonyapti-ku?!"
Ma'ruf yo'ldan ko'zini uzmagan
ko'yi eskigina "Jiguli"sini
haydab borarkan, shu payt
bekatda to'planib turgan
odamlar orasida ko'zga
tashlangan egniga odmigina
chit ko'ylak, qora duxoba
nimcha, oyog'iga kalish kiyib
olgan kampirni ko'rdi-yu, ko'zi
chiqib ketayozdi... "Oyimlar-ku? -
yashindek xayolidan kechdi uni,
- nima qilib yuribdilar ko'chada?
Tavba! Tag'in qo'llarida ro'zg'or
sumkami-ey! Shu ahvolda nega
ko'chaga chiqdilar-a? Sog'
bo'lsalar ham mayliydi!.." U
qanday qilib tormoz berganini,
mashinaning g'iyqillab
to'xtaganini ham semay qoldi.
Eshikni ochmoqchi bo'ldi-yu,
qo'li eshikning yaltiroq
tutqichini tutgancha qoldi.
"Qayoqqa? - ichki bir nidodan
seskanib ketdi, - axir yoningda
Sevara bor-ku? Axir hozirgina
unga onam kasalxonadalar
deding-ku? Nima degan odam
bo'lasan unda?.."
- Nima bo'ldi, Ma'ruf aka? - yalt
etib unga qaradi Sevara.
- Yo'q, o'zim, - dedi Ma'ruf o'zini
qo'lga olishga harakat qilib, -
xayol ketib qolibdi, - u shunday
deya mashina soatiga qaradi.
"Sevarani uyiga olib borib
qo'ysam bas, uyoqqa o'n besh
daqiqa, bu yoqqa o'n besh
daqiqa. Keyin oyimlarni olib
ketaman..."
Mashina yo'lga chiqdi.
Ma'rufning asabiylashayotgani,
tezlikni oshirayotganini sezib,
Sevara hayron bo'ldi-yu,
indamadi. Ma'ruf uni uyi oldida
qoldirib, o'zi shosha-pisha
orqasiga qaytdi. Sevara hech
narsaga tushunolmay
mo'ltiragancha qoldi...
Ma'ruf mashinasini shamoldek
uchirib boya onasini ko'rgan
chorrahaga yetib kelganda,
bekat tumonat odamga to'lib
ketgandi. U mashinasini yo'l
chetiga olib, o'sha tarafga yurdi.
Yo'lovchilar orasidan onasini
qidira boshladi. Lekin u
ko'rinmasdi. Shu payt
atrofdagilarning g'o'ng'ir-
g'o'ng'ir tovushlarini eshitib
ilkis sergaklandi. "Nima
deyishyapti bu odamlar? -
atrofiga alangladi u, - qanaqa
kampir? Nega mashina urib
ketadi? Qachon?.."
- Bir cho'loq kampir ekan, arang
chorrahani kesib o'tayotgandi,
bir mashina gurs etib urdi-yu,
o'tdi-ketdi, - derdi bir baqaloq
odam, - o'z ko'zim bilan
ko'rdim. Tochna, ko'rdim. Oq
"Neksiya" edi!..
- Nima qilibdi? Qanaqa kampir?
Tirikmikan o'zi? - aralashdi bir
begona ayol.
- Kim biladi, qanaqadir mashina
urib ketganmish, - dedi
yoshgina bir yigit va yo'l yuziga
imo qildi, - ana kalishi yotibdi.
Ma'ruf shoshib o'sha tarafga
qaradi-yu, ko'zlari qinidan
chiqib ketayozdi. "Cho'loq
kampir? Kalish?.." U tanidi. U
onasining bir poyi, eski kalishi
edi. Yugurib borib kalishni
qo'liga oldi-yu, orqasiga qaytdi.
To'planganlarga alang-jalang
qaradi.
- Qayoqqa? Qaysi tomonga olib
ketishdi? - so'radi javdirab.
- "Birinchi"ga bo'lsa kerak, -
dedi kimdir, - o'sha urib olgan
kishining o'zi olib ketdi
deyishyapti-ku.
Ma'ruf dovdiragancha yana
mashinasi tarafga yugurarkan,
milisiya mashinasi yetib
kelganiga, undan tushgan
milisionerlarning "Bo'ldi,
tarqalinglar! Sizlarga
tomoshami?" degan baqir-
chaqirlariga, ulardan biri
Ma'rufni chaqirganiga ham
e'tibor bermadi. Mashinasini
yeldirgancha ketdi...
... Ma'ruf tong oqarguncha
kasalxona yo'lagida o'tirib
chiqdi. Uni onasining yoniga
kirgizishmadi. Oyog'ini
operasiya qilishayotgan ekan.
Bu orada singlisi, kuyovi, tog'asi
kelishdi. Faqat ertalabgina
Ma'ruf bilan singlisini palataga
kirishlariga ruxsat berildi. Ma'ruf
mo'jazgina palataga kirdi-yu,
deraza tagidagi karavotda
mushtdekkina bo'lib yotgan,
oyog'i gipslanib, boshi doka
bilan bog'langan onasini ko'rib
ho'ngrab yubordi.
- Oyi!.. Nima bo'ldi, oyi? - dedi
o'pkasi to'lib. Kampir ko'zlarini
arang ochib:
- Shunaqa bo'lib qoldi, bolam, -
dedi rangsiz lablarini yalab, -
falokat-da. Xafa bo'lma...
Singlisi karovatning chetiga
o'tirdi. Ma'ruf onasining yoniga
tiz cho'kib, qoqsuyak qo'lini
qo'liga oldi, silab, yuziga bosdi.
- Men sizga aytgandim-ku, oyi, -
dedi hiqillab, - ko'chada nima
qilasiz?
Kampir ozg'in barmoqlari bilan
boshini siladi va bir burda
yuziga sezilar-sezilmas
tabassum yugurdi:
- Pensiya pulimni oluvdim,
bolam... - dedi so'nik tovushda, -
qo'shni xotinlar Chorsuda
yaxshi ko'ylaklik material
ko'rishgan ekan... Shunga...
bo'lajak kelinimga deb olib kelib
qo'yaqolay degandim, bolam...
Singlisi Ma'rufga, Ma'ruf unga
qaragancha qolishdi...
Baxtiyor
bo'lsalar ham shu kuni yetib
keladilar. Qaysi bir yili
Yaponiyada ekanliklarida
kelolmay qolgandilar. Ham
telefon qilganlar, ham
telegramma yuborganlar, ham
sovg'a-salom jo'natganlar.
Mana, oqibat! Shanba kuni
vaqtingiz qalay? Borasimi?
Ma'ruf hayron bo'lib qoldi:
- Tug'ilgan kun oilaviy bayram...
Men nima qildim?
- Voy, nega unaqa deysiz? -
ajablandi Sevara, - tanishasiz.
Ko'rasiz. Kursdoshlarim ham
kelishadi. O'zimiz alohida
o'tiramiz.
- Mayli, ko'ramiz, - dedi Ma'ruf
dami ichiga tushib.
- Ko'ramizmas, borasiz,
vassalom! - dedi Sevara qat'iy
ohangda. Ma'ruf indamadi. Shu
lahzalarda uning ko'nglidan
nimalar kechayotganini yolg'iz
o'zi bilardi, xolos...
Ma'ruf Sevara yashaydigan uy-
joyni ko'rib, hang-mang bo'lib
qoldi. Birinchi-ikkinchi
qavatlarda ikkita besh xonali
kvartira qo'shib olingan bo'lib,
yo'lakdan yuqoriga chiqiladigan
aylanma zina o'rnatilgan, bu
yerdagi shoxona mebellaru,
billur qandillar, eroniy gilamlaru,
antiqa jihozlar har qanday
odamning og'zini ochib qo'yishi
aniq edi.
Dasturxonga-ku, gap yo'q! Qizil-
qora ikralardan tortib, seli
chiqib turgan kaboblar,
qovurilgan jo'jalaru anvoyi
ichimliklargacha, "ko'rib qo'y,
biz qanday yashaymiz" deb
turganga o'xshaydi. Ma'ruf bu
dabdabayu as'asani ko'rib,
o'zlarining eski hovlilarini ko'z
oldiga keltirdi-yu, kulgisi qistadi.
"Bularning oldida bizning uy
Robinzon Kruzoning
chaylasidan farqi yo'q" degan
alamli fikr xayolidan kechdi-yu,
g'alati bo'lib ketdi. Kimning
qiziga oshiqi beqaror bo'lib
yurganini o'ylab ezildi, qiynaldi.
Chekishni bahona qilib, o'zini
chalg'itgani balkonga chiqdi.
Chekdi. Bu shahar markazidagi
to'rt qavatli uy ro'parasidagi
xiyobonga mavjlanib turgan
ko'lga ko'zi tushib, Sevaraning
"O'rikzorda dang'illama
uchastkamiz, Bo'stonliqda
dachamiz bor", degan gaplarini
esladi. Battar alam qildi. Endi
ichkariga qaytib kirmoqchi edi,
oshxonaning bo'lsa kerak,
ochiq derazasidan quloqqa
chalinayotgan ayollarning shivir-
shivirini eshitib to'xtab qoldi.
- Vkusing yomonmas, Sevar, -
dedi bir ayol, - zo'r yigitni
topibsan! Ancha og'ir-bosiq,
aqilli yigitga o'xshaydi.
- Erta-indin fan nomzodi bo'ladi,
- sho'x kuldi Sevara unga
javoban, - bo'lajak akademik.
Ayollar kulishdi. Onasi bo'lsa
kerak, qo'shildi:
- Dadangga ham ma'qul
tushgan ko'rinadi. Xursand
bo'ldilar.
Bu gaplarni eshitgan Ma'rufning
butun vujudi jimirlab ketdi. Yana
beixtiyor quloq soldi.
- Shundoq chiroyli, kelishgan
yigit, nega shu paytgacha
uylanmay yurgan ekan-a? -
luqma tashladi boshqa bir ovoz.
- Sevarani qidirib yurgandir-da!
- qo'shildi yoshgina bir ovoz.
- E, o'linglar! - erkalandi Sevara, -
boshqa gap yo'qmi?
- Mahkam ushla, Sevar, qo'ldan
chiqarib yuborma! Bunaqa
yigitlarning xaridori ko'p
bo'ladi! - dedi yana o'sha yosh
ovoz.
- Tutqich bermayapti-da,
o'rtoqjon, - kuldi Sevara.
- Unaqada o'zim
yordamlashvoraman! - qiyqirib
kuldi dugonasi. Unga boshqa
ayollar ham qo'shilishdi.
Ma'ruf bu gaplarni eshitib, o'zini
noqulay sezdi va boshqalarning
gapini poylab, o'g'rincha
eshitish yaxshi ish emasligini
eslab ichkariga qaytmoqchi edi,
keyingi gaplarni eshitib yana
qulog'i ding bo'ldi.
- Ota-onasi kim ekan? - so'radi
boyagi ayol. - Qayerda
turisharkan?
- Bilmadim? - dedi Sevara, - otasi
o'lib ketgan ekan. Universitetga
kafedra mudiri bo'lib ishlagan
ekan. Singlisini uzatishibdi.
Menimcha, onasi ikkovlari
yashashadi.
- Tem bolee! - dedi yana
dugonasi, - hayotni ko'rgan,
achchiq-chuchukni totgan yigit
ekan. Tegsang tegding,
bo'lmasa, o'zim yopishib
olaman!
Ayollar qiyqirib kulishdi.
- Ishqilib, qo'sha qaringlar,
menga o'xshab chuv tushib
qolmagin, - dedi yoshi kattaroq
ayol.
- Sizga nima qilibdi, amma? -
dedi Sevara.
- Pochchang tushmagurni
aytaman-da! - xo'rsindi ayol, -
"do'xtir ekan" deyishsa, laqqa
tushib o'tirganman-da, o'rgilay.
To'ydan keyin bilsam, mol
do'xtiri ekan!
- O'shandan keyin uyingizdan
qazi-qarta arimay qolgan ekan-
da? - hazillashdi Sevaraning
onasi.
Ma'ruf o'zini o'ng'aysiz sezib,
ichkariga otildi. Sevaraning
kursdoshlari o'tirgan xonaga
kirdi-yu, ammo o'tirmadi.
Hozirgina eshitgan gap-so'zlari
sira quloqlari tagidan ketmasdi.
"Hamma gap shunda, - derdi u
o'ziga-o'zi, - bular kimu, men
kim? Kimsan bank xo'jayinining
uyi. Do'ppisi yerga tushsa, pul
berib oldiradigan odam. Men-
chi? Kim deb o'ylashyapti meni?
Uy-joy, ahvolimizni bilishsa nima
deyisharkin? E, o'l, ahmoq!
"Otam universitetda kafedra
mudiri deyishiga balo bormidi?
Yo'q, Sevara bilan ochiq-oydin
gaplashib olishim kerak!.."
Ziyofat allamahalda tugadi.
Ma'ruf bilan quyuq
xayrlashishdi. Otasi "Yana kelib
turing, Ma'rufjon.
Tanishganimdan juda
xursandman", dedi. Sevaraning
onasi qo'yarda-qo'ymay
yeguliklar solingan yelimxalta
tutqazdi. "Oyingizni toblari
yo'qroq ekan. So'rab qo'ying,
iloyim tuzalib ketsinlar", dedi.
Ma'ruf bu gaplarni eshitib,
o'ziga bildirilayotgan bu
munosabatni ko'rib yig'lagudek
bo'ldi. Ketishga shoshildi. Uni
kuzatgani chiqqan Sevara
undagi bu o'zgarishni sezmay
qolmadi.
- Sizga nima bo'ldi?
Ma'ruf ko'zlarini olib qochib:
- Ota-onangiz ham,
kursdoshlaringiz ham yaxshi
odamlar ekan. Juda maza qildim.
- Yo'q, nimanidir mendan
yashiryapsiz? Tinchlikmi? -
uning ko'zlariga tikildi Sevara.
- Sizdan nimani ham
yashirardim, Sevara? - dedi
Ma'ruf o'kinch bilan, - endi
qachon ko'rishamiz?
- Mayli, telefonlashamiz, - dedi
Sevara bo'shashib va orqasiga
burildi, - xayr, yaxshi boring!..
Ma'ruf uyiga yetguncha ich-etini
yeb bordi. Shu tobda ichiga
chiroq yoqsa yorishmasdi.
Ko'zlari yo'lda, qo'llari rulda-yu,
miyasida ming bir xayol. "Yo'q,
bunaqasi bo'lmaydi, - o'ylardi u
ezilib, - ularga teng kelishni kim
qo'yibdi menga? Ko'rpaga
qarab oyoq uzatish kerak.
Baland dorga osilib, oyog'im
tegmay qolmasin tag'in?
Hammasini aytaman. Shunaqa,
deyman. Meni kechiring, Sevara
deyman... Uf, bunaqada jinni
bo'lib qolish hech gapmas!.."
Oradan bir hafta o'tar-o'tmas,
ular yana uchrashishdi.
Ertalabdan havoning avzoyi
buzuq, ko'k yuzini qo'rg'oshin
tusli pahmoq bulutlar qoplagan,
osmon xuddi hozir-hozir yig'lab
yuboradigan bolani eslatardi.
Ma'ruf Sevarani kinoga taklif
qildi. Yangi hind filmi ekan.
Undagi hashamu dabdabalarni
ko'rib, Ma'rufni yana ichidan
qirindi o'tdi. Film unga yoqmadi.
Eski gaplar! Qiz bilan yigit bir-
birlarini yaxshi ko'rishadi.
O'rtada boshqa bir boyvachcha
yigit paydo bo'ladi. Qarabsizki,
uyog'i ketdi. Qiz yoshlari,
diydiyolar, ashula-raqs... Ular
kinodan chiqib, "Yoshlar
qahvaxonasi"ga kirishdi. Qahva
ichib, anchagacha suhbatlashib
o'tirishdi. Ma'ruf baribir
ko'nglidagi gaplarni
aytolmalmadi, armonda qoldi.
O'zini o'zi toza so'kdi. "O'l,
ahmoq! - dedi g'ijinib. -
aytolmading-ku? Shunaqayam
jur'atsiz, shunaqayam
mijg'ovmisan? Undan ko'ra,
to'g'risini shart aytib
qo'yaqolmaysanmi? Men seni
tenging emasman demaysanmi?
Shu bilan hammasiga nuqta
qo'yib qo'yila qolardi. Qo'rqoq,
qo'rqoq!!!" Sevara buni
sezgandek, o'zi nozik joyidan
ushladi.
- Oyingiz tuzukmilar, Ma'ruf aka?
- dedi sirli qilib, - bir borib
ko'rsak bo'lardi-da!
- Keyin... - dedi Ma'ruf qiynalib. U
shunday dedi-yu, yana o'z-o'zini
so'ka boshladi. "Nega
aldayapsan, nomard? - dedi
ichida, - onang uyda, seni kutib,
yo'lingga ko'z tikib o'tiribdi-
ku?.. Kelib-kelib onang seni
baxtingga halal beryaptimi? O'z
tuqqan onangdan hazar
qilyapsanmi? Birovlarga "Mana
mening onam", deb
ko'rsatishga or qilyapsanmi?
Uy-joyingga nima qilibdi? Ota-
bobolaringdan meros qolgan
hovli-joydan uyalyapsanmi?
Aristokratlikni istab qoldingmi?
Shundoq qizni qachongacha
aldab yurasan? Axir u senga
ishonyapti-ku?!"
Ma'ruf yo'ldan ko'zini uzmagan
ko'yi eskigina "Jiguli"sini
haydab borarkan, shu payt
bekatda to'planib turgan
odamlar orasida ko'zga
tashlangan egniga odmigina
chit ko'ylak, qora duxoba
nimcha, oyog'iga kalish kiyib
olgan kampirni ko'rdi-yu, ko'zi
chiqib ketayozdi... "Oyimlar-ku? -
yashindek xayolidan kechdi uni,
- nima qilib yuribdilar ko'chada?
Tavba! Tag'in qo'llarida ro'zg'or
sumkami-ey! Shu ahvolda nega
ko'chaga chiqdilar-a? Sog'
bo'lsalar ham mayliydi!.." U
qanday qilib tormoz berganini,
mashinaning g'iyqillab
to'xtaganini ham semay qoldi.
Eshikni ochmoqchi bo'ldi-yu,
qo'li eshikning yaltiroq
tutqichini tutgancha qoldi.
"Qayoqqa? - ichki bir nidodan
seskanib ketdi, - axir yoningda
Sevara bor-ku? Axir hozirgina
unga onam kasalxonadalar
deding-ku? Nima degan odam
bo'lasan unda?.."
- Nima bo'ldi, Ma'ruf aka? - yalt
etib unga qaradi Sevara.
- Yo'q, o'zim, - dedi Ma'ruf o'zini
qo'lga olishga harakat qilib, -
xayol ketib qolibdi, - u shunday
deya mashina soatiga qaradi.
"Sevarani uyiga olib borib
qo'ysam bas, uyoqqa o'n besh
daqiqa, bu yoqqa o'n besh
daqiqa. Keyin oyimlarni olib
ketaman..."
Mashina yo'lga chiqdi.
Ma'rufning asabiylashayotgani,
tezlikni oshirayotganini sezib,
Sevara hayron bo'ldi-yu,
indamadi. Ma'ruf uni uyi oldida
qoldirib, o'zi shosha-pisha
orqasiga qaytdi. Sevara hech
narsaga tushunolmay
mo'ltiragancha qoldi...
Ma'ruf mashinasini shamoldek
uchirib boya onasini ko'rgan
chorrahaga yetib kelganda,
bekat tumonat odamga to'lib
ketgandi. U mashinasini yo'l
chetiga olib, o'sha tarafga yurdi.
Yo'lovchilar orasidan onasini
qidira boshladi. Lekin u
ko'rinmasdi. Shu payt
atrofdagilarning g'o'ng'ir-
g'o'ng'ir tovushlarini eshitib
ilkis sergaklandi. "Nima
deyishyapti bu odamlar? -
atrofiga alangladi u, - qanaqa
kampir? Nega mashina urib
ketadi? Qachon?.."
- Bir cho'loq kampir ekan, arang
chorrahani kesib o'tayotgandi,
bir mashina gurs etib urdi-yu,
o'tdi-ketdi, - derdi bir baqaloq
odam, - o'z ko'zim bilan
ko'rdim. Tochna, ko'rdim. Oq
"Neksiya" edi!..
- Nima qilibdi? Qanaqa kampir?
Tirikmikan o'zi? - aralashdi bir
begona ayol.
- Kim biladi, qanaqadir mashina
urib ketganmish, - dedi
yoshgina bir yigit va yo'l yuziga
imo qildi, - ana kalishi yotibdi.
Ma'ruf shoshib o'sha tarafga
qaradi-yu, ko'zlari qinidan
chiqib ketayozdi. "Cho'loq
kampir? Kalish?.." U tanidi. U
onasining bir poyi, eski kalishi
edi. Yugurib borib kalishni
qo'liga oldi-yu, orqasiga qaytdi.
To'planganlarga alang-jalang
qaradi.
- Qayoqqa? Qaysi tomonga olib
ketishdi? - so'radi javdirab.
- "Birinchi"ga bo'lsa kerak, -
dedi kimdir, - o'sha urib olgan
kishining o'zi olib ketdi
deyishyapti-ku.
Ma'ruf dovdiragancha yana
mashinasi tarafga yugurarkan,
milisiya mashinasi yetib
kelganiga, undan tushgan
milisionerlarning "Bo'ldi,
tarqalinglar! Sizlarga
tomoshami?" degan baqir-
chaqirlariga, ulardan biri
Ma'rufni chaqirganiga ham
e'tibor bermadi. Mashinasini
yeldirgancha ketdi...
... Ma'ruf tong oqarguncha
kasalxona yo'lagida o'tirib
chiqdi. Uni onasining yoniga
kirgizishmadi. Oyog'ini
operasiya qilishayotgan ekan.
Bu orada singlisi, kuyovi, tog'asi
kelishdi. Faqat ertalabgina
Ma'ruf bilan singlisini palataga
kirishlariga ruxsat berildi. Ma'ruf
mo'jazgina palataga kirdi-yu,
deraza tagidagi karavotda
mushtdekkina bo'lib yotgan,
oyog'i gipslanib, boshi doka
bilan bog'langan onasini ko'rib
ho'ngrab yubordi.
- Oyi!.. Nima bo'ldi, oyi? - dedi
o'pkasi to'lib. Kampir ko'zlarini
arang ochib:
- Shunaqa bo'lib qoldi, bolam, -
dedi rangsiz lablarini yalab, -
falokat-da. Xafa bo'lma...
Singlisi karovatning chetiga
o'tirdi. Ma'ruf onasining yoniga
tiz cho'kib, qoqsuyak qo'lini
qo'liga oldi, silab, yuziga bosdi.
- Men sizga aytgandim-ku, oyi, -
dedi hiqillab, - ko'chada nima
qilasiz?
Kampir ozg'in barmoqlari bilan
boshini siladi va bir burda
yuziga sezilar-sezilmas
tabassum yugurdi:
- Pensiya pulimni oluvdim,
bolam... - dedi so'nik tovushda, -
qo'shni xotinlar Chorsuda
yaxshi ko'ylaklik material
ko'rishgan ekan... Shunga...
bo'lajak kelinimga deb olib kelib
qo'yaqolay degandim, bolam...
Singlisi Ma'rufga, Ma'ruf unga
qaragancha qolishdi...
Baxtiyor
Смс Шерлар