Oqibatsiz o'g'il
- Категории: Hikoyalar
- Название: Oqibatsiz o'g'il
- Дата релиза: 19-05-14, 11:47
- Ha, jo'ra, namuncha tipirchilab, uyingda o'tirolmay qolding?
Yurishlarida o'zgacha viqor sezilib turgan Xoliq aka ko'chasiga qayrilar chog'ida gap qotgan oshnasiga erinibgina burilib qaradi-da, bir-ikki tomoq qirib dedi:
- Ha endi, o'g'iltoy kelyapti shahardan.
- Ha. Yaxshi-ku!
- Ishdan ta'til olibdi. O'ziyam uch yil bo'lgandi ko'rishmaganimizga.
Xoliq aka shu gapni aytarkan mag'rurlanib qo'ydi. U ich-ichida gupirib kelayotgan hayajonni zo'rg'a bosib, uyi tomon jadal yurib ketdi. Darvozadan kirganida Jamila opa hovlida quymalanib yurardi.
- Onasi, hoy onasi! - deya hovliqdi ota. - Suyunchi ber, suyunchi!Ayol eshik tomon qaradi.
- Nima bo'ldi sizga, namuncha o'pkangizni qo'ltiqlamasangiz?!
- Suyunchi ber, dedim! O'g'ling Botirjon kelyapti.
Jamila opa dovdirab qoldi. Nima qilarini bilmay, goh ro'molini to'g'irlab, goh ust-boshiga qo'ngan changni qoqishga urindi.
- Qani, tashqaridami, kelyaptimi? - dedi eridan-da battar hovliqib.
- Hali yo'lda emish. Kechga yaqin kelarkan.
- Bor bo'ling-e, odamni hovliqtirasiz! - dedi opa biroz hafsalasi pir bo'lib. - Sog'lig'i yaxshi ekanmi? Nabiram, kelinim yaxshi ekanmi?!
- Tuzuk gaplasholmadim. Yo'ldaman, borganimda bafurcha gaplashamiz, dedi. Kelsa ko'rasanda keliningni ham, nabirangni ham.
- Xudoga shukr, o'ziyam bolaginamni ko'rmaganimga yuz yil bo'ldi-ya. Uni ko'rar kun ham bor ekan-ku! Hoy, dadasi, nimaga bunday turibsiz? Boring, anavi Salim qassobdan go'sht olib keling, bolajonim kelishiga issiqqina sho'rva osib qo'yaylik. Hali hovlini ham supurib olishim kerak.
Opa shosha-pisha yerga boya tashlagan supurgisiga qo'l cho'zgandi Xoliq aka uni to'xtatdi:
- Tashla supurgingni, halizamon kelining kelsa, o'zi supurib tashlaydi. Endi oyog'ingni uzatib, dam oladigan payting keldi.
- Lekin kelganidan ovora qilib qo'yamanmi, deyman-da!
- Bo'ldi qil! Tashla, dedimmi, tashla. Undan ko'ra, u yoq-bu yog'ingga qarab ol. Axir o'g'ling seni anchadan beri ko'rmagan. Bu turishda ko'rinma, - Xoliq aka shunday deb do'konga yo'l oldi...
* * *
- Keling, amaki, go'sht kerakmi? - Salim qassobning do'rilloq ovozi Xoliq akaning o'ylarini tumandek to'zg'itib yubordi.
- Menga sho'rvabop go'shtdan ber.
- Xo'p bo'ladi, qancha?!
- Ikki kilo, - dedi aka pulini chamalab.
- Buncha go'shtni nima qilasiz, xolam ikkalangizga ko'plik qilmaydimi?
Xoliq aka miyg'ida jilmayib qo'ydi. Ayni damda xayolini band etgan gap tiliga ko'chdi:
- O'g'lim kelyapti.
- Iye, iye, tabriklayman, - deya go'shtni bir chekkaga qo'yib, otani samimiy quchdi Salim. - Bu deyman, bag'ringiz to'lib qolarkan-da. Lekin otam, sizga havasim keladi. Qiynalsangizam o'g'lingizni o'qitdingiz, tarbiya berdingiz. Mana, hozir shaharda ishlab yuribdi. Bizning ahvolimizni qarang, ushlaganimiz pichoq, so'yganimiz mol. Vaqtida o'qimaganmiz-da, endi afsuslangan bilan foyda yo'q.
Xoliq aka bosh irg'ab qo'ydi. Ich-ichidan toshib kelayotgan g'urur tuyg'usidan yuzlari yashnab ketdi.
- Mana, amaki, eng yumshoq, muloyimgina joyidan. Sho'rvamisan sho'rva bo'ladi-da. Xoliq aka go'shtni olib, pulini tutqazganida Salim uning qo'lini qaytardi:
- Yo'q. Bu mendan suyunchi. Botirga salomimni yetkazib qo'ysangiz bo'ldi. Ha, aytganday, menikigayam bir o'tsin, xursand bo'laman.
Xoliq aka Salimga tashakkur bildira-bildira uyiga shoshilarkan, to'satdan belida qattiq og'riq turib, bukchayib qoldi. Aslida, bu og'riq uni bir-ikki oydan beri bezovta qilar, ayolini xavotirga qo'ymaslik uchun tishini-tishiga qo'yib chidab kelayotgandi.
- O'g'limga aytsam, shifoxonaga joylashtiradi. Hali bu kunlarni ko'rmaganday bo'lib ketaman, - deya o'ziga o'zi pichirladi o'g'riqni yengib, qadamini jadallatarkan. - Yosh oltmishga qarab ketyapti, qariyapman, shekilli.
Er-xotin o'zgacha bir kayfiyat bilan o'g'illarini kutishga tayyorgarlik ko'rishdi. Opa dasturxon tuzadi, Xoliq aka esa unga qarashgan bo'ldi...
* * *
- Ota, huv ota!
Hovlidagi karavotda yonboshlab yotgan Xoliq aka cho'chib tushdi. Keyin darvoza oldida qo'ltig'iga ikkita tarvuz qistirgancha kirish-kirmaslikni bilmay turgan kishiga bir muddat tikilib turdi-da, quvonchdan ko'zlari porlab ketdi.
- O'g'lim, Botirjon, Botirjon! - dedi-da, kavushini kiyar-kiymas eshikka oshiqdi. - Kel, bolam, kiraver!
Botir tarvuzlarni bir chetga qo'ydi-da, otasini bag'riga bosdi.
- Tuzukmisiz, otaginam?! Namuncha ozib ketdingiz? Yo ayam qiynab qo'ydimi, a?!
Botirning beo'xshov hazili va xunuk tirjayishi otaga g'alati tuyulgan bo'lsa-da, sog'inch hissi bolasini mahkam bosishga undadi. Bu orada ota-bolaning suhbatini eshitgan opa ham o'g'liga peshvoz chiqdi.
- Botirjon, bolaginam, seniyam ko'radigan kun bor ekan-ku! - deya Jamila opa ko'z yoshini to'xtata olmay, o'g'lining yuz ko'zida o'pa boshladi.
- Bo'ldi, onasi, o'g'ling bunday turmasin, ichkariga taklif qil, charchagan, - dedi ota ayani beozor koyib. So'ng Botirga yuzlandi:
- Kelinni, nevaralarimniyam olib keldingmi?!
- Yo'q, ota, ularni ovora qilib nima qilaman? Ham nevaralaringizni o'qishi qolib ketadi.
Xoliq aka o'g'lining gapiga tushunolmadi.
- Sen hali yana shaharga qaytasanmi?!
Bu gapni aytguncha otaning bo'lari bo'ldi. Ayni damda undan-da ko'proq xavotirga tushgan ona ham o'g'lining javobiga ilhaq edi.
- Uch-to'rt kunda qaytib ketaman. U yoqda ish kutib turmaydi, ota.
- Lekin uch yildan beri endi kelyapsan. Hech bo'lmasa bir-ikki oy...
- Qiziqmisiz, ota, ishxonadan uch kunga zo'rg'a ruhsat olib kelganman. Bir oy qoladigan bo'lsam...
- Biz-chi?! - Xoliq aka chidab turolmadi. - Yo'lingda intiq bo'lgan ota-onangni o'ylamadingmi?! Onangning yuziga qara, seni kutib umri o'tdi. Men ham g'animatman! Sen bo'lsa ishni bahona qilasan.
- Dadasi, o'zingizni bosing, - dedi opa o'g'lining yonini olishga urinib. - Qo'ying, Botirjonniyam gapi to'g'ri, shaharda ishlash osonmas. To'g'rida, bir-ikki bormasa...
- Sengayam tushunmayman, onasi, bir kelsa, birga yashasak, deysan, bir ketsin, deysan...
- Endi o'g'limga oson bo'lsin, deyman-da. Xoliq aka dasturxonning bir chetini o'ynab turgan o'g'lidan javob kutdi. Botir esa lom-mim demas, xuddi otasi unga hech narsani gapirmagan, u esa hech nimani eshitmagandek edi.
- Gapir, nima, tilingni tishlab oldingmi?!
- Ota, nega tushunmaysiz, ish o'yinchoq emas! Bu yerda menga loyiq ish ham yo'q. Nima, sizga o'xshab yer chopib o'tishimni istaysizmi? Yana nevaralaringiz qishloqdagi mana shu maktabda o'qishini xohlaysizmi? Keliningiz tappi yopib, qo'li kosov, sochi supurgi bo'lib yursinmi?! Men unga uylanayotganimda qo'lingni sovuq suvga urdirmayman, deb va'da berganman, axir!
- Onang-chi, seni ne umidlar bilan katta qildi. Uylantirsam, kelinim ishimni qo'limdan oladi, qaynona bo'lib o'tiraman, degan orzu-havaslari bor edi! Hech bo'lmasa, onangni o'ylasang-chi!Ammo Botir, baribir, rozi bo'lmadi. Ota o'g'lini ko'ndirolmadi.
- Aytganday, Salim qassob senga salom aytib yuborgandi. Uyimga kelsa, mehmon qilardim, dedi.
Botir aftini bujmaytirib:
- O'sha go'shtiga o'ralashib yurgandir-da! - dedi ihtehzo bilan. - Uning uyida nima bor menga?! Bir marta borib, go'sht hididan ko'nglim ag'darilayozgandi. Bo'pti, keyingi safar kelarkan, deb qo'ying.
Shu payt Xoliq akaning yodiga anchadan beri tiliga tugib yurgan gapi tushdi. Belidagi og'riqdan qutulgisi kelardi uning. Endi gapirishga chog'lagandi hamki, o'g'lining telefoni jiringlab qoldi.
- Allo, - dedi Botir otasiga "Jim bo'lib turing" degandek ishora qilib. - Nima gap, Guli?! Nima, dadang kasalxonada?! Nega?! Nima bo'ldi?! Bo'pti, yetib boraman! - Botir telefonni o'chirar-o'chirmas o'rnidan qo'zg'aldi.
- Nima bo'pti, o'g'lim?! - dedi onasi tashvishli ohangda.
- Qaynotamni mazasi qochib qolibdi. Ketmasam bo'lmaydi.
- Ertaga borasan, o'g'lim!
- Ilojim yo'q, hozir borishim zarur.
Xoliq aka o'zini qo'yarga joy topa olmay, shoshilgancha mashinaga o'tirayotgan o'g'li bilan xayrlashmadi ham.Aniqrog'i, otaning ichida nimadir, afsusmi, pushaymonlikmi, oyoqlarini tushovlab, qalbiga qulf solib qo'ygandi.
* * *
Xoliq aka kechasi bilan mijja qoqmay chiqdi. Tong otishi bilan yuragi siqilib, ko'chaga otlandi. Ming bir iztirobli xayollar girdobida qayerga ketayotganini ham bilmasdi. Kechagi mag'rur, qaddini g'oz tutib yurgan erkakdan asar ham qolmagandi. U ko'chada ham ko'p yura olmadi. Cho'chidi. Birovlarning o'g'li haqida so'rab qolishidan cho'chidi. Darror uyiga qaytdi. Hovliga kirganida esa ichida nimadir uzulgandek bo'ldi - Jamila opa hovli supurardi.

Смс Шерлар