«OTAMNING JINOYaTI UChUN «JAVOBGAR» BO`LDIM…»
- Категории: Hikoyalar
- Название: «OTAMNING JINOYaTI UChUN «JAVOBGAR» BO`LDIM…»
- Дата релиза: 11-08-17, 23:59
Yoshlikda o`ylamay-netmay qilingan xatolar bir kun kelib ildiz otishini hech o`ylab ko`rganmisiz? Yoshlik beboshlik deymizu, ammo kimlarningdir ana shunday bebosh ishlari uchun boshqalar aziyat chekishi ayni haqiqat. Buvim: «Qizim, oila qurgach har bir ishingni, har bir so`zingni nazorat qil. Bilib-bilmay qilgan xatoying senga emas, farzandlaringga uradi», deya ko`p aytardilar. O`shanda buvijonim taqdirimni bashorat qilgan ekanlarmi, ularning ogohlantirishlari izsiz ketmadi…
Bir vaqtlar oilamizga hammaning havasi kelardi. Dadam katta do`kondor, onam mahallada dong`i ketgan tikuvchi edi. Men, akam va singlim bolaligimizdan qiyinchilik ko`rmay katta bo`lganmiz. Oyim bilan dadam esa bir-biriga shu qadar mehribon edilarki, ularni hech qachon arazlashgan yoki urishgan xolatda ko`rmaganman. Aniqrog`i, o`n ikki yoshimgacha mana shunday tinch, osoyishta hayot kechirdik. Biroq undan keyingi yillarni eslash men uchun juda og`ir. Dadamning ishlari yurishib ketgan, bir nechta do`konlari bor edi. Puldor odamning oshna-og`aynisi ham ko`p bo`ladi deganlaridek, dadam ham qandaydir kishilar bilan o`ralishib qoldi. Faqat bayramlardagina oz-ozdan ichadigan, ammo hech qachon mast bo`lmaydigan dadam bora-bora har kuni shirakayf holda kelardi. Yangi tanishlari ularni goh toqqa boshlasa, gohida biznikida azongacha maishat qilishardi. Bu nusxalar dadamdan shunchaki foydalanayotganlarini biz bilsak-da, hech kim na tog`alarim va na amakilarim ko`zlariga tik qarolmasdik. Ichkilik aralashgan xonadondan fayz ketadi derdilar, buvim. Bizning xonadondan ham fayz-baraka asta-sekin uzoqlashib bordi. Gullab-yashnayotgan dadamning biznesi o`z-o`zidan oqsay boshladi. Buyurtma bergan mollari noqonuniy yo`l bilan olib kirilayotgani aniqlanib bekor qilindi. Keyin bilsak, bu ishlarning ortida dadamning yangi sheriklari turgan ekan. Birin-ketin do`konlarning daromadi pasayib, dadam ularni sota boshladi. Eng alam qilgani sotilgan do`konlarni o`sha sheriklari xarid qilishgan ekan. Doim mehnat qilib o`z kuchi bilan oyoqqa turgan kishi uchun bunday zarbani ko`tarish og`irlik qildi. Ayniqsa, bir varakayiga bor-budidan ayrilish «mol achchig`i — jon achchig`i» ekan. Keyin bilsak, bu ishlar dadamga qo`yilgan tuzoq bo`lib chiqdi. Ularni sindirmoqchi bo`lgan kishilar shu yo`lni afzal bilib, ichidan yo`q qilishmoqchi bo`lishgan. Dadajonim bu ishlardan gangib, alam ustida har kuni ichishni odat qildi. Hatto bir marta bo`lsa ham chertmagan onajonimga qo`l ko`tarishgacha bordi. Mahallada oilamizni obro`si kun sayin pasaydi. Biz esa kun ora bo`ladigan janjallardan ko`chaga chiqishga uyalardik. Asta-sekin dadamni yo`lga solaman degan buvayu, amakilarim ham bizdan uzoqlashib ketishdi.
Kunlardan birida qattiq mast bo`lgan dadam qo`shni mahalladagi xonadondan tilla taqinchoqlarni olib chiqib ketadi. Uyda yolg`iz bo`lgan kelinga esa g`ing desang so`yaman deb pichoq bilan tahdid qiladi. Kelinning chinqirig`ini eshitgan odamlar darhol hovliga to`planishadi va milisiya chaqirib dadamni o`g`rilik va tajovuzda aylab olib ketishadi. Hibsxonada o`ziga kelgan dadam nega bunday ish qilganini hatto eslolmaydi ham.
Bo`lib o`tgan ishlar dadamni ruhan sindirgandi. O`g`rilik va sovuq qurol bilan tajovuz qilishda ayblanib, uzoq muddat ozodlikdan mahrum etildi. Bu ishlar shu qadar tez bo`ldiki, avvalgi hayotimiz go`yoki tushga o`xshardi. Vaqt hammasiga davo deganlaridek, biz ham ko`nikishga majbur bo`ldik. Onam endi ikki xissa ishlashim kerak deb tikuv fabrikasiga ishga kirdi. Kunduzi fabrikada ishlasa, kechqunlari alohida buyurtmalar bilan shug`ullanardi. Bizni hech nimadan zoriqtirishni istamay tunu kun tinim bilmasdi. Bu orada biz ham ulg`aydik. Dadam ham namunali xulqi va yurtboshimizning avf qiluvchi farmoni bilan muddatdan ilgari ozod qilindi va yana hayotimiz izga tusha boshladi. Biroq dadamning ko`zlarida avvalgi viqor, salobat yo`q edi, qandaydir nursiz, mungli ko`rinardi. Bizni ham ortiqcha tergamasdi. Nazarimda, o`zini aybdor bilardi. Shu bilan hayotimiz izga tushganday edi. Mahalla-kuyda bizni «Salim o`g`rining bolasi» deya tilga olishardi. Avvallari otamning soyasiga salom beradigan kishilar “Ha, nima deysan, yo sen xam menga pichoq o`qtalasanmi” deya mazax qilishardi. Hatto bir kuni singlim ko`chadan yig`lab kirib: “Bolalar menga sen oshig`imizni olding, otang senga ham o`g`rilik qilishni o`rgatganmi, deb turtkilashayapti”, dedi. O`shanda dadam ham bu gaplarni eshitdi. Faqat bilmaganga olib xonasidan chiqmadi. Akam esa bunday gap-so`zlardan bezor bo`lganidan boshqa erga ko`chamiz, deb oyoq tirab oldi. Uning aytganini qildik ham.
Endi gap-so`zlar bizni ta`qib qilmayotgandek, barchasi ortda qolgandek tuyuldi. Axir, yangi mahallamizda hech kim oilamiz tarixini yaxshi bilmasdi-da. Dadam bekor o`tirmay kichik amakimdan sarmoya olib tadbirkorlikka qo`l urdi. Avvalgi xatolarini takrorlamaslik uchun akamni ham yoniga oldi. Ibodat bilan boshlagan ishiga Alloh baraka berib, ishlari sekin-asta yurisha boshladi. Bu orada mening ham bo`yim etib sovchilar kelishdi. Ota-onamni roziligi bilan o`zim istagan insonga turmushga ham chiqdim. Ammo...
Bir kuni qaynonam mehmondorchilikdan kelib qaynotam va erimning oldida menga baqira ketdi: “Hoy Nargizaxon, menga qarang, bugun borgan joyimda siz haqingizda shunaqangi gaplar eshitdimki, er yorilmadiyu kirib ketmadim”.
— Tinchlikmi, oyi, bir nima bo`ldimi? — hayron bo`ldi erim.
— O`l bo`ldi, dard bo`ldi. Men xotiningni tuppa-tuzuk oilaning farzandi desam, g`irt muttaham, alkash, buning ustiga o`g`ri odamlarning bolasi ekan-ku! Kimlarni bizga teng qilding sen bola! Otasi ham o`g`riligi uchun o`tirib chiqqan ekan. Bilarmiding shularni? Ayt, gapir deyapman.
— Ha, bilardim, shunga shunchami? Oldingi ishlarni nima qilasiz kovlab?! Har kim ham adashadi-ku, oyi. Beayb parvardigor deyishadi. Qayoqdagi g`iybatchilarning gapini gapirmang.
Shu kuni qaynonam rosa janjal qildi. Yaxshiyamki, baxtimga qaynotam og`ir-bosiq inson bir so`z bilan qaynonamni ovozini pastlab qo`ydi. Yo`qsa, bilmadim, nima bo`lardi. Ammo shu bilan barchasi tugaganda edi. Uyda hech kim yo`g`ida qaynonam kesatishni kanda qilmasdi. Hatto biror narsa yo`qolsa, mendan ko`rardi. Bora-bora u yoq-bu yoqqa ketsa ham xonasining eshigini qulflab barcha jihozlarini tekshirib ketadigan odat chiqardi. Bu narsalar nafsoniyatimga tegsa ham tishimni tishimga qo`yib chidadim.
Bir kuni turmushga chiqqan qaynsinglim mehmonga kelib, bolasini cho`miltir uchun tilla buyumlarini echib hammomda qoldiradi. Bolasi bilan o`ralashib, buyumlari xayolidan ko`tariladi. Kechga borib esa birdan tillalari esiga tushib, men ularni dasturxonda qoldirgandim deb turib oladi. Dasturxonning tit-pitini chiqarib, ko`rpachalarni bittalib tekshirsak ham tillalari yo`q. Hammomga esa undan keyin hech kim kirmagandi. Shu payt qaynonam menga hamla qila ketdi. “Sen olgansan, qoningda bor-da baribir, qani, yaxshilikcha qaytar, bo`lmasa qamatvoraman». Men najot izlab bir erimga, bir qaynotamga qarayman. Ular ham hayronu lol. O`zimni qancha oqlashga harakat qilsam qaynonam shuncha ayblayverdi. Otamni haqoratlagach esa chidab turolmadim. “Otangning yonini olayapsanmi?! Aytishadi-ku, g`ar qarisa so`pi bo`ladi, deb”.
Yuzimga tushgan tarsakidan o`zimga keldim. Burnim qonab, hammomga yugurdim. Erim qilgan ishidan karaxt turaverdi. Hammomga kirgach esa tilla buyumlarga ko`zim tushdiyu o`kirib yig`lab yubordim. Qaynotam ham o`z ko`zi bilan ko`rgach, qiziga ham, xotiniga ham baqira ketdi. Men oqlangandim. Alloh yuzimni yorug` qilgandi. Biroq peshonamga bitilgan tamg`a meni ich-ichimdan kemirardi. Ko`p o`tmay erim bilan alohida uy olib chiqdik. Qaynim uylangach, qaynonam bir oz tinchlandi.
Endi mendan keyingi singlimning hayotida xuddi shu narsa takrorlanayapti. Bechora singlim kunda menga qo`ng`iroq qilib yig`lagani yig`lagan. Menga-ku erim bilan qaynotam yon bosishgan, uning eri esa: “Otang qamalganini nega oldinroq aytmagansan, kelajagimni rasvo qilding-ku” deb tinch qo`ymayotgan ekan.
Ba`zida chidolmay barchasini dadamga aytgim keladi. Nega o`shanda hech kimning gapiga kirmay bunday ahmoqlik qilganlarini bilishni istayman. Ammo u padarim, ko`ziga tik boqish gunoh. Axir dadam ham qizlarining taqdiri shunday bo`lishini istamagan-ku. Yaratgan egam bandalarini kechirguvchi zot bo`lganida nima uchun uning bandalari xatoni kechirolmaydi? Nima uchun o`zi qolib butun urug`-aymog`igacha yuziga soladi? Axir, otalarning qilgan ishlari uchun farzandlarda nima gunoh? Xayriyatki, akamning oilasi tinch. Xotini, ota-onasi ham bama`ni odamlar. Bilishsa, hech qachon pesh qilishmaydi.
Hozir o`zim ham onaman. Bir vaqtlar buvim aytganlaridek, har bir ishimda xatoga yo`l qo`ymaslikka harakat qilaman. O`zimning peshonamdagi tamg`a farzandalarimga ham o`tmasligi uchun jonimni berishga ham tayyorman. Shu o`rinda ayrim ota-onalarga aytar so`zim bor. Til meniki, xohish meniki deb istagan ishingizni qilishga shoshilmang. Xatolaringiz siz uchun bitib ketar, ammo oqibati farzandlaringizni ta`qib etishi mumkinligini unutmang.
Dildora NAZAROVA qog`ozga tushirdi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар