Otasining hayotini asrashga uringan bola
- Категории: Hikoyalar
- Название: Otasining hayotini asrashga uringan bola
- Дата релиза: 24-01-16, 23:07
Bir odam uyining yer to‘lasida
ustachilik qilar edi. Eshik rom
yasashda undan o‘tadigan usta
yo‘q edi. Usta bir kun har
doimgidek ishini qilayotganida
chiroq o‘chib qoldi. Bir qancha
muddat kutdi, ammo chiroq
yonmadi, aksiga olgandek
shu kuni bitirishi kerak bo‘lgan
bir nechta romlar bor edi.
Biroz dam olish uchun uyga
kirayotganda elektr yoqib-
o‘chirgichiga ko‘zi tushdi. Kimdir
tokni o‘chirib qo‘ygan bo‘lishi
kerak. Usta elektrni yoqqan edi
ustaxona chirog‘i yondi.
Taxminlari to‘g‘ri chiqdi, ajabo
kim qildi ekan?
Endi ishga boshlagan ham ediki,
yana chiroq o‘chdi. Ammo bu
safar elektrni kim o‘chirganini
ko‘rdi. Ustaning o‘g‘li elektrni
o‘chirib sekin narvondan pastga
tushganida qarshisida otasi
turardi. Usta o‘n yashar o‘g‘lining
bu qilgan ishini kechira olmadi,
butun ishi o‘g‘lini deb kechikkan
edi.
Bir marta o‘chirgan bo‘lsa ham
mayli edi-ya. O‘g‘lini bir
shapaloqladi, balki esi kirib qolar
endi. Usta o‘g‘lining ko‘z
yoshlarini ko‘rmaslikka olib uyga
chiqdi.
Uyga kirishi bilan xotiniga alam
bilan gapirdi:
–Bu bolani maktabda kimlar bilan
aralashib yurganini bilishimiz
kerak. Agar bo‘sh qo‘yib qo‘ysak
boshimizga balo bo‘ladi.
Oxiri eng oson yo‘li topildi.
O‘g‘lining hech qoldirmasdan
tutgan kundaligini o‘qiydi,
o‘g‘lining nima ishlar qilib
yurganini bilib oladi. Xotinining
qarshiliklariga qaramasdan
kundalikni ochib o‘qiy
boshladi. O‘g‘li eng oxirgi
sahifada quyidagi so‘zlarni
yozgan edi:
“Bu kecha yomon tush ko‘rdim.
Ustaxonada dadamni tok urdi.
Xudoyim dadamni o‘zing asragin.
Men esa qo‘limdan kelganini
qilaman!”
Смс Шерлар