«OVSINLARIMNING FARZANDLARIGA ONAMAN»
- Категории: Hikoyalar
- Название: «OVSINLARIMNING FARZANDLARIGA ONAMAN»
- Дата релиза: 17-09-17, 13:58
«Bolaning begonasi bo`lmaydi, deganlar har doim ham haq emas». Faridaning miyasida bu fikr tug`ilganiga ancha bo`ldi. To`g`ri-da, sen ularni o`z farzandingdek oq yuvib, oq tarab, betobligida tunlarni bedor o`tkazib, ota-onalar majlisida ular uchun achchiq gaplarni eshitib qiynalsangu, ular bo`lsa…
Oila qurgach, kelin tilni shirin qilib, qaynonasining duosini olsa, erining ko`ngliga yo`l topsa, bas – baxtli bo`ladi, deb uqtirishgandi unga. Lekin hayot kutilmagan sinovlari bilan o`tdan olib suvga tashlashini qayoqdan ham bilsin…
To`lqinjon bilan Faridaxon sovchi orqali tanishib, oila qurgan bo`lsalar-da, baxtli yashab ketishdi. Pazandayu chaqqon kelin ta`riflangan Farida bu bahoni oqlash uchun astoydil harakat qildi. Birin-ketin ikki o`g`il ko`rishdi. Hammasi risoladagidek ketayotgandi. Biroq atrofdagilaring baxtli bo`lmaguncha baxting to`kis bo`lmas ekan. Qaynog`asi va ovsinining turmushi yaxshi emasdi. Er-xotin arzimas narsaga ham urishib ketaverishar, janjal ur kaltak-sur kaltakkacha borib etardi. Ovsinining ikki bolasi shunday kunlarda «yanga-yanga»lab ularning uyiga berkinib olishardi. Faridaning juda ham rahmi kelardi.
Oxiri qaynonasi alohida yashashsa tinchib ketishar, degan maqsadda ro`zg`orini bo`lak qilib, ikki ko`cha naridagi bobosining hovlisiga ko`chirib chiqardi. Biroq ahvol yomonlashib boraverdi. Qaynog`asi oiladan tobora bezib, ko`cha-ko`yda ichib yuradigan odat chiqardi. Uyda janjal bo`lgan vaqtlarda esa ovsinining bolalari ularning uyiga qochib kelishardi. Bu norasidalarga butun mahalla achinardi. Shunday bo`lsa-da, ovsini hamma narsadan voz kechib, hatto bolalarini ham tashlab ketib qolishi hech kimning etti uxlab tushiga kirmagandi. Avvaliga qaynonasi arazlab onasinikiga ketgandir, bir-ikki kunda qaytib qolar deb o`g`lini tinchlantirdi va nabiralarini uyida olib qoldi. Ovsini esa ota uyiga ham bormay, yoshlikdagi muhabbati bilan topishib, Toshkentga qochib ketganini eshitganlar bu xabarni oqizmay-tomizmay etkazishdi. Qaynog`asi yanada ko`proq ichib, pichoqqa yopishadigan, qaynonasining yuragi tez-tez xuruj qiladigan bo`ldi. Bu yoqda bolalari «onam»lab yig`lashni qo`ymaydi…
Xullas, ovsini qochib ketganidan keyingi bir yil nihoyatda qiyin o`tdi. Oxiri qaynonasi o`g`lini uylantirib tinchlantirmoqchi bo`ldi. Yangi ovsinni tushirib kelganlarida Farida endi hammasi yaxshi bo`ladi, qaynog`am bolalarini bag`riga olib tinchgina yashaydi, deb umid qildi. Chuchvarani xom sanagan ekan.
Avvaliga o`zining boshiga katta baxtsizlik tushdi. Homilador edi, oiladagi muhit ta`siridami yoki Yaratgannig bir sinovimi, xullas, uchinchi farzandi nogiron tug`ildi. Shifokorlar bolaga alohida parvarish zarurligi, yilda kamida ikki marta Toshkentdagi shifoxonalarda davolanib turish lozimligini uqtirishdi. Bechora go`dak markaziy asab tizimida nuqson bilan tug`ilgandi. Faridaning dardi dunyosi qorong`i bo`ldi, ammo nachora, yashashda davom etishi, bolasini oyoqqa qo`yishi kerak edi.
Qaynog`asining oilasi baribir tinchib ketmadi. Qaynog`asi ichishni tashlamagani etmagandek, ovsini o`gay farzandlarni chiqishtirmay qo`ydi. Bolalar yana buvisinikida yashay boshlashdi. Ro`zg`or katta, buning ustiga nogiron farzandni davolatish uchun ko`p mablag` kerak edi. To`lqinjon Koreyaga ishlagani ketdi.
Ilgari Farida qaynog`asining bolalarini Xudo yo`liga, savob uchun indamay parvarishlab yurardi. Kenjatoyi tug`ilgach, hatto o`zining kattalari uchun ham etarli vaqt ajratolmay qoldi. Yaxshiki, akasiyu singillari, ota-onasi bor ekan, yordam berib turishdi. Olti yashar qizi va uch yoshli o`g`li ko`pincha ota-onasinikida bo`lardi. Kenjatoyi bir yoshga to`lganda, kattasi maktab yoshiga etdiyu, bolalarini qaytarib olib keldi. Endi o`zining uch farzandi, qaynog`asining ikkitasi, betob qaynona – bari elkasida edi.
Qaynog`asining bir o`g`ilu bir qizi o`smirlik davriga qadam qo`ygandi. Ular bilan hech kim astoydil shug`ullanmas, nazorat qilmas, qolaversa, oiladagi tang muhit ham o`smirlarning xulqiga o`z muhrini bosgandi. Farida ularga burnidan ortiq gapirolmas, ro`zg`or ishlarida biron yordam kutish u yoqda tursin, hatto kichkintoyi bilan yarim soatgina o`tirib turishni ham iltimos qila olmasdi.
Qaynog`asi endigina o`n uchga qadam qo`ygan qiziga mobil telefon sovg`a qilib, o`zicha otalik vazifasini bajargan bo`ldi. Qiz uzzukun shu telefondan bo`shamasdi. Uning o`n ikki yoshli ukasi esa ertalabdan kechgacha allaqayoqlarda sang`ib yurardi. Uydan bir necha marta qimmatbaho buyumlar yo`qolganda, avvaliga Farida, bolalar u er-bu erga tashlagandir, deb o`yladi. Keyin shubha tug`ildi. Bir kuni qaynog`asining o`g`li shkafdagi oilaviy jamg`armadan pul o`marayotganini o`z ko`zi bilan ko`rib, hammasiga amin bo`ldi. Qaynonasiga bu haqda og`iz ochgandi: «Endi bu sho`rlik tirik etimlarni siz ham sig`ishtirmayapsizmi? Eyotgan bir burda noni malol kelyaptimi?» qabilidagi gaplarni eshitdi. Uzoqdagi eriga bu haqida miq etolmadi. Xudodan sabr tilab, bolalariga birdek yaxshi muomala qilib, yashashda davom etaverdi.
Bu orada qaynog`asi yana bir o`g`illi bo`ldi. Katta farzandlarini olib ketish, tarbiyasi bilan shug`ullanish haqida umumun o`ylamasdi. Qizining tug`ilgan kunida otalik hissi birdaniga jo`sh urib ketgan qaynog`a qo`yniyu qo`njini to`ldirib kirib keldi. Farida ertalab qaynonasining yuragi xuruj qilib, shifokor chaqirishgani, etmaganiga kichkintoyi ham isitmalayotgani uchun tug`ilgan kun haqida unutib qo`ydi. Qaynog`a bo`lsa hech narsani surishtirmay o`shqira ketdi:
– Ha, kelinposhsha, bizning erkatoyimizni namuncha kamsitmasangiz? Bilmasangiz, bilib qo`ying – men rozi bo`lganim uchun bu hovlida yayrab-yashnab o`tiribsiz. Ukam jo`natayotgan jaraq-jaraq pullardan ozgina sarflasangiz, o`lib qolarmidingiz?
Shu zahotiyoq qizi ham chaqishga tushdi:
– Ada, yangam bizni yomon ko`radi. Ukamni o`g`riga chiqardi. Men bolasiga qaramaganim uchun siz sovg`a qilgan telefonni kechasi olib qo`ydi. Bugun ertalab siz kelishingizni bilib qaytarib berdi. Bizni uydan haydavormoqchi!
– O`zini haydavormay tag`in churvaqalari bilan!.. Ho`v, menga qara, shu uyda o`tiribsanmi, onamga ham, bolalarimga ham qaraysan! Bo`lmasa, dumlaringni tugvoraman!
Farida ortiq chidab turolmadi:
– Mullaka, shu qat`iyatingizni uyingizdagi ayolingizga ko`rsatsangiz, oilangiz mas`uliyatni zimmangizga olsangiz, bolalaringiz birovning qo`liga qaram bo`lmay, otasi va o`gay bo`lsa-da, onasi bag`rida yasharmidi?! Oila qurayotganda, farzand ko`rayotganda bularning taqdiriga mas`uliyatdi bo`lish kerakligini o`ylab ko`rganmisiz o`zi? Siz oilada katta o`g`ilsiz, ammo oyijon ikki marta uylantirib ham sizdan tinchiganlari yo`q. Shu haqida o`ylab ko`ring! Yoqmayotgan bo`lsam, ketaveraman. Xotiningizni olib kelib, bolalaringiz bilan yashayvering shu erda.
Oraga qaynonasi tushdi, bir baloning oldini oldi. Shu kuni Farida eri ketgandan beri ilk bora o`ksib-o`ksib yig`ladi. Peshonasining sho`rligi, ikki jon uchun ham og`irlik qiladigan tashvishlardan ezilib ketgani, bolalari uchun ham barchasiga chidashga majburligini o`ylab, siqildi. Biroq «syurpriz»ning kattasi hali oldinda ekan…
Oradan bir hafta o`tgach, qaynog`asining ikkinchi xotini telefon qilib qoldi. Qaynonasini so`radi. To`yga ketganini bilib, butun alamini ovsiniga qarata socha boshladi:
– Qaynonangizga aytib qo`ying, bu alkash o`g`liga sarf qiladigan ortiqcha umrim yo`q. Men ham bir marta dunyoga kelaman. Kundoshim bekorga ketmagan ekan, menam bolasini tashlab ketvoraman. Ana, olib boqa qolinglar. Ikkitasi siqqan uyga uchinchisi sig`maydimi?»
Farida hamma narsani qabul qilganda ham, farzandidan voz kechgan ayollar mantig`ini hech tushuna olmasdi. Nahotki, tug`ayotganda «otasi yaxshi bo`lsa boqaman» degan fikrda bo`lgan? Umuman, nima maqsadda oila qurganu, nima uchun yashab yuribdi? Bolalar-ku, katta bo`lib ketishar, lekin ulardan qanday insonlar etishib chiqadi? Axir har bir bola ota-ona bag`rida, to`liq oilada katta bo`lish huquqiga ega. Esli-hushli, voyaga etgan ikki inson o`zaro oila rishtalarini bog`layotganda avvalo bo`lajak farzandlari oldida ulkan mas`uliyatni zimmalariga olayotganlarini anglasalar, ajralishlar, tirik etim bolalar soni kamayarmidi?..
Faridani «Endi nima qilaman?» degan savol emas, «Sho`rlik kichkintoyning gunohi nima?» degan og`riqli o`y ko`proq o`ylantirardi.
ShAHINA qog`ozga tushirdi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар