Главная » Hikoyalar » Oxiratga qolmagan ish
Oxiratga qolmagan ish

Oxiratga qolmagan ish

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Oxiratga qolmagan ish
  • Дата релиза: 01-07-14, 00:59
Oxiratga qolmagan ish
U mashinasini yo'l chekkasiga
qaytarmoqchi edi, mo'ljalni xato
olib, turgan bir "Jiguli"ning old
chap qanotini yoni bilan qirib
o'tdi. "Obbo! Shunisi yetmay
turuvdi o'zi". Shosha-pisha
tushib ko'rdi: salgina lat yegan,
lekin har holda lat yegan-da.
Dastlab xayolidan "Egasi
yo'qmi?" degan o'y o'tdi.
Atrofga alangladi. Hech kim
ko'rmagan edi: yo'lakda
odamlar beparvo o'tib
borishyapti. Ichida kimdir:
"Mashinangni tez bu yerdan
ko'chir!" degandek bo'ldi.
Mulohaza qilib o'tirmadi,
motorga o't qo'ydi-da, besh-olti
mashinadan o'tkazib qaytardi.
Portfelini olib, ishxonasiga
baland qavatli binoga kirar
ekan, jur'atsizgina bosh
ko'targan vijdonini silay
boshladi: "Nihoyati kafdekkina
joyi. Egasiga aytib o'tirishga
ham arzimaydi..."
Tushgacha qanday ishladi,
bilmaydi. Boya jur'atsizgina
bosh ko'targan vijdoni tobora
qisti-bastiga olayotgan edi: "Sen
mo'minsan-ku, birodar!
Egasidan avvalo uzr so'rashing,
talab qilsa, zararini to'lashing
kerak emasmidi?! Sen esa,
qochib qolding. Bir ikki ming
so'm pulning ko'zingga qadrli
ko'rindi, oxiratni unutding.
Musulmon shunday bo'lishi
kerakmi? Amal daftaringga
zolim deb yozilishini
xohlaysanmi yo?" derdi yuragini
tirnab.
Hamkasbi bilan tushlikka
chiqqanida ham u mana
shunday iskanjali tuyg'ular
og'ushida edi. Oshxonada
o'tirarkan, xotirasida eski bir
voqea jonlandi. Tanishlaridan
biri mashinasini joyidan
jildirayotib, yonboshida turgan
birovning mashinasini xiyol
turtib yubordi. To'xtamadi,
aksincha, gazni bor bo'yicha
bosib jo'nab ketdi. O'shanda
tanishining bu qilmishini u
qalban qoralagan edi. Endi esa,
o'zining boshida xuddi
o'shanaqa hol. "Nahot men
ham?.."
Oshxonadan chiqasolib, yo'l
chetida qator turgan mashinalar
orasidan tanish "Jiguli"ni qidira
boshladi. "Ana!" Beixtiyor
quvonib ketdi. Fikridan qaytib
qolmaslik uchun hamkasbiga
voqeani apil-tapil tushuntirdi.
Oborib ko'rsatdi ham. So'ng bir
parcha qog'oz oldi-da, ichki
telefon raqamlarini yozib,
shunga sim qoqing, deya ilova
etib, old oynasiga qistirib qo'ydi.
Birdan yengil tortdi, kayfiyati
tetiklashdi. Ishxonasiga chiqib,
sabrsizlik ila kuta boshladi.
Nihoyat...
- Kimdir shu raqamga sim
qoqishini so'rabdi, - dedi
bo'g'iq bir tovush.
- Men hozir tushaman. Ismingiz
nima?
- Hasan...
Liftni kutishga ham sabri
chidamay, to'qqizinchi qavatdan
otilib tushdi. Hasan akani
qo'ltig'idan olib tashqari chiqdi.
Mashinaning tepasiga keldilar.
- Ko'rmaganmidingiz?
- Yo'q, - dedi Hasan aka.
- Keyinroq ko'rganingizda nima
qilar edingiz?
- Xudo biladi, xumordan
chiqquncha so'karmidim...
- Xohlang, zararini qoplay,
xohlang uzrimni qabul eting,
ammo shu ish oxiratga
qolmasin. Namozxon odamman.
Boya shayton yo'ldan uribmi,
indamay chiqib ketgan edim,
tushlikkacha bo'larim bo'ldi.
Hamma shartingizga roziman.
Shu damgacha sinovchan nigoh
bilan jiddiy muomala qilib
turgan Hasan akaning ko'ngli
yumshadi, chehrasi ochildi.
- Siz to'g'ri qildingiz, mard
ekansiz. Endi men nega himmat
qilmay? Hechqisi yo'q. Arzimas
chaqa bo'libdi. Temir-da. Bo'lib
turadi bunaqa ishlar. Omon
bo'ling, uka, - dedi Hasan aka
qo'lini samimiy cho'zib.
- Alhamdulilloh! - deb yubordi u
ruhida bir tozarish sezib. So'ng,
qo'l olishib xayrlashdilar.
Nurulloh Muhammad

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: