Главная » Hikoyalar » Qaysar kelinning kasofati
Qaysar kelinning kasofati

Qaysar kelinning kasofati

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Qaysar kelinning kasofati
  • Дата релиза: 28-06-14, 16:07
Qaysar kelinning kasofati
Bularning taklifnomasi ham
huddi biznikining o'zi, to'yi
qanaqa bo'lar ekan? - Gullola
qo'lidagi taklifnomaga qarab,
to'yning qanaqa bo'lishini
bilmoqchidek u yoq-bu yog'ini
ag'darib qaradi. - Men ham
Xosiyat qanaqa kelin bo'larkin
deb qiziqib ketyapman, echkiga
o'xshab sakrab yurgan qizcha
edi dugonang. Sen uning yonida
og'ir, vazminsan. Ilhom Gullolani
peshonasiga yopishib turgan
sochlarini to'g'irlab qo'ydi. - Xo,
Xosiyat echki bo'lib qoldimi
sizga? Sobir o'rtog'ingiz ham
undan ortiq emas, - Gullola
lablarini cho'chchaytirib
erkalandi. - Yo'g'-e, Sobir o'zini
ancha tutib olgan. - Baxs
boylaymizmi, Xosiyat juda bosiq
kelin bo'ladi, Sobiringiz esa lik-lik.
- Baxs boylaymiz, qo'l tashla! -
Mana tashadim! Gullola "shap"
etib kaftini Ilhomning qo'liga
qo'ydi. - Nimadan garov
o'ynaymiz? - Siz ayting. - Yo'q,
sen ayt! Uch kunlik kelin-kuyov
chimildiqqa o'tirib to'yi bo'lay
deb turgan do'st-dugonasi
haqida qizg'in baxslashishardi. -
Guli, nimadan garov bog'lashimiz
baribir emasmi? Axir biz
chillalikmiz-ku, to'yga
borolmaymiz, to'yga
yuborishmaydi bizni! - Ilhom
"baxsga nuqta" degandek
havoga dumaloq shakl chizdi. -
Nega borolmaymiz? Qayerda
yozilgan bu haqda? Ana, boshqa
mamlakatlardagi kelin-kuyovlar
nikoh bazmidan chiqiboq
samalyotgami, poyezdgami
o'tirib sayohatga jo'nashadi.
Hech biriga hech narsa
bo'lmaydi-ku, - Gullola qizishdi. -
Ha, endi ular-ular, biz esa bizmiz.
Qolaversa, ularda ham, ehtimol,
o'ziga xos birorta udumlar
bordir, biz hamma narsani
bilmaymiz-ku. - E, qo'ysangiz-chi,
chilla-pilla degan gaplarni.
Bekorchilar o'ylab chiqargan, -
Gullolaning chinakamiga
achchig'i kelganday yonoqlari
lovulladi. - Yo'q, Guli, men g'alati
gaplarni eshitganman. Masalan,
bitta endigina ko'zi yoriyotgan
ayol chilla saqlamay,
chaqaloqchasi bilan singlisining
to'yiga borgan ekan, go'dakka
shunaqa yara toshibdi, hech
qanday dori-davo kor qilmabdi.
Ko'zlarining ichigacha yara
bosibdi. - Qo'ysangiz-chi,
vahimani. Bu narsaning moddiy
asosi bor, go'dakka kimdandir
mikrob ilashgan. Bironta
befarosat o'pganmi? - Baribir,
Guli, bizni "chillaliksizlar" deb
to'yga yuborishmaydi. Kel,
tinchgina uyda o'tiraylik. Xa
demay ikkovimiz ham ish-
ishimizga chiqib ketamiz.
Chimildiqda bunaqa yolg'iz
o'tirishlar ham g'animat, -Ilhom
kelinchakni bu mavzudan
uzoqlashtirishga harakat qildi. -
Ilhom aka, keling, to'yga boraylik.
Rosayam qiziqib ketyapman.
Nima bo'pti borsak? - Qo'ysang-
chi, muammo chiqarishning nima
keragi bor hozirdan. Nima,
oyimga: "Keliningiz qiziqishdan
yorilib ketay", deyapti,
deymanmi? - Nima deyishingizni
o'zim o'rgataman. - Obbo,
bilag'oney... - Huddi hind
kinolaridagi kabi boy-badavlat,
ota-onalardan qochayotgan
oshiq-mashuqlarga o'xshaymiz-a,
Ilhom aka? Ajoyib romantika!
Gullola kaskani bostirib kiyib,
sport mototsiklini o't
oldirayotgan erining orqasiga
o'tirib belidan mahkam ushladi. -
Ammo - lekin ko'p o'tirmaymiz.
Birpas tomosha qilamiz-da,
qaytamiz, -Ilhomning ovozini
shamol olib ketdi.- Nima
deyapsiz? - Gullola o'rnidan sal
turganday bo'lib, baqirib so'radi.
- Qochib ketyapmiz-ku, ozgina
o'tirib qaytamiz, deyapman. O'zi
to'y kiyimida ham emasmiz, yangi
kelin-kuyov bo'lsak, hammaning
ko'zi bizda bo'ladi. - Qaytaga
hech kim ortiqcha e'tibor
bermaydi. Ataylab uydan chiqib
kelganimizdan keyin o'tiraylikda
ozgina. Gullola gaplarini eshitsin
uchun o'rnidan turib, Ilhomning
boshiga engashdi. Boshining
erining yelkasiga qo'yib
erkalanmoqchi bo'ldi. Ilhomning
ham qoni qaynadi. Zavqlanib: -
O'tir, Guli, uchamiz, yurib emas,
uchib borib-kelamiz! - deya gazni
bosdi. Hali o'tirishga ulgurmagan
Gullola mototsikil orqasidan
uchib ketdi. Nima gapligini
anglab ulgurmagan, o'zini
yo'qotgan Ilhom motosikilni zarb
bilan simyog'ochga borib o'rdi.
Qo'sh chinqiriq atrofni tutib
ketdi. - Qo'rquvdan
kelinchakning o'ti yorilibdi.
Baraka topkur shifokorlar darrov
aniqlashibdi, bo'lmasa zaxari
yoyilib ketsa, omon qolmas ekan,
- deyishdi voqeadan xabar
topgan qo'ni-qo'shnilar. - Tuzuk
ekanmi endi? - Xa, o't pufagisiz
ehtiyot bo'lib yuradi-da endi
parhez bilan. - Essizgina yosh
joni. - Kuyov ham endi suyaklari
bitguncha yotadi, 3-4 ta joyiga
shikast yetibdi... - Ey, xudoyim-a,
yoshlar-da, yoshlar, yoshi ulug'lar
bir hikmatni bilib aytishadi.
Shunga xiyonat qilmaylik,
deyishmaydi. Boshlari devorga
tegmaguncha, bilishmaydi-da.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: