Главная » Hikoyalar » "Qizimni tarbiyasidan xavotirdaman".
"Qizimni tarbiyasidan xavotirdaman".

"Qizimni tarbiyasidan xavotirdaman".

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: "Qizimni tarbiyasidan xavotirdaman".
  • Дата релиза: 31-05-14, 12:30
"Qizimni tarbiyasidan xavotirdaman".
- To'rt nafar o'g'ildan so'ng qiz
farzandimiz tug'ildi. Bundan,
ayniqsa, turmush o'rtog'imning
boshi ko'kka yetdi. "Qiz bola
otaga mehribon bo'ladi,
deyishadi. Mening mehribonim
tug'ildi", deya uni yeru-ko'kka
ishonmasdi. Akalari ham juda
yaxshi ko'rishardi.
"Oilada yagona qiz, deb
taltaytirib yubormaylik", deya
men o'zimcha qizimizning
tarbiyasiga qattiq turishga
harakat qildim. Lekin qancha
urinmay, uning tabiatida salbiy
qusurlar namoyon
bo'layotgandek. Aniqrog'i,
qizimning xarakteri o'g'il
bolalarga xos bo'lib boryapti.
Qancha urinmaylik, bolaligidan
unga qizlarning kiyimini
kiydirolmadik. Doim shim va
futbolkada yurib, ko'chaga
chiqsa, o'g'il bolalar bilan
mushtlashib keladi. Yaqin
o'rtoqlari ham o'g'il bolalar.
Qizlar bilan chiqisholmaydi.
Uyimizga qarindoshlarimizning
qizi kelsa ham ular bilan
o'ynamaydi.
Uning fe'lidagi bu kabi
nuqsonlardan xavotirdaman.
Uyimizda o'g'il bolalar ko'pligi
uchun qizim ularga taqlidan
shunday qilyaptimikin? Menga
qanday maslahat berasiz?
Fayoza
Surxondaryo viloyati
- Bola hulq-atvorining qay
tarzda rivojlanishi ko'p jihatdan
ota-onaga bog'liq.
Yaqinda bir guruh psixologlar
bolalar ustida g'alati tajriba
o'tkazishgan. Besh yoshli o'g'il
bolalarga qizlarning kiyimini
kiydirib, qiz bolalar ismi bilan
atay boshlashgan. Qiz bolalarga
esa, aksincha, o'g'il bolalarning
kiyimini kiydirib, ularga o'g'il
bolalar ismi bilan chaqirishgan.
Har ikkala jinsdagi bolalar
avvaliga bu holatni o'yin sifatida
qabul qilishgan. Lekin oradan
bir hafta o'tgach, o'g'il bolalarda
qiz bolalarga xos, qizlarda esa
o'g'il bolalarga xos xususiyatlar
ko'rina boshlagan. Bundan
cho'chigan tadqiqotchilar
tajribani darhol to'xtatishgan.
Demak, kiyinish, ism, hatti-
harakatlar inson xarakteriga
ham ta'sir etar ekan. Sizning
birinchi xatoyingiz shuki,
qizingizning ko'ngliga qarab,
unga doim o'g'il bolalarning
kiyimini kiydirgansiz. Keyin
oilada o'g'il bolalarning ko'pligi
bois qizingiz o'zidagi hatti-
harakatlarni akalariga qarab
shakllantirgan. Agar siz
farzandingizga yoshligidan qiz
bola ekanligini uqtirib
borganingizda edi, unda o'g'il
bolalarniki kabi xarakter paydo
bo'lmasdi. Ammo hali ham kech
emas. Qizingizdagi nafosat,
latofat, muloyimlik kabi
xislatlarni shakllantirish o'z
qo'lingizda.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: