Qumor fojiasi (hikoya) - Yolg'izlik Shahzodasi
- Категории: Hikoyalar
- Название: Qumor fojiasi (hikoya) - Yolg'izlik Shahzodasi
- Дата релиза: 24-02-16, 22:23
Tungi soat 01:30 Komil qo'lidagi
qartalarni birma-bir barmoq
uchida umid bilan ochib ko'rdi-
yu, bo'g'ziga birnima tiqilgandek
bo'ldi. Ro'parasida o'tirgan Odil
Xo'ja istexzo aralash kulib qo'yib,
- uyingdan ham ayrilding-ku
Komilboy, dedi. Odil Xo'ja eski
qimorbozlardan, undan butun
qishloq qo'rqadi. Bu ham hamma
boylarga o'xshagan-u faqat Odil
Xo'jani qing'ir ishlarini o'zi emas
puli bajaradi, o'zi esa doim
suvdan quruq chiqadi. Odil Xo'ja
avval ham Komilga o'xshagan
yosh puldor yigitlarni qimorga
tortib borini shilgan, uni qo'lidan
har qanday ish kelishini esa
Komil yaxshi bilardi. -Uyni bir
haftada bo'shatib qo'ying
Komilboy, dedi, Odilxo'ja yana
o'sha istexzo aralash kulgu bilan.
-Menga ozgina muddat bering
hech bo'lmasa bir oy Odilxo'ja
aka, dedi Komil iloji boricha
yumshoq ohangda. -Qimorda
aytilgan gap qonundan kuchli,
endi uying meniki uch kun
muxlat senga, bo'shatib
qo'ysang o'zingga yaxshi dedi,
Odilxo'ja taxdid aralash g'azab
bilan! Komil o'tirgan joyida qotib
birnuqtaga termulgancha o'yga
tolardi. U shu bir oy ichida
peshona teri bilan topgan pullari,
yangi moshinasi, bugun esa
uyigacha qimorda yutqazgandi. -
Hayri, Komilboyga o'tkiridan
quyib ber, dedi Odilxo'ja
burchakda o'tirgan ozg'in
yigitga qarab. Hayri stol ustiga
piyola va gazak qo'yib piyolaga
aroq quydi, Komil uni bir
ko'tarishda yutdi, bu hol yana
uch bor takrorlandi. -Komilboy
yana bir qo'l suzaylikmi, dedi
Odilxo'ja bepisand ohangda. -
Nimani tikaman borimni shilib
olding-ku ablax, dedi Komil
nafrat to'la ko'zlarini Odilxo'jaga
tikib. -Xay xay Komilboy
o'zingizni bosing uka sizda hali
hammasini qaytarishga imkon
bor, uyingizda bir go'zal hilqat
bor o'shani tiking, agar
yutsangiz hamma pullaringiz
moshina uyingizgacha qaytib
olasiz, ustiga o'n besh ming
qog'oz ham tikaman, o'ylab
ko'ring, yoki hammasidan
ayrilasiz yoki hammasi
qaytarasiz, bu qimor omadingiz
kelsa nima degan gap, dedi
Odilxo'ja yana o'sha bepisandlik
bilan! Komil -ablax deb pichirladi-
yu indamadi. -Hayri bor
Komilboyni moshinasini kalitini
va bizga yutqazganlarini olib kel,
xa yana moshinam orqasini
ochsang slafan haltada pul bor
uniyam olib kel, dedi Odilxo'ja.
Stul ustida moshina kaliti va bir
uyim ko'k rangdagi pullar
turardi. -Xo'sh Komilboy nima
qilamiz o'ynaymizmi, o'ylab
ko'ring uka tikayotganingiz
shuncha pulga arzimaydi-yu
lekin sizga yordam bo'lsin
deyabman, bu qimor yo ostidan
yoki ustidan, tavakkalchi bo'ling
uka shunda doim yutasiz. Komil
allaqanday karaxt holda edi, u
stol ustida turganlarga biroz
termulib o'yga tolib turdi-da -
o'ynaymiz, dedi ovozi titrab.
Odilxo'ja hona burchagida patnis
to'la qarta ko'tarib turgan
kishiga imo qildi, u kishi esa hali
ochilmagan yangi qartani olib bir
so'zsiz ikki o'yinchiga suzib
berdi. Oraga sukunat cho'kdi,
Komil qo'lidagi uch qartani asta
barmoqlari bilan surarkan
peshonasidan muzdek ter chiqar
va qo'llari titrardi. Komil
qartalarni asta-sekin ochdi, avval
birinchisini so'ng ikkinchisi va
uchunchi qarta xam ko'rindi.
Komilning oqargan rangi endi
ko'kara boshlagandi, uni qo'lidigi
qartalar hechnimaga yaramasdi,
unga havo yetmayotgandek
tuyilardi. Komil qartalarni stol
ustiga tashladi, uni past qartasini
ko'rgan Odilxo'ja esa o'zini
qartalarini stol ustiga tashladi-da
xirillab kuldi: -Endi u ham meniki
ex Komilboy-ya peshonangizdan
ko'ravering uka, dedi. Komil
nomard ablax deb g'azab bilan
Odilxo'jaga tashlandi, hona
burchagida turgan Odilxo'janing
yugurdaklari esa birzumda
Komilning o'pkasini bosib qo'ydi.
Odilxo'ja o'rnidan turarkan
Komilga: -shu tong yigitlarim
boradi yutiqni olib kelgani yana
ishkalni boshlab o'tirmagin
bilasana qo'limdan nimalar
kelishini, unga xam tushuntirib
qo'ygin yana qaysarlik qilib
yurmasin o'ziga jabr bo'ladi,
dedi. Odilxo'ja honadan chiqar
ekan orqasiga qayrilib: Komilboy
eski hovlingizda kechik ukangiz
bilan turadigan hali turmushga
chiqmagan bokira singilingiz bor
ekanmi, agar yutug'imni o'z
vaqtdi olmasam singilingizga
jabr qilgan bo'lasiz, dedi-da ho-
holab kulgancha chiqib ketdi.
Komil uyga qaytganida hotini
Laziza haligacha uhlamagan edi,
u eriga salom berib doimgidek
iliq kutib oldi. Farishta deb
o'yladi Komil, nega buncha
yaxshisan Lazi nega bunchalar
sevasana men ablaxni, men esa
seni... Komil hayolidan shu
so'zlarni o'tgazdi-yu ko'zlariga
yosh keldi va hotiniga -sen
uxlayver men biroz toza havoda
bo'laman degancha hovliga
chiqib ketdi. Hechnarsadan
xabari yo'q Laziza esa uyqu
istagida kirib yotdi. Komil hovliga
chiqib o'z boshini
changallagancha tinmay
yig'lardi, u boshiga mushtlab
hovlida uzoq yig'ladi. Komil
honaga qaytganida hotini Laziza
uhlab yotgandi, u hotinini
yuzidan ohista o'pdi-da biroz
termulib turdi so'ng meni kechir
deb yig'lagancha yostiqni oldi-da
hotinini yuziga tashlab yostiq
bilan bug'di, Laziza bir tipirchidi
ikki tipirchidi so'ngra uyqu
aralash nima bo'lganini ham
anglay olmay joni uzildi. Komil
jonsiz yotgan hotinini ustiga
o'zini tashlab quchib olgancha
o'kirib yig'lardi, u hotinini
ifodasiz ko'karib ketgan yuzlari
lablaridan tinmay o'par va
yig'lagancha kechirim so'rardi.
Komil o'sha karaxt holda yig'lar
ko'yi hovliga chiqdi va molxona
tomon yurib bordi-da ustunda
osiqlig' turgan arqonni olib o'z
joniga qasd qildi. Erta tong Odil
Xo'janing odamlari Lazizani olib
ketishga kelganida Komil
hovlisida qo'sh aza ochilgan edi.
Xa Komil hotini Lazizani qimorga
tikib yutqazib qo'ygan, buni
hotini bilmaslik, bunday azobni
his qilmasligi uchun uni
o'ldirgan, so'ngra o'z joniga ham
qasd qilgandi.
Go'riston, hali tuprog'i sovub
ulgurmagan ikki yonma-yon
qabr tepasida Odil Xo'ja bir
axvolda tik turibdi, nigohida
istirob, u shu laxzada qaytib
qo'liga qarta ushlamaslikga,
yaxshi inson bo'lishga, ont
ichadi. Oradan uch kun o'tib esa
Odil Xo'ja qimorda Komildan
yutib olganlarini uning ota-
onasiga qaytib berdi. Go'riston
uzra esa ikki yonma-yom qabr
noxush do'ppaygancha qimor
fojiasini abadiy eslatib turadi,
hayot esa davom etadi!
"Qimor jarga yetaklovchi
xaritadir"
Смс Шерлар