Главная » Hikoyalar » Soyabon ostidagi odam
Soyabon ostidagi odam

Soyabon ostidagi odam

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Soyabon ostidagi odam
  • Дата релиза: 31-05-14, 12:28
Soyabon ostidagi odam
Tavba, nega uning nigohlari
ko'z o'ngimdan ketmayapti?
Juda tanish. Qayerda
ko'rganman?" Saidazim kun
davomida ana shu savollarga
javob qidirardi.
Dunyo gulzor, tikanzor,
deyishadi. Saidazim dunyoning
gulzoridan ko'ra tikanlarida
ko'proq kezgandek.
Elas-elas esida, to'rt-besh
yoshlarda edi o'shanda. Onasi
bilan shaharga endi ko'chib
kelishgandi. Bu yerda birorta
yaqin kishisi yo'q. Shunday
bo'lsa-da, Sobira opa eri tashlab
ketgach, qishloqda qolishni
xohlamadi. Shahar
chekkarog'idagi
shifoxonalardan biriga
hamshira bo'lib ishga kirdi.
Yashashlari haminqadar, zax va
qorong'i uyda ijarada
turishardi. Ikki-uch yil shu
zaylda o'tib ketdi. Bu vaqtda
Saidazim maktab yoshiga yetib
qolgandi. Sobira opa besh-o'n
so'm jamg'argan puliga o'g'li
bilan bozorga tushib, bir olam
xarajat qilib keldi. Saidazimning
quvonchdan ko'zlari porlardi.
Chunki esini tanibdiki, xolayu
tog'alarining bolalariga kichik
kelib qolgan kiyimlarni kiyadi.
Bugun onasi o'ziga, o'z-o'ziga
narsa xarid qildi. Kostyum-shim,
oq ko'ylak, tuflisining
chiroyliligini aytmaysizmi,
yurganda ovoz chiqaradi.
Maktab sumkasidagi daftar-
ruchkalarni ko'rib, Saidazim
onasini quchoqlab oldi.
- Ayajon, bularning hammasi
mengami?!
- Ha, bolajonim, o'z-o'zingga.
- Sumkayammi?
- Sumkayam.
- Daftar-ruchkalar hammi?
Sobira opa o'g'lini mahkam
bag'riga bosdi. Saidazimning
negadir yig'lagisi keldi. Ammo
onasining "Bolam, hech qachon
yig'lama. Axir sen meni
qo'riqchim, himoyachimsan.
Agar yig'lasang, yengilsang,
men nima qilaman?" degan
gaplari yodiga tushdi-da,
bo'g'ziga kelgan yig'ini ichiga
yutdi. Ammo ko'zlaridagi
betizgin bir tomchi yosh o'jarlik
qilib, pastga yumaladi. Sobira
opa bolasining holatini
sezgandek uni dast ko'tardi-da:
- Saidazimjon, bolam, endi sen
ham katta yigit bo'lib qolding.
Maktabga borasan. Faqat yaxshi
o'qigin. Katta do'xtir bo'lishing
kerak, - dedi qavarib ketgan
qo'llari bilan yuzini silagancha.
Saidazim onasi tayinlaganidek
yaxshi o'qidi. Sobira opa ishdan
so'ng uylari yaqinidagi
maktabda farroshlik ham
qilardi. Ustiga-ustak, kechalari
uxlamay tonggacha do'ppi tikib
chiqardi. Saidazim
sinfdoshlaridan ajralib turar,
o'zini kattalardek tutishga,
kattalardek fikrlashga harakat
qilardi. Shunday qilsa, onasi
unga suyana olishiga ishonardi.
Yillar zanjiri yillarga ulandi.
Inson chin dildan niyat qilsa,
albatta, amalga osharkan.
10-sinfni bitirish arafasida
Saidazimlarnikida chinakam
bayram bo'ldi. Kichkinagina
bo'lsa ham, ular uyli bo'lishdi.
Saidazimning sinfdosh qiz
Malohatda ko'ngli bor edi.
Ammo buni tiliga chiqarishni
istamasdi. Boisi, Malohat o'ziga
to'q oiladan. U esa... Ayniqsa,
otasi yo'qligi uning ko'nglini
qattiq ezardi.
Bitiruv kechasida sinfdoshlar
bir-birlariga gap bermay
chug'urlashar, hamma bir olam
orzular qanotida uchar edi.
Saidazim ham shular qatorida.
U, onasi aytganidek, shifokor
bo'lishni orzu qilardi. Bitiruv
oqshomida yigit ilk bor Malohat
bilan dildan suhbatlashdi.
Qizning orzusi o'qituvchi bo'lish
edi.
- Ha, aytgancha, kecha Jobir
aytayotgandi, yangi uy olibsizlar.
Tabriklayman, - dedi Malohat
suhbat davomida Saidazimga
jilmayib. - Nega bizni uy
ko'rigiga chaqirmading?
Bu gapdan Saidazimning yuzi
xuddi yangi uzilgan nondek qip-
qizil bo'lib ketdi. Nima deyishni
bilmay dovdirab turganida,
Malohatning o'zi uni vaziyatdan
chiqardi:
- Mayli, biz xafa bo'lmadik.
O'qishga kirsang, ikkalasini
birga nishonlaymiz.
- Bo'ldi, kelishdik, - quvonib
ketdi yigit.
- Unda, - dedi Malohat, -
hujjatlarimizni bir kunda
topshiraylik. Maylimi?
Hayajondan Saidazimning tiliga
gap kelmasdi. Shunday ham
bo'ldi, ikki sinfdosh biri
pedagogika, ikkinchisi tibbiyot
instituti talabasi bo'lishdi.
Saidazim kunduzi o'qib, kechasi
ishlardi. Bolaligi yodiga tushsa,
tong yorishmay bozorga chiqib
ko'kat sotganlari, onasi tikkan
do'ppilarni ko'tarachilarga
arzon-garovga berib
qaytganlari, bitta-yarimta
"dadang kim?" deb savol
berganida nima deb javob
berishini bilmay, yer chizgan
paytlari ko'z oldidan o'tganida
xo'rligi kelar, shu kunlarga
shukrona aytardi. Institutni
bitirish arafasida sinfdoshi
Malohatga sovchi jo'natdi. O'sha
kuni onasining ko'zlarida yana
bir bor quvonch yoshlarini
ko'rdi.
Esida, talabalikka qabul qilingan
kuni xushxabarni onasiga
yetkazganida Sobira opa
hayajondanmi yoki
shoshganidanmi, nima qilishini
bilmas, goh Saidazimni bag'riga
bosar, goh dasturxon tuzagan
bo'lar, ammo tiliga so'z
kelmasdi...
Chorak soatlardan so'ng ichkari
uydan yig'i ovozi eshitildi.
Yugurib ichkariga kirdi-yu,
onasining nimanidir bag'riga
bosib yig'layotganini ko'rdi.
Yoniga borib, sekin o'tirdi-da,
onasini so'zsiz bag'riga bosdi.
Shunda Sobira opa xushxabarni
eshitgandan buyon ichida
yig'ilgan gaplarini ohista
shivirladi:
- Xudoga shukr! Rahmat, bolam,
yuzimni yorug' qilding...
Mana shugayam olti oy bo'libdi.
Malohatlarnikidan xursand
holda qaytgan Sobira opa to'y
harakatlarini boshlab yubordi.
Hash-pash deguncha to'y ham
o'tdi. Malohat mahalladagi
maktabga ishga joylashdi.
Saidazim shahar shoshilinch
tibbiy yordam shifoxonasida
ishlay boshladi. Uy-joylarini
kengaytirdi, mashina oldi.
O'sha kuni sharros yomg'ir
quyardi... Hamma panaga
qochgan, faqat tor yo'lakcha
chetidagi nogironlar
aravachasida o'tirgan oltmish
yoshlardagi amaki bir qo'lida
soyabon tutgancha, o'tgan-
ketgandan sadaqa tilanardi.
"Bechora, shunday sovuq
kunda... uning ham bolalari
bormikan?" Saidazimning
xayolidan shu gaplar o'tdi.
Mashinani unga yaqinroq
haydadi-da, hamyonidan biroz
pul olib, uning qo'liga tutdi.
Negadir ko'zlari juda-juda
tanish ko'rinadi. U bo'lsa tinmay
duo qilardi:
- Rahmat, o'g'lim, meni
siylading. Xudo seni siylasin.
Ota-onang rohatingni ko'rsin...
Saidazim mashinasini yurgizdi.
Ammo xayolida o'sha odamning
ko'zlari muhrlanib qoldi. Xuddi
tanishdek edi uning nigohlari.
Oradan bir necha kun o'tdi. Shu
kunlarda Sobira xola negadir
kayfiyatsiz bo'lib qoldi.
Onasining yuzidagi tabassum
bulutlar ortiga berkingan oydek
g'oyib bo'lganidan Saidazim
hayron edi. Xotinidan sababini
so'ragan edi, u ham yelka qisdi.
Kunlarning birida shifoxonaga
avtohalokatga uchrab, ko'p qon
yo'qotgan bemorni olib kelishdi.
Saidazim operasiya xonasiga
kirarkan, hushsiz yotgan bu
odamning o'sha kungi tilanchi
ekanligini ko'rdi. Afsuski, uning
hayotini saqlab qolishning iloji
bo'lmadi. Saidazim horg'in
holda jarrohlik xonasidan
chiqarkan, eshik oldida turgan
onasiga ko'zi tushdi.
- U tirikmi? - dedi Sobira opa
o'g'lining savolomuz
nigohlariga e'tibor bermay.
- Yo'q. Nega bu yerdasiz?! -
hayratini yashirolmadi Saidazim.
Kutilmaganda Sobira opa
shalviragancha yerga o'tirib
qoldi.
- Nima bo'ldi, aya?! Siz uni
taniysizmi?!
- Otangning joni sening
qo'lingda uzildi, bolam. Avval
qanday ketgan bo'lsa, bugun
ham xuddi shunday tark etdi! -
dedi Sobira opa o'rtanib.
Saidazim qirq yil ko'rmagan,
sarg'ayib ketgan rasmi har
doim uylaridagi eski sandiqda
saqlanadigan bu odamning
dadasi ekanligiga ishongisi
kelmasdi. Sharros yomg'ir
yog'ayotgan kuni soyabon
ostidan unga ilinjli nigoh bilan
tikilib turgan dadasini topmay
yo'qotgan edi. O'sha kuni ham
sharros yomg'ir tinmadi.
Dilfuza

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: