Главная » Hikoyalar » Suv parisining tashrifi
Suv parisining tashrifi

Suv parisining tashrifi

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Suv parisining tashrifi
  • Дата релиза: 09-05-17, 01:29
Suv parisining tashrifi
Hayotimda bo`lib o`tgan voqea tufayli bu olam sir-sinoatlarga to`laligiga yana bir bor ishondim...

O`shanda ham ayni bahor kunlari edi. Atrof ko`m-ko`k maysalarga, daraxtlar ham yashil libosga burkangan. Qishi bilan dam olgan dehqonlar endi dala boshidan beri kelmay qo`yishgandi. Dehqonchilik ishlari boshlanib, hamma ochiq maydonlarga ekin ekishga kirishib ketgandi. Havo isib ketganidan uyimiz yonidan oqib o`tadigan kanal ham ancha to`lib oqadigan bo`ldi.

— Suv juda ko`payibdi. Kuzda ekilgan bug`doylarni yaxshilab sug`orishimiz kerak. Kechasi navbatlashib qarab, tezroq suvlashni tugatib olinglar, - deb topshiriq berdi otam.

— Ehtiyot bo`linglar, yosh bolalar ko`zimizni chalg`itib, ko`chaga chiqib ketmasin, katta suv yaqin... — deb onam ham kelinlarga tinmay eslatib turardi o`sha kunlari.

— Ikki kundan beri daladasizlar. Nimagadir ko`nglim notinch, kechasi suv bo`yiga borganda kalima qaytarib, duo o`qinglar, suvning parilari bo`ladi... Quloqlarni to`g`rilab qo`yib, uyga qaytaver, sahar turib xabar olarsan, — dedi onam kechki payt ketayotganimda.

— Oyi, tuni bilan siz aytgan parini kutdim, kelmadi. Kun yorishgach, uyga qaytaverdim, — dedim ertasiga hazillashib onamga.

— Ha, senga hazil bo`lsa... — ranjigan bo`ldi onam. Ikki-uch kun o`tib, kechasi kuchli momaqaldiroq bo`lib, chelaklab yomg`ir quya boshladi. Bunday paytda kanaldagi suv ham ko`payib, yopilgan quloqlarni yuvib, ekinlarni suv bosishi hech gap emas. Ikki kun oldin bug`doyzorga suv ochganim yodimga tushib, shoshib borib suv yo`llarini mustahkamroq berkitmoqchi bo`ldim. Uyda hamma uxlab qolgani uchun ukamni uyg`otib o`tirmadim.

Tashqariga chiqishim bilan katta olapar itimiz yo`limni to`sib, tinmay hura boshladi.

— Jim yot, Olapar! Yur, men bilan dalaga borib kelamiz, — dedim-da, ketmonni olib yo`lga tushdim. Birpasda ustim shalabbo bo`ldi. Shoshib qalinroq kiyinish ham esimga kelmabdi. Itimiz esa oyog`imdan tishlab orqaga tortqilab, orqamdan ergashib tinmay hurardi.

- Nega muncha vahima qilmasang, yomg`irdan shuncha qo`rqyapsanmi?

Kanal yoqasiga kelib qolgandim. Shu payt kuchli momaqaldiroq va chaqmoq bo`lib, atrof judayam yorishib ketdi. Suv bilan limmo-lim kanal yuzasi oynadek yaltirab ko`rindi. Beixtiyor oyoqlarim dala tomonga emas, kanal tomonga qarab yura boshladi. Atrof birdan suv quygandek jimjit bo`lib qoldi. Faqat oqayotgan suvning sokin jildirashigina eshitilardi. Shu payt bir to`da qizlarning sho`x kulgisiga o`xshash ovoz eshitildi. Kimning ovozi ekan, deb o`sha tomonga yana ildamroq yura boshladim. Uzoqdan yaltiragan inson sharpasi, aniqrog`i, uzun bo`yli qizga ko`zim tushdi. U men tomonga qarab imo qilgandek bo`ldi. Tezroq borib, kimligini bilmoqchi bo`ldim. Shuncha yursam ham unga eta olmasdim. U esa bir ko`rinib, bir g`oyib bo`lib, meni o`zi tomonga chorlardi. Shu payt qulog`imga yana olaparimizning hurgani eshitildi. To`xtab, orqamga qaradim. Olaparning ovozi yaqinlasha boshladi. Yomg`irni yana seza boshladim. Birdan onamning gapi yodimga tushdi. Tezda bilgan duolarimni o`qiy boshladim. Shunda uzoqdan otamning ismimni aytib chaqirganini eshitdim. Olaparning men tomonga o`qday uchib kelayotganiga ko`zim tushdi.

Halloslab etib kelgan ukam bilan otam xavotirlanib, meni so`roqqa tuta boshlashdi.

— Nimaga bu tomonga ketib qolding? Shuncha chaqirsak ham to`xtamading? Nega yarim kechasi uydan chiqding... shunday yomg`irda?

— Bug`doyni suvini xabar olgani chiquvdim.

— Bug`doyzorimiz boshqa tomonda-ku, sen kanalning boshlanish joyiga kelgansan, nima qilmoqchiyding bu erda? Yaxshiyam Olapar borib bizni uyg`otdi, bo`lmasa bir falokatga yo`liqishing aniq edi. Xudo bir asradi, - dedi otam xavotir bilan. Birgalashib uyga qaytdik. Olapar ham indamay ortimizdan ergashdi, u tinchib qolgandi. Itlar inson ko`ziga ko`rinmaydigan narsalarni ko`ra oladi, deyishgani rost ekan-da. Ertasiga kechasi ko`rgan narsalarimni uydagilarga aytmoqchi bo`ldim. Lekin ishonmasliklarini bilib, indamay qo`ya qoldim. O`shanda itimiz tufayli bir falokatdan omon qolgan bo`lsam ajabmas, yana kim biladi deysiz...

Mohitobon yozib oldi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: