Tanlab-tanlab tozisiga uchradim (mi?)
- Категории: Hikoyalar
- Название: Tanlab-tanlab tozisiga uchradim (mi?)
- Дата релиза: 27-09-18, 17:59
— Bir necha oy avval elga to`y berib, o`g`limni uylantirdim. Eshikma-eshik yuraverib kavushimning tagi teshilganida o`g`limning hamkasbi yaxshi qiz borligini aytib qoldi. Sovchilikka bordik, yoshlar birinchi uchrashuvdayoq bir-birlariga ma`qul kelishdi. O`rtada ishonchli odam turgani sabab ko`pam surishtirmay fotihani tezlashtirdik. Kelinni tushirgach tengqurlarim qatori etti qavat ko`rpachada o`tirib rohatlanarman, deb o`ylagandim. Chuchvarani xom sanagan ko`rinaman. Birinchi kuniyoq kelinimni oldimga olib “Endi mening qizimsiz, erkaligingizni ota uyingizga tashlab keling, bu yog`i hayot, yaxshi gap ham, arazu gina ham o`tishi mumkin. Uydagi gap uyda qolsin. Nimani tushunmasangiz o`zimdan so`rayvering” degandim. Lekin qizi tushmagur juda o`jar, o`z bilganidan qolmaydigan chiqdi. Qo`ygan har bir qadamini onasiga etkazib turadi. Chaqimchilik qilib, hammamizni teskari qilib qo`ydi. Aytaverib, tilim og`rigach, oxiri qattiqroq gapirishimga to`g`ri keldi. Darrov onasini chaqirib, ketamanga tushib qoldi. Qudam esa qizini urishib-urishib tashlab ketdi. U yoqda erkak qudamiz ham qo`ng`iroq qilib, ayb qizida ekanini aytayapti. Lekin kelin o`zini bosishni istamaydi. Xullas, qanchalik achchig`im chiqsa ham bolalarni ajratolmayman. Bu bebosh kelinni qanday tarbiya qilay? Maslahatingizga muhtojman.
Jamila, 54 yosh, Namangan viloyati
To`ti Yusupova: — Ezgu niyatlar bilan birovning erka qizini qiz qilib olibsiz-da. Ha, ba`zi yoshlar g`o`r, shartaki, o`jar bo`lishadi. O`zimiz ham vaqtidaulardek edik. Og`ir-bosiq qaynonalarimiz bizga sabr qilishgan. Farzandli bo`lib, yaxshi-yomonni ko`rib, asta-sekinlik bilan hovurimizdan tushganmiz. Hayotning o`zi yaxshi muallim, ko`p qayg`urmang. Agar bilsangiz, boshqalarning kelini ham shunaqa. Yosh-da, biz kattalarga yoqmagan bir qilig`i ortiqcha. Nachora, qaynonajon bo`lib etti qavat ko`rpachada o`tirish, savlat to`kib yurish uchun ham kelinposhshalarning fe`liga, noz-firoq qilishlariga chidashimiz kerak. Bu dunyoda qay bir ish, qay bir vazifa oson, deysiz? Hartugul, ota-onasi qizining fe`lini bilisharkan, shukr qiling, ba`zi birovlar “Qizimda ayb yo`q, qizim oppoq” deb oyoq tirab turib oladi. Yaxshi, insofli insonlarning farzandi ekan, undan yomonlik chiqmaydi. Maslahatimiz, kelin bilan gap talashmang. Axir u bolangiz tengi bola. Sizday fikrlashi uchun, sizning yoshingizga qadar yashashi, bolali bo`lib, uni ming bir azobda ulg`aytirishi kerak. Kelinni yaxshi ko`rishga harakat qiling. Eng oson tarbiya yo`li shu.
Mirabbos Mirzaahmedov: — Ikki oylik kelinchak bilan shuncha muammo yuzaga kelgani biroz tushunarsiz. To`g`ri, har bir ayol farzandiga nisbatan aytilgan so`zlarni ko`ngliga juda yaqin oladi. Qolaversa, ikki oy yoshlar bir-birini o`rganishi uchun juda oz fursat. Bunning uchun kamida 1–1,5 yil talab etiladi. Shunday ekan ularning o`zlari bir qarorga kelib olishlari uchun imkon yaratishni, bosim o`tkazmaslikni tavsiya qilaman. Turli cheklovlar va aytganingizni qildirish bilan uni tarbiya qilolmaysiz. Kelin har bir qadamini onasiga etkazib tursa, demak bu mojarolarda qudangizning ham ma`lum miqdor hissasi bor. Balki u kishi bilan gaplashib, muloqotni cheklashni kelishib olarsizlar.
Oilangizga tinchlik xotirjamlik tilayman!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар