Xiyonatkor ayol
- Категории: Hikoyalar
- Название: Xiyonatkor ayol
- Дата релиза: 10-08-14, 14:01
Qanaqadir o'zgarib
qoldi. Telefoni
jiringlasa ham
cho'chib tushadimi-
ey... "O'g'limizni
sog'ingani uchun
shunaqa xayolchan
bo'lib qolgan,
shekilli", deb o'yladim
va shu hafta
o'g'limizni olib
kelaman, dedim
o'zimga o'zim. Ammo...
O'sha
kuni ishdan biroz erta
qaytgandim. Uyga
kelsam,
xotinim yo'q ekan.
"Do'kon-po'konga
chiqqandir"
degan xayolda
divanga cho'zildim.
Lekin negadir
ko'nglim g'alati bo'la
boshladi. Odatda, kun
bo'yi
charchaganligim bois
uyga kelishim bilan
uxlab
qolardim. O'sha kuni
ko'zimga uyqu inmadi.
Xotinimga qo'ng'iroq
qildim. - Uyimizni
yonidagi
kafedan sizga ovqat
olayotgandim. Bugun
uyda
ovqat pishirgim
kelmadi, - dedi u. -
Tezroq kel, -
ko'nglim biroz
xotirjam tortib. Ammo
oradan ancha
vaqt o'tsa hamki,
undan darak bo'lmadi.
Xavotirlanib u aytgan
kafega bordim.
Borsam,
eshik qulf, qorovul
kafening yopilganiga
bir soatdan
oshganini aytdi.
Soatga qarasam -
23:35. Yana
xotinimga qo'ng'iroq
qildim. - Mana, hozir
kafedan
ovqat olyapman,
dedim-u, - dedi u
yolg'on gapirib.
-Kafening oldida
turibman, yo'qsan-ku!
Xotinim
dovdirab qoldi. - Shu
yerdaman, mana
boryapman,
-deya telefonni
o'chirib qo'ydi.
Yuragim hapqirib,
qator turgan garajlar
tomon yurdim. Shunda
xotinim lip etib bir
garaj yonidan chiqdi.
Sochlari
to'zg'ib ketgan. Tez-
tez ortiga qarab
qo'yishidan
o'sha yerda kimdir
borligini sezib,
yugurib bordim.
Bir yigit meni ko'rishi
bilan garajlarni
panalab
qochib ketdi. Miyamga
qon tepgandek bo'ldi.
-
Kim u? Yarim kechada
qayerdan kelyapsan? -
dedim baqirib. - Sizga
ovqat olaman, deb
kafega
chiqqandim. Yopiq
ekan. Nariroqdagi
kafega
borgandim... -deya
dovdiray boshladi
xotinim. -
Anavi yigit kim, deb
so'rayapman sendan?!
-
baqirig'imdan
hammayoq titrab
ketgandek bo'ldi. -
Umi?.. U meni kuzatib
qo'ydi. - Nega seni
kuzatadi? Kim o'zi u?
Taniysanmi? Xullas, uni
sudragudek bo'lib
uyga olib keldim. Bu
paytda
xotinim ancha o'zini
bosib olgan, ko'zini
lo'q qilib:
"U yigitni
tanimayman", deb
turib olgandi. Ertasi
kuniyoq uning
telefoniga kimlar
qo'ng'iroq
qilganligini bilish
uchun kompaniyaga
bordim.
Xotinim shu yaqin
kunlar ichida faqat
bitta
noma'lum raqam
kuniga to'rt-besh
martadan bir
soatga yaqin
gaplashgan ekan.
Xotinimdan
so'rasam, tan olmadi.
O'sha raqamga
qo'ng'iroq
qilgandim, bir yigit
ko'tardi-yu,
xotinimning nomini
aytishim bilan o'chirib
qo'ydi. Xullas,
xotinimni
uydan haydab
yubordim. Ota-
onamga bo'lgan
voqeani aytgandim,
ular ishonishmadi.
"Xotining
bilan yarash, balki,
yanglishgandirsan,
bitta bolang
bor axir", deya
shashtimdan
qaytarishga urinishdi.
Ammo men
adashmaganligimni,
xotinim menga
xiyonat qilganini ich-
ichimdan sezib
turardim. Shu
bois "Endi u bilan
yashamayman", deya
poytaxtga
qaytdim. Ota-onam
ortimdan "Agar u bilan
ajrashsang, sendek
o'g'limiz yo'q!" deb
qolishdi.
Bilaman, ular o'g'limni
juda yaxshi ko'rishadi,
bu
mehr hatto xiyonatkor
kelinni ham ularning
ko'ziga
oppoq
ko'rsatayotgandek.
Rosti, o'zim ham oilam
buzilishini
xohlamasdim. Ammo...
Ammo yigitlik
sha'nim, or-nomusim
bo'zlardi. Ikki o't
orasida
qovurilib yashay
boshladim. Mening
holimni oilasi
barbod bo'lgan
insonlar yaxshi
tushunsa kerak.
Hayot to'xtab
qolgandek edi go'yo...
Sarosar
yurgan shunday
kunlarimning birida
yaqin
do'stlarimdan xotinim
haqida bir-biridan
dahshatli
gaplar eshita
boshladim. U uydan
ketgach,
viloyatga borib, ota-
onamga o'zini oqlab
yig'labdi
va o'g'limni olib, yana
poytaxtga qaytibdi.
Hozir
qayerdadir ijara uyida
turib, kafeda
ofisiantlik
qilayotgan ekan.
Uning battar yomon
yo'llarga
kirib ketganini eshitib,
yuragim tirnalsa-da,
o'sha
do'stlarimga "Buni
menga isbotlay
olasizlarmi?"
dedim. Ular rozi
bo'lishdi va bir kuni
yarim kechasi
xotinim ishlaydigan
kafe yoniga
borishimni
aytishdi. Borsam,
xotinim kafe yonidagi
bog'da bir
yigit bilan skameykada
quchoqlashib o'tirgan
ekan.
O'zimni tutolmay
g'azab bilan tepasiga
bordim.
Xotinim meni ko'ri-yu,
"Sherzod aka", deya
boyagi
yigitga battar
yopishdi. Do'stlarim:
"Qo'lingni
harom qilma", deya
yo'limni to'sishdi.
Nima
qilishni bilmasdim,
bundan ko'ra
yuragimni
sug'urib olsalar yaxshi
edi. Bunday paytda
inson
yaqin kishilaridan
madad izlar ekan.
Nima
qilayotganimni bilmay
onamga qo'ng'iroq
qildim.
"Mana, maqtagan
keliningizni bittasi
bilan tutib
oldim. Endi ham
menga bolang uchun
u bilan
yasha, deysizlarmi?"
dedim alamdan titrab.
Onam:
"Nega uni poylab
yuribsan?" deb
mendan xafa
bo'ldi va jahl ustida
bo'lsa kerak, "Sendan
kechdim!" deb
yubordi. Bu gapni
eshitib, boshimga
birov tayoq bilan
urgandek bo'ldi.
Nahotki ota-
onam nabiraga
bo'lgan mehrlarini deb
mening
g'ururim poymol qilib
yashashimni
istashsa?! Endi
ikki dunyoda ham
xotinim bilan
yashamayman. U
bilan ajrashish uchun
sudga ariza
berganman.
Ammo ota-onamdan
ham judo bo'lgim
kelmaydi.
Nahotki endi ular
mendan voz
kechishsa?! Nima
qilsam, ota-onam
mening ahvolimni
tushunisharkin?
Yolg'izlik va alam-
iztiroblar jon-
jonimdan o'tayotgan
shunday kunlarda
kimdir
menga tirgak
bo'lishini istayman.
Aqlli, rostgo'y va
vafodor qizga uylanib,
farzandli bo'lib, ota-
onamga
haqiqiy baxtimni
topganligimni
isbotlagim keladi!
qoldi. Telefoni
jiringlasa ham
cho'chib tushadimi-
ey... "O'g'limizni
sog'ingani uchun
shunaqa xayolchan
bo'lib qolgan,
shekilli", deb o'yladim
va shu hafta
o'g'limizni olib
kelaman, dedim
o'zimga o'zim. Ammo...
O'sha
kuni ishdan biroz erta
qaytgandim. Uyga
kelsam,
xotinim yo'q ekan.
"Do'kon-po'konga
chiqqandir"
degan xayolda
divanga cho'zildim.
Lekin negadir
ko'nglim g'alati bo'la
boshladi. Odatda, kun
bo'yi
charchaganligim bois
uyga kelishim bilan
uxlab
qolardim. O'sha kuni
ko'zimga uyqu inmadi.
Xotinimga qo'ng'iroq
qildim. - Uyimizni
yonidagi
kafedan sizga ovqat
olayotgandim. Bugun
uyda
ovqat pishirgim
kelmadi, - dedi u. -
Tezroq kel, -
ko'nglim biroz
xotirjam tortib. Ammo
oradan ancha
vaqt o'tsa hamki,
undan darak bo'lmadi.
Xavotirlanib u aytgan
kafega bordim.
Borsam,
eshik qulf, qorovul
kafening yopilganiga
bir soatdan
oshganini aytdi.
Soatga qarasam -
23:35. Yana
xotinimga qo'ng'iroq
qildim. - Mana, hozir
kafedan
ovqat olyapman,
dedim-u, - dedi u
yolg'on gapirib.
-Kafening oldida
turibman, yo'qsan-ku!
Xotinim
dovdirab qoldi. - Shu
yerdaman, mana
boryapman,
-deya telefonni
o'chirib qo'ydi.
Yuragim hapqirib,
qator turgan garajlar
tomon yurdim. Shunda
xotinim lip etib bir
garaj yonidan chiqdi.
Sochlari
to'zg'ib ketgan. Tez-
tez ortiga qarab
qo'yishidan
o'sha yerda kimdir
borligini sezib,
yugurib bordim.
Bir yigit meni ko'rishi
bilan garajlarni
panalab
qochib ketdi. Miyamga
qon tepgandek bo'ldi.
-
Kim u? Yarim kechada
qayerdan kelyapsan? -
dedim baqirib. - Sizga
ovqat olaman, deb
kafega
chiqqandim. Yopiq
ekan. Nariroqdagi
kafega
borgandim... -deya
dovdiray boshladi
xotinim. -
Anavi yigit kim, deb
so'rayapman sendan?!
-
baqirig'imdan
hammayoq titrab
ketgandek bo'ldi. -
Umi?.. U meni kuzatib
qo'ydi. - Nega seni
kuzatadi? Kim o'zi u?
Taniysanmi? Xullas, uni
sudragudek bo'lib
uyga olib keldim. Bu
paytda
xotinim ancha o'zini
bosib olgan, ko'zini
lo'q qilib:
"U yigitni
tanimayman", deb
turib olgandi. Ertasi
kuniyoq uning
telefoniga kimlar
qo'ng'iroq
qilganligini bilish
uchun kompaniyaga
bordim.
Xotinim shu yaqin
kunlar ichida faqat
bitta
noma'lum raqam
kuniga to'rt-besh
martadan bir
soatga yaqin
gaplashgan ekan.
Xotinimdan
so'rasam, tan olmadi.
O'sha raqamga
qo'ng'iroq
qilgandim, bir yigit
ko'tardi-yu,
xotinimning nomini
aytishim bilan o'chirib
qo'ydi. Xullas,
xotinimni
uydan haydab
yubordim. Ota-
onamga bo'lgan
voqeani aytgandim,
ular ishonishmadi.
"Xotining
bilan yarash, balki,
yanglishgandirsan,
bitta bolang
bor axir", deya
shashtimdan
qaytarishga urinishdi.
Ammo men
adashmaganligimni,
xotinim menga
xiyonat qilganini ich-
ichimdan sezib
turardim. Shu
bois "Endi u bilan
yashamayman", deya
poytaxtga
qaytdim. Ota-onam
ortimdan "Agar u bilan
ajrashsang, sendek
o'g'limiz yo'q!" deb
qolishdi.
Bilaman, ular o'g'limni
juda yaxshi ko'rishadi,
bu
mehr hatto xiyonatkor
kelinni ham ularning
ko'ziga
oppoq
ko'rsatayotgandek.
Rosti, o'zim ham oilam
buzilishini
xohlamasdim. Ammo...
Ammo yigitlik
sha'nim, or-nomusim
bo'zlardi. Ikki o't
orasida
qovurilib yashay
boshladim. Mening
holimni oilasi
barbod bo'lgan
insonlar yaxshi
tushunsa kerak.
Hayot to'xtab
qolgandek edi go'yo...
Sarosar
yurgan shunday
kunlarimning birida
yaqin
do'stlarimdan xotinim
haqida bir-biridan
dahshatli
gaplar eshita
boshladim. U uydan
ketgach,
viloyatga borib, ota-
onamga o'zini oqlab
yig'labdi
va o'g'limni olib, yana
poytaxtga qaytibdi.
Hozir
qayerdadir ijara uyida
turib, kafeda
ofisiantlik
qilayotgan ekan.
Uning battar yomon
yo'llarga
kirib ketganini eshitib,
yuragim tirnalsa-da,
o'sha
do'stlarimga "Buni
menga isbotlay
olasizlarmi?"
dedim. Ular rozi
bo'lishdi va bir kuni
yarim kechasi
xotinim ishlaydigan
kafe yoniga
borishimni
aytishdi. Borsam,
xotinim kafe yonidagi
bog'da bir
yigit bilan skameykada
quchoqlashib o'tirgan
ekan.
O'zimni tutolmay
g'azab bilan tepasiga
bordim.
Xotinim meni ko'ri-yu,
"Sherzod aka", deya
boyagi
yigitga battar
yopishdi. Do'stlarim:
"Qo'lingni
harom qilma", deya
yo'limni to'sishdi.
Nima
qilishni bilmasdim,
bundan ko'ra
yuragimni
sug'urib olsalar yaxshi
edi. Bunday paytda
inson
yaqin kishilaridan
madad izlar ekan.
Nima
qilayotganimni bilmay
onamga qo'ng'iroq
qildim.
"Mana, maqtagan
keliningizni bittasi
bilan tutib
oldim. Endi ham
menga bolang uchun
u bilan
yasha, deysizlarmi?"
dedim alamdan titrab.
Onam:
"Nega uni poylab
yuribsan?" deb
mendan xafa
bo'ldi va jahl ustida
bo'lsa kerak, "Sendan
kechdim!" deb
yubordi. Bu gapni
eshitib, boshimga
birov tayoq bilan
urgandek bo'ldi.
Nahotki ota-
onam nabiraga
bo'lgan mehrlarini deb
mening
g'ururim poymol qilib
yashashimni
istashsa?! Endi
ikki dunyoda ham
xotinim bilan
yashamayman. U
bilan ajrashish uchun
sudga ariza
berganman.
Ammo ota-onamdan
ham judo bo'lgim
kelmaydi.
Nahotki endi ular
mendan voz
kechishsa?! Nima
qilsam, ota-onam
mening ahvolimni
tushunisharkin?
Yolg'izlik va alam-
iztiroblar jon-
jonimdan o'tayotgan
shunday kunlarda
kimdir
menga tirgak
bo'lishini istayman.
Aqlli, rostgo'y va
vafodor qizga uylanib,
farzandli bo'lib, ota-
onamga
haqiqiy baxtimni
topganligimni
isbotlagim keladi!
Смс Шерлар