Главная » Hikoyalar » "Yangi rahbarman, ammo..."
"Yangi rahbarman, ammo..."

"Yangi rahbarman, ammo..."

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: "Yangi rahbarman, ammo..."
  • Дата релиза: 07-06-14, 20:54
"Yangi rahbarman, ammo..."
- Yaqinda meni yangi jamoaga
rahbar etib tayinlashdi. To'g'risi,
oldinlari ham rahbar lavozimida
ishlab kelganim uchun "Yangi
jamoada mehnat qilish men
uchun og'ir bo'lmaydi", deb
o'ylagan edim. Lekin
yanglishgan ekanman.
Bu jamoada ishlaydigan bir ayol,
aniqrog'i, kadrlar bo'limi
boshlig'i birinchi kelgan
kunimdan menga qarshi hatti-
harakatlarini boshladi. U ko'p
yillik mehnat tajribasiga ega
bo'lganligi uchun jamoa ma'lum
ma'noda unga bo'ysunardi.
Keyin bilsam, aslida, u ayolning
maqsadi ham shu jamoaga
rahbar bo'lish ekan. Mening bu
idoraga rahbar bo'lib
tayinlanishim uning orzularini
chippakka chiqarganligi bois
meni ko'rishga ko'zi yo'q. U ayol
o'z ishini juda yaxshi bajaradi,
jon-dilidan ishlaydi. Shu sabab
men bu ayol bilan bamaslahat
ishlamoqchiman. Buning uchun
nima qilsam bo'ladi?
Vasila
Toshkent shahri
- Buning uchun ikkala tomon
ham ochiq muloqotga kirishishi
va o'rtadagi nizoli vaziyatni
yotig'i bilan hal qilishlari kerak.
Sababi, eng maqbul yechim
muhokama qilishdir. Buning
uchun uchinchi odam o'rtada
tursa, yomon bo'lmaydi. Bu
usulning samaradorligi
shundaki, nizoga aralashgan
shaxs ikkala tomonning ham
aybini, ular tomonidan yo'l
qo'yilgan xatolarni xolis o'rtaga
tashlaydi va eng muhimi, har bir
shaxs o'z burch hamda
mas'uliyatlarini taroziga solish
kerakligi uqtiriladi. Natijada
o'rtadagi vaziyat ma'lum
ma'noda yumshab, oqilona
qarorlar qabul qilish imkoniyati
tug'iladi. Ikkala tomon
janjallashgandan ko'ra, bir
qarorga kelib olishlari eng
to'g'ri yo'l ekanligini anglab
yetishlari kerak. Shundagina
vaziyat o'zgarib, tomonlar
yarashib ketishi mumkin.
Aytmoqchimizki, o'rni kelganda
rahbar psixologiya ilmidan voqif
bo'lishi nihoyatda muhim.
Yaxshi rahbar, yaxshi psixolog
bo'lishi bilan birga, haqiqiy
mehnatni qadrlay bilishi ham
kerak.
Rahbar hech qachon hodimlari
bilan nizoli vaziyatlarga
bormasligi lozim. Ana shunda u
har qanday yomon jamoda ham
o'z mavqeini saqlay oladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: