Yaxshilikka buyurgan rashk
- Категории: Hikoyalar
- Название: Yaxshilikka buyurgan rashk
- Дата релиза: 19-05-14, 11:46
Xuddi bir narsadan quruq qolganday, bu yil kuz juda erta keldi. Yaproqlar birvarkayiga duv etib uchgan hurkak qushlarday osmonga qarab emas, o'zlari istamagan holda, ilojsizlikdan oyoq osti bo'lish uchun zaminga qo'nib, yer bilan bitta bo'ldilar. Yaproqchalaridan judo bo'lib so'ppayib qolgan beo'xshov, tarvaqaylagan daraxt shoxlari xunuk ko'rinish olgandi.
Dilbar opa bekorchilikdan har kuni derazadan ko'rinib turgan osmonni, hovlidagi daraxtlarni, ularning kuz faslida turli tusga kirib so'lish, qurish va to'kilishini xuddi bemor holatini kuzatayotgan shifokorday kuzatib yotar, tabiiyki, bu hazon manzaralar majruh yuragiga vahima solardi. "Inson tabiatning bir bo'lagi, undagi har bir o'zgarish, albatta, inson kayfiyatiga ta'sir etar ekan-da", deb o'yga toldi. Balki, bunga sabab uning hozirgi nochor holatidir. Orzulariday baland, qo'li ham, bo'yi ham yetmas daraxtlarga ma'yus nigoh tashlarkan, ularni fayzli qilib turgan yashil choponlari ekanini anglab, chuqur xo'rsinib qo'ydi. "Tavba, yaproqlarisiz daraxtlar buncha tasqara bo'lishmasa, xuddi kiyim bilan ko'rkam ko'rinadigan odamlardek. Libossiz odam maktabda ko'rgan skeletlar kabi xunuk bo'ladi". Shu damda go'yo daraxt barglari kabi o'zining ham umidlari to'kilib borayotganidan, sabru toqati tugayotgan shamdek, o'chay-o'chay deb qolganidan yuragi siqildi.
To'shakka mixlanib qolganiga, mana, to'rt yildan oshyapti. Bedavo dard dastidan hali qirqqa ham bormagan bu ayolning peshonasidagi ajinlar qadam bosilaverib chuqurlashib ketgan eski so'qmoqni eslatardi. Ko'zlaridagi mungning izi shu qadar chuqur va qorong'i ediki, undan quvonchning shu'lalarini qidirib topish mushkul. Nahotki, bu kuz bilan birga uning umriga ham xotima o'qilsa!
Unda hech kim yo'q paytlari armonsiz yig'lab, zardobga to'lib ketgan yuragini bo'shatib oladi.
- Bir kechada o'zidan o'zi qo'l-oyog'im ishlamay, shol bo'lib qolsam-a! E, Xudo, bu qaysi qilgan gunohlarimning jazosi ekan? - deydi o'ziga o'zi. - Yaxshiyam, baxtimga erim bor, agar u bo'lmasa g'am-g'ussalar ostida ezilib, allaqachon adoi tamom bo'larmidim?!
Eriga ham qiyin bo'ldi, oldinlari qiynalganini unga sezdirmas edi. Ammo keyingi paytlarda, garchi xotiniga bu haqda hech narsa demagan bo'lsa-da, uning hayotdan (balki, xotinidan) norozi ekanligi sezilib qolayotgandi. Buni his etgan sari Dilbar opaning ko'ngli battar darz ketardi. Birgina qizi esa narigi qishloqqa kelin bo'lib tushgan, hadeganda yugurib kelolmas, chaqalog'i bor edi.
Dilbar sezdiki, endi tuzalib ketaman, deb qilgan toat-ibodatidan foyda yo'q. Kundan kun ahvoli yomonlashib boryapti. Chorasizlik jonidan o'tgan ayol bu kecha tun bo'yi uxlamay bir reja tuzib chiqdi.
- Dadasi, yonimga o'tiring, - dedi ertalab erini yoniga chaqirib, - sizga bir gapim bor.
- Ha, tinchlikmi o'zi? - biroz sarosimalanib so'radi eri.
- Xavotirlanmang, yomon gap emas, - Dilbar gapni nimadan boshlashni bilmay kalovlandi. - Bu gapni aytish menga ham oson emas, ammo qiynalganingizni ko'rib, yuragim siqilib ketyapti. Xullas, sizni barcha yumushlardan xalos qilsammi, deb turibman!
- E, qo'ysang-chi shunaqa diydiyolaringni! - uning gapini bo'ldi eri qo'lidagi piyolani dasturxonga shart to'ntarib. - Gaplaringdan latta isi kelyapti, yana o'sha eski gapmi, rozi-rizochilik so'rab yuragimni ezaverma. Xudo xohlasa tuzalib ketasan, dard bergan Egam shifosini ham berar, xotin, besabr bo'lma!
- Shoshmang, berdisini aytguncha urib o'ldirasiz-a! Ko'rib turibman, ham ish, ham menga qarash sizga oson emas. Menga bir qarovchi olsakmi yoki sizni birortasiga uylantirib qo'ysakmi, deb turibmiz.
- A?! Turibmiz?! Buning orqasida yana kim bor?
- Kuni kecha bu haqda onangiz bilan maslahatlashgan edik, u kishi biror ayolni topishga urinib ko'ray, dedi.
Dilbar shu joyda biroz yolg'on ishlatdi. Go'yo onasini qo'shib gapirsa, eri: "Onam aytsa ham bunga rozi bo'lmayman!" deyishini istar edi u.
- Shu gaplarni sen aytayapsanmi, es-hushing joyidami, xotin? Bema'ni gapni qo'y, - dedi eri. To'g'risi, u keyingi paytlarda azbaroyi qiynalib ketganidan xotinining tezroq o'lishini istab qolgandi. Hozir shuncha yillik azoblardan xalos bo'lishini o'ylab, bu gap moydek yoqib, ko'ngli yorishgan bo'lsa-da, yolg'ondakam qovog'ini o'ydi. - Bu gapni bir gapirding, boshqa gapirma, sendan boshqa menga hech kim kerak emas, bildingmi?
- Men sizning xizmatingizni qilish o'rniga mana bunday yalpayib yotibman, bu kasallikning oxiri ko'rinmaydigandek. Uylansangiz, u menga ham qarasharmidi, deb o'ylayman-da.
- Qo'y, xotin, sen ham ataylabdan kasal bo'lganing yo'q-ku? Tuzalib qolarsan. Hademay ko'rmagandek bo'lib ketamiz, - dedi Halilbek. Ammo ichida: "Aqlingga balli, bor ekansan-ku", deb o'yladi. Xotinining o'zidan bunday "tashabbus" chiqishini anchadan beri poylab turgandi. Ro'zg'or tashvishi, bir joyda yotib qolgan kasal ayolga qarash uning tinka-madorini quritib yuborgandi. Halilbek yuragida chopayotgan betizgin ot dupurini zo'rg'a bosib, o'zini beparvo ko'rsatishga harakat qildi.
- Ilojimiz qancha, peshonamizning sho'ri bor ekan, siz ham mening davrimda barcha yumushlardan ozod bo'lib, bir o'ynab-kuling, - Dilbar bu gaplarni aytishga aytib qo'yib, "Ishqilib erim rozi bo'lib qolmasin-da", deb hadiksirardi.
- Noumid bo'lma, illo-billo sendan boshqasini demayman, - Halilbek xursandchiligini sezdirmaslik uchun ataylab shunday dedi-yu, ammo birdan tilini tishlab qoldi. "So'zidan qaytib qolsa-ya", degan xayolda shosha-pisha gapni hazilga burdi. - Agar o'zing majbur etmasang!
- Ha, yoqmay qolsin-a! - dedi Dilbar erining hazilidan biroz kayfiyati ko'tarilib. - Men yosh xotinga uylantirib qo'yaman, desam-u, siz noz qilasizmi hali?!
Bir necha kun o'tgach, Halilbekning onasi unga keksa onasi bilan yashaydigan, eri o'lgan yoshgina bevaning daragini topib keldi.
- Xudoga shukr, o'g'limning ham yelkasiga oftob tegadigan kun bor ekan! - dedi ona og'ir tin olib. Chunki u o'g'lining ahvolini ko'rib, yuragi tuzdek achishar, "Boshqasiga uylan", deyishga tili bormayotgandi.
U xotinining gapiga bir ishonib, bir ishongisi kelmasdi. Dilbarning fe'lini yaxshi bilgani uchun yuragining allaqayerida hadik, shubha-gumonlar ichida bir nimasini yo'qotgan odamdek besaranjom etdi...
Nihoyat, birov bilib, birov bilmay, yeng uchida nikoh o'qitildi. Hovlining bu burchagidagi uyda Dilbar yashasa, narigi burchagidagi kichikroq uyga "kelin-kuyov" joylashishdi.
Keldi-ketdi bo'lib turgan paytlar uncha bilinmagan ekan. Ammo qorong'i tushishi bilan Dilbarni vahima bosdi. Har kuni yonida goh pishillab, goho xurrak otib yotadigan pahlavoni endi yot quchoqda. Bu xayoldan uning dardu dunyosi qorong'i bo'lib ketdi. Nahot, shunday erini o'z qo'li bilan begona ayolga bersa?! Umidsizlik va tushkunlik lashkarlari Dilbarning yuragiga ayovsiz bostirib kirar, alamdan to'lg'onib, nima qilishini bilmasdi. "Yig'lasam yuragim bo'shaydi, deb xomtama bo'lma, Dilbar, yuraging g'amu hasratga endi to'ladi. Bu hali holvasi, chidolmas ekansan, nima qilarding kattalik qilib, erni uylantirib... Endi chidaysan. Chida, chida!" derdi o'ziga o'zi taskin berishga urunib.
Dilbarning onasi eskicha ilmlardan biroz xabardor, bardoshli ayol edi. U bir kuni qizining oldiga kelganida:
- Bolam, bu dunyoda har bir narsaga sabr qilib, chidasa bo'ladi, ammo kundosh azobiga chidash mushkul. Bu dunyoda kundosh azobida yongan ayolga narigi dunyoda do'zox o'ti harom ekan. Chunki kundoshlik azobi nafaqat yuraging, balki so'ngaklaringgacha jizg'anak etar ekan. Chidamas ekansan, eringni uylantirib nima qilarding? - dedi.
- Men, aslida, uni bir sinab ko'ray degandim. Erim menga xotin kerak emas, yaxshisi, senga qarovchi topay, desa kerak, deb qattiq ishongandim. Shunday qaysar odamning gapimga darrov ko'na qolishini, xotin deb o'lib turganini qayoqdan bilay?!
Ona chuqur uf tortdi.
- Erkak zotiga ishonch yo'q, qizim. "Bandaning ming yugurgani, taqdirning bir buyurgani", deydilar. Bolam, iloyo, yaxshilikka bo'lsin bu ishlar!
- Onajon, o'zingiz aytganday bu azobdan ortiq yana qanday kulfat bor? Tanamning dardi bir chetda qolib ketdi. O'z baxtimni o'zim yarim qildim. Yana nimasi yaxshilikka bo'ladi, onajon, ayting!
- Senga Xudo sabr bersin, bolam.
Onasining taskin-tasallilari Dilbarning hushini ancha o'ziga keltirgan bo'lsa-da, achchiq pushaymonlik tuyg'usi uncha uzoqda bo'lmagan raqibasini yer bilan yakson qilishga undardi. "Ular nima qilishayotgan ekan-a? Baloga yo'liqqur erim o'sha ayolni bag'riga bosib, erkalayotgandir", xayolidan o'tkazdi Dilbar. Lekin achchiq taqdirga la'nat o'qirkan, alamiga chidolmasdan talvasalanib, o'zini u yoqdan bu yoqqa tashlagandi, birdan divandan tap etib polga quladi. So'ngra jonholatda eshik tomonga dumaladi. Eshikni boshi bilan ochib, pastga ag'anab tushdi. Hovlida tuproqqa belanib yotar ekan, qorong'ida hech narsa ko'rinmas, oy shu'lasi g'ira-shira tushib turgan borliqda u bilan birovning ishi yo'q edi. Dilbar esa nima qilayotganini o'zi bilmasdi. Birozdan so'ng bor kuchini to'plab, yonboshiga ag'darildi. Shu payt hovlidagi atirgullarning bir qarich qurigan tikanli poyasi beliga sanchildi, qo'llariga tikan kirib, qon siza boshladi. Ammo u rashkning kuchi bilan o'g'riqni sezmas, telbalarcha olg'a intilardi. Yana bir-ikki marta dumalasa, tikanli gullar pushtasidan o'tib oladi. "Ey Xudo, O'zing madad ber! Erimning jazosini o'zing ber", deya iltijo qilardi-yu, lekin o'ziga sabr so'rash xayoliga ham kelmasdi. Shu tobda uning barcha tortgan azob-u ko'rgiliklariga go'yo eri sababchidek edi. Bir amallab tomorqaga sudralib tushgandi, yaxshi o'rilmagan makkapoyaga duch keldi. Nima qilarini bilmay, picha kalovlandi. Bo'ldi, boshqa kuchi qolmadi, endi o'lsa ham shu yerga o'ladi. "Alvido, to'ram, menday ahmoq xotinni kechiring, siz bilan xayrlashmay ham ketadigan bo'ldim", dedi o'ziga o'zi gapirib. Baqiray desa, ovozi chiqmas, yig'lay desa, ko'zining yoshi ham qurib bitgandi. Ammo chekkadagi uyga yetib borib, erini o'zganing quchog'idan chiqarish istagi shu qadar kuchli ediki, tanasiga pichoqdek sanchilayotgan poyalarga ham e'tibor bermasdi. U makkapoya jo'yasidan ming mashaqqat bilan pushtaga chiqdi, u yerdan keyingi egat ichiga tushish bir qadar oson edi. Navbatdagi pushtaga chiqish juda mushkul kechdi. Necha bor harakat qilib ko'rdi, bo'lmadi. Shunda birdan qo'llari bilan jon holatda makkapoyaga yopishib, oldinga intildi. Kutilmaganda onasining "yaxshilikka bo'lsin" degan gapi yodiga tushdi. Biroq "Erim yosh xotin olib o'tiribdi-ku, yana nimasi yaxshilikka bo'ladi?" degan o'ydan battar g'azab otiga mindi va sudralaverdi. Endi oyoqlariga ham jon kira boshlagan, ular qimirlayotgan edi. Lekin tuyg'ular junbushidan ayol buni payqamasdi ham. Dilbar shu zaylda telbalarcha sudrala-sudrala uy yoniga yetdi. Rashk-u alam kuchi bilan o'rnidan dast turib, deraza yoniga keldi. Uning tinimsiz qilgan harakatlari oyoqqa turib ketishiga sabab bo'lgandi. Ayol buni anglab, bir muddat qotib qolgandi.
- Xudoyim, men oyoqqa turdim, men tuzaldim! - dedi telbalarcha.
Yosh xotini bilan uxlab yotgan Halilbek yarim kechasi eshikning zarb bilan taraqlab ochilishidan cho'chib uyg'onib ketdi:
- Kimsan, senga nima kerak? - baqirdi eri xavotir bilan. Eshik oldida ertaklardagi alvasti kabi hansirab, zo'rg'a nafas olayotgan sharpa miq etmasdi. Qo'rquvdan yuragi yorilay degan Halil xotinini turtib, baqirdi:
- Tur o'rningdan, chiroqni yoq, tez bo'l!
Nima bo'layotganini anglab yetmagan juvon erining buyrug'idan so'ng dik etib o'rnidan turdi. Chiroq tugmasini topolmay, paypaslanarkan, sharpani payqamagan bo'lsa-da, tushunarsiz bir qo'quvdan dag'-dag' titrardi...
Chiroq yongach, er-xotin dahshatdan qotib qoldi. Ust-boshi tuproqqa belangan, qo'llari tilinib qonga botgan, ko'ylagi ilma-teshik, sochlari yoyiq, yuzlari qontalash bo'lib ketgan, loy va changga belangan kimsani ko'rib, juvonning boshidan hushi ketdi. Halil ham qo'rqib ketgan bo'lsa-da, Dilbarni tanib, biroz o'ziga keldi:
- Esing joyidami sening?! Bu yerga nega kirding? Bor ket! - dedi baqirib. Juvon qo'rqqanidan jonholatda erining orqasiga o'tib oldi. Dilbarning ko'rinishi juda ayanchli edi.
- Me-en, menman, Dilbarman! Men tuzaldim! Men yurib ketdim, dadasi! - dedi Dilbarning ko'zlari sevinchdan jiqqa yoshga to'lib. - Onam aytgani rost ekan, hammasi yaxshilikka bo'ldi, yaxshilikka bo'ldi! Xudoyimga shukr, o'zingga shukr!
Boyagina rashk o'tida qovurilgan, alam va iztiroblar yuragini chayondek chaqqan ayolning vujudiga g'alati bir shodlik quyilib kirar, u gapirgani sari o'zini yuksalib borayotgandek his etardi...

Смс Шерлар