Yo'qolgan ko'richak
- Категории: Hikoyalar
- Название: Yo'qolgan ko'richak
- Дата релиза: 12-06-14, 17:23
Ertalab. Shifokorlar xonasi. Katta
ko'zgu oldida patila sochini
tarayotgan, ko'zlari kirtaygan,
soqoli o'sgan, yuzi so'lg'in,
burni qanqaygan, qotmadan
kelgan Jarroh Qoraboyev
navbatchilikni topshiryapti.
Allaqachon oq xalati va
qalpog'ini kiyib, divanda
oyoqlarini chalishtirib, bir qo'lini
divanning orqasiga oshirib,
yastanib o'tirgan yuzi qip-qizil,
xo'ppasemiz, tepakal jarroh
Oqboyev navbatchilikni qabul
qilyapti. U kiyinib taranayotgan
Qoraboyevdan so'radi:
- Hay, qalay?
- He-e, bo'lmadi, - horg'in qo'l
siltadi Qoraboyev.
- Nega? Bemor o'lib qoldimi?
- Yo'g'-e, tirik. Tushum bo'lmadi,
do'stim, tushum. Cho'ntak
quruq.
- Ha-a, shunaqa deng. Chatoq
bo'pti. Tun bo'yi ishlaganingga
yarasha tushum bo'lib tursa,
charchaganing ham bilinmaydi-
da.
- Kechasi bilan oyoqda tik
turganimni aytmaysizmi...
- Nega? Yana nima gap?
- Tunda o'zi bittayu bitta bemor
olib kelishdi. Uning operasiyasi
bilan bo'lib tinmadik.
- Og'irmidi?
- Ko'richak...
- Ko'richak?! Nahotki yorilib
ketgan bo'lsa?
- Yo'q, yorilmagan.
- Xayriyat.
- Shu desangiz, ko'richagi
topilmay, rosa ovora qildi-da.
- Yo'g-e?!
- Rost. Bilasiz, asosiy navbatchi
jarroh Nurboyev edi...
- Xo'sh...
- Men esa yordamchi bo'ldim.
Operasiya xonasiga kirganimda
Nurboyev allaqachon
bemorning qornini yorgan
ekan. Endi desangiz, ikkovlashib
hali izlaymiz, hali izlaymiz,
ko'richak yo'q-da. Bilmayman,
bir soat izladikmi, ikki soatmi,
ichaklarni ag'dar-to'ndar qilib,
qarichma-qarich tintuv qilib
chiqdik. Yo'q. Topolmadik...
- O'hho'-o'. Bemor ham rosa
qiynalibdi-da.
- Hech so'ramang. O'ziyam
operasiyani narkozsiz
qilganmiz. Bemorning hushi
joyida. Dorining kuchi esa vaqt
o'tgan sari kamaymoqda.
Ichaklarini har tortib,
ag'darganimizda bemor "Hm-m-
m" deydi. Nurboyev esa "Jim
yoting!" deb baqiradi, so'kinadi,
- Qoraboyev labini tishlab, yerga
qaragancha bosh chayqadi, -
Nurboyev deganlaricha bor
ekan-ey...
- Xo'sh, keyin-chi?
Topdilaringmi, ishqilib?! - sabri
chidamay so'radi Oqboyev.
- He, qayerda deysiz.
Topolmadik...
- Yo'g'-e?! - Oqboyev ko'zlarini
katta-katta ochib, yoqasini
ushladi. - Tavba, xo'sh, keyin-
chi?! Nima qildinglar?!
- Axiyri Nurboyev ustozi
Sanginovni chaqirtirdi...
- Ehhe-e, yarim tunda-ya?!
Sanginovning uyi tumanning
narigi chekkasida bo'lsa.
Kelgunicha ikki soat o'tadi-ku...
- Nachora, - yelkasini qisdi
Qoraboyev, - odam yubordik.
- Bemor-chi? Qorni ochiq
yotaverdimi?
- Nimayam qilardi bechora?!
Yotadi-da. Qorniga steril doka
yopib qo'ydik.
Og'riqsizlantiruvchi ukol qildik.
O'zimiz ham chiqmagan jondan
umid, deb, kitob varaqladik.
Uyqu qochsin deb bir piyoladan
achchiq choy ichgan bo'ldik.
- He, o'lmanglar. Xo'sh, Sanginov
kelib topdimi ko'richakni?
- Yo'q! Topolmadi!
- Nima?! Shunday usta jarroh-
a?! - ko'zlari ola-kula bo'ldi
Oqboyevning.
- Ha, bu yog'ini eshiting, -
davom etdi Qoraboyev, -
Sanginov ham izlab-izlab
topolmagach, chiday olmadi:
"Ordona qolgur qayerga
yo'qoldi?!" deb baqirib
yuborgan edi, bemor cho'chib
ko'zini ochdi va "Do'xtir, nimani
izlayapsizlar?" deb so'radi.
"Nimani bo'lardi,
ko'richagingizni-da", deb
Nurboyev unga o'qraydi.
Shunda bemor: "E-e, do'xtir,
menda ko'richak yo'q. O'n yil
avval oldirib tashlaganman"
desa bo'ladimi. Hammamiz taxta
bo'lib qotib qoldik. Yordamchi
hamshira Lolaxon hushidan
ketdi. Nurboyev ko'zlari olayib,
bir bemorga qaraydi, bir
Sanginovga qaradi. Shu payt
Sanginov qarsillatib Nurboyevga
shapaloq tortib yubordi. Men
qochib qoldim. "He, ko'zing ko'r
bo'lgurlar, o'zingniyam,
meniyam qiynamay, avval
bemorning qornidagi
chandig'iga qarasalaring yoki
kasalning o'zidan, uni olib
kelgan yaqinlaridan
so'rasalaring bo'lmaydimi,
ahmoqlar?!" deya rosa
o'shqirdi. Men operasiyaga
keyinroq kirganimni aytib
qutuldim. Nurboyev esa
eshitadiganini eshitdi. Bemor
juda semiz, qorni katta ekan,
eski chandig'i ko'rinmay
ketganmish, ko'rmabdi.
- Obbo, sizlar-ey, rosa
qiynalibsizlar-da, - dedi
Oqboyev.
- Nimasini aytasiz? Sharmanda
bo'ldik, sharmanda, - dedi
Qoraboyev eshik tomon
yurarkan.
- Ha, o'zi kasali nima ekan?
Qoraboyevning yuzi burishib
ketdi:
- Ichburug'! Tag'in bu voqeani
birovga gullab yurmang-a. Sizni
o'zimniki deb aytdim.
- Yo'g'a! Qachon mendan biror
siringiz chiqqan. Sizning siringiz
mening sirim, - dedi Oqboyev
uni kuzatar ekan.
Ikki kishi bilgan gap sir
bo'larmidi? Oqboyev deganlari
erimning do'sti. Birga ulfatchilik
qilishadi. U erimga, erim menga
aytdi. Men esa sizga ilindim.
Bo'lmasa, yeganim ichimga
tushmasdi. Ammo sizga
ishonaman, boshqalarga gullab
qo'ymang-a-a!
Afsona
ko'zgu oldida patila sochini
tarayotgan, ko'zlari kirtaygan,
soqoli o'sgan, yuzi so'lg'in,
burni qanqaygan, qotmadan
kelgan Jarroh Qoraboyev
navbatchilikni topshiryapti.
Allaqachon oq xalati va
qalpog'ini kiyib, divanda
oyoqlarini chalishtirib, bir qo'lini
divanning orqasiga oshirib,
yastanib o'tirgan yuzi qip-qizil,
xo'ppasemiz, tepakal jarroh
Oqboyev navbatchilikni qabul
qilyapti. U kiyinib taranayotgan
Qoraboyevdan so'radi:
- Hay, qalay?
- He-e, bo'lmadi, - horg'in qo'l
siltadi Qoraboyev.
- Nega? Bemor o'lib qoldimi?
- Yo'g'-e, tirik. Tushum bo'lmadi,
do'stim, tushum. Cho'ntak
quruq.
- Ha-a, shunaqa deng. Chatoq
bo'pti. Tun bo'yi ishlaganingga
yarasha tushum bo'lib tursa,
charchaganing ham bilinmaydi-
da.
- Kechasi bilan oyoqda tik
turganimni aytmaysizmi...
- Nega? Yana nima gap?
- Tunda o'zi bittayu bitta bemor
olib kelishdi. Uning operasiyasi
bilan bo'lib tinmadik.
- Og'irmidi?
- Ko'richak...
- Ko'richak?! Nahotki yorilib
ketgan bo'lsa?
- Yo'q, yorilmagan.
- Xayriyat.
- Shu desangiz, ko'richagi
topilmay, rosa ovora qildi-da.
- Yo'g-e?!
- Rost. Bilasiz, asosiy navbatchi
jarroh Nurboyev edi...
- Xo'sh...
- Men esa yordamchi bo'ldim.
Operasiya xonasiga kirganimda
Nurboyev allaqachon
bemorning qornini yorgan
ekan. Endi desangiz, ikkovlashib
hali izlaymiz, hali izlaymiz,
ko'richak yo'q-da. Bilmayman,
bir soat izladikmi, ikki soatmi,
ichaklarni ag'dar-to'ndar qilib,
qarichma-qarich tintuv qilib
chiqdik. Yo'q. Topolmadik...
- O'hho'-o'. Bemor ham rosa
qiynalibdi-da.
- Hech so'ramang. O'ziyam
operasiyani narkozsiz
qilganmiz. Bemorning hushi
joyida. Dorining kuchi esa vaqt
o'tgan sari kamaymoqda.
Ichaklarini har tortib,
ag'darganimizda bemor "Hm-m-
m" deydi. Nurboyev esa "Jim
yoting!" deb baqiradi, so'kinadi,
- Qoraboyev labini tishlab, yerga
qaragancha bosh chayqadi, -
Nurboyev deganlaricha bor
ekan-ey...
- Xo'sh, keyin-chi?
Topdilaringmi, ishqilib?! - sabri
chidamay so'radi Oqboyev.
- He, qayerda deysiz.
Topolmadik...
- Yo'g'-e?! - Oqboyev ko'zlarini
katta-katta ochib, yoqasini
ushladi. - Tavba, xo'sh, keyin-
chi?! Nima qildinglar?!
- Axiyri Nurboyev ustozi
Sanginovni chaqirtirdi...
- Ehhe-e, yarim tunda-ya?!
Sanginovning uyi tumanning
narigi chekkasida bo'lsa.
Kelgunicha ikki soat o'tadi-ku...
- Nachora, - yelkasini qisdi
Qoraboyev, - odam yubordik.
- Bemor-chi? Qorni ochiq
yotaverdimi?
- Nimayam qilardi bechora?!
Yotadi-da. Qorniga steril doka
yopib qo'ydik.
Og'riqsizlantiruvchi ukol qildik.
O'zimiz ham chiqmagan jondan
umid, deb, kitob varaqladik.
Uyqu qochsin deb bir piyoladan
achchiq choy ichgan bo'ldik.
- He, o'lmanglar. Xo'sh, Sanginov
kelib topdimi ko'richakni?
- Yo'q! Topolmadi!
- Nima?! Shunday usta jarroh-
a?! - ko'zlari ola-kula bo'ldi
Oqboyevning.
- Ha, bu yog'ini eshiting, -
davom etdi Qoraboyev, -
Sanginov ham izlab-izlab
topolmagach, chiday olmadi:
"Ordona qolgur qayerga
yo'qoldi?!" deb baqirib
yuborgan edi, bemor cho'chib
ko'zini ochdi va "Do'xtir, nimani
izlayapsizlar?" deb so'radi.
"Nimani bo'lardi,
ko'richagingizni-da", deb
Nurboyev unga o'qraydi.
Shunda bemor: "E-e, do'xtir,
menda ko'richak yo'q. O'n yil
avval oldirib tashlaganman"
desa bo'ladimi. Hammamiz taxta
bo'lib qotib qoldik. Yordamchi
hamshira Lolaxon hushidan
ketdi. Nurboyev ko'zlari olayib,
bir bemorga qaraydi, bir
Sanginovga qaradi. Shu payt
Sanginov qarsillatib Nurboyevga
shapaloq tortib yubordi. Men
qochib qoldim. "He, ko'zing ko'r
bo'lgurlar, o'zingniyam,
meniyam qiynamay, avval
bemorning qornidagi
chandig'iga qarasalaring yoki
kasalning o'zidan, uni olib
kelgan yaqinlaridan
so'rasalaring bo'lmaydimi,
ahmoqlar?!" deya rosa
o'shqirdi. Men operasiyaga
keyinroq kirganimni aytib
qutuldim. Nurboyev esa
eshitadiganini eshitdi. Bemor
juda semiz, qorni katta ekan,
eski chandig'i ko'rinmay
ketganmish, ko'rmabdi.
- Obbo, sizlar-ey, rosa
qiynalibsizlar-da, - dedi
Oqboyev.
- Nimasini aytasiz? Sharmanda
bo'ldik, sharmanda, - dedi
Qoraboyev eshik tomon
yurarkan.
- Ha, o'zi kasali nima ekan?
Qoraboyevning yuzi burishib
ketdi:
- Ichburug'! Tag'in bu voqeani
birovga gullab yurmang-a. Sizni
o'zimniki deb aytdim.
- Yo'g'a! Qachon mendan biror
siringiz chiqqan. Sizning siringiz
mening sirim, - dedi Oqboyev
uni kuzatar ekan.
Ikki kishi bilgan gap sir
bo'larmidi? Oqboyev deganlari
erimning do'sti. Birga ulfatchilik
qilishadi. U erimga, erim menga
aytdi. Men esa sizga ilindim.
Bo'lmasa, yeganim ichimga
tushmasdi. Ammo sizga
ishonaman, boshqalarga gullab
qo'ymang-a-a!
Afsona
Смс Шерлар