Yomon xotinlar qayerdan paydo bo'ladi?
- Категории: Hikoyalar
- Название: Yomon xotinlar qayerdan paydo bo'ladi?
- Дата релиза: 10-06-14, 09:29
Yigit qizning benihoya
suluvligini ko'rib unga
uylanishga ahd qildi.
Atrofdagilar nimalar demadi? U
parvo qilmadi.
- Men baxtimni faqat shu qizda
ko'ryapman, onajon. Istaymanki,
shu qiz bilan menga xayrli hayot
taqdir qilingan bo'lsin.
Uning istagiga ota-ona,
qarindosh-urug' qarshi
bormadi. To'ydan avval u
bo'lajak rafiqasining to'y libosi
bilan qiziqdi.
- Dugonalarim shunday libos
kiyganida men ham xuddi
shunaqasidan kiyaman, deb
orzu qilgandim, - dedi qiz
yelkasi, yengi yoqasi yo'q
allambalo narsaga zo'r qiziqish
bilan tikilib. - Bu hozir eng
so'nggi urfdagi ko'ylak,
Italiyadan olib kelingan...
- Go'zalim, senday chiroyli, oqila
qizga bunday libos
yarashmaydi. Qaytanga, sen
shunday iboli, yarashiqli libosda
nikoh kechasini yashnatginki,
bo'y qizlar senga o'xshab
dunyoning eng go'zal
kelinchagi bo'lishni niyat
qilsinlar. Sen emas, senga havas
qilsinlar, chiroyligim!..
Qiz rad etishga chog'landi,
biroq bo'lg'usi zavjining
nigohlaridagi qat'iyat va
muhabbat e'tirozdan chekintirdi
uni. To'y bazmiga tashrif
buyurgan mehmonlar
kelinchakning husnu jamolidan
hayratda qoldilar. Ayniqsa,
ertakdagi malikalarning kiyimini
eslatuvchi milliy liboslarimizning
zamonaviy ko'rinishdagi bichimi
qiz uzatish, yigit uylash orzusida
yurgan onalarning, bo'y qizlaru
bo'y yigitlarning orzusiga
aylandi. Kayvoni onaxonlaru
duogo'y otaxonlarning
chehrasiga mamnunlik balqdi:
"Ofarin, to'y kuni odamday,
ayolday kiyinsa, sharmu hayo
bilan yuzidagi parda bilan
nigohlarini begona ko'zlardan
pana qilsa bo'lar ekanu! Eh, bu
qizni dunyoga keltirib,
tarbiyalagan ota-onasiga ming
rahmat!"
Nikohdan keyin kelinchak
chiroyli salom bilan kuyovga
peshvoz chiqqandi, yigit
juftining oppoq barmoqlari
husniga rahna solib turgan
bo'yalgan uzun tirnoqlariga
qaradi:
- Jonim, bu ne hol? Bundan
buyog'iga onajonimizning
oshxonalari, kapgiru
cho'michlarini sening
buyumingga aylandi. Uzun
tirnoqlarda oshxonada taom
tayyorlash, kir yuvib, uy tozalash
senga mushkul emasmi? "Men
shunga o'rganganman" dersan.
Shunday ham bo'la qolsin,
go'zalim, ammo bu tarzda
yurish gigienaga ham to'g'ri
kelmaydi. Yana keksalar
"Tirnoqlar ostida shayton
bolalaydi" deydilar. Men
qo'llaringda farishtalar
o'ynashini, yurgan yo'llaringga
huru malikalar gul sochishini
istayman. Endi sen mening
izmimdasan, mening jonimsan,
bunday ortiqcha
"bezak"laringga xohishim yo'q.
Senga oddiylik va samimiylik,
hech kimga o'xshamaslik
yarashadi...
Bu e'tirof aralash e'tirozdan
so'ng kelinchakning nozik
barmoqlari og'ir yuklardan
xalos bo'ldi. Oppoq, mayin
barmoqlar laklanmagan, top-
toza tirnoqlar bilan yanada
go'zallashadi.
"Voajab, nega shunga o'zim
ahamiyat bermagan ekanman-
a? Uzun tirnoqlarda yurganimda
qo'limga xuddi og'ir narsa
ushlab olgandek edim, endi
barmoqlarim yengil..." Kelinchak
barmoqlariga qarab o'ylanib
qoldi.
Shu tariqa yigit juftini
muloyimlik bilan o'zgartirishga
kirishdi. Ortiqcha pardozdan
voz kechilgandi kelinchakning
yuzi avvalgidan-da nurli
chehraga aylandi. Yillar shamoli
bir paytlari odamlar tannoz,
sovuq suvga qo'l urmaydi deya
"ta'riflagan" suluv qizni
mehribon rafiqa, g'amxo'r ona,
uddaburon uy bekasiga
aylantirdi.
Bir kuni yosh bolalari bilan
o'ralashib, erining xonasini
tartibga keltirishni unutib
qoldirgan ayolni jufti
odatdagidek muloyimlik bilan
"jazoladi".
Nonushtadan so'ng ishga
chog'langan erning xayoliga
tuqus bir hafta oldin ishlaydigan
xonasida qoldirgan kerakli
hujjatlar tushdi. Ishxonadagi
surunkali tekshiruvlardan
charchab kelib, uyidagi ish
kabinetiga kirishga fursat
qilolmasdi. Bugun
tekshiruvlarga kerak bo'ladigan
hujjatlarni bir hafta oldin uyiga
olib kelib ishlagandi. Er ish
xonasiga kirib yoyilib yotgan
qog'oz-kitoblar, chang bosgan
ish stoliga va kompyuter stoliga
qarab avval biroz jahli chiqdi.
So'ng odatdagidek g'azabini
mayin tabassum bilan yengdi-
da, yana bir saboq uchun tadbir
topdi. U chang bosib yotgan ish
stoliga "Alloh taqdir qilgan umr
yo'ldoshim, jufti halolim, seni
jonimdan ortiq ko'raman",
xuddi o'sha holatdagi
kompyuter stoliga esa
"Farzandlarimning onasi,
onajonimning sevimli kelini,
qalbim ardog'idagi malagim,
umring barakotli bo'lsin!" deb
yozib qo'ydi-da, bolalarini
ovqatlantirayotgan ayoliga mehr
bilan dedi:
- Onajonisi, iltimos, ish
xonamdan bir hafta oldin olib
kelgan hujjatlarni olib chiqib
ber, haligi yashil jildga solingan-
chi...
Ayol xonadan chiqib, jildni eriga
uzatar ekan, yuzida iymanish va
xijolatli tabassum o'ynardi. U
erining nima demoqchiligini
tushungan, bundan keyin
bolalarga ham qarab, uyning
tozaligiga ham jiddiy e'tibor
qaratishni ahd qilgandi.
Xato qilgan ayoliga yomon
muomala qilmasdan, balki uning
aybini go'zal shaklda
tushuntirib, noqulay va
ko'ngilsiz vaziyatni
xursandchilikka aylantirgan aqlli
erning oqilona tadbirlari
Oiladagi totuvlikni
mustahkamlaydi. Mana shunday
beozor tarbiya saboqlari bilan
baxt sari borayotgan juftlar
haqiqiy muhabbatli, chinakam
baxtiyor oilalardir. Yomon xotin
qayerdan paydo bo'ladi, degan
gapning ma'nosini endi
mulohaza qildingizmi? Inson
xato qiladi, adashadi,
yanglishadi. O'sha yanglish
yo'lda yurgan muloyimlik va
mehr bilan to'g'ri yo'lga
boshlash saodat kalitini qo'lga
kiritish demakdir. Ayniqsa,
bunday vazminlik bilan oila
qo'rg'oni yanada
mustahkamlanadi, ayol o'zini
sevimli, kerakli va eng muhimi
hamma havas qiladigan rafiqa
hisoblaydi. Baxtiyor erkak
uchun shuning o'zi yetarli
emasmi?
suluvligini ko'rib unga
uylanishga ahd qildi.
Atrofdagilar nimalar demadi? U
parvo qilmadi.
- Men baxtimni faqat shu qizda
ko'ryapman, onajon. Istaymanki,
shu qiz bilan menga xayrli hayot
taqdir qilingan bo'lsin.
Uning istagiga ota-ona,
qarindosh-urug' qarshi
bormadi. To'ydan avval u
bo'lajak rafiqasining to'y libosi
bilan qiziqdi.
- Dugonalarim shunday libos
kiyganida men ham xuddi
shunaqasidan kiyaman, deb
orzu qilgandim, - dedi qiz
yelkasi, yengi yoqasi yo'q
allambalo narsaga zo'r qiziqish
bilan tikilib. - Bu hozir eng
so'nggi urfdagi ko'ylak,
Italiyadan olib kelingan...
- Go'zalim, senday chiroyli, oqila
qizga bunday libos
yarashmaydi. Qaytanga, sen
shunday iboli, yarashiqli libosda
nikoh kechasini yashnatginki,
bo'y qizlar senga o'xshab
dunyoning eng go'zal
kelinchagi bo'lishni niyat
qilsinlar. Sen emas, senga havas
qilsinlar, chiroyligim!..
Qiz rad etishga chog'landi,
biroq bo'lg'usi zavjining
nigohlaridagi qat'iyat va
muhabbat e'tirozdan chekintirdi
uni. To'y bazmiga tashrif
buyurgan mehmonlar
kelinchakning husnu jamolidan
hayratda qoldilar. Ayniqsa,
ertakdagi malikalarning kiyimini
eslatuvchi milliy liboslarimizning
zamonaviy ko'rinishdagi bichimi
qiz uzatish, yigit uylash orzusida
yurgan onalarning, bo'y qizlaru
bo'y yigitlarning orzusiga
aylandi. Kayvoni onaxonlaru
duogo'y otaxonlarning
chehrasiga mamnunlik balqdi:
"Ofarin, to'y kuni odamday,
ayolday kiyinsa, sharmu hayo
bilan yuzidagi parda bilan
nigohlarini begona ko'zlardan
pana qilsa bo'lar ekanu! Eh, bu
qizni dunyoga keltirib,
tarbiyalagan ota-onasiga ming
rahmat!"
Nikohdan keyin kelinchak
chiroyli salom bilan kuyovga
peshvoz chiqqandi, yigit
juftining oppoq barmoqlari
husniga rahna solib turgan
bo'yalgan uzun tirnoqlariga
qaradi:
- Jonim, bu ne hol? Bundan
buyog'iga onajonimizning
oshxonalari, kapgiru
cho'michlarini sening
buyumingga aylandi. Uzun
tirnoqlarda oshxonada taom
tayyorlash, kir yuvib, uy tozalash
senga mushkul emasmi? "Men
shunga o'rganganman" dersan.
Shunday ham bo'la qolsin,
go'zalim, ammo bu tarzda
yurish gigienaga ham to'g'ri
kelmaydi. Yana keksalar
"Tirnoqlar ostida shayton
bolalaydi" deydilar. Men
qo'llaringda farishtalar
o'ynashini, yurgan yo'llaringga
huru malikalar gul sochishini
istayman. Endi sen mening
izmimdasan, mening jonimsan,
bunday ortiqcha
"bezak"laringga xohishim yo'q.
Senga oddiylik va samimiylik,
hech kimga o'xshamaslik
yarashadi...
Bu e'tirof aralash e'tirozdan
so'ng kelinchakning nozik
barmoqlari og'ir yuklardan
xalos bo'ldi. Oppoq, mayin
barmoqlar laklanmagan, top-
toza tirnoqlar bilan yanada
go'zallashadi.
"Voajab, nega shunga o'zim
ahamiyat bermagan ekanman-
a? Uzun tirnoqlarda yurganimda
qo'limga xuddi og'ir narsa
ushlab olgandek edim, endi
barmoqlarim yengil..." Kelinchak
barmoqlariga qarab o'ylanib
qoldi.
Shu tariqa yigit juftini
muloyimlik bilan o'zgartirishga
kirishdi. Ortiqcha pardozdan
voz kechilgandi kelinchakning
yuzi avvalgidan-da nurli
chehraga aylandi. Yillar shamoli
bir paytlari odamlar tannoz,
sovuq suvga qo'l urmaydi deya
"ta'riflagan" suluv qizni
mehribon rafiqa, g'amxo'r ona,
uddaburon uy bekasiga
aylantirdi.
Bir kuni yosh bolalari bilan
o'ralashib, erining xonasini
tartibga keltirishni unutib
qoldirgan ayolni jufti
odatdagidek muloyimlik bilan
"jazoladi".
Nonushtadan so'ng ishga
chog'langan erning xayoliga
tuqus bir hafta oldin ishlaydigan
xonasida qoldirgan kerakli
hujjatlar tushdi. Ishxonadagi
surunkali tekshiruvlardan
charchab kelib, uyidagi ish
kabinetiga kirishga fursat
qilolmasdi. Bugun
tekshiruvlarga kerak bo'ladigan
hujjatlarni bir hafta oldin uyiga
olib kelib ishlagandi. Er ish
xonasiga kirib yoyilib yotgan
qog'oz-kitoblar, chang bosgan
ish stoliga va kompyuter stoliga
qarab avval biroz jahli chiqdi.
So'ng odatdagidek g'azabini
mayin tabassum bilan yengdi-
da, yana bir saboq uchun tadbir
topdi. U chang bosib yotgan ish
stoliga "Alloh taqdir qilgan umr
yo'ldoshim, jufti halolim, seni
jonimdan ortiq ko'raman",
xuddi o'sha holatdagi
kompyuter stoliga esa
"Farzandlarimning onasi,
onajonimning sevimli kelini,
qalbim ardog'idagi malagim,
umring barakotli bo'lsin!" deb
yozib qo'ydi-da, bolalarini
ovqatlantirayotgan ayoliga mehr
bilan dedi:
- Onajonisi, iltimos, ish
xonamdan bir hafta oldin olib
kelgan hujjatlarni olib chiqib
ber, haligi yashil jildga solingan-
chi...
Ayol xonadan chiqib, jildni eriga
uzatar ekan, yuzida iymanish va
xijolatli tabassum o'ynardi. U
erining nima demoqchiligini
tushungan, bundan keyin
bolalarga ham qarab, uyning
tozaligiga ham jiddiy e'tibor
qaratishni ahd qilgandi.
Xato qilgan ayoliga yomon
muomala qilmasdan, balki uning
aybini go'zal shaklda
tushuntirib, noqulay va
ko'ngilsiz vaziyatni
xursandchilikka aylantirgan aqlli
erning oqilona tadbirlari
Oiladagi totuvlikni
mustahkamlaydi. Mana shunday
beozor tarbiya saboqlari bilan
baxt sari borayotgan juftlar
haqiqiy muhabbatli, chinakam
baxtiyor oilalardir. Yomon xotin
qayerdan paydo bo'ladi, degan
gapning ma'nosini endi
mulohaza qildingizmi? Inson
xato qiladi, adashadi,
yanglishadi. O'sha yanglish
yo'lda yurgan muloyimlik va
mehr bilan to'g'ri yo'lga
boshlash saodat kalitini qo'lga
kiritish demakdir. Ayniqsa,
bunday vazminlik bilan oila
qo'rg'oni yanada
mustahkamlanadi, ayol o'zini
sevimli, kerakli va eng muhimi
hamma havas qiladigan rafiqa
hisoblaydi. Baxtiyor erkak
uchun shuning o'zi yetarli
emasmi?
Смс Шерлар