Главная » Hikoyalar » Zumrad… (Sevgi izhori №1)
Zumrad… (Sevgi izhori №1)

Zumrad… (Sevgi izhori №1)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Zumrad… (Sevgi izhori №1)
  • Дата релиза: 22-08-14, 23:05
Zumrad… (Sevgi izhori №1)
Oddiy oq qog‘ozni oldim va
undan kichikkina konvert qildim.
Oppoq salfetkadan lola gulini
yasab, konvert ustiga
yopishtirdim.
“Bugun kechqurun 23:00 dagi
efirni tinglang. Sizni kutaman…”,
deb yozdim-da, qisqagina
maktubni konvert ichiga
joyladim.
Endi, yurak yutib maktubni unga
yetkazishim kerak…
Ha-ya, aytgancha, men radioda
ishlayman. Bir necha oy ilgari
safimizga yangi xodima qo‘shildi,
ismi Zumrad. Chiroyli-a? Ha,
chiroyli…
Endi, qo‘limdagi maktubni unga
yetkazishim kerak. Mana shuncha
o‘tgan oylardan beri uni pinhon
sevib yashayman. Har
ko‘rganimda nimadir degim
keladi-yu, lekin ayta olmayman.
Harqalay, boshqa-boshqa
bo‘limda ishlaymiz. Aks holda,
yosh boshimga yurak hastaligini
orttirib, devona bo‘lib
qolarmidim.
…Kech soat sakkizlarda uni bir
kafeda uchratib qoldim. Chiqib
ketar chog‘im, u bilan birga
ishlaydigan qizlar g‘ujurlashib
kirib kelishdi. Barchasi muxbir
emasmi, shuning uchun tillari
burro.
Lekin, Zumrad jim, oddiy qiz,
uning radiodagi dasturi ham
sokin. G‘amgin emas, aslida o‘ta
samimiy. Shuning uchun, ko‘p
o‘yladim, balki sevgim yolg‘ondir;
uning muhabbatiga erishgan
taqdirimda ham, bir kun uni
sevmasligimni anglab yetsam,
uning pok qalbini tilkalab
qo‘ymaymanmi, deya har kun
o‘zimni so‘roqlardim. Javob esa
har on – “Yo‘q, sevaman uni”,
bo‘lar edi.
…Kafedan chiqayotib,
ofitsiantlarning biridan maktubni
berib yubordim.
Yetib bordimi, yo‘qmi –
kuzatishga yuragim betlamadi…
Tun. Soat 22:55. Efir vaqti. U bu
vaqtda ishlamaydi. Lekin, mening
dasturimni eshitishidan
umidvorman…
Ilk izhor shu kuni bo‘ldi. Hech
qachon she’r o‘qilmagan dastur
so‘nggida muhabbatdan so‘z
ochildi…
Seni ko‘rdim, o‘sha sensan…
Hayollarim band aylagan,
O‘rik gulli ko‘ylakli qiz,
Tabassum-la sen siylagan…
Derazangni oynasidan,
Qarab turib, indamaysan,
Yana o‘sha tabassum-la,
Sevgi tomon sen chorlaysan…
Zumrad… Seni sevaman.
Aytgim kelar, bu so‘zlarim,
bir umr senga…
Bilishingni, his etishing,
xohlayman har dam…
Efir tugadi… Qizarib ketdim. Kech
emasmi, ishchilar ham kam.
Kimdir e’tibor qildi, kimdir esa
yo‘q. Kimdir tanigandek hayron
qolgan bo‘lsa, kimdir esa kim
ekan, deb qiziqib qarar edi. Hozir
esa bularning bari ahamiyatsiz,
muhimi Zumrad qanday qabul
qilar ekan…
Tonggacha uxlamadim.
Zumradning uyi yaqinida uning
ishga otlanishini kutardim…
Qo‘limda bir dasta oq atirgullar,
yana o‘sha oppoq konvert, uning
ustida esa oddiy salfetkadan
yasalgan oq lola, konvert ichidagi
maktubda esa pok muhabbatim
aks etgan she’r…
…U keldi. Qo‘limdagilarga qo‘shib
yuragimni ham uning qo‘liga
topshirdim:
–“Zumrad, sizni sevaman…”
U indamadi. Mayin kulib qo‘ydi…

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: