Главная » BURJGA QARAB SOVG'A TANLASH » Asad (23 iyul- 23- avgust)
Asad (23 iyul- 23- avgust)

Asad (23 iyul- 23- avgust)

Asad (23 iyul- 23- avgust)
Asadlar uchun eng muhimi – muomala. Saovg’aning topshirilishi emas, olib kelinishi ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonga mumkin qadar tantanali tus berish lozim: gullar savatda bo’lmog’i, mehmonlar yarim doira shaklida turishi, Asad esa o’rtaga qo’yilgan orom kursida (taxtga joylashgandek) o’tirishi maqsadga muvofiqdir, ya’ni keyin qo’shimcha sovg’alarni berishingiz mumin bo’lsin. Tabriklash marosimi faqat yubiley munosabati bilan o’tkazilmasin. Ulkan guldasta, sovg’a esa zarxal qog’ozga o’ralgan bo’lishi joiz. Kapalaknusxa tugun tarzida bog’langan bunday hadyaga bejirim guldasta ilova qilsangiz, Asad yanada quvonib ketadi. Umumiy bayramlar, deylik, yangi yil ayyomida ham unga sovg’ani tantanali tarzda taqdim eting. Sovg’a sifatida Asadlarga dam olish to’g’ri keladi, (ular belini bukib ishlash uchun tug’ilmagan). Yana bir gap: ushbu burj vakillari zerikarli qutlovlarni yoqtirmay, yorqin, quvnoq qutlovlarni hush ko’radilar. Mamnuniyat bilan sizdan san’at asarini qabul qilib oladilar, chunki o’zlarini san’atni qadrlovchi xisoblashadi ( xaqiqatdan ham shunday fazilatga ega). Ayol Asadlarni zeb – ziynatlar hech qachon bezdirib qo’ymaydi, shunga qaramay, jo’n taqinchoqlarni emas, balki o’zlarining burj maqomlariga hos tarzda nodir jihozlarni lozim ko’radilar. Ularning didini inobatga oling. Nafis bo’lsa-da, bir qarashda yoqimsiz tassurot qoldiradigan ko’rimsiz jihoz Asadning nozik ko’ngil torlarini chertmaydi. Uning uslubi – qirollarga hos! Yorqinlik, tantanavorlik, tilla, judabo’lmasa, zarhal… Sovg’a olayotib Asadlar go’daklardek hursand bo’lishadi. Shunday ekan, ularga bolaliklarining bir bo’lagini va hotirasini tuhfa eting. Asad uchun sovg’a harid qilar ekansiz, ularga o’yinchoqlar va bolalar quvonchiga sabab bo’luvchi hadyalar manzur bo’lishini hisobga oling. Darvoqe, sovg’aning ko’zga tashlanadigan burchagiga Asadning ismi va familiyasining bosh harflaridan chirmashtirib tuzilgan bezak yozdirishni unutmang. Chunki Asad o’z ismi bilan g’ururlanadi, unga nomi qayta – qayta bitilgan tilla qog’ozni taqdim etsangiz, qalbiga eng maqul yo’l topgan bo’lasiz. Asadga o’zining to’liq nomi tovlanib turadigan arzimas sovg’a hadya qilsangiz ham u nihoyatda quvonadi, buning natijasi o’laroq, ushbu tuhfangiz ko’zga ko’rinhadigan joydan o’rin oladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: