Sunbula (24 avgus – 23 sentyabr)
- Категории: BURJGA QARAB SOVG'A TANLASH
- Название: Sunbula (24 avgus – 23 sentyabr)
- Дата релиза: 24-02-16, 23:31
Sunbulalarni o’zlarining maydakashligi gap – so’zlar har yerda eslanishi qattiq ranjitadi. Gap shundaki, sovg’a berishga to’g’ri kelsa, kim bo’lmasin, ularga mayda – chuydalarni tuhfa qilishga intiladi.
Sovg’a borasida Sunbulalar maydakash emas, balki omilkor kishilardir. Ularga kundalik taqdirlanmaydigan mehnatini yengillatuvchi yaroqli hadyalar bering. Masalan, oshxona kombayni , changyutgich va shu kabi anjomlarni. Agar mayda – chuyda sovg’a bilan taqdirlashni niyat qilsangiz, bu tuhfa amaliy jihatdan foydali bo’lishga e’tibor bering. Choynak – payola, qoshiqlar, turli kattalikdagi qo’l sochiqlar yoki qoshiqlar to’plami ham extimoldan holi emas. Oshxona uchun parda bo’lishi mumkin, faqat Sunbulaning oshxonasi qanday rangda ekanligini eslab ko’ring.Sunbulalar uchun sochiq harid qilar ekansiz, mahsus tutqichni ilova qilishni, qahva qaynatgich tuxfa etishdan avval suzgichni ham sotib olishingiz kerakligini unutmang.
Sovg’ani fabrikadan chiqqan kabi ehtiyotkorlik bilan o’ramga soling. Kafolat qog’ozi yoki yo’riqnomasi bor yo’qligini tekshiring – Sunbula jihozlar nima uchun ishlatishini uni kashf etgan odamdan ham yaxshi bilgani bois har bir yo’riqnomani o’qib chiqadi. Aksincha, agar uning narxini qimmat deb hisoblasa, sizni ovora qilganligini aytadi. Sovg’a ilova tarzida taqdim etiladigan gullar hadyangizning ramzi hisob;anadi, shu bois uncha katta bo’lmagan guldasta kifoya. Mabodo sovg’angiz kichikroq bo’lsa, gullar savlatli ko’rsatadi.
Sunbulalar bilan hamisha bir xil maqomni ushlashga harakat qiling. Ya’ni, sovg’aga qo’shimcha gul o’zaro farq qilmaydigan narxda bo’lsin. Sunbula keskin tebranishlarni yoqtirmaydi, u o’zini anchayin sezgir hisoblaydi. Ko’nglini qoldirmang, chunki Sunbula qanday ish tutish kerakligini avvaldan biladi.
Umuman aytganda, sovg’alar masalasida Sunbulalar tanqidchi. Aynan shuni e’tibordan soqit qilmang.
Смс Шерлар