6 xil desert va salqin ichimliklar resepti
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: 6 xil desert va salqin ichimliklar resepti
- Дата релиза: 17-06-17, 02:04
Gilos va tvorogdan...
Yaqinlaringizga manzur bo`ladi!
Zarur masalliqlar: 100 gr. sariyog`, yarim stakan shakar, 1 dona tuxum, keraklicha un; sufle uchun: 300 gr. yog`siz tvorog, yarim stakan shakar, 200 gr. qaymoq, 2 osh qoshiq jelatin, 1-2 tomchi ta`m beruvchi banan essensiyasi; bezak uchun: gilos.
Tayyorlanishi: 1. Xona haroratida erigan sariyog`ni shakar, tuxum va keraklicha un bilan aralashtirib, yumshoq xamir tayyorlang. 10 daqiqa tindiring-da, barmoqlaringiz yordamida gaz pechi patnisiga yoying. So`ng 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Chizkeyk korji 15-20 daqiqada tayyor bo`ladi.
2. Jelatinga 8 osh qoshiq sovuq suv solib, shishib chiqishi uchun qoldiring. Qaymoqqa shakarni oz-ozdan qo`shib, mikser yordamida ko`pirtiring. So`ng tvorogni qo`shing. Ko`tarilgan jelatinni suv bug`i hammomida eritib, qaymoqli masalliqqa aralashtiring. Ta`m beruvchi essensiya qo`shish ham yodingizdan ko`tarilmasin.
3. Sovigan chizkeyk korji ustiga danagidan ajratilgan giloslarni terib, qaymoqli masalliqqini soling-da, tekislang va 15 daqiqaga muzlatgichga qo`ying. So`ng qolgan gilos bilan chizkeykning ustiga bezak bering.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
Handalak + muzqaymoq
Bunisiga nima deysiz?!
Zarur masalliqlar: bitta kichik µandalak, 200 gr. suv, 1 stakan shakar, 300 gr. qaymoqli muzqaymoq, bir chimdim limon kislotasi kukuni.
Tayyorlanishi: 1. Handalakni ikkiga bo`lib, qoshiq yordamida yarim doira shaklini hosil qilib, mag`zini ajratib oling.
2. Shakarga suvni aralashtirib, limon kislotasi kukunini soling va olovga qo`ying. Qaynab chiqqach, olovni pasaytiring-da, quyulgunicha qaynating.
3. Chuqurroq idishga handalak mag`zini solib, ustidan qiyom quying-da, engil aralashtiring. So`ng µandalak bo`laklarini desert idishlariga taqsimlab, ustidan 1-2 osh qoshiq muzqaymoq solib, bezak bering. Muzqaymoq solganingizdan so`ng 15 daqiqa muzlatgichda turishi kerak.
Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Malinali sufle
Og`izda eriydi!
Zarur masalliqlar: 6 dona tuxum, 1 stakandan shakar va un, 200 gr. malina mevasi; bezak uchun: 200 gr. qaymoq, 1 stakan shakar.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum oqini sarig`idan ajratib, mikser yordamida ko`pirtiring. So`ng shakarni oz-ozdan qo`shib, ko`pirtirishda davom eting. Tuxum sarig`ini ham solib, engil aralashtiring. Yakunida unni aralashtirib, malinaning bir qismini solasiz.
2. Keks qolipchalariga 2 osh qoshiqdan xamirni solib, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying.
3. Krem tayyorlash uchun qaymoqqa shakarni qo`shib, mikser yordamida ko`pirtiring.
4. Kekschalar pishgach, sovuting. So`ng har birining yuzasiga kremdan surtib, qolgan malina mevasi bilan bezak bering.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
Olmali fantaziya
Yon daftaringizga yozib oling!
Zarur masalliqlar: 3-4 ta olma, 150 gr. qo`ng`ir rangli shakar, 2-3 ta yalpiz bargi, bezak uchun: qaymoqli muzqaymoq, 100 gr. maydalangan yong`oq.
Tayyorlanishi: 1. Olmalarni po`stidan archib, mayda to`rtburchak shaklida to`g`rang. Quruq tovaga to`g`ralgan mevalarni solib, olovga qo`ying. Sharbati ajralgach, olovni pasaytiring.
2. Alohida tovada shakarni eriting. Qiyomi ajralgach, olma bo`laklari solingan tovaga qo`shasiz-da, engil aralashtirasiz. 5-10 daqiqadan so`ng olovdan olish mumkin.
3. Desert tayyor bo`lgach, likopchaga pishiriq uchun mo`ljallangan kichik qolipni qo`yib, ichiga 2 osh qoshiqdan qiyomli olma soling. Qolipni asta olganingizda meva shakli yumaloq ko`rinishga keladi. So`ng ustidan muzqaymoqni qo`yib, muzlatgichga qo`ying. Dasturxonga tortishda muzqaymoq ustidan maydalangan yong`oq bo`laklaridan seping.
Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa.
Mevali smuzi
Ham mazali, ham foydali!
Zarur masalliqlar: 1 stakan malina, 4-5 ta olma, 2 dona kivi, bitta apelsin, yarim stakan suyuq asal.
Tayyorlanishi: 1. Blenderga malina, po`sti archilgan olma, kivi va apelsin bo`laklarini solib, bir xil ko`rinishga keltiring. Aralashmani alohida idishga olib, asal qo`shing.
2. Mazasi yaxshilanishi uchun 20 daqiqaga muzlatgichga qo`ying.
3. Dasturxonga tortishda mevali myuslini desert idishlariga solasiz-da, yalpiz bargi yoki apelsin bo`laklari bilan bezatishingiz mumkin.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.
Xushta`m sharbat
Chanqog`ingizni qondiring!
Zarur masalliqlar: 1 kg. olma, 0,5-1 stakan shakar, yarim choy qoshiq limon kislotasi kukuni, bir chimdim dolchin kukuni.
Tayyorlanishi: 1. Olmalarni archib, bo`laklarga ajrating. So`ng sharbatsiqqich yordamida sharbatini chiqaring.
2. Chuqurroq idishga olma sharbati va 1 litr sovuq suvni solib, olovga qo`ying. Qaynab chiqqach, ta`bga ko`ra shakar, limon kislotasi va dolchin kukuni solib, 15 daqiqa qaynating.
3. Sharbat biroz iligach, alohida idishga olib, muzlatgichga qo`ying. Mazkur sharbat muzlatilgan holatda iste`mol qilinadi.
Tayyorlanishi: 20 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар