Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Bo‘tqa va quymoq joniga tekkanlar uchun nonushtalar
Bo‘tqa va quymoq joniga tekkanlar uchun nonushtalar

Bo‘tqa va quymoq joniga tekkanlar uchun nonushtalar

  • Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
  • Название: Bo‘tqa va quymoq joniga tekkanlar uchun nonushtalar
  • Дата релиза: 20-07-17, 18:32
Bo‘tqa va quymoq joniga tekkanlar uchun nonushtalar
Sabzavotlar, pishloq va kolbasadan qilingan nachinkali italyancha yumshoq quymoq. Frittataning asosiy afzalligi shundaki, uni hamma narsa bilan tayyorlash mumkin.

Masalliqlar

4 dona tuxum;
50 g pishloq;
2 bo‘lakcha kolbasa;
100 g brokkoli;
1 dona o‘rtacha pomidor;
1 dona bulg‘or qalampiri;
Tuz va murch — ta’bga ko‘ra.
Tayyorlanishi

Duxovkani 180 darajagacha qizdirishga qo‘ying. Bu vaqt ichida o‘zingiz tuxumlarni tuz va murch bilan ko‘pirtiring. Pishloqni biryo‘la qo‘shsangiz yoki tayyor quymoqning ustiga sepsangiz ham bo‘ladi.

Sabzavotlarni to‘g‘rang va yarim tayyor holga kelguncha qovuring. Keyin kubik shaklida to‘g‘ralgan kolbasani qo‘shing va tuxumni quying. Nachinkani bir tekis taqsimlashga harakat qiling.

Tuxumlar qota boshlagandan keyin frittatani duxovkaga qo‘ying. Usti tova chetigacha ko‘tarilishi bilan taom tayyor bo‘ladi va quymoqni dasturxonga tortishingiz mumkin.

Sirnik

Foto: Depositphotos
Uni tayyorlash juda oson va har xil qo‘shimchalar: qaymoq, murabbo, quyultirilgan sutlar bilan dasturxonga tortish mumkin.

Masalliqlar

1 pachka tvorog;
2 dona tuxum;
½ piyola un;
½ piyola manniy yormasi;
2 osh qoshiq shakar;
1 chimdim tuz;
pichoq uchida osh sodasi.
Tayyorlanishi

Tvorogli likop ichiga tuxumlarni chaqib soling. Shakar, ¼ piyola un, tuz va sodani qo‘shing. Aralashtiring. Ko‘rinishidan xamir quyuq qaymoqni eslatishi kerak.

Boshqa idishga qolgan unni va manniy yormasini soling. Qoshiq bilan biroz xamir oling va unli idishga belab oling. Unchalik katta bo‘lmagan dumaloq shakldagi nonchalar yasang.

Ularni o‘simlik yog‘i solib qizdirilgan tovada ikkala tomonini ham qovurib oling.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: