«Bodomzor» shirinligi — yakshanbani bekor o`tkazmaymiz!
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: «Bodomzor» shirinligi — yakshanbani bekor o`tkazmaymiz!
- Дата релиза: 15-04-17, 12:15
Zarur masalliqlar: (45 dona uchun) 350-400 gr. un, 150 grammdan sariyog` va shakar, 100 gr. bodom mag`zi, 3 dona tuxum, 2 choy qoshiqdan xamiryumshatgich va vanilinli shakar, 1 choy qoshiqdan zanjabil va dolchin.
Tayyorlanishi: 1. Bodom mag`zini qaynoq suvga 10 daqiqaga solib qo`ying. Shunda uni yupqa po`stidan oson tozalaysiz. Keyin bodom mag`zini yaxshilab ezing.
2. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ga shakar va vanilinli shakarni qo`shing. So`ngra tuxumni solib, aralashtiring.
3. Dolchin, zanjabil va ezilgan bodom mag`zini qo`shasiz.
4. Navbat un va xamiryumshatgichga keldi. Ularni ham solib, xamir tayyorlang. Xamirdan kichik zuvalachalar yasab, pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga terib chiqing. Ustidan qo`lingiz bilan bosib, bodom mag`zidan bir donadan qo`ying. Shirinligimiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqada pishadi.
8 kishilik
1 soat
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар