Bolgarskiydan do'lma.
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Bolgarskiydan do'lma.
- Дата релиза: 17-08-14, 17:26
Masalliqlar(3kishi uchun):
-100gr qiyma go’sht
-2dona piyoz
-2-3dona kartoshka
-2dona pamildori
-sabzavotlar(kobachki,balgarskiy,baqlajon va hkz) \
-5osh-q o’simlik yog’i -guruch(bolgarskiy hajmi va miqdoriga qarab, asosan har bir bolgarskiyga bir siqimdan hisoblanadi)
-tuz, ziravorlar
Tayyorlash:
Past olovda qizigan yog’da avval piyozni qizartirib olib, ketidan qirg’ichdan chiqarilgan pamildorini solamiz va 5daqiqa qovuramiz, bunda pamildorini suvi biroz qolishi lozim.
Pamildoridan 2-3osh-q olib, guruch+go’sht+tuz+ziavorlar(ho’shiga ko’ra ko’klar) ushbu aralshmaga solamiz va aralashtiramiz.
Yuqoridagi qovurishni davom ettirib, qozonda qolgan pamildorini suvi ketgach kartoshka va sabzavotlarni solib, 2daqiqacha qovurib suv va tuz solamiz.
Guruchli aralshmani bolgarskiy ichiga juda zich ham, juda bo’hs ham qilmasdan solib chiqamiz.
Suvimizga bolgarskiyni solib 15daqiqa qaynatamiz, so’n bolgarskiyni ikkinchi tomonini ag’darib yana 15daqiqa qaynatamiz.
Alloh foydalantirsin!
Смс Шерлар