Buxorocha palov
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Buxorocha palov
- Дата релиза: 17-08-14, 17:31
Masalliqlar:
-500 gr go'sht
-1 kg sabzi
-1 dona katta piyoz
-400 gr yog'
-1 kg guruch
-ziravorlar
-suv
-xohishga qarab 2-3 bosh sarimsoq
-xohishga qarab 3-4 dona tuxum
Tayyorlash:
-Go'shtni o'rtacha kattalikda kubik qilib, archilgan sabzini somoncha qilib, piyozni parrak qilib to'g'rab olamiz.
-Buxorocha palovimiz boshqa palovlardan farq qilib,avval go`shtni yaxshilab qovuramiz. Keyin piyoz solamiz va bir hovuch sabzi solib qovuramiz.
-Piyoz kuyib qolmasligi uchun yaxshilab qovurganimizdan so`ng, qolgan sabzilarimizni solib yoyib chiqamiz. 1 piyola suv solib 30 minutcha past olovda dimlab qo`yamiz. Bunda sarimsoq piyoz solmoqchi bo`lsangiz sabzining oralariga joylashtirasiz.
-Sabzimiz yumshagandan so`ng ustidan ziravorlarni sepib chiqamiz.va yaxshilab yuvilgan guruchimizni solib bir tekisda yoyib chiqamiz. Ustidan barmog`imizning birinchi bo`g`imigacha keladigan suv solib, tuz ham solib, qopqoqni yopamiz. Barmog`imizni guruch ustiga qo`yib suvni o`lchaymiz.olovni balandlatib, suvimiz hammasi qaynab tugaguncha qozonni kovlamaymiz. suv qaynab tugagandan keyin kapkir bilan faqat guruchimizni ag`daramiz va 10 minutcha qo`yamiz ,yana olib bir marta takrorlaymiz,keyin guruchni hammasini qozonimiz o`rtasiga to`g`day qilib qo`yamiz. 15 minut dimlaymiz,bo`ldi taomimiz tayyor.
15 minut dimlaymiz. Taomimiz tayyor. Suzishda guruch bilan sabzi aralashtirilmaydi. Avval guruch, keyin ustidan sabzi, keyin go`shtlarini suzamiz. Buxoroning palovi mana shunisi bilan farq qiladi,yani guruch bilan sabzi aralashtirilmaydi.
Смс Шерлар