Go`shtli rulet — taomnomangizni yangilang!
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Go`shtli rulet — taomnomangizni yangilang!
- Дата релиза: 18-04-17, 22:10
Zarur masalliqlar: 700 gr. go`sht qiymasi, 1 bosh piyoz, bitta sabzi, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1-2 bog` ismaloq, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 osh qoshiq smetana, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go`sht qiymasiga tuz, murch va ezilgan sarimosqpiyozni solib, yaxshilab aralashtiring-da, 15 daqiqa ustini yopib qo`ying.
2. Piyozni maydalab to`g`rang. Sabzini qirg`ichdan o`tkazing, ismaloqni bir qaynatib olib, uni ham maydalang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida tuz, murch sepib, hammasini qovuring. Sabzavotlar yumshagach, smetana qo`shib, olovdan oling.
3. Sellofan ustiga qiymani solib, to`rtbuchak shaklda qo`lingiz bilan yoying. Endi qovurilgan masalliqni solib, yuzasini tekislang-da, rulet shaklida o`rang. Zar qog`oz (folga)ning o`rtasiga o`simlik yog`idan surtib, qiymani ehtiyotkorlik bilan sellofanidan ajratib qo`ying. Zar qog`ozni o`rab, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo`ying. So`ngra zar qog`ozni ochib, yog`idan rulet ustiga surting-da, yana 10 daqiqaga gaz pechida qoldiring. Shunda rulet yuzi qizaradi.
4 kishilik. 1 soatu 35 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар