Jigar qovurma
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Jigar qovurma
- Дата релиза: 17-08-14, 17:30
Masalliqlar(4 kishi uchun):
-300gr jigar
-2 bosh piyoz
-1stakan qatiq
-sabzavotlar(bolgarskiy, sarimsoq, baqlajon, sabzi va hkz)
-1dona pamildori
-1.5 cho’mich yog’
Tayyorlash:
Qizigan yoqqa kubik to’g’ralgan jigarni solib, qovuramiz. Go’sht ranggi oqargach, parrak to’g’ralgan piyozni solamiz va 15daqiqa past olovda dimlab qo’yamiz(jigar suvi ketgunicha)
Sabzavolarni kubik shaklda to’g’rab solamiz. Ketidan pamildorini solamiz va pamildori suvi ketgunicha past olovda dimlab qo’yamiz.(5daqiqa)
So’ngra qatiq solib aralashtiramiz va olovni o’rtachagako’taramiz.
Qozon ochiq holatda to qatiq singib ketgunicha qovuramiz.Tuz solamiz.(tuzjigarpishganda solinadi, aks holda jigar qattiq bo’lib qolishi mumkin)
Suzishdan avval jigarni qozonning bir chetiga yig’ib, yog’idan ajratamiz. Guruchli garnir ustiga suzamiz.
Alloh foydalantirsin!
Смс Шерлар