KUZGI TAOM — SABZAVOTLAR BILAN DIMLANGAN KARP
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: KUZGI TAOM — SABZAVOTLAR BILAN DIMLANGAN KARP
- Дата релиза: 05-09-17, 02:36
Zarur masalliqlar: bitta karp balig`i, 1 dona kabachki, 2 ta pomidor, 50 gr pishloq, 1 bosh piyoz, shivit, petrshuka, yalpiz, 1 osh qoshiq o`simlik yoki zaytun yog`i, tuz, ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Kabachki va pomidorni yarim oy, piyozni yarim halqa shaklida to`g`rang. Ko`katlarni maydalang.
2. Baliqni yaxshilab tozalab, ichiga ko`katlarni soling, tuz, murch seping. Perganment qog`ozning ustini yog`lab, baliqni qo`ying. Ichiga piyoz va kabachki bo`laklarini joylang. Ustida kichik kesimchalar qilib, pomidor bo`laklarini joylashtirib chiqing.
3. Baliqni pergament qog`oz bilan birgalikda gaz patnisiga joylang va 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga qo`ying. So`ngra qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni ustidan sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring. Pishgach, salat bargi va maydalangan ko`katlar bilan taomni bezab, dastruxonga torting.
4 kishilik
1 soat
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар