Lag'mon uchun qayla
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Lag'mon uchun qayla
- Дата релиза: 17-08-14, 17:24
Masalliqlar(kishi uchun):
-200gr go’sht
-1dona piyoz
-sabzavotlar(balgarskiy,baqlajon, ko’k no’xat va hkz)
-1dona kartoshka 3-4ta sarimsoq bo’lagi
-2-3osh-q o’simlik yog’i
-1dona qirg’ichdan chiqarilgan pamildori(yoki 1osh-q tomat)
-tuz, ziravorlar
Tayyorlash:
Parraksimon to’g’ralgan go’shtni o’rta olovda qizigan yoqqa solamiz va qizarguncha qovuramiz.
So’ngra ketidan piyozni solib, olovni pastlatamiz va piyozni ham qizarguncha qovuramiz.
Pamildori yoki tomatni solib qovuramiz, so’ng sabzavotlarni(sarimsoq somoncha, kartoshka va boshqalar kubik shaklida) solamiz.
Kerakli miqdorda(1-1.5lutr) suv solib, 20daqiqaga yaqin past olovqa qaynatamiz.
Xohishga ko’ra ko’k no’xat va tuz solib, yana 5 daqiqa qaynatamiz.
Alloh foydalantirsin!
Смс Шерлар