Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Limon qo‘shilgan iliq suvning foydasi nimada?
Limon qo‘shilgan iliq suvning foydasi nimada?

Limon qo‘shilgan iliq suvning foydasi nimada?

  • Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
  • Название: Limon qo‘shilgan iliq suvning foydasi nimada?
  • Дата релиза: 20-05-17, 00:15
Limon qo‘shilgan iliq suvning foydasi nimada?
Parhezshunoslar ertalab bir piyola limonli iliq suv ichishni tavsiya qiladi. Bu nima uchun kerak? Biz bu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Organizmni uyg‘otadi

Uyqudan uyg‘onganingizda organizm hali yangi kunga tayyor holda bo‘lmaydi. Uni asta uyg‘otish uchun hazm qilish tizimini jonlantirish lozim bo‘ladi. Iliq suv bilan limon sharbati kislotasi ichaklarning to‘lqinli harakatini kuchaytiradi. Bu esa organizmni ichkaridan tozalashga – detoks o‘tkazishga imkon beradi va miyaga uyg‘onish vaqti kelgani haqida xabar beradi.

Immunitetni oshiradi

Limon C vitaminiga boy ekanligini hammamiz bilamiz. U organizmni viruslar va shamollashlardan himoya qiladi. Kasallikni yengishga yordam beruvchi tabiiy qo‘shimcha – ajoyib g‘oya.

Teri rangini va holatini yaxshilaydi

Och qoringa ichilgan suv terini yetarlicha namlantirishga va faol tutishga yordam beradi. Limon sharbati tarkibidagi C vitamini toshmalarni kamaytiradi va bo‘jamalar izini yo‘qotadi. Shuningdek bu ichimlik ichaklarni tozalaydi, yuz terisi rangini yaxshilaydi.

Ozishga yordam beradi

Limonli suv organizmdan hamma ortiqcha suyuqliklarni chiqaradi. Ayniqsa buni tongda bajarish juda foydali – bu o‘zingizni yengil sezishga va kun davomida ishlaringiz serunum bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, och qoringa ichilgan nordonlashtirilgan suyuqlik metabolizmni tezlashtiradi, bu esa o‘z navbatida hech qanday qiyinchiliklarsiz tez ozishga yordam beradi. Bundan tashqari ko‘p miqdordagi suv ochlikni pasaytiradi, nonushta uchun suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqaning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Saraton kasalligining oldini oladi

Saraton kasalliklari organizmda kislotalilikning keskin oshishi oqibatida paydo bo‘ladi. Limonli suv kislota ta’sirini kamaytiruvchi ishqor hisoblanadi. Shuning uchun bu ichimlikdan och qoringa bir piyola ichish juda foydalidir. Bundan tashqari limonli suv me’da qaynashidan aziyat chekuvchilarga ham tavsiya qilinadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: