Mastava
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Mastava
- Дата релиза: 17-08-14, 17:27
Masalliqlar(4 kishi uchun):
-200gr qiyma go’sht(yoki mayda to’g’ralgan go’sht)
-1dona piyoz
-2dona kartoshka
-1dona pamildori(yoki 1osh-q tomat)
-sabzavotlar(bolgarskiy,sabzi va hkz)
-2osh-q o’simlik yog’i
-tuz, ziravorlar
-0.5 piyola guruch
Tayyorlash:
Past olovda qizigan yoqqa mayda to’g’ralgan piyozni solib, 5daqiqa(qizarguncha) qovuramiz. So’ng go’sht solib, oqarguncha qovuramiz(go’sht suyakli bo’lsa mastava mazaliroq chiqadi)
Keyin kartoshka va ziravorlarni solib aralashtiramiz.
Va qirg’ichdan chiqarilgan pamildorini solib, suvi ketgunicha qovuramiz(yoki tomat solib, biroz qovuramiz) va 2.5litr suv solib,20daqiqa qaynatamiz.
0.5 piyola guruchni solib, 15-20daqiqa qaynatamiz. Pishgach darhol suzamiz, aks holda guruch shishib, taomimiz quyulib qolishi mumkin.
Alloh oilalarimizga barokot bersin!
Смс Шерлар