Moshava-Moshkichirik

Moshava-Moshkichirik

Moshava-Moshkichirik

Masalliqlar(4kishi uchn):

-0.5stakan mosh

-moshning yarmicha gurush(1/4st)

-2dona piyoz

-50-100gr mayda to’g’ralgan yog’li go’sht

-2-3 bo’lak sarimsoq

-1osh-q qizil tomat

-1dona kartoshka

-1cho’mich yog’

 

Tayyorlash:

Piyozni maydaroq to’g’rab, dimlaydigan olovdan biroz yuqori olovda
qizitilgan yoqqa solamiz va shu xolda 5daqiqa davomida qizartiramiz.
So’ngra go’shtni solamiz.
         
Go’sht oqargach sarimsoqni solib, 15soniyacha qovuramiz va
ketidan kartoshka va tomatni solib,aralashtiramiz. 1daqiqaga yaqin qovuramiz.
   
Sovuq suv quyamiz(1.5litr va undan ko’proq) va ketidan moshni solamiz,
olovni biroz balandlatamiz.
             
Sho’rvani taxminan 30daqiqa, to hamma moshimiz ochilguncha qaynatamiz.
 Bir kovlab ko’rganda hamma mosh ochilgan bo’lsa, guruchni solamiz. 
 Birozdan so’ng tuz solib, aralashtiramiz va olovni o’rtacha darajaga ko’taramiz.
Tez-tez moshavani kovlab turamiz, tagi olmasligi uchun.
                     
Moshava biroz suyuqroq bo’lganda olovni o’chiramiz.

Moshava issiqligida tovaga suzamiz, shunda ung yuza qismi bir tekis bo’ladi.

                                                                                                                       

Piyozli qovurma:

Mayda to’g’ralgan piyozni past olovda biroz qizartirib olib, unga 1choy-q tomat
qo’shib, yana 8-10soniya qovurib olamiz.
                     

Moshavaning yuziga shu qovurmadan quyamiz.

 

Maslahatlar:

1.Piyoz dog’i(qovurlishi) ovqatga eng asosiy maza beradigan narsadir, shu sababli u kuysa ovqat taxir chiqishi mumkin. Shuning uchun ham barcha piyoz qovuriladigan ovqatlarda piyozni past olovda uzoqroq bo’lsa ham qovuriladi, shunda taomingiz mazali chiqadi

2.Ovqatga suv solib, u qaynab chiqquncha e’tiborda bo’ling, agar suvi qattiq qaynab ketsa taomingizning ta’mini buzishi mumkin.

3.Qovurmaga albatta sovuq suv va darxol moshni soling, aks holda issiq suvda moshingiz yaxshi ochilmasligi mumkin.

4.Moshavaga tuzni gurush solganda solganingiz maqul, chunki tuzni vaqtli solishdan mosh umuman ochilmay qolishi yoki yarim qismi ochilib, qolgani ochilmay qolishi mumkin.

5.Mosh ochilgandan so’ng guruch solganda, uni tek qo’ying, 3-4 daqiqadan keyin aralashtiring, shunda guruchingiz yaxshi pishadi.

5.Moshavada yog’ yetarli bo’lsa, mazasi ham yaxshi chiqadi, yog’ni ayab o’tirmang.

6.Har qanday sarimsoq solinadigan taomlarda, sarimsoqni taom issiqligida yoki qovurishda yolg’iz o’zini solib, biroz qovurilsa, ajoib maza beradi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: