«Muhabbat qahvasi» — ta`mi og`zingizda qoladi...
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: «Muhabbat qahvasi» — ta`mi og`zingizda qoladi...
- Дата релиза: 03-04-17, 20:22
Zarur masalliqlar: 200 gr. un, 100 gr. margarin, 4 dona tuxum, 50 gr. mayonez, 1 st. shakar, 2 osh qoshiq kakao, 4 osh qoshiq qahva, bir quti xamiryumshatgich. Kremiga: 500 gr qaymoq, 1 st.shakar. Ichiga: 200 gr olcha jemi. Bezak uchun: 100 gr qora shokolad.
Tayyorlanishi: 1. Eritilgan margaringa mayonez va shakarni qo`shing. Bittadan tuxumni solib, atalang. Qahvani yarim piyola suvda eritib, kakao bilan bir vaqtda qo`shing.
2. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach un va xamiryumshatgichni qo`shasiz. Xamir quyuq smetana ko`rinishida bo`lishi kerak. Yog`langan pishiriq qolipiga xamirni solib, 40 daqiqaga qizdirilgan gaz pechiga qo`ying.
3. Qaymoqni shakar bilan aralashtirib, mikser yordamida ko`pirtiring. Korj pishgunicha muzlatgichga qo`yishingiz mumkin.
4. Tort korji tayyor bo`lgach, sovuting. Ikkiga ajratgach, o`rtasiga krem surtib, ustidan olcha jemini solasiz. Ikkinchi korjni joylab, tort yuzasini qolgan krem bilan bezating.
5. Shokoladni qirg`ichdan chiqarib, shirinlikni bezatishda foydalaning.
Tayyorlash vaqti: 50 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар