Osiyo salati — baqlajon va no`xatdan!
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Osiyo salati — baqlajon va no`xatdan!
- Дата релиза: 01-07-17, 00:52
Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati, kinza, ko`kpiyoz, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Baqlajonni avval aylana shaklda to`g`rab, keyin to`rt bo`lakka bo`ling. Bulg`or qalampirini ham baqlajon bo`laklari kattaligida, pomidorni esa yarim oy shaklida to`g`rang.
2. Baqlajon va bulg`or qalampirini qizdirilgan o`simlik yog`ida tuz sepib, alohida-alohida qovurib oling. Yog`idan xalos bo`lish uchun sabzavotlarni qog`oz sochiqcha ustiga qo`ying.
3. Qovurilgan sabzavotlarga qaynatilgan no`xat va pomidorni qo`shing. Maydalangan ko`katlar, ezilgan sarimsoqpiyoz, limon sharbatini ham solib, murch, tuz seping. Soya sousini qo`shib aralashtirsangiz, salat tayyor.
3 kishilik
30 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар