Palov dimlash
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Palov dimlash
- Дата релиза: 17-08-14, 17:35
Masalliqlar(6 kishi uchun):
-Palov uchun zirvak
-1kg guruch
Tayyorlash:
Zirvakdagi go’sht va boshqa masalliqlarni qozonning chetiga suramiz.
So’ng yuvilgan guruchni solib, kapkir bilan bir tekis(sabzilarini chiqarib
yubormasdan) sekin-asta yoyamiz. Olov o’rtacha xolatda.
Guruch yuzasini 2sm baland ko’madigan darajada suv solamiz.
Guruch suvni biroz shimgach, kapkirni guruch ichiga har tomondan botirib,
havo kirgazamiz.
Yana birozdan so’ng qozon yuzasidagi guruch qavatini ag’darib chiqamiz.
Yana biroz o’tgach kapkirni guruch ichiga har tomondan botirib havo
kirgazamiz.
Sekin-asta guruchni qozon o’rtasiga to’playmiz.
Guruchni kapkirda urib ko’rganimizda do’p-do’p ovoz chiqsa demak
palov dimlashga tayyor degani. (Agar guruch suvini shimib bo’lmagan
bo’lsa, urilganda chap-chap degan ovoz chiqadi, chunki guruchda
hali suv bo’lgani sababli)
Hohishga ko’ra tuxum chaqib, magiz va zira sepib(manda yo'q edi),
qopqoqni zich yopib, olovni eng past darajaga pasaytirib,
15-20daqiqa oshni dimlaymiz.
Pishganda
Alloh foydalantirsin!
Смс Шерлар