Qulupnayli tort: ajoyib bahoriy shirinlik
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Qulupnayli tort: ajoyib bahoriy shirinlik
- Дата релиза: 20-05-17, 00:16
Ayni qulupnay mavsumida bu mevadan tayyorlangan yengil va mayin tvorogli biskvitli tort — mehmonlar kelganida yoki shunchaki oilaviy choyxo‘rlik vaqtida dasturxonga tortish uchun ajoyib shirinlik.
Zarur masalliqlar
biskvit uchun:
2 ta tuxum
80 g un
3 osh qoshiq shakar
10 g razrixlitel (xamirni yumshatuvchi)
1 chimdim tuz
1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
tvorogli krem uchun:
300 g yog‘li tvorog
300 g smetana
80 g saryog‘
150 g shakar
150 g qulupnay
15 g jelatin
qulupnayli jele uchun:
300 g qulupnay
10 g tez tayyor bo‘ladigan jele
200 ml suv
Tayyorlanishi
Avvaliga biskvitni tayyorlab oling. Tuxumni shakar bilan birga mikser yordamida ko‘pirtiring. Razrixlitel va tuz qo‘shilgan unni elab qo‘shing va ehtiyotkorlik bilan aralashtiring.
Xamirni o‘simlik yog‘i bilan yog‘langan formaga solib, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 8—10 daqiqa pishiring. Biskvitning tayyorligini gugurt cho‘pi yordamida tekshirish mumkin — cho‘p quruq bo‘lsa, demak, biskvit tayyor.
Biskvit pishayotgan vaqtda tort uchun krem tayyorlab olamiz. Jelatinni iliq suvga ivitib qo‘ying. Qulupnayni yuvib, quriting va bandidan tozalang.
Qulupnay va shakarni blender bilan aralashtiring. Bir-ikki osh qoshiq olib qo‘yib, qolgan pyureni olovga qo‘ying, bo‘kkan jelatinni qo‘shib, u erib ketgunicha qaynating. Iliq holga kelgunicha soviting.
Tvorogni suzg‘ichdan o‘tkazib olib, yumshagan saryog‘ va smetana bilan aralashtiring. So‘ng jelatinli qulupnayni qo‘shib, aralashtirishda davom eting. Xohishga ko‘ra, biroz qulupnay kesib, kremga qo‘shish mumkin.
Sovigan biskvitni formadan olmasdan turib, unga qulupnayli pyure suring. Ustidan tvorogli kremni qo‘ying va tort sovishi uchun uni 30—40 daqiqaga sovitgichga qo‘ying.
Vaqtdan foydalanib, qulupnayli jele tayyorlang. Bir paketcha jeleni iliq suvda eriting, aralashtiring va jele to‘liq erigunicha biroz qizdiring (ammo qaynatmang).
Qulupnayni parrak-parrak qilib kesing. Ularni tvorogli krem ustidan aylantirib qo‘yib chiqing, ustidan jelening bir qismini quying. Jele qotishi uchun 15 daqiqaga sovitgichga qo‘ying.
So‘ng ustidan yana jele quying va tortni to‘liq qotishi uchun yana 2—3 soat sovitgichda qoldiring (tuni bilan qoldirish ham mumkin).
Qulupnayli tortni sovitgichdan olib, ehtiyotkorlik bilan, pichoq yordamida formadan ajratib oling.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар