Shodiyona ajoyib taomi
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Shodiyona ajoyib taomi
- Дата релиза: 05-01-18, 21:43
Mehmonlar kelishi bilan dasturxonga torting!
Zarur masalliqlar: 1 ta butun o`rdak go`shti, 300 gr. qo`ziqorin, 1 stakan guruch, 3-5 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, bitta sabzi, 1 bosh piyoz, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Butun o`rdakni yaxshilab yuving. Keyin ichki tomoniga tuz, murch va sarimsoqpiyozdan surting.
2. Piyozni maydalab to`g`rab, sabzini mayda tishli qirg`ichdan o`tkazing. Qizdirilgan o`simlik yog`ida ikkalasini qovurib oling.
3. Qo`ziqorinlarni maydalab to`g`rab, 5-7 daqiqa qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib olamiz.
4. Guruchni tuzli suvda dimlab pishiring.
5. Barcha masalliqlarni aralshlatirib, o`rdak go`shti ichiga soling. Go`shtning ochiq joyini ip bilan tiking.
6. Endi o`rdak go`shtini qalin sellofan paketga solasiz-da, toblama qolipiga joylab, 1 soatga 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`yasiz. Dasturxonga mevalar bilan bezatib tortsangiz, ayni muddao.
6 kishilik
1 soatu 35 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар