Suli yormasidan sovuq bo‘tqa tayyorlaymiz
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Suli yormasidan sovuq bo‘tqa tayyorlaymiz
- Дата релиза: 18-07-17, 14:40
Sovuq suli yormasi — foydali va mazali nonushta. Uni tayyorlash juda oson. Sizdan bor-yo‘g‘i kechqurun kerakli masalliqlarni to‘plab birga qo‘shish va sovitgichga qo‘yish talab qilinadi. Bu suli yormasi uchun har qanday nachinkalar ham bo‘laveradi.
1 banka uchun asosiy retsept
Masalliqlar:
0,25 stakan butun suli yormalari (maydalanmagan va tez tayyorlanmaydigan)
0,3 stakan sut
0,25 stakan grekcha yogurt
1,5 choy qoshiq chia urug‘i
1 choy qoshiq asal
plastik qopqoqli 200 ml (1 stakan) hajmdagi banka
Ta’bga ko‘ra ichiga solinadigan “nachinkalar”:
yarimta mango va 1/8 choy qoshiq bodom ekstrakti
0,25 stakan chernika va 2 choy qoshiq zarang qiyomi
0,25 stakan olma pyuresi va 0,5 choy qoshiq ezilgan dolchin
0,25 stakan mayda to‘g‘ralgan banan va 1 osh qoshiq kakao kukuni
0,25 stakan mayda to‘g‘ralgan banan va 1 osh qoshiq yeryong‘oq yog‘i
0,25 stakan ikkiga ajratilgan malina mevalari, 1 osh qoshiq malina murabbosi va 0,25 choy qoshiq vanil ekstrakti
Tayyorlanishi:
Banka ichiga suli yormasi, yogurt, sut, chia urug‘i va asal soling. Qopqog‘ini yoping va masalliqlar bir tekisda aralashishi uchun bankani silkiting. Nachinkani ta’bga ko‘ra qo‘shing va suli yormasi bilan avaylab aralashtiring. Bankani kechqurun sovitgichga qo‘ying. Sovuq holda yeng.
Bananli suli yormasi sovitgichda 2 sutkagacha turishi mumkin, boshqa nachinkalar bilan esa mevalar qanday pishganligiga qarab — 4 sutkagacha saqlanishi mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар