Tovuq to‘shi uchun eng yaxshi marinadlar
- Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
- Название: Tovuq to‘shi uchun eng yaxshi marinadlar
- Дата релиза: 18-05-17, 11:03
Maqolada tovuq to‘shini marinadlashning eng yaxshi usullari bilan tanishasiz. Hamma masalliqlar 1 kg tovuq go‘shtiga mo‘ljallangan.
Xushta’m
1 dona piyoz, 3 ta sarimsoq donasi, 30 ml limon sharbati, ezilgan qizil qalampir va tuz – ta’bga ko‘ra. Piyoz va sarimsoq mayda qilib to‘g‘raladi, hamma masalliqlar aralashtiriladi, tayyor bo‘lgan qayla tovuq bo‘lagi ustidan quyiladi va 4—6 soat salqin joyda saqlanadi.
Italyancha
Yarimta limon sharbati, 5 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 choy qoshiq sarimsoq kukuni, quruq italyan o‘tlari, murch va tuz – ta’bga ko‘ra. Hamma masalliqlar aralashtiriladi va tovuq ustidan quyiladi, 30 daqiqa davomida marinadlanadi.
Pivoli
200 ml soyali ziravor, 150 g asal, 200 ml pivo, 2 ta sarimsoq donasi, 1 dona qizil qalampir, rozmarin shoxchasi. Qalampir va sarimsoq maydalanadi, hamma masalliqlar aralashtiriladi, aralashma tovuq ustidan quyiladi va kechqurun sovutgichda saqlanadi.
Achchiq
2 dona piyoz, 4 osh qoshiq zaytun yog‘i, 2 dona maydalangan lavr yaprog‘i, tuz, paprika, chili qalampiri — ta’bga ko‘ra. Piyoz mayda qilib to‘g‘raladi, yog‘ va ziravorlar qo‘shiladi, tayyor bo‘lgan marinad tovuq ustidan quyiladi va 5—6 soat salqin joyda saqlanadi.
Greypfrutli
1 dona greypfrut sharbati, 1 bosh piyoz, 2 ta sarimsoq donasi, 2 osh qoshiq asal, 2 osh qoshiq vino sirkasi, 200 ml suv. Piyoz va sarimsoq mayda qilib to‘g‘raladi, hamma masalliqlar aralashtiriladi, tovuq ustidan quyiladi va 4 soat saqlanadi.
Vinoli
400 ml qizil vino, 8 osh qoshiq zaytun yog‘i, rozmarin shoxchasi, tuz, murch, timyan — ta’bga ko‘ra. Vino va yog‘ aralashtiriladi, ziravorlar qo‘shiladi, tovuq ustidan quyiladi va xona haroratida yarim soat saqlanadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар